Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “yoshlar ittifoqi” stipendiyasi nizomi



Download 54,5 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi54,5 Kb.
#458395
Bog'liq
stipendiya nizomi

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI UCHUN “YOSH maslahatchilar kengashi” STIPENDIYASI NIZOMI


I. Umumiy qoidalar
1.1 “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi – barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari (bakalavr, magistr)ga ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofotdir.
1.2. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi talabalarning Yosh maslahatchilar Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) Kengash faoliyatida erishgan eng yuqori natijasi va yutug‘i sifatida e’tirof etiladi.
1.3. “Zulfiya” mukofoti, “Mard o‘g’lon” mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medali, nomdor davlat stipendiyasi (darajasi jihatidan mazkur stipendiyadan yuqori turishi, shuningdek, “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi iqtidorli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilishini inobatga olib) sovrindorlari mazkur tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
1.4. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi yilning o‘n ikki oyi davomida to‘lab boriladigan to‘lov bo‘lib, stipendiyaning bir oylik miqdori eng kam ish haqining bir barobari miqdorida belgilanadi.
1.5. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasini olish uchun faqat oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalar (bakalavr va magistr) hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.
II. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasining maqsad va vazifalari
2.1. Yosh maslahatchilar Kengashining oliy ta’lim muassasalari talabalari orasiga yanada chuqurroq kirib borishini ta’minlash va ta’sirini oshirish, talabalarning Kengash faoliyatiga intilishini kuchaytirish.
2.2. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining jamoat ishlari va Kengash faoliyatidagi faolligi hamda tashabbuskorligini rag‘batlantirish.
2.3. Yosh maslahatchilar Kengashi faoliyatini kuchaytirishda talabalarning iqtidori, ilmiy salohiyati, faolligi va shijoatidan unumli foydalanish.
III. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasini tashkil etish
3.1. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasini qo‘lga kiritish uchun respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari (keyingi o‘rinlarda nomzod deb yuritiladi) hujjat topshirishlari mumkin.
3.2. Nomzodlar hujjatlarni 1-kursdan boshlab topshirishlariga ruxsat etiladi.
3.3. Nomzodlarning hujjatlari o‘tgan o‘quv yilida yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.
3.3. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasiga tanlov uch bosqichda tashkil etiladi:
birinchi bosqich – nomzodlarni anketa va hujjatlari Kengashning oliy ta’limdagi vakillari tomonidan har o‘quv yilining 30-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar hujjatlarini oliy ta’lim muassasalaridagi Kengashning oliy ta’limdagi vakillari ko‘rib chiqadi hamda munosib nomzodlarni o‘quv yilining 15-noyabriga qadar Kengashning viloyatdagi vakillariga taqdim etadi.
Nomzodlarning hujjatlari viloyatlardagi Kengash vakillari tomonidan ko‘rib chiqilib, saralangan nomzodlar o‘quv yilining 1-dekabriga qadar Kengashning Respublika vakillariga taqdim etiladi.
3.4. Nomzodlar quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
- nomzod anketasi;
- fuqarolik pasporti nusxasi;
- 2 dona (3x4 hajmdagi) rasm;
- Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi hamda Ittifoqning tuman (shahar) Kengashi raisidan tavsiyanoma;
- nomzodning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi aks ettirilgan ma’lumotnoma;
- nomzodning iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa);
- nomzodning faolligi va iqtidorini ko‘rsatuvchi ilmiy-publitsistik materiallar (to‘plamlar yoki matbuotda chiqqan ilmiy maqolasi, tezislari, publitsistik maqolasi);
- nomzodning Ittifoq tomonidan ta’sis etiladigan tanlov va targ‘ibot tadbirlariga taklifi hamda innovatsion g‘oyasi (chop etilgan holda).
Ikkinchi bosqich – saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda Kengashning viloyatdagi vakillari tomonidan hududdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan kelgan nomzodlarning hujjatlari o‘rganib chiqiladi va ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan test imtixonlaridan yuqori ball to‘plagan har bir oliy ta’lim muassasalaridan 5 nafargacha munosib nomzodlar saralab olinadi.
Nomzodlar Kengash tomonidan ta’sis etilgan loyihalarga taklifi hamda innovatsion g‘oyasini davlat tilida 250-350 so‘zdan iborat insho shaklida yozib taqdim etadi (bunda davlat tilini bilish darajasi inobatga olinadi).
Uchinchi bosqich – yakuniy bosqich bo‘lib, mazkur bosqichga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi. Kengashning yo‘nalishlar bo‘yicha vakillaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyihasi taqdimotiga qaratilgan suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko‘ra munosib deb topilgan hamda baholash natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan nomzodlar “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohibi deb topiladi.
3.5. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohiblari ro‘yxati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
3.6. Nomzodlarni saralash bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
3.7. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohibi bo‘lgan nomzodlar keyingi saralashlarda takroran ishtirok etishi mumkin emas.
IV. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohiblari bilan
uzluksiz ishlash
4.1. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohiblari o‘zlari bildirgan taklif va innovatsion g‘oyalardan kelib chiqib, quyidagi koordinatorlik guruhlariga ajratiladi hamda tuman (shahar) hududidagi yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari va tanlovlarni yuqori saviyada o‘tkazilishiga mas’ul hisoblanadi:
- Ijtimoiy himoya va huquqiy loyiha koordinatorlari - ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi;
- Ma’naviy va ma’rifiy loyihalar koordinatorlari - ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir qiluvchi zararli g‘oyalar, diniy oqimlar, illatlarga qarshi yoshlar ongida immunitet hosil qiluvi loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi;
- Sport, salomatlik va ekologik madaniyat loyihalari koordinatorlari - ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlar o‘rtasida sport, sog‘lom turmush tarzi, yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirishga oid loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi;
- Tadbirkorlik va turizm loyihalari koordinatorlari - barcha ta’lim muassasalarida yoshlar uchun ekoturizm va yoshlar turizm sohasidagi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik, kichik biznes uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga yo‘l ochadigan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi;
- Innovatsion g‘oyalar va IT loyihalari koordinatorlari - barcha ta’lim muassasalari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar uchun robot texnika, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalishni ta’minlashga qaratilgan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi.
4.2. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohiblari yo‘nalishlar bo‘yicha tuman (shahar) va hududlar kesimida faoliyatini olib boradi.
V. “Yosh maslahatchilar Kengashi” stipendiyasi sohiblarini
rag‘batlantirish tartibi
5.1. “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sohiblari “Yil talabasi” tanlovida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi hamda hudud miqyosidagi tanlov g‘olibi “Kelajak bunyodkori” medalini olishga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
5.2. “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sohiblariga ular keyingi faoliyati davomida Ittifoqda faol bo‘lgan taqdirda ular uchun berilayotgan stipendiya yana bir o‘quv yiliga uzaytirib beriladi.
5.3. “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sohiblari bo‘lgan, ustama ish haqi to‘lanadigan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga stipendiya to‘lanmaydi.
5.4. “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sohiblari keyingi faoliyati davomida Ittifoq faoliyatida faol ishtirok etmasa, o‘zlari taklif etgan loyihalarni va innovatsion g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida tatbiq eta olmasa, Ittifoqning tuman (shahar) va hududiy Kengashi taqdimnomasiga asosan Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi qaroriga binoan unga stipendiya to‘lab berish to‘xtatiladi va berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
5.5. “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasi sovrindorlariga to‘lab boriladigan stipendiya uchun mablag‘ Ittifoqning Markaziy Kengashi hisobidan ajratilib, hududiy Kengashlar orqali to‘lab boriladi.
5.6. Sovrindorlarga stipendiya to‘lab borish to‘xtatilgan taqdirda, ular uchun ajratilgan mablag‘ tegishli hududiy Kengash tomonidan Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytariladi.
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish