Oldingi tahrirga qarang



Download 0,73 Mb.
bet1/9
Sana19.05.2022
Hajmi0,73 Mb.
#605069
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kirish.doc


Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining xodimlarning cheklangan soni 68 nafardan iborat bo‘lgan yangi tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning to‘g‘riligini nazorat qilish boshqarmasi xodimlarining cheklangan soni 30 nafar etib belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning to‘g‘riligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
yangi tashkil etilgan Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning to‘g‘riligini nazorat qilish boshqarmasini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni nazarda tutsin;
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan Boshqarmaning yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini ta’minlasin.
5. “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida tugatilgan Nazorat-taftish bosh boshqarmasi negizida shtatdagi xodimlari soni 10 kishidan iborat bo‘lgan paxta tozalash korxonalari tomonidan normativ-texnologiya talablariga rioya etilishi monitoringi bo‘limi tashkil etilsin.
Monitoring bo‘limiga paxta tozalash korxonalari tomonidan tayyorlanayotgan paxta xomashyosi miqdori va sifatini, paxta xomashyosi konditsion massasi to‘g‘ri hisoblab chiqilishini, paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash texnologiya tartibiga, paxta tolasi va paxta mahsuloti boshqa turlari chiqishining belgilangan normativlariga,paxta mahsulotini sertifikatlash va sotish tartibiga, shuningdek g‘o‘za navlarini yangilashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish yuklansin.
6. “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan, saqlanayotgan paxta xomashyosi miqdori, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari sotilishi to‘g‘risida har oyda, zarur hollarda esa tezkorlik bilan axborot taqdim etsinlar;
Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga taftish va tekshirish o‘tkazish davrida ko‘maklashsinlar, shuningdek tekshirishlar o‘tkazishga tarmoq mutaxassislarini jalb etsinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 11-fevraldagi 66-son qarorining 3-bandi va qarorga ilova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 34-modda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish