Oltin rudalari konlarining xarakteristikasi



Download 14,48 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi14,48 Kb.
#709866
Bog'liq
OLTIN RUDALARI KONLARINING XARAKTERISTIKASI


OLTIN RUDALARI KONLARINING XARAKTERISTIKASI

Reja:
1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi


2. Oltinning minerallari va rudalari

Tayanch iboralar: flotatsiyalanuvchanlik, sul’fidli minerallar, oksidli minerallar, rN muhit, ishqoriy muhit, kislotali muhit, flotatsiya reagentlari, texnologik sxema



1. Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo‘lib yashagan paytlarda ham ma‘lum bo‘lib, uni daryo va ko‘l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig‘u sovuqda turli tuman aralashma va eritmalarda o‘zgarmay, erimay va o‘z xususiyatini zarracha o‘zgartirmay qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yubordi. Uning yer qobig‘idagi miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Er yuzasining bir kilometr chuqurlikkacha boradigan tashqi po‘stlog‘ida kamida 5000 000 000 (5 mlrd.) t. oltin bor. Oltinning solishtirma og‘irligi 19,258 g/sm3.
Erish temperaturasi 1063 0C. Qaynash temperaturasi 2200 va 2598 0C. Oltin boshqa metallarga qaraganda yumshoq, shu sababdan undan 1/250000 dyuym yoki 1/1000 mm zar qog‘oz (folga) yasash mumkin. 1 gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho‘zish mumkin.
Nodir metallar guruhiga oltin bilan bir qatorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yaqin xususiyatini o‘zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib, qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab chiqarish va xalq xo`jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o`rinda turadi. Oltin o‘zining o‘zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomilasi o‘rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jaxon banklaridagi boylik jamg‘armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stantsiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o‘tga va kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi.
Oltin-oltin rang, sariq, yengil bolg‘alanuvchan, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, a= 4,0704 A, kumush ham yumshoq metall bo‘lib, fakat ranggi kumushsimon ok, a=4,0772 A. Ularning fizik kimyoviy xususiyatlarining o‘ta yaqinligidan, bir-biridan cheksiz eriy oladigan qotishmalar qatorini hosil qilish mumkin.
Oltin kimyoviy faol bo‘lmagan element. elektronga nisbatan olganda eng nodir metaldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va uglerod bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo‘lmay, tezda metall holiga qaytarila oladi. Suvli suyuk eritmalarda, masalan: Ai = Ai + e; elektron potentsiali  = 1,686 va Ai = Ai + 3v reaktsiyasi uchun, elektron potentsiali;  = 1,506. Shuning uchun oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sul’fat, xlor, organik) erimaydi. Biroq oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sul’fat bilan marganetsli, sul’fat bilan azotlarda eriydi. «Shoh arog‘i» deb ataluvchi, bir hissa azot va 3 hissa xlor kislotasi aralashmasi, sul‘fat va marganets kislotasi, sul‘fat va azot kislotasi aralashmalarida eriy olishi mumkin. «Shoh arog‘i» eritmasida oltin quyidagi reaktsiya bo‘yicha eriydi:
Au + HNO3 + 4HCl = HAuCl4 + NO + 2H2 O
Bu eritma sekin–asta bug‘lantirilsa oltin xlor vodorodi sariq kristallari cho‘kmasi hosil bo‘ladi: HAuCl4 x 3H2 O. SHuningdek, oltin Na va K sinil tuzlarida kislorod va havo yordamida eriydi:
2Au + 4KCN + H2 O + ½ O2 = 2KAu (CN)2 + 2KOH
Oltin oksidlari Au2O va Au2O3 quyidagi gidrooksidlarni qizdirish yo‘li bilan olinadi: AuOH va Au (OH) 2
AuO, ya‘ni oltin ikki oksidi kulrang binafsha tusli kukun, 200 oC da elementar moddalarga parchalanib ketadi. Oltinning kislorodli birikmalari beqarordir. Ular tez parchalanib ketadilar. Oltinning bir valentli tuzlari ham beqaror, ular ham tez parchalanadi.
3Au+ = Au 3++ 2Au
Ular ammiak bilan kompleks hosil qiladilar: (AuCl , NH2; AuCl [2NH3] va h.k.) oltin sinal kompleks tuzlari beqaror va ular suvda yaxshi eriydilar: [Au(CN);
140-150 oC da xlorli havoda qizdirilgan oltin, oltin xloridi hosil qiladi. AuCl3 va 180-190 oC da AuCl hosil qiladi.
Oltin monogalogenadi turlicha tovlanuvchi sariq tusga bo‘yaladi.
Oltin monoftoridi AuF faqat bug‘ holida mavjud. Oltin tragalogenadi AuS - suvda eriydi. Oltin ftori AuF- zangori rangda, 500 oS da parchalanadi. Oltin xlor tuzlari AuCl – nina shaklidagi kristallar bo‘lib kizil rangga egadir. erish temperaturasi 288 oC.
Oltin brom tuzi AuBr - to‘q qo‘ng‘ir rangli, suvda erimaydi. Kaliy bromli eritmada oltin brom tuzi hosil bo‘ladi:
K[AuBr4 ]
Oltin yod AuI3 – tuzi to‘q yashil, suvda erimaydi. Oddiy temperaturada oltin yod birikmasi AuI3 hosil bo‘ladi. Oltin sinil kompleks tuzlari K[Au(CN)2]; Na[Au(CN)2]; Ca[Au(CN)2] suvda yaxshi eriydilar. Ular katta amaliy ahamiyatga egadirlar.
Tiomochevina eritmasida oltin erib tiokorbomid oltin tuzi hosil qiladi. Ammo bu reaktsiyaning borishi uchun oksidlovchi bo‘lishi shart. Shunda u AuCl∙2CS (NH2)2 – hosil qiladi.
Oltinnning qotishmalari
Xozirgi kunda oltin va kumushning juda kup qotishmalari mavjud. Ular yaxshi o‘rganilgan. Bu qotishmalar katta amaliy ahamiyatga ega.
Oltin kumush bilan birinchi turdagi uzluksiz qattiq eritmalar qatorini mavjud qiluvchi qotishmalar hosil qiladi. Au-Ag qattiq eritmasi sariq - yashil rang kasb etadi. Moddalar 50% dan aralashganda qotishma rangi och sariq tusga kiradi. Oltin va kumush qotishmasi «yumshoq» va yaxshi bolg‘alanish xususiyatiga ega. Oltin va palladiy qotishmasi ham kumush-oltin qotishmasi kabi cheksiz eritma qatorini tashkil etadi. SHu boisdan ham Ra (palladiy) tish-protez texnikasida ishlatiladi.
Oltin mis qotishmasi 2-tur holat diogrammasiga xos, uzluksiz eritma qatorini hosil qiladi. Bu eritmada eriy olish minimumi 884 oC da 18% Su ga teng. Au-Su qotishmasi qizil-sariq tusga kiradi. Tish-protez texnikasida keng ishlatiladi. Au-Su qotishmasi Ai ga qaraganda qattiq va mustahkamdir. Mis odatda oltin va kumush pullariga qattiqlik berish va ishlatilganda yemirilib ketishdan asrash uchun liggatura sifatida qo‘shiladi.
Oltin bilan qo‘rg‘oshin qotishmasi, «verkbley» ya`ni oltin-qo‘rg‘oshin aralashma eritmalaridan oltinni kupelyatsiya (qo‘rg‘oshinni bug‘lantirib haydash) yo‘li bilan rafinatsiya (tozalash) uchun amaliy ahamiyatga ega.
Oltin qo‘rg‘oshin qotishmasi 2 ta kimyoviy birikmalar Au2 Rb va AuRb2. Au-Rb qotishma 15% Rb da evtetik qotishma hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin oltin kristallari orasida erimay qotadi va shu boisdan bu qotishma mo‘rt bo‘ladi. Taxminan 700-800 oC da RbO sifatida bu qotishma tarkibidan qo‘rg‘oshin uchib ajraladi.
1. Amaliy pirometallurgiya jarayonida qo‘rg‘oshin erigan holda oltinni o‘zida «yutib» to‘play oladigan kollektorga aylanadi.
Qo‘rg‘oshin erigan holda oltinni 14,8% Au gacha to‘play oladi.
Oltin surma donogramma sistemasi 25% Rb da evtektika hosil etib, 460 oC da eriydi. Oltin tarkibidagi surma, oltinga yomon xislat beradi, qotishma sifatini buzadi. Surmali oltin past navli hisoblanadi. Oltin va qalay AiSn2 va AuSn4 birikmalarini hosil qilib 250 va 309 oS da eriydi.
Oltin-rux birikmasi katta ahamiyatga ega. Bu qotishmaning Au3Zn, AuZn, AuZn3 kimyoviy birikmalari mavjud. Oltin va simob qotishmasi katta fazaviy va amaliy ahamiyatga ega. Bu birikma asosida oltinni amal’gamalash yo‘li bilan rudalar tarkibidan ajratib olish kashf etilgan. Oltin-simobning uchta AuHg2, Au2Hg, Au3Hg birikmasi mavjud. Simob 16,7 % bo`lsa evtektika beradi. Oltin va simob birikmasi 310 oC da ajrab ketadi.
Download 14,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish