Oliy attestatsiya komissiyasi rais qarori


IV. Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim institutlarida o‘qishni tashkil etish



Download 478,32 Kb.
bet7/9
Sana24.01.2017
Hajmi478,32 Kb.
#1040
1   2   3   4   5   6   7   8   9

IV. Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim institutlarida o‘qishni tashkil etish

11.  Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar o‘qishning birinchi yilida  tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va metodologik dasturni  o‘zlashtiradilar.

 

Mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy –metodik dasturlar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar  va mustaqil izlanuvchilarning  ilmiy maslahatchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasalari yoki  ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Nazariy-metodik dastur umumiy konsepsiyani va metodologiya masalalarini, nazariy asoslarni  hamda ushbu fan bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga olishi shart.



 

O‘qishning keyingi yillarida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning  maxsus bilimlarini oshirish  maqsadida oliy ta’lim muassasalari yoki  ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan fan soxalariga ko‘ra Oliy attestatsiya  komissiyasi tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar  tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladi.



 

Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot   ishlari bo‘yicha yuklama  xajmi xaftasiga  36 soatni tashkil qiladi, ulardan 12 soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi.  Mustaqil izlanuvchilar uchun o‘quv yuklamasi xajmi xaftasiga 12 soatni tashkil qiladi,  ulardan 4 soatidan  ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratiladi.

 

12. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilarning  va mustaqil izlanuvchilarning sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shuningdek ularga  ilmiy va o‘quv metodik yordam ko‘rsatish maqsadida ular faol ilmiy  va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi, shu jumladan davlat ilmiy-texnik  dasturlari doirasida ilmiy-texnik  loyixalarni amalga oshirishda qatnashuvchi fan doktorlari jumlasidan  konsultantlarga birkitiladi.



 

13. Katta ilmiy xodim- izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar  doktorlik dissertatsiyasini himoya qilguncha:

 

O‘zbekistonning yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan soxalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan aniqlanadigan fanlar bo‘yicha imtihon topshirishi;



 

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika  ilmiy va ilmiy-amaliy  konferensiyalarida, seminarlarida va davra suhbatlarida aprobatsiya (muhokama) qilinishini ta’minlashi, shuningdek dissertatsiyaning asosiy natijalarini aks  ettiradigan, soni Oliy attestatsiya  komissiyasi talablariga muvofiq  bo‘lgan chop  qilgan ilmiy maqolalarga ega  bo‘lishi kerak.

 

katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilguncha, shuningdek o‘qishning butun davri davomida ta’lim muassasalarida kamida 300 soat  xajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.



 

14.  Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni  himoya qilish katta ilmiy xodim – izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi  tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.

 

V. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog

kadrlarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari

 

quyidagilar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan doktorlari) tayyorgarligining zarur va etarli  darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi:



 

fan va texnika rivojlanishiga, muhim ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammoni hal etishga yoxud fanning tegishli tarmog‘ida  istiqbolli yo‘nalishni rivojlantirishda yangi yirik yutuq, joriy etilishi fan va texnika  rivojlanishiga muhim xissa qo‘shadigan ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik echimlarga ulushni ta’minlaydigan ixtirolarga va seleksiya yutuqlariga muallif (xammuallif) bo‘lish;

 

fanning tegishli soxasi rivojlanishi konsepsiyasining moxiyati va mazmunini chuqur bilish,  mutaxassislik bo‘yicha asosiy bilimlarni puxta egallash, maqsad va vazifalarni, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini bilish va tushunish;



 

tadqiqotlarning umumilmiy va aniq tarmoq metodologiyasini egallash, muammoni malakali  aniqlash va asoslash, ilmiy ma’lumotlar va materiallarni taxlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish, zaruriyat bo‘lganda eksperimental tadqiqotlar olib borish  qobiliyatiga ega bo‘lish;

 

tadqiqotlar natijalariga asoslanib muammoning moxiyatini bilimdonlik bilan bayon qilish, ilmiy xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda shakllantirish;



 

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish;

 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida jaxon fan va  texnikasi rivojlanishining  zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni maqsadli izlash va ularning natijalarini puxta  ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;



 

tegishli davlat, tarmoq ilmiy-texnika dasturlari va boshqa tadbirlar  loyixalarini ishlab chiqishda, ularning monitoringini olib borishda va ularni amalga oshirishda faol qatnashish;

 

bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha pedagogik faoliyatda faol qatnashish,  ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish;



 

16. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya yuqori malakali ilmiy ish bo‘lishi, unda muallif tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va dolzarb ilmiy yoki amaliy muammolar hal etilishi yoki ilm-fan tegishli tarmog‘ining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun mufyyan yutuq sifatida  baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lishi yoki joriy etilishi ilm-fanning, texnikaning, ijtimoiy-siyosiy sohaning yoki  iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shadigan echimlar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.

 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim to‘g‘risida
N I Z O M

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim ushbu Nizomga muvofiq  katta ilmiy xodimlar va uch yilgacha muddat mobaynida mustaqil izlanuvchilik instituti shaklida amalga oshiriladi.

3. Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim institutlari fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek  fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni  rivojlantirish, davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish maqsadida  etakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida  ochiladi.

4. Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim institutlarida o‘qish davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga va to‘lov-kontrakt asosida (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) amalga oshiriladi.

5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’lim institutiga qabul  qilinayotgan bakalavr  mutaxassisligi  yo‘nalishi, magistr va fan nomzodi mutaxassisligi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim mutaxassisligi tegishli bo‘lgan fan sohasiga muvofiq  bo‘lishi kerak. Mutaxassisliklar mos kelmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi  ta’limni fanning turdosh sohalarida  olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar Vazirlar Maxkamasi  xuzuridagi Oliy attestatsiya  komissiyasi (OAK)ning ruxsatini olishlari kerak.

Doktorlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish  va uni himoya qilish katta ilmiy xodim-izlanuvchi yoki mustaqil izlanuvchining tanloviga ko‘ra o‘zbek, rus,  qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud  OAK bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.

 

II. Oliy  o‘quv yurtidan keyingi  ta’limning tashkiliy asoslari

 

6. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasai Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga,  Fanlar akademiyasiga yoki  o‘zlari tizimiga  kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini  ochishning  maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida murojaat qiladi.



 

Murojaat bilan  birgalikda oliy ta’lim muassasasi kengashining yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining  tegishli qarori, shuningdek ushbu Nizomga  ilovaga muvofiq  shakl bo‘yicha katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti ochilishi rejalashtirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha  tadqiqot olib boruvchi  fan doktorlari to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limi tomonidan  tasdiqlangan ma’lumotlar taqdim etiladi.

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy  ta’lim muassasasi  va ilmiy-tadqiqot muassasasi tasarrufida bo‘lgan vazirliklar, idoralar tashkilotlar  murojaat tushgan va barcha zarur xujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror o‘n kun muddatda tegishli oliy ta’lim muassasasiga va ilmiy-tadqiqot muassasasiga yuboriladi. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar  institutini ochish to‘g‘risidagi  ijobiy qarorning  nusxasi axborot uchun  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markaziga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi  xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga ham yuboriladi.



Mustaqil izlanuvchilik instituti katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti ochilgan oliy ta’lim  muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, ushbu oliy ta’lim muassasalari va ilmiy- tadqiqot muassasalari tizimiga  kiradigan  vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning   qarori bilan  tashkil etiladi.  Mustaqil izlanuvchilik institutlarini tashkil etish katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini  tashkil etish tartibi singari tartibda amalga oshiriladi.  (bunda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha  tadqiqot olib borayotgan fan doktorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni takroran taqdim etish talab qilinmaydi).

 

7. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy malakali ilmiy  va  ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.



 

III. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilarni o‘qitishni  tashkil etish

 

8. Har yili 1 maygacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyixalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan fan doktorlari (keyingi o‘rinlarda etakchi olimlar deb ataladi) tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya etiladigan mavzulari ishlab chiqiladi, mavzular oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot  muassasasining ilmiy kengashida ularning fan va  texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.



Har yili 1 maygacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyixalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan fan doktorlari (keyingi o‘rinlarda etakchi olimlar deb ataladi) tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya etiladigan mavzulari ishlab chiqiladi, mavzular oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot  muassasasining ilmiy kengashida ularning fan va  texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.

 

9. Tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari oliy ta’lim  muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga kiradigan  tegishli vazirliklar,  idoralar va tashkilotlar bilan kelishiladi, keyinchalik ushbu mavzular 15 maygacha bo‘lgan muddatda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga taqdim etiladi.



 

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi 1 iyungacha bo‘lgan muddatda taqdim etilgan mavzularni ularning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi yuzasidan qo‘rib chiqadi, keyinchalik ularni doktorlik dissertatsiyalari mavzularining tavsiya etilayotgan ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Tavsiya etilayotgan doktorlik dissertatsiyalari mavzularining ma’lumotlar bazasi har bir mavzu bo‘yicha mavzuni ishlab chiqqan fan doktorining familiyasi,  ismi, otasining ismi va ish joyi ko‘rsatilgan holda Qo‘mitaning Internet-sahifasida e’lon qilinadi.

 

Zaruriyat bo‘lganda, Qo‘mita bilan kelishilgan holda  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirliklar, idoralar va  tashkilotlarning takliflari asosida dissertatsiya ishlari mavzulari o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi.



 

10. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti shaklida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun talabgorlar ma’lumotlar bazasidan doktorlik  dissertatsiyalari mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur.

 

Talabgorda doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha o‘zining takliflari mavjud bo‘lgan taqdirda, u tegishli oliy ta’lim  muassasasi kengashiga  yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga murojaat qiladi.  Oliy ta’lim muassasasi  kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi mavzuni  fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan bir oy muddatda ekspertizadan o‘tkazadi,  mavzuni tegishli ravishda Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga kiradigan  vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishib oladi hamda katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar institutiga xujjatlar qabul  qilish e’lon qilinishi muddatigacha kamida bir oydan kechikmasdan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga dissertatsiya ishi mavzusini ma’lumotlar bazasiga kiritish to‘g‘risida taklif yuboradilar.



 

11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,  Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 1 iyungacha bo‘lgan muddatda Fan va  texnologiyalarni  rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga keyingi  yildan boshlab katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni davlat byudjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.

 

12. oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,  Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bo‘yicha har yilgi qabul kvotasi Fan va texnologiyalarni  rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston respublikasi  Moliya vazirligi va iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi va 1 iyuldan  kechikmasdan tegishli ravishda Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim  vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuboriladi.



 

Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim  vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar  ajratilgan kvotalarni  idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari va tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlaydi.  Taqsimlangan kvota  tegishli oliy ta’lim  muassasalariga va ilmiy- tadqiqot muassasalariga 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda etkaziladi.

 

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqlangan qabul kvotasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilga byudjet byurtmanomasini taqdim etadi.



 

13. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari qabul kvotalariga muvofiq har yili  1 sentyabrdan kechikmasdan, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qish uchun  talabgorlarning xujjatlarini qabul qilish to‘g‘risidagi xujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan xujjatlar va topshiriladigan imtihonlar ro‘yxatini, o‘qitish haqini to‘lash shartlarini (byudjetdan moliyalashtirish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish) va boshqa zarur shartlarni ko‘rsatgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi.

 

Xujjatlar 15 oktyabr – 15 noyabr davrida qabul qilinadi.



 

14. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot  muassasasiga quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

 

ariza;


ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki  O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi yoki Milliy xavfsizlik  xizmati ta’lim muassasasining magistratura  diplomiga  tenglashtirilgan diplomi yoxud fan nomzodi diplomi yoki magistr darajasi joriy qilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza  va doktorlik dissertatsiyasi  rejasining mufassal loyihasi;

ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta),  ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlariga  fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining  asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa ilmiy ishlar to‘plamlariga  kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini  aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan test sinovidan  o‘tganligini tasdiqlovchi OAK xujjatining nusxasi;

etakchi olimlardan birining uning ilmiy konsultant  sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi. Bunda tavsiya etilgan mavzular bazasidan tanlab olingan mavzu bo‘yicha, qoidagi ko‘ra,  ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq ushbu mavzuni taklif etgan etakchi olim ilmiy konsultant bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari  tegishli xujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

15. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida rektor (direktor) raislik qiladigan qabul komissiyasi tashkil etiladi.  Qabul komissiyasi a’zolari  o‘qitish mutaxassisliklari bo‘yicha  etakchi olimlardan rektor (direktor) tomonidan tayinlanadi.



 

16. Katta ilmiy xodim – izlanuvchi sifatida o‘qish uchun kirayotgan shaxslar mutaxassislik, O‘zbekiston tarixi, fanning bilish nazariyasi va metodologiyasi hamda falsafa, fan metodologiyasi, chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Kirish  imtihonlari savollari qabul komissiyasi tomonidan  mutaxassislikning  mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va ular oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi  ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fanning tegishli  yo‘nalishi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan talabgorlar kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadilar.

Kirish imtihonlari 1-20 dekabr davrida bo‘lib o‘tadi.

 

17. Qabul komissiyasi 22 dekabrgacha bo‘lgan muddatda kirish imtihonlari natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib katta ilmiy xodimlar institutiga qabul qilinganlarni tanlaydi.



 

Bir necha talabgorlarning kirish imtihonlari  natijalari bo‘yicha ular tomonidan  to‘plangan yakuniy ballari  teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stependiyalari sohiblariga;



tegishli mutaxassislik bo‘yicha a’lo baholi diplomga ega bo‘lganlarga;

mutaxassislik bo‘yicha imtihon natijalariga ko‘ra ko‘p ball to‘plaganlarga;

ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga (shu jumladan xammualliflikda) patentga ega bo‘lganlarga ustunlik beriladi.

 

18. Tanlash natijalari qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va bir kun muddatda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tasdiqlashi uchun kiritiladi.  Bunda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot  muassasasi ilmiy kengashi tomonidan bir vaqtning o‘zida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutiga kirganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari tasdiqlanadi.



 

Tasdiqlangan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari “OAK Byulleteni”  jurnalida e’lon qilinishi shart.

 

19. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni qabul qilish oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining tegishli  kengashlarning  tanlash natijalarini va doktorlik  dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida 25 dekabrgacha chiqariladigan buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Bunda yangidan qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq keyingi yilning  1 yanvaridan boshlanadi.



 

O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ilmiy konsultantlar ham belgilanadi.

 

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar o‘qishga qabul qilish va ularning tasdiqlangan mavzulari to‘g‘risidagi ma’lumot oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy- tadqiqot muassasasi  tomonidan Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasiga, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga joriy yilning 31 dekabrigacha taqdim etiladi.



 

20. Ilmiy konsultant bir vaqtning o‘zida 3 nafardan ko‘p bo‘lgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin emas.

 

21. Katta ilmiy xodim- izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda  dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi  rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi  o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda  tasdiqlanadi.



 

22. Ilmiy konsultant  tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy – metodologik kursining o‘quv rejasini ishlab chiqadi va u ham oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi  o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.

Nazariy-metodoligik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va  masalalarini, fan bo‘yicha nazariy asoslarini  va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili  mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi.

 

23. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida o‘qishning keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi  tomonidan fan sohalariga ko‘ra  OAK tomonidan  belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv  dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.

 

24. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yuklama hajmi xaftasiga 36 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi  bilan 12 soat auditoriya  mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.



 

25. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdogiga tenglashtirilgan miqdorda lavozim maoshi belgilanadi.

 

26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan  tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida  tayyorlangan xarajatlar  smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi  Davlat byudjetidan ta’lim olish bo‘yicha  oliy o‘quv yurtida,  fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli mablag‘lar  ajratadi. Ushbu mablag‘lar hisobiga ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda lavozim maoshlarining tegishli  to‘lovlari amalga oshiriladi.



O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat  bojxona qo‘mitasi va Milliy xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga  qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy ta’minoti xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

27. O‘qishga qabul qilingan katta  ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qonun xujjatlariga muvofiq  haqi to‘lanadigan  mehnat ta’tili beriladi.



 

Tegishli xujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish,  homiladorlik va tug‘ish ta’tilida  bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga  chaqirilish munosabati bilan  uzaytirilishi  mumkin.

 

28. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi,  chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar  bo‘yicha  mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan ikki fan bo‘yicha imtihonlarni topshirganlaridan keyin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga qo‘yiladilar.



 

29. Doktorlik dissertatsiyasini  o‘qish muddati tamom bo‘lishidan  kamida 6 oy muddatidan oldin himoya qilgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot  muassasasining byudjetdan  tashqari mablag‘lari  hisobiga eng kam oylik ish haqining  o‘n  besh baravari miqdorida  mukofot to‘lanadi.

 

30. Ilmiy konsultantlar  tomonidan oliy ta’lim  muassasasida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan olib borilgan ish har bir  katta ilmiy xodim- izlanuvchi uchun bir yilda  100 soat hajmida ularning umumiy  o‘quv soatlariga  kiritiladi.



 

Ilmiy-tadqiqot muassasasida ilmiy konsultantlarning katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to‘lash o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik  uchun mehnatga  soatbay haq to‘lashning qonun xujjatlarida  belgilangan tartibda har bir izlanuvchiga bir yilda 100 soat hisobidan kelib chiqib  fan tarmog‘i uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘laridan har oylik asosida amalga oshiriladi.

 

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar – xorijiy fuqarolar  va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ilmiy konsultantlar mehnatiga haq to‘lash  o‘qish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq  amalga oshiriladi.



 

31. Dissertatsiya ishini o‘qish muddati  tamom bo‘lishidan kamida 6 oy  muddatidan oldin himoya qilgan katta ilmiy xodim-izlanuvchining ilmiy konsultantiga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining  byudjetdan  tashqari  malag‘lari hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.

 

32.  Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning  o‘qish muddati ular ishining umumiy  stajiga qo‘shiladi.


Download 478,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish