Olam yaralibdiki, insonga halol, sog‘lom yashash, farzandlarini sog‘lom tarbiyalash ne’mat sifatida buyurilgan



Download 22,99 Kb.
Sana11.03.2021
Hajmi22,99 Kb.
#61373
Bog'liq
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorlari asosida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Halol” standarti qabul qilindi.

Olam yaralibdiki, insonga halol, sog‘lom yashash, farzandlarini sog‘lom tarbiyalash ne’mat sifatida buyurilgan.

Ekkan daraxtlarimiz, nafas olib turgan havomiz, luqma nonimiz, ichayotgan suvimiz barchasi halol bo‘lishi kerak, deb buyurilgan.

Halollikni doimo ta’minlash va kelajak avlodga me’ros qoldirish dinimiz tomonidan insoniyatga farz qilingan. Shu bois, butun dunyoda oziq-ovqat, suv, kiyim-kechak, sog‘liq va tijorat kabi barcha sohalarda halol ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Halol oziq-ovqat, halol turizm, halol tekstil, halol tibbiyot kabi sohalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida aslini yo‘qotmagan holda rivojlantirish va kelajak avlodga me’ros qoldirishimiz lozim.

Biz va avlodlarimiz bu qimmatli ne’matlarning qadriga yetib, halol yeb, halol ichib, halol yashashimiz joizdair.

Biz o‘z zimmamizga tushgan vazifani vijdonan bajarishimiz va insoniyatga halollikni uqtirishimiz darkor.

Bugungi kunda «Halol» belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, dunyoda musulmon ahlining ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, yer aholisining 24 foizi degani) «Halol» belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlamoqda.

Shuningdek, Halol turizm industriyasi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan soha bo‘lib, bu bozorning yillik hajmi 126 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda va 2020 yilga borib kamida uch barobar ortishi kutilmoqda.

"O‘zstandart" agentligi tomonidan "Halol" standartining qabul qilinishi, tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini yuqori standart talablari asosida ta’minlashga zamin yaratadi.

Bu esa, xalqimiz, Vatanimiz kelajagi va farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda mahalliy mahsulotlarimizni tashqi bozorlarda ham muvaffaqiyat qozonishiga asos bo‘ladi.

Zero, bunday sa’y-harakatlar, tabbaruk zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriylar, Moturidiylar, Imom At Termiziylar, Navoiy-u, Beruniylar avlodlarini kamolga yetkazishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

 Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartlarini qabul qilish bo‘yicha tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yana bir qator davlat standartlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan:



  • O’z DSt 3300:2018 (TS 13571:2013, MOD) “Halol ovqat va ichimliklar tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar uchun O‘z DSt 3286:2018 qo‘llanishining muayyan talablari”,

  • O’z DSt 3301:2018 (TS OIC/SMIIC 2:2012, MOD) “Halol” sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan talablar”,

  • O’z DSt 3302:2018 (M 2200: PART 1:2008, MOD) “Islom iste’mol mahsulotlari – 1 qism: kosmetika va shaxsiy gigiyena. Umumiy qo‘llanma”;

  •  O’z DSt 3303:2018 (M 2200: PART 2:2013, MOD) “Islom iste’mol mahsulotlari – 2 qism. Hayvonlar suyagidan, terisidan va junidan foydalanish - umumiy qo‘llanma”

davlat standartlari tasdiqlanib, 2018 yil 1 apreldan amaliyotga joriy etildi.

“Halol ovqat va ichimliklar tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar uchun O‘z DSt 3286:2018 qo‘llanishining muayyan talablari” davlat standarti TS 13571:2013 “Halol ovqat va ichimliklar tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar uchun muayyan talablar” standarti asosida ishlab chiqilgan. Ushbu standart O‘z DSt 3286 davlat standartiga muvofiq umumiy ovqatlanish, restoranlar, mehmonxonalar, oshxonalar, kafeteriylar va bufetlar, o‘z–o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari, tayyor mahsulot supermarketlari, novvoyxonalar va qandolat do‘konlarining halol joylari, bunday joylarda ishlatiladigan xom ashyo materiallari, halol taomlarni tayyorlash, saqlash va iste’molga berish uchun talablarini belgilaydi. Shuningdek, ushbu jarayonlarda ishtirok etadigan xodimlar amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan qoidalar hamda ushbu jarayonlarda ishlatiladigan asboblar, uskunalar va vositalardan foydalanish qoidalarini o‘z ichiga oladi.


“Halol” sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan talablar” davlat standarti “Halol” sertifikatlashtirish faoliyatlarini yuritadigan “Halol” sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur bo‘lgan barcha qoida va tartiblarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu standartda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi idoralarning kompitenligini, auditining ketma-ketligini va xolisligini, halol mahsulot, xizmatlar va/yoki menedjment tizimlarini sertifikatlashtirishni prinsiplarini va talablar belgilab berilgan. “Halol” mahsulot/xizmat va/yoki menedjment tizimi sertifikatlashtirish uchinchi tomon - muvofiqlikni baholash idoralari amalga oshiradi. Ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi idoralar uchinchi tomon-muvofiqlikni baholash idorasi hisoblanadi. “Halol” sertifikatlashtirish idorasi davlat yoki nodaavlat bo‘lishi mumkin. Ushbu standart akkreditatsiya yoki shunga o‘xshash baholash tekshiruvlarida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
“Islom iste’mol mahsulotlari –1 qism: kosmetika va shaxsiy gigiyena. Umumiy qo‘llanma” davlat standarti MS 2200: PART 1:2008 MOD “Islomda halol iste’mol mahsulotlar - 1 qism: Kosmetika va shaxsiy gigiyena - Umumiy qo‘llanma” standarti asosida ishlab chiqilgan. Ushbu standart “Halol” kosmetika va shaxsiy gigiyena yo‘nalishlari uchun amaliy tavsiyalarni belgilaydi hamda kosmetika, shaxsiy gigiyena, savdo-sotiqda yoki biznesda asosiy talablar bo‘lib xizmat qiladi.
“Islom iste’mol mahsulotlari – 2 qism. Hayvonlar suyagidan, terisidan va junidan foydalanish - umumiy qo‘llanma” davlat standarti MS 2200: PART 2:2013 MOD “Islom iste’mol mahsulotlari – 2 qism. Hayvonlar suyagidan, terisidan va junidan foydalanish - Umumiy qo‘llanma” standarti asosida ishlab chiqilgan. Ushbu standart Islom shariati qoidalariga muvofiq tegishli tarmoqlarda hayvonlar suyagi, terisi va junidan foydalanish uchun amaliy tavsiyalarni belgilaydi.

“HALOL” belgisi bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda alohida e’tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, yurtimizda ham “HALOL” standarti joriy etildi.
Xo‘sh, bunday standartdan mamlakatimizga, aholiga qanday naf bor?
Bu savolga Jahon bankining O‘zbekistondagi konsultanti Jahongir Imomnazarov shunday javob berdi:
– Dubay amirligi buyurtmasiga ko‘ra, AQSHning Thomson Reuters va Dinar Standard tadqiqot - konsalting kompaniyalarining islom iqtisodiyoti bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotlari, “HALOL” mahsulot va xizmatlar bozori yaqin yillarda yiliga 6,5 foizdan o‘sishini va 2020 yilda 2,6 trillion dollarni tashkil qilishini ko‘rsatdi.
Yanada aniq bilish uchun qiyoslaydigan bo‘lsak, “HALOL”, ya’ni tarkibida islom dinida iste’mol qilish ta’qiqlangan mahsulotlar bo‘lmagan oziq-ovqat va ichimliklar bozorining hajmi 2015 yilda 1,17 trillion dollarga teng bo‘lgan edi. Bu ko‘rsatgich, 2021 yilga borib 1,9 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda bugungi kunda “HALOL” pardoz-andoz va dori-darmon mahsulotlari bozorining hajmi 134 milliard dollarga teng bo‘lib, 2021 yilga borib, 213 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Keling, shu o‘rinda dunyodagi yirik kompaniyalarning “HALOL” mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi faoliyatiga nazar tashlaylik. Misol uchun, Nestlé (Shveysariya) kompaniyasining Malayziyadagi shu’ba korxonasi 1 milliard dollardan ziyod tovar aylanmasi bilan “HALOL” mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchilik qilmoqda. 1912 yilda ish boshlagan kompaniya, “HALOL” mahsulotlar bozori istiqbolini o‘z vaqtida anglab yetib, 1994 yildan ana shu belgidan foydalanishni boshladi va o‘zining “HALOL” sifat markazini tashkil qildi. Hozirda 5 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilib, 300 turdan ortiq “HALOL” mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Bruney hukumatiga tegishli “Ghanim International” kompaniyasi 2011 yildan buyon Buyuk Britaniyaga Bruneihalal belgisi ostida “HALOL” mahsulotlar yetkazib bermoqda. Bu mahsulotlar Britaniyaning savdo tizimlari, jumladan, mashhur TESCO orqali sotilmoqda. 2016 yildan esa “Ghanim International” Britaniyaning Birmingem shahrida “HALOL” go‘sht mahsulotlari fabrikasini ishga tushirdi.
Yaponiya ham bu masalada ilgarilab bormoqda. Masalan, Aichi prefekturasi musulmonlarga bag‘ishlangan mehmondo‘stlik qo‘llanmasi nashr qildi. Yapon tilidagi qo‘llanma yapon tadbirkorlari uchun tayyorlangan bo‘lib, unda musulmonlarga nisbatan qanday muomalada bo‘lish kerakligi, musulmonlarga nima taklif qilish mumkin va nima mumkin emas kabi masalalar yoritilgan. Albatta, bu qo‘llanma musulmonlarga hurmat bildirish uchun emas, balki Yaponiyaga tashrif buyurayotgan musulmon turistlarda yaxshi taassurot qoldirish va keyinchalik ularni yana Yaponiyaga kelishini ta’minlash uchun tayyorlangan.
Hozirga qadar bir nechta MDH mamlakatlari (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) o‘z mahsulotlarini Saudiya Arabistoni, Birlashgan arab amirliklari, Eron, Iordaniya, Misr, Bahrayn, Omon kabi musulmon mamlakatlariga “HALOL” belgisi ostida eksportga chiqarib ham ulgurgan.
Shu o‘rinda eng qiziq fakt – “HALOL” standarti talablariga javob beruvchi mahsulotlarni eksport qiluvchi asosiy mamlakatlar musulmon davlatlari emas, balki AQSH, Braziliya, Avstraliya, Germaniya kabi davlatlar ekanligini aytib o‘tmoqchimiz. Aholisi asosan musulmonlardan iborat Indoneziya, Turkiya, Pokiston, Misr kabi davlatlar esa “HALOL” turdagi mahsulotlarni (birinchi navbatda go‘shtni) katta miqdorda import qiladi.
Download 22,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish