Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


VI. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish



Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.10.2019
Hajmi0.94 Mb.
1   2   3   4

VI. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish 

51.  Xorijiy  fuqarolarni  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarni  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim 

institutlariga  qabul  qilish  qonun  hujjatlariga  va/yoki  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalariga 

muvofiq  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’limga  qabul  kvotalaridan  ortiqcha  to‘lov-kontrakt  asosida  amalga 

oshiriladi. 

52. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirishda shu jumladan ilmiy 

konsultantlar mehnatiga haq to‘lash, tadqiqotlar  va eksperimentlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga 

oluvchi o‘qish uchun haq to‘lash miqdori, shuningdek uni to‘lash tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 

manfaatdor  tomonlar  o‘rtasida  tuziladigan  shartnoma  bilan  belgilanadi.  Shartnomada,  shuningdek  katta  ilmiy 

xodimlar-izlanuvchining  lavozim  maoshini  va  o‘qish  uchun  haq  to‘lash  miqdorini  aniqlashda  hisobga 

olinadigan  ular  bilan  bog‘liq  ijtimoiy  ajratmalar  bilan  birgalikda  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa 

to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilishi mumkin. 



VII. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat 

53. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim talablarini bajargan va fan 

doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun  dissertatsiya  himoya  qilgan  shaxslarga  belgilangan  tartibda  davlat 

namunasidagi fan doktori diplomi beriladi. 



54.  Fan  doktorlarining  ilmiy  tadqiqotlar  natijalarini  o‘quv  jarayoniga  joriy  etgan  holda  kadrlarni 

tayyorlash  va  qayta  tayyorlashdagi  ishtiroki  ularning  ilmiy-pedagogik  va  jamoat  faoliyatining  muhim  jihati 

sifatida qaraladi va hisobga olinadi. 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi

nizomga 

 

ILOVA 



Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish rejalashtirilayotgan__ 

______________________________________________________ da ishlovchi 

(oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining nomi) 

_______________________ mutaxassisligi bo‘yicha fan doktorlari to‘g‘risida 

(mutaxassislik shifri va nomi  

 

 



 

 

 



MA’LUMOTLAR 

 

 



 

F.I.O.  Tug‘ilgan 

 

Mutaxassislik shifri va nomi, 



doktorlik dissertatsiyasi 

 

Ilmiy 



darajasi, 

 

Ish joyi 



va 

lavozimi 

Oxirgi 5 yilda 

mutaxassislik 

bo‘yicha asosiy 

ilmiy ishlari 

(monografiyalar, 

maqolalar) 

 

 

 



 

 

  



____________ 

(imzo  


____________________ 

(F.I.O.) 

 

 

M.O‘  



 

 

 



 

 

 



 

 

Sana «_____» yil «___» __________________ 



 

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son 

qaroriga

 

3-ILOVA 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining 

TUZILMASI 



 

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son 

qaroriga 

 

4-ILOVA 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risida 

NIZOM 


I. Umumiy qoidalar 

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  (keyingi 

o‘rinlarda  OAK  deb  ataladi)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992  yil  31  martdagi  PF–371-

son 


Farmoni 

bilan  tashkil  etilgan  va  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish 

masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. 

OAK o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 

2.  OAK  o‘z  faoliyatida  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  va  qonunlariga,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qarorlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari, 

qarorlari  va  farmoyishlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga, 

boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi. 

3.  OAK  o‘z  faoliyatini  davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  jamoat 

birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 

4.  Davlat  budjeti  mablag‘lari  va  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  manbalar  OAK  faoliyatini 

moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 

5.  OAK  yuridik  shaxs  hisoblanadi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  gerbining  tasviri  tushirilgan  va 

o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 



II. OAKning asosiy vazifalari va funksiyalari 

6. Quyidagilar OAKning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  sohasida  O‘zbekiston 

Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari, 

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari  hamda  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlarning  amalda 

bajarilishini ta’minlash; 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  sohasida  yagona  davlat 

siyosatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 



doktorlik  dissertatsiyasi  ishlariga  hamda  fan  doktori  ilmiy  darajasi  va  ilmiy  unvonlar  talabgorlariga 

talablarning yagonaligini ta’minlash; 

ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarning  sifat  tarkibini  yaxshilashga,  jamiyat  va  davlat  ehtiyojlarini,  fan, 

ta’lim,  texnika  va  texnologiyalarni  rivojlantirish  istiqbollarini  hisobga  olgan  holda  ilmiy  va  ilmiy-pedagog 

kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; 

ortiqcha  byurokratik  jarayonlarni  yo‘qotishga  yo‘naltirilgan  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog 

kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish; 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazishning  barcha  bosqichlarida 

OAK faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash; 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazishning  barcha  bosqichlarida 

xolislikni ta’minlash; 

fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlarga qo‘yiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga 

muvofiqligini ta’minlash. 

7. OAK o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  va  ilmiy  kadrlarni 

attestatsiyadan  o‘tkazish  ishida  xalqaro  hamkorlik  bo‘yicha  davlat  siyosatini  amalga  oshirish  sohasida 

respublika Fanlar akademiyasi, vazirliklari, idoralari, ilmiy tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 

talabgorlarning  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  ishlarni  olib  borishga  layoqatini  aniqlash  bo‘yicha  test 

sinovlari  natijalari  asosida  fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun  dissertatsiya  tadqiqotlari  mavzularini 

muvofiqlashtiradi, monitoringini olib boradi, shuningdek ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi; 

katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchi institutlari tomonidan oliy malakali ilmiy va 

ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sifatining tizimli monitoringini olib boradi; 

fan doktori ilmiy unvonini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar ishini shakllantirish 

va  tashkil  etish  tartibi  bo‘yicha  normativ-huquqiy  hujjatlarni,  fan  doktori  ilmiy  darajasi  va  ilmiy  unvonlar 

to‘g‘risidagi nizomni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; 

vazirliklar  va  idoralar,  Fanlar  akademiyasining  iltimosnomalari  bo‘yicha  oliy  ta’lim  muassasalari  va 

ilmiy-tadqiqot  muassasalari  huzurida  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  bo‘yicha  ilmiy  kengashlarni  tashkil 

etadi,  ularning  shaxsiy  tarkibini  tasdiqlaydi,  ilmiy  kengashlarga  dissertatsiyalarni  himoyaga  qabul  qilish 

huquqini beruvchi ilmiy mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi; 

fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga 

oshiradi  va  ular  ishi  monitoringini  olib  boradi,  ekspert  kengashlarning  takliflari  asosida  ularning  faoliyatini 

to‘xtatib turadi yoki to‘xtatadi; 

doktorlik  dissertatsiyalarining  asosiy  ilmiy  natijalarini  e’lon  qilish  uchun  tavsiya  etiladigan  yetakchi 

ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatini belgilaydi; 

manfaatdor  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar  bilan  birgalikda  fan,  texnika,  ta’lim  va  madaniyatni 

rivojlantirish  yo‘nalishlari  bo‘yicha  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  mutaxassisliklari  turlarini 

takomillashtirish ishlarini olib boradi; 

fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun  himoya  qilingan  dissertatsiyalarning  davlat  ekspertizasini 

o‘tkazadi; 

tegishli  ilmiy  kengashning  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  to‘g‘risidagi  qarorini  tasdiqlaydi,  oliy 

ta’lim  muassasalari  kengashlari  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  ilmiy  kengashlari  taqdimnomasi  bo‘yicha 

professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini beradi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga  yoki  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashaydigan  va 

ishlaydigan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga xorijiy mamlakatlar attestatsiya organlari tomonidan berilgan fan 

doktori ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya (ekvivalentlikni aniqlash) qiladi; 

davlat  namunasidagi  fan  doktori  diplomlarini,  professor,  dotsent  va  katta  ilmiy  xodim  attestatlarini 

rasmiylashtiradi; 

OAKga tushadigan apellyatsiyalar, takliflar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi; 

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning 

ustuvor  vazifalariga  muvofiq  rejalashtiriladigan  doktorlik  dissertatsiyasi  tadqiqotlari  mavzularini 

muvofiqlashtirish  va  doktorlik  dissertatsiyasi  tadqiqotlarini  muhokama  qilish  uchun  fan  tarmoqlari  bo‘yicha 

muvofiqlashtiruvchi kengashlar tashkil etadi; 

himoya  qilingan  dissertatsiya  ishlarini  tahlil  qiladi  va  respublika  vazirliklariga,  idoralariga  natijalari 

dissertatsiya ishlarida bayon qilingan ilmiy tadqiqotlar bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dissertatsiya 

ishlari  natijalarini  amaliyotga  joriy  etish  mumkinligi  to‘g‘risidagi  tegishli  tavsiyalar  bilan  birgalikda 

yuborilishini ta’minlaydi; 



OAK  vakolatiga  tegishli  masalalar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasining  boshqa  davlatlar  bilan 

xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi; 

o‘ziga  yuklangan  vazifalar  doirasida  xorijiy  mamlakatlarning  attestatsiya  organlari  bilan  o‘zaro 

hamkorlik o‘rnatadi va uni amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda axborot ayirboshlashni tashkil etadi. 



III. OAKning huquqlari va vazifalari 

8. OAK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: 

Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun 

zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda olish; 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  masalalari  bo‘yicha 

davlatlararo muzokaralarda ishtirok etish; 

ekspert kengashlarning qarorlari asosida fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha bir martalik ilmiy 

kengashlar tashkil etish va ularning ishini nazorat qilish; 

OAK  Rayosati  majlislarida  ish  tajribasini  o‘rganish  va  umumlashtirish  maqsadida  fan  doktori  ilmiy 

darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar raislarining hisobotlarini eshitish; 

dissertatsiya  ishlarini  ilmiy  ekspertizadan  o‘tkazish  va  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  bo‘yicha 

ilmiy  kengashlar  faoliyatini  tekshirish  uchun  yuqori  malakali  mutaxassislarni  jalb  etish.  Fan  doktori  ilmiy 

darajasini  berish  bo‘yicha  ilmiy  kengashlar  faoliyatini  tekshirishda  qatnashish,  opponent  va  taqrizchi 

funksiyalarini  bajarish  davrida  jalb  etiladigan  olimlar  va  mutaxassislar  doimiy  ish  joylaridagi  ish  haqi 

saqlangan holda o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etiladi; 

malaka imtihonlari ro‘yxatini belgilash va ularning tashkil etilishi va saviyasini nazorat qilish; 

fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar ishlab turgan tashkilotlardan belgilangan 

tartibda  har  yilgi  hisobotlarni  hamda  respublikada  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni 

attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflarni  ishlab  chiqish  va  tadbirlarni  amalga 

oshirish uchun vazirliklar va idoralardan zarur axborotni olish; 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  takomillashtirish, 

dissertatsiya  tadqiqotlarining  sifati  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatini  oshirish  bilan  bog‘liq  muammolarni  hal  etish 

uchun idoralararo kengashlarni belgilangan tartibda chaqirish; 

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, oliy malakali 

ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, kengashlar, 

konferensiyalar ishida qatnashish; 

dissertatsiyalarga  qo‘yiladigan  talablarga  muvofiq  fan  va  iqtisodiyot  tarmoqlari  uchun  ahamiyati 

yuzasidan qo‘shimcha xulosa olish maqsadida dissertatsiya ishlarini zarur hollarda fan doktori ilmiy darajasini 

berish bo‘yicha ilmiy kengashlarga yuborish; 

oliy  ta’lim  muassasalari  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  ilmiy  va  tegishli  kengashlarining 

tavsiyalariga  binoan  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  ilmiy  darajalar  va  ilmiy  unvonlardan 

belgilangan tartibda mahrum qilish yoki ularni tiklash. 

9.  OAK  o‘z  vakolatlari  doirasida  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  idoralar,  mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlari,  tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun  majburiy  bo‘lgan  normativ-huquqiy  hujjatlarni 

belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega. 

10.  OAK  zarur  hollarda  boshqa  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralar  bilan  birgalikda  qo‘shma 

qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. 

11.  OAK  o‘ziga  yuklangan  vazifalar  va  funksiyalarni  ushbu  Nizomga  muvofiq  bajarishga  majbur, 

respublikada oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish tizimining  holati  va uni 

takomillashtirish yuzasidan javob beradi. 



IV. OAK faoliyatini tashkil etish 

12. OAKga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan 

rais boshchilik qiladi. 

OAKning  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  lavozimga  tayinlanadigan  va  lavozimdan  ozod  etiladigan 

bosh ilmiy kotibi bo‘ladi. Bosh ilmiy kotibning vazifalari OAK raisi tomonidan belgilanadi. 

13.  OAKning  apparati  uning  ijro  etuvchi  organi  hisoblanadi,  OAK  apparatining  tuzilmasi  va 

xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 

14. OAK raisi: 

OAK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda OAKga yuklangan vazifalar 

va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi; 

OAKning  ekspert  kengashlari,  bo‘limlari  va  boshqa  bo‘linmalari  faoliyatini  yo‘naltiradi  va  nazorat 

qiladi; 


oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  masalalari  bo‘yicha  o‘z 

vakolatlari  doirasida  OAK  qarorlarini,  ilmiy  daraja  berish  to‘g‘risidagi  diplomlarni  va  ilmiy  unvonlar  berish 

to‘g‘risidagi attestatlarni imzolaydi; 

OAK apparatining xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; 

OAK apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; 

OAK apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; 

zaruriyat  bo‘lganda  xodimlarning  belgilangan  umumiy  soni  va  mehnatga  haq  to‘lash  fondi  doirasida 

apparat  tuzilmasiga  o‘zgartirishlar  kiritadi,  OAK  apparatining  shtat  jadvalini,  shuningdek  OAK  apparati 

xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; 

qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

15.  OAK  raisi,  bosh  ilmiy  kotib  hamda  fanning  asosiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha  fan,  texnika,  ta’lim  va 

madaniyat sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat bo‘lgan Rayosat OAKning rahbarlik qiluvchi 

ijro  etuvchi  organi  hisoblanadi.  Rayosatning  shaxsiy  tarkibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

tomonidan tasdiqlanadi. 

Rayosat ishiga OAK raisi rahbarlik qiladi. 

Zaruriyat  bo‘lganda  OAK  raisi  Rayosat  a’zolari  tarkibini  qisman  o‘zgartirish  bo‘yicha  taklifni 

belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 

OAK Rayosati rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi organ sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar tashkil etish tartibini ishlab chiqadi, ilmiy 

kengashlar tuzishga ruxsatnomalar beradi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ularga tegishi mutaxassisliklar 

bo‘yicha dissertatsiya ishlarini ko‘rib chiqish huquqini beradi; 

ekspert kengashlar tashkil etish to‘g‘risida qarorlar chiqaradi; 

ilmiy kengashlarning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlaydi hamda ilmiy unvon berish 

to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 

fan  doktori  ilmiy  darajasi  berish  bo‘yicha  ilmiy  kengashlar  raislarining  va  ilmiy  unvonlar  berish 

bo‘yicha kengashlar raislarining ishlari to‘g‘risida hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi; 

ilmiy  yo‘nalishlar  bo‘yicha  bosh  inspektorlarning  ilmiy  daraja  berish,  shu  jumladan  himoya  qilingan 

doktorlik  dissertatsiyalari  bo‘yicha  attestatsiya  yig‘majildlarining,  shuningdek  ilmiy  unvonlar  berish  bo‘yicha 

attestatsiya yig‘majildlarining OAK talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi; 

o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi; 

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  boshqa 

masalalarni hal etadi. 

16.  Bosh  ilmiy  kotib  himoya  qilingan  doktorlik  dissertatsiyalarining  OAK  talablariga  muvofiqligi 

yuzasidan  javob  beradi  va  quyidagi  ilmiy  yo‘nalishlar  bo‘yicha  tarkibiga  6  nafar  bosh  inspektorlar  kiradigan 

Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi: 

fizika-matematika fanlari; 

kimyo, biologiya va geologiya-minerologiya fanlari; 

texnika fanlari; 

qishloq xo‘jaligi fanlari; 

ijtimoiy fanlar (tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika fanlari); 

tibbiyot va psixologiya fanlari (tibbiyot, farmasevtika, veterinariya, psixologiya fanlari). 

Har  bir  bosh  inspektor  tegishli  ilmiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha  himoya  qilingan  doktorlik 

dissertatsiyalarining  OAK  talablariga  muvofiqligi  yuzasidan  javob  beradi  va  OAK  Rayosati  majlisida 

belgilangan tartibda hisobot beradi. 

17.  OAK  Rayosati  a’zolari,  shuningdek  apparat  xodimlari  OAK  ekspert  kengashlari  va  fan  doktori 

ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar a’zolari bo‘lishi mumkin emas. 

18. OAK Rayosatining majlisi uning faoliyatining tashkiliy shakli hisoblanadi. OAK Rayosati majlisi, 

agar unda uning a’zolarining oddiy ko‘pchiligi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. 

19. OAK Rayosati qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va, agar uning uchun majlisda 

qatnashuvchi OAK Rayosati a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz bersa qabul qilingan hisoblanadi. 

20. OAK Rayosati qarorlari qarorlar shaklida rasmiylashtiriladi hamda OAK raisi, bosh ilmiy kotib va 

OAK apparatining mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi. 

21. OAK Rayosati  majlislari bayonnomalari  rasmiylashtiriladi  hamda OAK raisi va  bosh ilmiy  kotib 

tomonidan imzolanadi. 



22.  OAK  Rayosati  a’zolari  majlis  boshlangunga  qadar  kun  tartibi  va  majlisda  ko‘rib  chiqiladigan 

barcha materiallar bilan tanishishlari kerak. OAK Rayosatida ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalar ekspert 

kengash fikri hisobga olingan holda har tomonlama va mohiyatiga ko‘ra muhokama qilinishi kerak. 

23. OAK Rayosati va ekspert kengashi fikri farq qilgan hollarda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha 

materiallar  takroran  ko‘rib  chiqish  uchun  ekspert  kengashga  qaytariladi.  OAK  Rayosati  va  ekspert  kengashi 

fikri  ikkinchi  marta  farq  qilgan  taqdirda  masala  OAK  Rayosati  tomonidan  tashkil  etiladigan  kamida  besh 

kishidan iborat kelishuv komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Kelishuv komissiyasi tarkibiga OAK Rayosati, ekspert 

kengashi  a’zolari  va  ushbu  masalani  ko‘rib  chiqishning  barcha  bosqichlarida  ilgari  qatnashmagan  mutaxassis 

olimlar kiradi. Kelishuv komissiyasining xulosasi OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va uzil-kesil qaror 

qabul qilinadi. 

24. OAK Rayosati majlisi bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda OAK Rayosatining navbatdan 

tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin. 

25.  Yuqori  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazishga  taalluqli 

attestatsiya  yig‘majildlari  va  boshqa  hujjatlar  bo‘yicha  qabul  qilingan  qarorlarning  normativ-huquqiy 

hujjatlarga  muvofiqligini  ta’minlash  maqsadida  ,  shuningdek  OAK  faoliyatining  kollegial  qarorni  va  uning 

bajarilishi yuzasidan nazoratni talab etadigan joriy masalalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun OAK 

raisi,  bosh  ilmiy  kotib,  ilmiy  yo‘nalishlar  bo‘yicha  bosh  inspektorlar,  shuningdek  OAK  bo‘limlari 

boshliqlaridan iborat tarkibda OAKning Tartib-qoida komissiyasi tashkil etiladi. 

26.  Taqdim  etilgan  doktorlik  dissertatsiyalarini,  ularning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatini  ilmiy 

ekspertizadan  o‘tkazish,  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  bo‘yicha  ilmiy  kengashlar  ishini  va  attestatsiya 

o‘tkazishda talablarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish, ilmiy daraja berish va ilmiy unvonlar berish 

to‘g‘risidagi  iltimosnomalarni  ko‘rib  chiqish,  shuningdek  OAK  Rayosatiga  tavsiyalar  tayyorlash  uchun  fan, 

texnika, ta’lim va madaniyat sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert 

kengashlar tashkil etiladi. 

Ekspert kengashlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish 

birlashmalari,  boshqa  tashkilotlar,  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralarning  tavsiyalari  hisobga  olingan  holda 

shakllantiriladi  hamda  keyinchalik  tarkibining  kamida  uchdan  bir  qismi  yangilangan  holda  OAK  Rayosati 

tomonidan uch yil muddatga tasdiqlanadi. 

27.  Olimlar  va  mutaxassislarning  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimi 

ishida qatnashishi ularning ijtimoiy-ilmiy faoliyatining muhim jihati sifatida qaraladi va hisobga olinadi. 

Ekspert  kengashlar  a’zolari,  opponentlar  va  taqrizchilar,  shuningdek  jalb  etiladigan  mutaxassislar 

mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

28. OAK oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha 

«OAK  Byulleteni»  jurnalini  nashr  etadi.  «OAK  ma’lumotnomasi»  jurnalida  izlanuvchilarning  dissertatsiya 

tadqiqotlari  mavzulari,  dissertatsiya  annotatsiyasi  bilan  birgalikda  doktorlik  dissertatsiyalari  himoya  qilinishi, 

talabgorlarga fan doktori ilmiy darajasi berilishi hamda ilmiy unvonlar berilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa 

ma’lumotlar ham beriladi. «OAK Byulleteni» jurnali o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida nashr etiladi. 

29.  Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlarni  attestatsiyadan  o‘tkazishda  ochiqlik  va 

oshkoralikni ta’minlash maqsadida OAK faoliyati masalalari OAK veb-saytida va «OAK Byulleteni» jurnalida 

yoritiladi. 

Bundan  tashqari,  OAK  veb-saytida  fan  doktori  ilmiy  darajasi  va  ilmiy  unvonlar  talabgorlarining 

attestatsiya  yig‘majildlarining o‘tishi, shu jumladan ularning normativ-huquqiy ekspertizadan o‘tishi natijalari, 

keyinchalik  ularning  ilmiy  ekspertizaga  berilishi  va  uning  tugallanishi,  shuningdek  OAK  Rayosatida  yakuniy 

qarorlar  qabul  qilish  uchun  attestatsiya  yig‘majildlarini  ko‘rib  chiqish  muddatlari  to‘g‘risidagi  axborotlar 

joylashtiriladi.  Ushbu  qaror  shuningdek  OAK  veb-saytida  Rayosat  majlisidan  keyin  7  kun  mobaynida 

joylashtiriladi. 

OAK veb-sayti zaruriyatga qarab, lekin haftada kamida bir marta yangilanadi. 

30.  Bo‘lajak  doktorlik  dissertatsiyalari  himoyalari,  ularning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati  to‘g‘risida 

ommaviy  axborot  vositalari,  OAK  veb-sayti  va  «OAK  ma’lumotnomasi»  jurnali  orqali,  shuningdek 

avtoreferatning  to‘liq  matnini  Fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  bo‘yicha  ilmiy  kengashning  veb-saytida  va 

Internet tarmog‘ining boshqa axborot-resurs portallarida joylashtirish yo‘li bilan xabar beriladi. 

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son 

qaroriga

 

5-ILOVA 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik