Oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari



Download 36,19 Kb.
Sana03.03.2017
Hajmi36,19 Kb.
#3715

Buxoro viloyat, Kogon shahar №9 umumta’lim maktabtabi kimyo fani o’qituvchisi Jumayeva Sayyora Temirovnaning kimyo fanidan ochiq dars ishlanmasi

Fan:Kimyo

Sinfi:7-“B”

Mavzu:”Oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari”

OKSIDLARNING OLINISHI VA KIMYOVIY XOSSALARI

(7-sinflar uchun 1-soatlik dars ishlanmasi)

Darsning maqsadi:

a)o’quvchilarga oksidlarning kimyoviy xossalari va olinishi haqida tushunchalar berish;

b)kimyo fani haqidagi bilimlarini rivojlantirish, o’quvchilarni kimyoning hayotiy jarayonlar bilan bog’liqligi asosida tarbiyalash;

c)o’quvchilarning kimyoviy savodxonligini oshirish, o’zi egallagan kasb-hunar yo’nalishi bo’yicha kimyoviy bilimlarini boyitish. Mustaqil fikrlash va shu asosda ishlashga o’rgatish. Kimyogarlik kasbiga yo’naltirish, fanga nisbatan qiziqishlarini uyg’otish.

Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar tomonidan yakka va guruhlarda o’zlashtirib olishlari hamda suhbat va munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirganligini nazorat qilish va o’quvchilar bilimini baholash.

Darsning usuli:

Kimyoviy diktant, savol-javob, “Sehrli qopcha’’, “Topqirlar”, “Klaster”, “Qiziqarli mo’jizalar”, “Sirli so’z”, “Lotolar”, “Aqliy hujum”.



Dars shakli:

Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruh va jamoalarda ishlash.

Darsning jihozi:

Kimyoviy elementlar davriy sistemasi, “To’ryinchi ortiqcha” savol

Kartochkalari, testlar, videoproektor, vatman qog’oz, rangli qog’oz,

qaychi,yelim,bo’r,doska.



Dars usuli:tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida ishlash.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash:rag’batlantirish, “5” balli tizim asosida baholash.

Asosiy adabiyotlar:

1. 7-sinf “Kimyo” darslagi.

2. F.G.Feldman., G.E Rudzitis “Umumiy kimyo asoslari”

Qo’shimcha adabiyotlar:

1. V.M.Potapov., G.P.Xomchenko “Ximiya”

2. G.P.Xomchenko., I.G.Xomchenko “Kimyo”

3. “Maktabda kimyo” jurnali.

Kutiladigan natija:

a) o’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishga erishadi. O’quvchilar faolligini oshiradi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir mashg’ulot jarayonida barcha o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi;

b) o’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi;

Kelgusi rejalar:

O’qituvchi:

a) yangi pedogogik texnologiyalarni o’zlashtiradi va darsga tadbiq etadi, takomillashtiradi. O’z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’laydi. Pedogogik mahoratini oshiradi;

b) matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon ayta oladi. Shu mavzu asosida qo’shmcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh fikri va o’z fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi;





Bo’limlar


Vaqti

1

Tashkiliy qism

2

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

10




1.”Topqirlar”

2




2.”Kimyoviy diktant”

3




3.”Aqliy hujum”

3




4.”Blits so’rovi”

2

3.

Yangi mavzuni bayoni

30




1.”Klaster”

9




2.”Qiziqarli mo’jizalar”

5




4.”Sirli so’zlar”

5




5.”Lotolar

7




6.”Sehrli qopcha”

4

4.

Darsni yakunlash va xulosalash

2

5.

Uyga vazifa

1

I. Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b) o’zuvchilarni darsga tayyorligini nazorat qilish. Dars o’quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan dunyo xabarlari bilan boshlanadi;

O’qituvchi ularning fikrini qisqacha xulosalaydi.

O’qituvchi bugungi kun mazmunini yoritib bera oladigan, o’zi tanlagan shiorga to’xtalib o’tadi. Shiorning mazmuni mavzu bilan bog’langan holda bo’lishi va o’qituvchi maqsadlarini ochib berishi lozim.


  1. Topqirlar” usuli.

O’qituvchi o’quvchilardan o’tilgan mavzu bo’yicha ma’lumotlar aytishni so’raydi. O’tilgan mavzu bo’yicha 10 ta atamali kimyoviy diktant olinadi.

1. Li2 O 4. BaO 7. H 2O

2. K 2O 5. MgO 8. CuO 10. SO2

3. Na 2O 6. CaO 9. NO2

O’quvchilar partadoshlari bilan daftarlarni almashtirib, kimyoviy diktantni tekshirib baholaydilar. Olingan natijaga qarab o’quvchilar guruhlarga bo’linadi va nomlanadi: “Zukkolar”, “Bilimdonlar”, “Chaqqonlar”.

O’qituvchi har bir qator uchun alohida “g’aznachi” larni tayinlaydi. Ular to’g’ri javob bergan o’quvchilarni har bir javoblarini bir ball hisobida yozib boradilar.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.


  1. Aqliy hujum”.

O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha o’qituvchi savol beradi.

1. Oksidalar deb nimaga aytiladi?

2. Oksidlar necha guruhga bo’linadi?

3. Tuz hosil qiladigan oksidlarga qysilar kiradi?

4. Tuz hosil qilmaydigan oksidlarga qaysilar kiradi?

5. Asosli oksidlar deb nimaga aytiladi?

6. Kislotali oksidlar deb nimaga aytiladi?

7. Amfoter oksidlar deb nimaga aytiladi?

8. Befarq oksidlar deb nimaga aytiladi?

2. “Blits so’rovi”

Oksidlar nomi


Asosli oksidlar

Kislotali oksidlar

Amfoter oksid

Befarq oksid

CaO













Al2O3













Na2 O













Cr 2O3













NO2













SiO2













Har bir guruhdan bittadan o’quvchilar jadvalni to’ldiradilar

III.Yangi mavzu bayoni



Reja:

1. Oksidlarning olinishi

2. Oksidlarning kimyoviy xossalari

3. Xulosa



Yangi mavzuni bayon etish usullari:

O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha qisqacha fikr bildirgach, o’quvchilarga berilgan reja bo’yicha mavzuni yoritib beradi.



  1. Klaster usuli

O’qituvchi doskaga doira rasmini chizadi va unga “Oksidlarning olinishi” deb yozadi. O’quvchilar kislorodning birikmalarini doiradan strelka chiqargan holda yozadilar va izohlaydilar.

C+O2=CO2 2H2+O2=2H2O




Oksidlarning

olinishi

S+O2=SO2 2Ca+O2=2CaO

4P+5O2=2P2O5 4Al+O2=2Al2O3

She’r”

Ta’riflasa kimyogar

Deysiz xuddi sehrgar,

O’ylab ko’rilsa kimyo

Qiziqlidan bir dunyo.

Ham ulug’ fan,ham hunar

Hamma joyda ko’rinar,

U achchig’u, bu shirin

Bunda kimyo yashirin.


  1. Qiziqarli mo’jizalar”

Videoproektor yordamida o’quvchilarga yangi mavzuga oid oksidlarning olinishiga haqida qiziqarli amaliy mashg’ulotlar ko’rsatiladi. O’quvchilar shu oksidlarning tabiatda qanday holatda uchrashini qisqacha izohlaydilar.

  1. Sirli so’zlar”

Ekranda mavzuga oid kimyoviy terminlar ko’rsatiladi va o’quvchilar tomonidan izohlash talab etiladi.

  1. Lotolar”

Bu usulga ko’ra turli shakllarda yozilgan savollar va ularning aralashtirilgan javob variantlari o’quvchilarga tarqatiladi. To’g’ri javoblarning tegishli joylarga qo’yish talab qilinadi.Bunda har bir qatordan 1 nafar vakil doskadagi vazifani bajarayotganida o’qituvchi qolgan o’quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob qiladi.

IV. Darsni yakunlash va xulasa chiqarish

O’qituvchi g’aznachilar yordamida o’quvchilar to’plagan balini hisoblab ularni javoblarini izohlagan holda baholaydi.

O’quvchilar o’zlariga yoqqan hayratlantirgan va o’rgangan ma’lumotlarni rangli qog’ozga qisqacha yozib. “Sehrli qoqcha”ga joylashtiradilar. Shundan so’ng o’qituvchi mavzuga yakun yasaydi.

V. Uyga vazifaҳҳҳҳҳҳҳҳҳ O’quvchilarga o’tilgan yangi mavzuni mustahkamlash hamda tayanch tushunchalarga izoh yozib kelish, bugungi kunda kimyo sohasida ro’y berayotgan yangiliklardan boxabar bo’lib kelish vazifasi topshiriladi.

Oksilarning olinishi va kimyoviy xossalari” mavzusida yozilgan ochiq dars ishlanmasi uchun yozilgan annotatsiyasi

Bu ochiq darsni o’tkazishdan maqsad, o’quvchilarga oksidlar ularning kimyoviy xossalari haqida umumiy ma’lumotlar berish; shu bilan birgalikda o’quvchilarni yangi pedtexnologiyalar va ularning qo’llanilishi haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib borishdir.

Bu darsni o’tishda , kimyoviy diktant bu usul bolalarni kimyoviy formulalar yozish va o’rganishga o’rgatadi. “Klaster” usulida o’quvchilar tenglama yozishga o’rganadilar. Qiziqarli mo’’jizalarga ega videoproektor yordamida kimyoviy reaksiyalar ko’rsatiladi. O’quvchilar “aqliy hujum” vaqtida tez fikrlash va so’zlashga o’rganadilar, “sirli zo’lar” usulida doskaga yoziladi yoki ekranga chiqqanida o’quvchilar javob beradilar. Masalan “Kumush” Abdullo Qodiriyning “O’tgan kunlar” asaridagi Kumush qahramon, element Ag . Bu darsni o’tishda ekologik aqliy va estetik tarbiyada hamkorlik qilindi. Bunday ishlanmalarni yozishdan maqsad kelajakda yosh pedagoglar bu usullardan samarali foydalanishdir.



Jumayeva Sayyora Temirovnaning

ochiq dars ishlanmasi.

Kogon shahar 9- umumta’lim maktabida iqtisod fanidan o’tkazilgan namunali dars va tadbirlar fan oyligi uchun

R E J A S I



Sinfi

O’tkaziladigan dars

Dars turi

Vaqti

O’qituvchi

1

9-“D”

Aksiyadorlik jamiyati

Noananaviy

20/IX

Jumayeva S.T

2

9-“B”

Firma ochish

Ananaviy

27/IX

Jumayeva S.T

3

9-“B”

9-“D”


Davra suhbati iqtisod haqida




29/IX

Jumayeva S.T

Metod birlashma boshlig’i: Isayeva Z.I.

Maktab direktori: Ergasheva D.B
Download 36,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish