Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat


-rasm. Pedagogika fanlar tizimining maxsus tarmoqlari



Download 0,63 Mb.
bet6/9
Sana05.12.2019
Hajmi0,63 Mb.
#28568
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5397947964566013390

8-rasm. Pedagogika fanlar tizimining maxsus tarmoqlari

Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslami bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bar- dosh bera oladigan, yukasak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.

2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi

Istiqlol tufayli o'zining mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin demokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko'proq demokratiya tamoyillariga asos- lanmoqda. Ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O'zbekiston Respub­ likasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy g'oyalarida o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko'nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolaming oqi- lona yechimlarini topish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifa- larni odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb-hunar das- turlarini ongli ravishda mukammal o'zlashtirgan, mas’uliyatli fuqa- rolami tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi. Yuqoridagi g'oya ta’lim tizimi oldiga bir qator aksiomatik vazi- falarni ko'ndalang qilib qo'ydi. Jumladan: uzluksiz ta’lim tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jara- yonlariga moslash;

- talim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar tizimi va maz­ munini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, m^daniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta’lim oluvchilarni mantiqiy mushoqada qildirish jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini amalga oshirish. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar va mu- assasalar vujudga kelishi, inson manfaatlariga e’tibor jahon hu­ quqiy andozalari va milliy urf-odatlarning uyg'unligida shakllanib borayotganligi mustaqil O'zbekistonda taiim sohasidagi islohotlar tantana qilib boryotganligining belgisidir. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil boiishi munosabati bi­ lan maktablardagi taiim-tarbiya ishlari rivojlanib, takomillashib borayotir. Mamlakatimizda ijtimoiy soqalarda oikazilgan ijobiy islohotlar natijasida shaxsning erkin fikrlashi va mantiqiy mu­ shoqada qilish ko'nikmalarini yanada takomillashtirish, fuqaro- laming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ku- chaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Shaxs erkin, man­ tiqiy izchillikda fikrlay olmasa, demokratik tamoyillar tantana qil- masa, shaxsning taiim olish huquqi va erkinliklarini amalga oshi- rib boimaydi. «Biz uchun mustaqillik - eng awalo, o‘z taqdirimizni qoii- mizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlami, urf-odatlami tiklash, mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqaror- likni saqlashdir1». Shu nuqtayi nazardan, shaxsning har tomonlama kamol topi- shini amalga oshirish, yangicha fikr yurituvchi erkin fuqaroni tar­ biyalash davr talabi boiganligi bilan belgilanadi va u quyidagilarda o‘z aksini topadi: 1. Jamiyatimizda mafkuraviy tizimning o‘zgarishi, ijtimoiy yangilanish erkin mushoqada yurituvchi shaxsga qo‘yayotgan talab- lar yangicha yondashish, qarash, munosabat, mezon, talab, mohi- yat, mazmun, shakl, atribut taqozo etishi.

2. Erkin mushoqada yuritish fenomenologiyasining ko‘lami kengayishi. 3. Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnolo­ giyalar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga, shaxsga ham obyekt, ham subyekt sifatida qaralishiga ijtimoiy zarurat tug‘ilishi. Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Shaxs-ijtimoiy hayotning maqsuli. Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushun- chasi bilan ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning indi- vidualligidir. Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytaril- maydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlaming o‘tib borish xususiyatlari, his- siyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. Individ va shaxs o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlar. Shaxs­ ning biologik va psixologik rivojlanishi. Shaxsning jismoniy, aqliy, ma’naviy kamol topish jarayoni. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi. Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon boiib, u barcha tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, tanosil a’zolarining, nerv funksional faoliya- tining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishiga aytiladi. Bo- laning jismoniy rivojlanishida uning bo‘yi o‘sadi, vazni va muskul kuchi ortadi, sezgi organlari mukammallashadi, harakatlami to‘g‘ri boshqara oladi. Bolaning ruhiy rivojlanishida shaxsidagi psixik sifat va belgilar shakllanadi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qat- nasha boshlaganda, uning xulqida tevarak-atrofga boigan munosa- batida, ayniqsa, jamoa ishlarida qatnashishida namoyon boiadi. Shaxs rivojlanishida biologik omillar, ijtimoiy omillar, taiim va tarbiya, bola shaxsining faolligi (faoliyat) va boshqalar muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘zbek olimlari E. G'oziyev, M.G. Davletshin, A. Munawarov, V. Karimova, R. Jo'rayev, J. Hasanboyevlar; xorij olimlari D.B. Elko- nin, A.V. Petrovskiy, V. Davidov, L.S. Vigotskiy, Dj. Dyui, G.Gard- пег, J. Piajelarning rivojlanishda shaxs faoliyatining ahamiyati to'grisidagi qarashlari salmoqli ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyotida insonning bilimi va faol amaliy faoliyati to'grisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida chuqur flkr bildirilgan. Ajdodlarimizning komil inson haqidagi axloqiy talablar maj- muasi sharqona axloq kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog'lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, ja- miyatga bo'lgan munosabati ham, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi yetukligi ham turlichadir. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga asosan kamol topadi. Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning kamolga etishida irsiyat, muhit, maqsadga mu- vofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o'zining mus­ taqil faoliyati ham muhim ahamiyatga egadir (9-rasm).



Shunday qilib, ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi ham insoniy- ijtimoiy muhitda yashashga bog‘liqligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgi­ larning ayrim biologik ko‘rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi (1920-yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo‘ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi)1. Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omil- lariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, asab tipini, asosiy shartsiz reflekslami meros qilib ola- dilar. Odam shaxsi va xulqining rivojlanishida biologik omillaming rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'Iab o‘rganuvchi bixe- viorizm, pragmatizm, biogenetik oqimlar bo‘lib, ulaming ayrim va- killari odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos bar­ cha xususiyatlarga ega bo‘ladi desa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, deydi. Ba’zilari esa bolaning axloqiy jihatdan o‘sishini ham irsiyatga bog’laydi. Biologik omilning inson shakllanishidagi o‘mi muhim va o'ziga xos, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy meqnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug’ma o’tishi mumkin, lekin bu tug‘ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma’lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o‘mi mu­ him bo'lib, Alisher Navoiy-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug’bek-astro- nom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste’dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim rol o'ynagan. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatiga ham shaxs shakllanishida muhit­ ning o'mi muhimligini ko'rsatadi (10-rasm). Ta’lim-tarbiya insonning shakllanishida yetakchi rolni o'ynay- di, ta’lim-tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan o'qish, yozish, mehnat, malaka va ko'nikmalar egal- lanishi, hatto tug'ma kamchiliklar ham ma’lum tomonga o'zgarti- rilishi (kar, ko‘r, soqovlarni o'qitish), muhit* ta’sirida yuzaga kelgan salbiy kamchiliklami ham tugatish mumkin (11-rasm).




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish