Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana28.08.2021
Hajmi0.65 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
aka,  -  dedi  Saida,  -  sizni  byuroga  kirgizmaslikka  bironta  ham  kommunist  rozi 

bo„lmasa  kerak  (A.Qahhor).  Bunday  otlashish  ham  aslida  undagi  tasviriy 

imkoniyatning kengayishidir. Agar bu otlashgan vosita juftlashsa, ifoda yana ham 

bo‗rttirilgan,  subyektiv  munosabat  singdirilgan,  presuppozitiv  holatda  namoyon 

bo‗ladi: - Gapingiz, ma‟qul, uka, lekin…- Lekin-pekini yo„q, - dedi Qulmuhammad 



Elomonovga so„z bermay (M.M.Do‗st). 

Biroq  bog‗lovchisi    teng  ma‘no  va  vazifali  gap  bo‗laklari  yoki  gaplarni 

zidlov  yo‗li  bilan  bog‗laydi  hamda  mazmunan  avvalgisiga  zid  fikrning 

boshlanishini  anglatadi.

35

  Pragmatik  jihatdan  olib  qaraganda  unda  kitobiylik 



bo‗yog‗i  ustunlik  qiladi,  ilmiy  va  rasmiy  uslublarda  nisbatan  ko‗proq  ishlatiladi: 

                                                 

34

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II жилд. -Б.495.  



35

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. -Б.279.  




58 

 

rasmiy uslubda: Diplomatik manbalarning xabar berishlaricha, Livan ma‟muriyati 



tinchlikparvar  missiya  faoliyatini  bir  yilga  uzaytirishni  so„ragan.  Biroq  BMT 

Xavfsizlik Kengashining 15 a‟zosi missiya faoliyatini faqat yarim yilga uzaytirish 

to„g„risida  qaror  qabul  qilgan  («Зарафшон»);  ilmiy  uslubda:  Sinergetikada  bu 

ikki  paralellikni  yangi  sifatlarning  paydo  bo„lishida  fundamental  ahamiyat  kasb 

etishi ta‟kidlanadi. Biroq, olim uni dissipativ sistemalar selektiv rivoji nazariyasi 

deb ataydi. 

Keltirilgan  misollardan  ko‗rinadiki,  biroq  ning  gap  boshida  kelishi  ko‗p 

uchraydi va pragmatik xoslangan ma‘no kasb etadi, ya‘ni birinchi gapdagi ma‘noni 

chuqur  anglash  va  his  qilish  uchun  nuqta  qo‗yilib,  o‗quvchining  diqqati  jalb 

qilinadi.  Keyin  uning  hukmiga  ikkinchi  gapning  mazmuni  havola  qilinib,  gaplar 

zidlov  vositasi  orqali  bog‗lanadi.  O‗quvchi gaplardagi  mazmunni  umumlashtirish 

orqali  ularning  qarama-qarshi  mazmunini  ongida  sintezlaydi  va  shu  jarayonda 

zidlov  vositasining  vazifasi  boshqa  holatlaridan  (asosan  gap  ichida  kelgan 

holatlardan)  yiriklashgani  seziladi.  Aslida  birinchi  gap  oxirida  nuqta  yoki  vergul 

qo‗yish,  ikkinchi  gapning  bosh  harf  yoki  kichik  harf  bilan  boshlanishi  ifoda 

mohiyatini  va  biroq  ning  pragmatik  qiymatini  o‗zgartirmaydi:  To„g„ri,  bobosi  - 

eshon,  ya‟ni  dushman,  otasi  -  yapon  razvedkasi  agenti,  u  ham  dushman.  Biroq 

Qurbonoy  dushman  emas.  Unsur  bo„lsayam  ongsiz,  tasodifiy  unsur. 

(O‗.Hoshimov).  Biroq  yordamida  yuzaga  chiqayotgan  zidlanish  bo‗yog‗i  har  ikki 

holatda ham anglashilaveradi. 

 

Zidlovchi  vositalar  doirasidagi  ammo,  lekin,  biroq,  -u/-yu,  -ku  singari 

vositalar  bir  substansial  qiymatdoshik  uyasiga  birlashadi.  Bu  uyaga  shunga 

qaramasdan  birikmasini  ham  kiritish  mumkin.  Substansial  qiymatdoshik 

munosabatga kirishish jarayonida ular ikki qutbga – kitobiy va jonli til uslublariga 

ajraladi.  Ammo,  lekin,  biroq,  shunga  qaramasdan  kabilar  qutbning  birinchi 

qismidan,  -u/-yu,  -ku  esa  ikkinchi  qismidan  joy  oladi.  Nutqda  bu  semantik 

yaqinliklarga  tayanilgan  o‗zaro  almashinib  qo‗llanishlarda  yana  boshqa  stilistik 

xususiyatlar  ham  namoyon  bo‗ladi.  Masalan,    O„zi  yaxshi  yigit  ekan-u,  bir  kuni 




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat