Okoz: 14. 00. 00. 00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14. 01. 00. 00 Sog‘liqni saqlash / 14. 01. 08. 00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14. 01. 08. 04 Tibbiy ko‘rik] [tsz



Download 335,01 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2019
Hajmi335,01 Kb.
#25859
  1   2   3
Bog'liq
2982 15.03.2018



[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazining


Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2982]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-fevral,

12-son

Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-fevral,

3-son

Kasb-hunar ta’limi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-fevral,

2/qq-son

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazining 2018-yil 12-fevraldagi 12, 3, 2/qq-son qaroriga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (bundan buyon matnda akademik litseylar deb yuritiladi) o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni (bundan buyon matnda o‘quvchilar deb yuritiladi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoidalar

1. O‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tibbiyot bo‘limlaridagi (bundan buyon matnda tibbiyot bo‘limlari deb yuritiladi) harbiy-tibbiy komissiyalar (bundan buyon matnda HTK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

2. HTK tarkibi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.

3. HTK faoliyatiga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasida tashkil etiladigan Markaziy harbiy-tibbiy komissiyasi (bundan buyon matnda MHTK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

4. Nazorat qilish tartibida qayta tibbiy ko‘rik yoki HTK qarorini qayta ko‘rib chiqish MHTK tomonidan amalga oshiriladi.

2-bob. O‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish

5. O‘quvchilar birlamchi va yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

6. Tibbiy ko‘rik mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan uslubiy ko‘rsatmalar asosida o‘tkaziladi.

7. Tibbiy ko‘rik davrida akademik litseylarda o‘qishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar (bundan buyon matnda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar mazkur Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan kasalliklar va jismoniy nuqsonlarni qo‘llash bo‘yicha izohlar yordamida aniqlanadi.

8. Birlamchi tibbiy ko‘rikda o‘quvchining shikoyatlari, sog‘lig‘i holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi (025 h.sh.), o‘quvchi va uning ota-onasi haqidagi asosiy anamnestik ma’lumotlari (kasalliklari, jarohatlari, rivojlanishi, fe’l va xulq-atvori) o‘rganiladi hamda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi ro‘yxatda belgilangan tibbiy tahlillar va tekshiruvlar asosida o‘quvchilar laborator-instrumental tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

O‘quvchi va uning ota-onasi sog‘lig‘i holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi (025 h.sh.) hamda asosiy anamnestik ma’lumotlar HTK tomonidan o‘quvchi ro‘yxatda turadigan joyidagi tibbiyot muassasalaridan so‘rab olinadi.

9. Birlamchi tibbiy ko‘rik davrida HTK tomonidan o‘quvchiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi o‘quvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kartasi rasmiylashtiriladi.

O‘quvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kartasi HTKning raisi imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.

10. Birlamchi tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra o‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan o‘quvchilar yakuniy tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

11. Yakuniy tibbiy ko‘rik o‘quvchining sog‘lig‘ida birlamchi tibbiy ko‘rikdan keyingi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

12. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida o‘quvchilar zaruratga qarab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi tibbiyot muassasalarining ixtisoslashgan sohalari bo‘yicha mutaxassis shifokorlar ko‘rigiga tibbiy maslahat va tekshiruv uchun yuborilishi mumkin.

Mazkur tibbiy maslahat va tekshiruv natijalari ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi o‘quvchining sog‘lig‘i holatini tekshirish dalolatnomasiga qayd etiladi.

O‘quvchilarning ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

13. Yakuniy tibbiy ko‘rik natijalari o‘quvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kartasiga ilova qilinadi.

14. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ishtirok etgan har bir mutaxassis shifokor o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tibbiy ko‘rikni amalga oshiradi va tibbiy xulosa beradi.

15. HTK o‘quvchining salomatligi to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar va uning jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda o‘quvchini o‘qishga yaroqli yoki yaroqsizligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

16. HTKning yakuniy qarori HTKning barcha mutaxassis shifokorlari ko‘rigi va tibbiy tekshiruvlari natijasi asosida chiqariladi, bundan HTKning barcha mutaxassis shifokorlari ko‘rigi va tibbiy tekshiruvlari to‘liq o‘tkazilmasdan kasallik va jismoniy nuqson alomatlari aniqlangan holatlar mustasno.

17. HTKning tibbiy ko‘rik bo‘yicha natijalari o‘quvchining o‘qishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi haqidagi qarori qabul qilingandan keyin, bu haqda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi va ushbu ma’lumotnoma tegishli akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish komissiyalariga yuboriladi.

18. Tibbiy ko‘rik natijalari HTKning xulosa va qarorlarini qayd qilish kitobiga hamda o‘quvchining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kartasiga kiritiladi.

HTKning xulosa va qarorlarini qayd qilish kitobi komissiya raisi, komissiya a’zolari va kotibi tomonidan tekshiriladi va imzolanadi.

19. O‘quvchilar HTKning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda MHTKga yoki sudga murojaat qilishga haqli.

3-bob. Yakuniy qoidalar

20. HTK tibbiy ko‘rik tugaganidan keyin 10 ish kuni ichida tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha MHTKga hisobot taqdim etadi.

21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

Tibbiy ko‘rik vaqtida tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha

USLUBIY KO‘RSATMALAR

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilarning (bundan buyon matnda o‘quvchi deb yuritiladi) yaroqlilik darajasini aniqlashda kasallik yoki jismoniy nuqson xususiyati, ularning rivojlanish darajasi, o‘quv jarayoni xususiyatlari va sharoiti inobatga olinishi kerak.

2. Tibbiy ko‘rik kunduz kuni, maxsus ajratilgan, yorug‘, iliq va keng xonalarda o‘tkaziladi. Kunduzgi yorug‘likdan foydalanishning imkoni bo‘lmagan hollarda tibbiy ko‘rik mutaxassis shifokorlarning faoliyati uchun yetarli darajada sun’iy yoritilgan xonalarda o‘tkazilishi kerak. Har bir mutaxassis shifokorga alohida xona ajratiladi.

O‘quvchilarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishini obyektiv baholash uchun ularning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyat qilish yoki qilmasligidan qat’i nazar, maqsadli yo‘naltiruvchi savollar berish, subyektiv aniqlanmagan va yashirin kasallik mavjudligi yoxud kasallikni yashirishga, uning ahamiyatini kamaytirishga, shuningdek kasallik mavjudligi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilishi mumkinligiga e’tibor qaratilishi lozim.

O‘quvchilarda yatrogen kasalliklarini keltirib chiqarmaslik uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida shifokorlik odob qoidalariga (deontologiyaga) rioya qilinishi kerak.

3. Tibbiy ko‘rik laborator-instrumental, rentgen-flyuorografik, ultratovush tekshiruvi, fibrogastroskopiya va zaruratga qarab boshqa zamonaviy klinik tekshiruv usullarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tibbiy ko‘rik vaqtidagi tekshiruvlarda qo‘llaniladigan usullar boshqa tibbiy ko‘rik usullari (masalan, vestibulometriya), shuningdek oftalmolog tomonidan qo‘llaniladigan midriatiklar, miotiklar va boshqa anestetiklarning ta’siri nerv va yurak-qon tomir tizimlarini tekshirish ishlari o‘tkazilishida qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligi inobatga olinadi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida e’tiborni faqat kasallik xususiyati va jismoniy kamchiliklarni aniqlashga qaratmasdan, kasallik darajasini va kasallangan a’zolar faoliyatining kompensator imkoniyatlarini aniqlash hamda organizmning moslashish qobiliyatini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ma’lumotlarning barchasi mutaxassis shifokor xulosasida aks ettirilishi zarur.

4. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchining turmush sharoiti, aniqlangan jismoniy nuqson va kasallikning xususiyati, ifodalanishi, funksional o‘zgarishlar, kasallikning kompensatsiyasi individual tarzda inobatga olinib, o‘qishga yaroqli yoki yaroqsizlik darajasi baholanishi kerak.

O‘quvchilarga o‘qishni davom ettirishga yaroqliligi bo‘yicha individual baho berilayotganda uning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar darajasini hamda kasallangan a’zo va tizimning, umuman organizmning funksional moslashuvchanligi qay darajada ekanligi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan aniqlanishi zarur.

5. Salomatlik holati bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlardan chetga chiqish holatiga shubha qilinganda, aniqlangan o‘zgarishlarga muvofiq chuqurlashtirilgan tekshiruvlar o‘tkazilishi va tegishli soha mutaxassis shifokorlarining maslahat ko‘rigidan o‘tkazish lozim.

Agar ambulator sharoitda o‘tkazilayotgan tekshiruvda diagnoz noaniq bo‘lsa yoki shubha uyg‘otsa, o‘quvchi statsionar tekshiruvga yuboriladi.

6. Tibbiy ko‘rikda oldingi shifokorlik kuzatuvlaridagi ma’lumotlar inobatga olinib, muayyan rejaga rioya etilgan holda qabul qilingan klinik usullar bo‘yicha o‘tkazilishi zarur. Shifokorlik tekshiruvi bir-birini to‘ldiradigan quyidagi usullar:

so‘rab bilish;

ko‘zdan kechirish;

qo‘shimcha (rentgenologik, laboratoriya, instrumental va boshqa) tekshirish usullarini qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak.

7. Ekspert xulosasi o‘quvchining hayotiga oid ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda aniq qo‘yilgan diagnozga asoslangan bo‘lishi zarur. Kasallikning kelib chiqishi a’zolarda, tizimlarda yoxud organizmda ro‘y bergan morfologik va funksional o‘zgarishlar natijasida aniqlangan diagnozda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.

Kasallik etiologiyasini aniqlash to‘g‘ri diagnoz qo‘yish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Etiologik omil sezilarli darajada patologik jarayonning dinamikasini, morfologik o‘zgarishlarning xususiyatini, ayrim a’zo va tizimlardagi funksional buzilishlar darajasini aniqlab beradi.

8. Tibbiy ko‘rik o‘quvchi o‘zini qanday his qilayotganligini so‘rashdan, ya’ni tekshiruv davrida vujudga kelgan va uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlar, qattiq charchash, uyqusizlik, stress va shunga o‘xshash holatlarni aniqlashdan boshlanishi kerak. Salbiy ta’sir etuvchi holatlar borligi aniqlanganda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni boshqa vaqtga ko‘chirish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi holatlar mavjud bo‘lmasa, batafsil so‘rab-surishtirish orqali turli sezgilarni, ayniqsa og‘riqni sezishi, uning intensivligi, uzluksizligi, joylashishi, qancha vaqt davom etishi, boshlanish va tugash tezligi, paydo bo‘lish vaqti, turli ichki va tashqi muhit omillari bilan bog‘liqligi, turli farmakologik vositalarning ushbu sezgilar (og‘riqlar)ga ta’sirini aniqlash zarur. O‘quvchilar shikoyatlari, shuningdek so‘rab-surishtirish yo‘li bilan passiv shikoyatlari aniqlanadi, a’zolarning asosiy faoliyati, ayrim a’zolar va tizimlar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot to‘planadi. Shundan so‘ng turmush hamda kasallik anamnezi o‘rganiladi.

Tibbiy ko‘rikda anamnezga yetarli darajada baho berilmasligi kasallik diagnozi noto‘g‘ri qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassis shifokor o‘quvchi bilan suhbat vaqtida uning tug‘ilgan va yashash joyi, turmush sharoiti, ovqatlanishi, sport bilan shug‘ullanishi, irsiy kasalliklari va boshqa omillar to‘g‘risidagi savollarga javob olishi kerak.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchiga oid xususiyatlar to‘g‘risida olingan umumiy taassurot, o‘zini tutishi, harakat reaksiyalari, imo-ishoralari, gapirishi va boshqa xatti-harakatlari mutaxassis shifokor tomonidan o‘tkazilgan kuzatuvlar bilan to‘ldirilishi lozim.

Tibbiy ko‘rik paytida mutaxassis shifokor tomonidan olib borilgan kuzatuvlar, o‘tkazilgan boshqa tekshiruv natijalari tahlili ekspert xulosasini chiqarish uchun asos hisoblanadi.

9. Tibbiy ko‘rik batafsil so‘rov ishlari bilan qo‘shib olib borilishi og‘riqlar qay darajada namoyon bo‘layotganligi va xususiyati hamda ular o‘quvchining mehnat qobiliyati pasayishida qanday o‘rin tutayotganligini aniqlashda yordam beradi. Davolovchi shifokorlar tomonidan olib borilgan kuzatuvlar ham og‘riqlar kelib chiqishini aniqlashda yordam berishi mumkin.

10. A’zo faoliyatining yetishmovchiligi shartli ravishda uch darajaga:

birinchi (boshlang‘ich) — yengil daraja;

ikkinchi — o‘rtacha daraja;

uchinchi — og‘ir darajaga bo‘linadi.

Kasallangan tizimning yetishmovchilik darajasi uning jismoniy yoki ruhiy zo‘riqishga bo‘lgan reaksiyasiga qarab belgilanadi.

11. Surunkali kasalliklarda rivojlanish darajasi inobatga olinib, patologik jarayon uchta bosqichga bo‘linadi. Har bir bosqich ifodalangan subyektiv sezgilar, morfologik o‘zgarishlar hamda turli a’zo va tizimlar faoliyatining muayyan holati bilan farqlanadi.

Kasallik bosqichini aniqlash uchun a’zo va tizimlardagi zararlanish bosqichlari inobatga olingan holda har bir bosqichni aniq ifodalash uchun bemor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda a’zolar va kasallikning klinik ko‘rinishi tahlil qilinishi lozim. O‘quvchining o‘qishga yaroqlilik masalasi hal qilinayotganda, kasallik bosqichini aniqlashdan tashqari kasallikning kechish tezligi, qaytalanishi, og‘irlik bosqichi va asoratlari mavjudligi inobatga olinishi zarur.

12. O‘quvchining o‘qishga yaroqliligini baholashda aniqlangan kasallikning turli bosqich va shakllari hamda kasallik alomatlarining namoyon bo‘lishi, ifodalanishi, prognozi, shikastlangan a’zo, umuman, butun organizmning funksional holatiga, shuningdek o‘qish sharoiti va xususiyatiga bog‘liqligi inobatga olinadi.

13. Diagnozlar tekshiruv o‘tkazilayotgan kunda amalda bo‘lgan Xalqaro kasalliklarning tasnifiga muvofiq ifodalanishi, unda kasallikning kelib chiqishi va patogenezi, kasallikning shakllari, klinik-morfologik o‘zgarishlar, funksional buzilishlarning xususiyati va darajasi, kompensatsiya darajalari yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tish kunidagi kasallik bosqichlari aks ettirilishi, kasalliklar og‘irlik darajasini inobatga olgan holda ketma-ketlikda yozilishi lozim.

Diagnozda ko‘rsatilgan terapevtik yoki jarrohlik muolajalarining barcha turlari ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Bunda dastlab asosiy kasallik (jarohatlanish) ko‘rsatiladi, keyin esa qo‘shimcha aniqlangan kasalliklar (jarohatlanish) va asosiy kasallik bilan etiopatogenetik jihatdan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar yoziladi, shuningdek boshqa barcha qo‘shimcha kasalliklar ko‘rsatib o‘tiladi.

14. Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalida kasallik holatining barcha turlari va shakllari ko‘zda tutiladi hamda kasalliklar dinamikasi to‘liq holda bayon etilmaydi.

2-bob. Ruhiy holatni tekshirish

15. Psixiatr-shifokor tibbiy tekshiruvining asosiy vazifasi ruhiy kasallik va ruhiy kasallikka chegaradosh holatlar bilan kasallanganlarni aniqlash, shuningdek o‘quvchilar ruhiy kasalligining dastlabki holatlarini erta aniqlash, ularni davolash uchun maxsus davolash muassasalariga o‘z vaqtida yuborish hamda o‘qishga yaroqli yoki yaroqsizligi to‘g‘risida xulosa chiqarishdir.

16. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchi tanasining teri qismiga tushirilgan turli surat va yozuvlar (tatuirovkalar) aniqlangan taqdirda, ularning kelib chiqishi, ma’nosi, xususiyati va hajmi hisobga olingan holda xulosa chiqariladi.

O‘quvchi tomonidan qasddan o‘ziga yetkazilgan tan jarohati alomatlari aniqlanganda, uning o‘qishga yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi.

17. O‘quvchining ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni aniqlashda uning o‘zi bilan o‘tkazilgan suhbatga asoslaniladi. Yashash, o‘qish joyidagi davolash muassasalaridan, psixonyevrologik va narkologik dispanserlardan olingan hujjatlarda mavjud bo‘lgan o‘quvchining bolaligidagi rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkazgan kasalliklari, jarohatlari, duduqlanish borligi yoki yo‘qligi, uyqusirab o‘rnidan turib yurishi, vahima bosish va boshqa ruhiy holatlari haqida ma’lumotlarga e’tibor qaratish zarur.

O‘quvchi bilan suhbat vaqtida uning tashqi ko‘rinishi, yuzining ifodasi, imo-ishoralar bilan gapirishi, yurishi, o‘zini tutishi kabi xususiyatlariga, harakatlariga, adekvat reaksiyasiga, mutaxassis shifokor bilan o‘tkazilayotgan suhbatga bo‘lgan munosabatiga (tafakkuri darajasiga, suhbatlashishga faol intilayotganligi yoki sust ravishda bo‘ysunib o‘tirishiga, suhbatdan o‘zini olib qochishga yoki umuman suhbatdan bosh tortishga harakat qilishiga, fikrlarining cheklangan, cheklanmaganligiga, suhbatga moyilligiga) e’tibor berish lozim.

Obyektiv, anamnestik ma’lumotlarning yo‘qligi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi har bir qo‘shimcha axborot manbai sifatida alohida ahamiyat kasb etib, yakuniy ekspert qarori qabul qilinishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bunday manba sifatida yashash, o‘qish joyidagi tibbiyot muassasalaridan olingan ma’lumotlar, psixonyevrologik dispanser ma’lumotlari, qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar (psixofiziologik, neyrofiziologik elektroensefalogramma va boshqalar) vaqtida olingan ma’lumotlar muhim o‘rin tutishiga e’tibor qaratiladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchining psixonyevrologik va narkologik muassasalar kuzatuvida turishi yoki turmaganligi to‘g‘risida ushbu muassasalardan ma’lumotlar olinadi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchi o‘zi yashash joyini tez-tez o‘zgartirib turgan hollarda, ma’lumotlarni psixonyevrologik va narkologik dispanserlardan so‘nggi besh yilligi so‘rab olinadi. Psixonyevrologik statsionarda tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlangan hollarda ushbu statsionardan kasallik tarixining batafsil ko‘chirmasi so‘rab olinadi.

18. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchilar anamnezida ruhiy kasalliklar o‘tkazganligi haqidagi ma’lumotlar aniqlangan hollarda, o‘qishga yaroqsiz deb topiladi.

19. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchiga nisbatan shifokor-psixiatr xulosasi faqat ambulator tekshiruv ma’lumotlari bo‘yicha chiqariladi, zaruratga qarab ular tekshirish va diagnozni tasdiqlash uchun psixonyevrologik muassasalarga yuborilishlari mumkin.

20. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchida aniqlangan ruhiy yoki chegaradosh kasalliklar diagnozi o‘quvchining keyingi ijtimoiy mavqeiga ta’sir qilmasligi uchun, ushbu ma’lumotlar faqat o‘quvchini tibbiy ko‘rikka yuborgan ichki ishlar organlarining kadrlar bo‘limiga yuborilishi lozim. O‘tkir psixoz holatlarida, sog‘liqni saqlash muassasalariga davolanish uchun kerakli ma’lumotlar beriladi. Ushbu ma’lumotlar boshqa shaxslarga berilishi taqiqlanadi.

21. Ruhiy kasallikka chalingan va ruhiy kasallikka chegaradosh bo‘lgan holatlar aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan davolash muassasasiga yotqizilib, statsionar tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyin psixonyevrologik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

3-bob. Asab tizimini tekshirish

22. Tibbiy ko‘rik vaqtida nyevrolog-shifokor organik zararlanish oqibatida asab tizimida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aniqlashga, zararlanishning chegaralangan, tarqoq yoki diffuz tarzda ekanligini aniqlashga, vegetativ zararlanishlar mavjudligini aniqlashga, kasallikning kechish xususiyatini baholashga, kuchayib borayotgan, qaytalanayotgan kasallik oqibatlariga yoki turg‘un turgan, qoldiq ko‘rinishlariga, funksional buzilishlarning ifodalanish darajasini aniqlashga, nyevrologik simptomlarning birgalikda kelishiga, ichki a’zolar faoliyatining buzilganligi bilan bog‘liqligini aniqlashga e’tibor berishi kerak.

23. Klinik-nyevrologik tekshiruv tibbiy hujjatlar bilan tanishib, shikoyatlar aniqlanganidan, umumiy anamnez to‘planganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Umumiy anamnezni aniqlash vaqtida ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillarning sog‘lig‘iga, nasliy va oilaviy anamneziga, oilada yuqumli kasalliklar (zaxm, sil va boshqalar), intoksikatsiyalar, asab kasalliklariga chalinganlar bor-yo‘qligiga e’tiborni qaratish lozim.

24. Nyevrologik tekshiruvidan o‘tuvchilarning mushaklaridagi atrofiya, badanidagi kesilgan jarohatlar, chandiq joylar, teridagi trofik o‘zgarishlar, yurish-turishidagi va tana tuzilishining o‘zgarishlariga to‘g‘ri baho berish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishlari kerak.

25. Bosh-miya nervlarini tekshirish vaqtida, eng avvalo, ko‘z qorachig‘iga e’tibor qaratiladi. Qorachiqning shakli va kattaligi, nurga (to‘g‘ridan va yon atrofdan tushgan nurga) bo‘lgan ta’sirlanishi, konvergensiya va akkomodatsiya vaqtidagi holatlari tekshiriladi. Alohida bir simptom sifatida ko‘z qorachig‘ining kattaligi har xil bo‘lishi (anizokoriya) asab tizimining organik kasalligi alomati hisoblanmaydi. Bu hol tug‘ma anomaliyaning, simpatik innervatsiyaning notekisligi va boshqa holatlarning oqibati bo‘lishi mumkin.

Ko‘z qorachig‘ining deformatsiyasi asab tizimida organik jarohat bor degan shubha tug‘dirishi kerak, biroq ko‘z qorachiqlarining reaksiyalari normal holatda bo‘lsa, bunday deformatsiyaning ahamiyatini organik simptom sifatida haddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Ko‘z qorachig‘i reaksiyalaridagi o‘zgarishlar ko‘p hollarda markaziy asab tizimidagi organik kasallik alomati hisoblanadi va shuning uchun ko‘z qorachig‘i reaksiyalarini tekshirish ishlari chuqur, nur manbai yetarli darajada intensiv bo‘lgan sharoitda o‘tkazilishi kerak.

Ko‘z qorachiqlarining akkomodatsiya bilan konvergensiyaga reaksiyasi tekshirilayotgan vaqtda bir qorachiqning qisqarishi ikkinchi qorachiq qisqarishi bilan taqqoslab ko‘rilishi lozim. Ko‘z qorachig‘i reaksiyalarini tekshirish vaqtida ko‘z qorachiqlarining nurga, konvergensiyaga va akkomodatsiyaga bo‘lgan reaksiyasidagi farqlarga e’tibor qaratiladi.

Ushbu holatda nafaqat ko‘z qorachiqlari reaksiyasidagi qo‘pol buzilishlar (Archayl-Robertson simptomi, ko‘z qorachig‘ining reflektorli harakatsizligi, konvergensiyaga va akkomodatsiyaga reaksiyaning yo‘qligi), balki ancha nozik buzilishlar (bir ko‘z qorachig‘i reaksiyasining boshqa ko‘z qorachig‘i reaksiyasiga nisbatan farqi, reaksiyaning konvergensiya va akkomodatsiyaga nisbatan sustligi) ham ahamiyat kasb etadi.

Ko‘z qorachig‘i reaksiyalarida o‘zgarishlar aniqlangan holatlarda harakat sohasining reflekslari, sezuvchanligi va hokazolar puxtaroq tekshirilishi lozim.

Ko‘z qorachiqlari tekshirib bo‘linganidan keyin, ko‘zlarning holati, g‘ilaylik bor-yo‘qligi, ko‘z qovoqlari tirqishining kengligi, ko‘z soqqasining harakati, diplopiya (ikkita ko‘rish) va nistagmga e’tibor beriladi.

G‘ilaylik har doim ham ko‘zni harakatga keltiruvchi nervlar jarohatlanganini ko‘rsatavermaydi, g‘ilaylik tug‘ma kamchilik bo‘lishi yoki ko‘rish anomaliyalari sababli vujudga kelishi mumkin. Ko‘z soqqasi o‘ta yonga qaratilganda unda ayrim nistagmga o‘xshash titrashlar hosil bo‘lishi, asab tizimining organik jarohati deb hisoblanmasligi kerak, ammo har bir nistagmga o‘xshash holatlarga alohida e’tibor berishni hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchini nyevrologik jihatdan yana ham chuqurroq tekshirishni talab qiladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tekshiruvlar o‘tkazilgandan keyin qolgan bosh miya nervlarining faoliyati tekshiriladi. Yuzdagi sezgirlikning har xil turlari, pastki jag‘ harakatlari, chaynashda qatnashuvchi muskullarning zo‘riqishi, korneal va kon’yunktiv reflekslari, burun-lab orasidagi teri burmalarning ifodalanganligi, tish oqini ko‘rsatishi, qoshlarni chimirishi, ko‘zlarni qisishi, peshonani tirishtirishi (alohida simptom sifatida, burun-lab teri burmalarining ozgina assimetrik shaklda bo‘lishi ahamiyat kasb etmaydi), yumshoq tanglayning harakatchanligi, yutinish, fonatsiya (ovozdagi o‘zgarish), yumshoq tanglay refleksi, trapetsiyasimon va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarining holati va kuchi, yelkaning ko‘tarilishi, boshning burilishi, tilning harakati (alohida bir simptom sifatida tilning yon tomonga burilib ketishi asab tizimi zararlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkich deb qabul qilinmaydi) tekshiriladi.

Tildagi fibrillyar titrash va atrofiya holatlari alohida simptom sifatida organik kasallik alomati hisoblanmaydi.

Ko‘rish nervining faoliyati oftalmolog, eshitish nervining faoliyati esa otorinolaringolog tomonidan tekshiriladi.

26. Harakat sohasini tekshirish vaqtida oyoq va qo‘llarning faol va sust harakatlanishi, umurtqa pog‘onasi harakati, mushaklar kuchi, ularning tonusi, mushaklar atrofiyasi, uning tarqalganligi va ifodalanishi, fibrillyar va fassikulyar qisqarishlar, mushak va nervlarning mexanik qo‘zg‘aluvchanligi (Xvostek va Trusso simptomlari), sinkineziyalar, giperkinezlar, qaltirash, xoreya, atetoz, torzion spazmlar, tiklar (tana a’zolarining titrashi va boshqalar), akineziyaga e’tibor qaratiladi.

Harakatlar koordinatsiyasini tekshirishda barmoq-burun, tovon-tizza, ko‘rsatkich barmoq sinamalari qo‘llaniladi, diadoxokinez, Romberg holatida barqaror turish hamda tekshirilayotganning yurishiga e’tibor qaratiladi.

Ko‘zlar yumilganda qovoqlarning, tilning, uzatilgan qo‘l barmoqlarining titrashiga e’tibor beriladi. Nutqdagi buzilishlar (so‘zlarni to‘liq talaffuz qilmaslik, dimog‘ bilan gapirish, dizartriya, duduqlanish, afonik o‘zgarishlar) tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchi bilan suhbat va so‘rab-surishtirish jarayonida aniqlanadi.

Asab tizimining ayrim organik kasalliklari paylardagi reflekslarning o‘zgarishlari bilan kechadi, shu sababli ularni diqqat bilan tekshirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Tibbiy ko‘rik jarayonida karpo-radial (pereostal), qo‘l tirsakdan bukilgan (ikki boshli mushaklarda), qo‘l tirsakdan rostlangan (uch boshli mushaklarda), tizza va axill payi, qorin, moyak, tovon reflekslari tekshiriladi, patologik reflekslar (Babinskiy, Rossolimo, Bexterev, Oppengeym va boshqalar, og‘iz mushaklari-nazolabial, xobotli, so‘ruvchi mushaklardagi patologik reflekslar) bor yoki yo‘qligi tekshirib ko‘riladi.

Bunda reflekslarning faqat mavjudligi emas, shu bilan birga ularning harakatchanligi va bir maromda ishlashi ham aniqlanadi. Reflekslarning bir maromda emasligi yoki ularning bir tomonlama chaqirilmasligi, ko‘p hollarda periferik yoki markaziy asab tizimining organik zararlanganidan dalolat beradi.

Shu sababli, reflekslarni tekshirishda e’tiborni kuchaytirish zarur, aks holda reflekslar noto‘g‘ri farqlanishi mumkin. Mushaklar zo‘riqish-tarang holatda bo‘lganda reflekslar to‘xtab, qo‘zg‘almay turishi mumkinligi e’tiborga olinadi, ushbu holatda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganlarning diqqatini chalg‘itib turib, reflekslar turli holatlarda tekshiriladi.

Qo‘llarda reflekslarning yo‘qligi tug‘ma anomaliya bo‘lishi ham mumkin, shuning uchun reflekslarning bir maromda emasligi yoki reflekslarning bir tomonlama yo‘qligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Tizza va axill paylarida refleksning yo‘qligi asab tizimida organik kasalliklar mavjud bo‘lishi mumkin.

Tizza va axill pay reflekslari mavjud bo‘lmagan vaqtlarda qo‘shimcha tekshirish usullari (gavdaning bel-dumg‘aza qismini rentgenografiya qilish, qonni Vasserman reaksiyasiga tekshirish va boshqa usullar) qo‘llanilishi lozim.

Agar umurtqada patologik kasallik va zaxm alomatlari borligi aniqlanmasa, tizza va paylarda reflekslar yo‘qligini tug‘ma holat deb hisoblash mumkin.

Reflekslarning bir tekisda kuchayib borishi, ba’zan klonuslar bilan va patologik reflekslarning hamda jonli qorin reflekslarning yo‘qligi asab tizimining organik zararlanishi alomati bo‘lmay, reflekslarning bir tekisda kuchayib ortib borishi nyevrozlarda ham kuzatilishi mumkin.

27. Sezuvchanlik tekshirilayotganda og‘riq mavjudligi, paresteziyalar aniqlanadi, ularning xususiyati, ifodalanish darajasi, joylashishi, asab tarmoqlarining og‘riq sezishi, og‘riq nuqtalari, asab tarmoqlarining taranglashuv simptomlari, og‘riq, harorat, taktil va zarur hollarda sezuvchanlikning boshqa turlari, sezuvchanlikdagi buzilishlarning xususiyati (anesteziya, giposteziya, giperesteziya, giperpatiya) va uning joylashgan hududi aniqlanadi.

28. Vegetativ asab tizimi tekshirilayotganda yuz terisi, gavda, oyoq-qo‘l terisining rangiga (oqarishi, qizg‘ishligi, akrotsianoz, vazomotor o‘zgarishlarga), teridagi trofik buzilishlar mavjudligiga, ter ajralishiga hamda teri namlanishi va haroratidagi assimetriyaga e’tibor qaratiladi.

Teri-vegetativ reflekslar, xususan mahalliy dermografizm, reflektor dermografizm, pilomotor refleks va yurak-qon tomir, ko‘z, yurak, bo‘yin reflekslari va boshqa reflekslar tekshiriladi. Ortoklinik sinov, Erben sinovi hamda boshqa sinovlar o‘tkaziladi. Arterial bosim dinamikasiga e’tibor qaratilishi kerak.

4-bob. Ichki a’zolarni tekshirish

29. Ichki a’zolar va tizimlarni tekshirish tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan boshlanadi. Bunda tananing tashqi ko‘rinishi, gavdaning tuzilishi, teri-yog‘ to‘qimalarining rivojlanish darajasi, yuz ifodasi, teri sirtining rangi va ko‘rinib turgan shilliq pardalarga e’tibor beriladi.

Paypaslab ko‘rish yo‘li bilan limfatik tugunlarning holati, mushaklar, tana harorati qanday ekanligi aniqlanadi. So‘ngra tizimlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi.

30. Qon aylanish a’zolari tekshirilayotganda pulsning xususiyatlari va tekshiriluvchining arterial bosimi tinch holatda aniqlanadi.

Yuqori arterial bosim aniqlangan hollarda, emotsional va jismoniy zo‘riqishlar, uyqusizlik va boshqa omillar bartaraf qilingandan so‘ng takroriy ravishda o‘lchab ko‘riladi.

Yurak-qon tomir tizimi bo‘yicha funksional sinama o‘tkaziladi, bunda jismoniy zo‘riqishdan keyin (15-20-marta o‘tirib turishdan so‘ng) yurak urishi qancha vaqtda o‘zining dastlabki holatiga qaytish tezligi aniqlanadi. Jismoniy zo‘riqishdan uch daqiqa o‘tganidan keyin o‘lchash boshlanadi va dastlabki holatiga qaytgunicha qancha vaqt o‘tganligi qayd etiladi.

Periferik qon tomirlarini tekshirishda arteriyalar pulsatsiyasi mavjudligi va uning xususiyati turli joylarda (bo‘yin venalarida, uyqu arteriyasida, yelka, qorin aortasi pulsatsiyasi va boshqa joylardagi arteriyalarda) tekshiriladi.

Perkussiya va palpatsiya yo‘li bilan yurak chegarasi, yurakning tepa va cho‘qqi qismidagi urishlari, yurak sohasidagi sistolik va diastolik tebranishlar aniqlanadi. Yurakni eshitib ko‘rish vaqtida yurak tonlari va shovqinlarining tiniq eshitilishiga va xususiyatiga e’tibor beriladi.

Organik shovqinlar yurak klapanlari zararlanganda va yurakning tug‘ma nuqsonlarida kuzatiladi.

Funksional shovqinlar har xil sabablar, xususan asabiylashish, asabiy zo‘riqish, yuqumli kasalliklar, kamqonlik, pubertat davridagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi.

Yurak shovqinlari xususiyatini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshirish usullaridan, xususan turli holatlarda (tik turganda, yotganda, jismoniy zo‘riqishdan keyin) yurakni eshitib ko‘rish, qizilo‘ngachga kontrast modda yuborib yurakni uch proyeksiyadagi rentgenografiya, elektrokardiografiya, fonokardiografiya, exokardiografiya, angiografiya usullardan foydalanish mumkin.

Diqqat bilan yig‘ilgan anamnez yurak kasalliklari diagnostikasida katta ahamiyat kasb etadi.

31. O‘quvchilarning ko‘krak qafasi a’zolari rentgenografik tekshiruvidan o‘tkaziladi. Bunda rentgenografik tekshiruv sifatiga alohida ahamiyat beriladi.

Yuzning tashqi ko‘rinishini o‘rganishda, yuz terisida hamda ko‘rinib turgan shilliq pardalarda tsianoz mavjudligini aniqlashga ahamiyat beriladi.

Aniqlangan tsianoz o‘quvchida kislorod almashuvi qiyin kechayotganini ko‘rsatadi, nafas olish vaqtida burun qanotlarining sezilarli harakati nafas qisishi kasalligidan, ikki yuz yonoqlaridagi qizarish va boshqa alomatlar ichki a’zolarda kasallik borligidan dalolat beradi.

Chuqur nafas olganda va tinch holatda ko‘krak qafasining shakli, simmetriyasi, deformatsiyasi, nafas olishning turi va xususiyati, tezligi hamda chuqurligi tekshiriladi.

Palpatsiya yo‘li bilan ko‘krak qafasining ikkala simmetrik tomonlarida ovoz titrashi qay darajada ifodalanishiga qarab plevral bo‘shliqlarda to‘planib qolgan suyuqlik va o‘pkada infiltrat bor-yo‘qligi aniqlanadi.

Perkussiya va auskultatsiya ko‘krak qafasining ikkala simmetrik tomonlarida o‘tkaziladi. Topografik perkussiya yo‘li bilan o‘pkaning chegaralari va o‘pka harakatchanligi aniqlanadi. Normal holatda o‘pka chegaralarining harakatchanligi 6-8 sm ni tashkil etadi.

Perkutor timpanik tovush, plevral bo‘shliqda havo yig‘ilib qolganligi (pnevmotoraks) hamda ko‘krakning devor qismiga yaqin joylashgan, o‘pkada patologik havo yoki suyuqlik bo‘shlig‘i (kaverna, abssess) borligini bildiradi.

Perkussiya paytida bo‘sh quti tovushi aniqlanishi emfizema kasalligi, o‘pka to‘qimalarida havo me’yordan ortiq to‘planganligi va o‘pka to‘qimalarining elastik cho‘ziluvchanligining kamayganligi haqida ma’lumotlar beradi.

O‘pkani auskultatsiya yo‘li bilan eshitib ko‘rish vaqtida nafas olishning xususiyati, uning intensivligi, nafas olishning nafas chiqarishga bo‘lgan nisbati qo‘shimcha shovqin yoki xirillashlar mavjudligi aniqlanadi.

32. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari tekshirilayotganda oshqozon-ichak trakti kasalliklarini aniqlash uchun anamnezni to‘g‘ri yig‘ish muhim ahamiyatga ega. Shikoyatlar tahlil qilinganda dispeptik buzilishlarning xususiyati, og‘riqlarni sezishi, ularning ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liqligi, og‘riqning davriyligi va mavsumiy qo‘zg‘alishiga e’tibor beriladi.

Ko‘rik vaqtida og‘iz bo‘shlig‘idagi tishlar, milklar, til, yumshoq tanglay va halqum tekshiriladi. So‘ngra qorin a’zolarini ko‘rish va paypaslab aniqlash usuli bilan tekshirishga o‘tiladi. Mutaxassis shifokor tekshiriluvchi o‘quvchining o‘ng tomonida turib uning qornini dastlabki palpatsiya qiladi va undagi og‘riqli joylarni, qorin devorchasi mushaklarining tarangligi, qorinning oq chizig‘i churrasi, qorinning sirtqi qismida o‘smalar va shunga o‘xshash boshqa o‘zgarishlar bor yo‘qligini tekshirib ko‘radi.

Obrazsov usuli bo‘yicha chuqur, sirg‘anuvchi palpatsiya yo‘li bilan jigar, qorataloq, buyrak, ichaklar tekshiriladi, undan keyin chuqur joylashgan o‘smalar bor yo‘qligi aniqlanadi.

Qorin bo‘shlig‘i a’zolarida kasallik borligini ko‘rsatuvchi alomatlar aniqlanganda qo‘shimcha laborator, instrumental va rentgenologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchilar majburiy ravishda qizilo‘ngach, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak tizimi endoskopiyasi, qorin bo‘shlig‘i, qorinparda orqasi sohasi a’zolari ultratovush tekshiruvidan o‘tkaziladi.

5-bob. Jarrohlik tekshiruvlari

33. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish vaqtidagi jarrohlik tekshiruvining vazifasi ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchining umumiy jismoniy rivojlanishini, shuningdek jarrohlik kasalliklari va tayanch-harakati tizimidagi me’yordan farqlanadigan holatlarni hamda ulardagi o‘qishga to‘sqinlik qiladigan o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.

34. Tekshirishni boshlashdan oldin jarroh shikoyatlarni eshitadi, o‘tkazilgan jarohatlar, kasalliklar va jarrohlik amaliyotlari to‘g‘risida ma’lumot olinadi.

35. Jismoniy rivojlanishni aniqlash antropometrik ko‘rsatkichlarni tekshirishdan boshlanadi.

Tekshirilayotgan o‘quvchining bo‘yi, vazni, ko‘krak qafasi aylanasining o‘lchami aniqlanadi, qo‘l panjalari va gavda kuchini o‘lchash dinamometriyasi o‘tkaziladi. Zarur hollarda oyoq-qo‘llarning simmetrik sohalari aylana o‘lchami oyoq-qo‘llarning uzunligini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.

Antropometrik o‘lchovlar oddiy usulda o‘tkaziladi. Qo‘l panjalarining kuchi qo‘lni uzatib turib maksimal kuch bilan dinamometrni qisish yo‘li bilan o‘lchanadi. Tekshirilayotgan o‘quvchi gavda kuchini o‘lchashda gavda dinamometri yordamida, tekshirilayotgan o‘quvchi oyoqlarini bukmasdan tizza bo‘g‘inlari balandligida joylashgan dinamometr dastagini yuqoriga tortishi orqali amalga oshiriladi.

36. Ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchi yorug‘ xonada tekshiriladi, ushbu sharoitda teri qavati, suyak-mushak tizimi hamda periferik qon-tomirlari tizimi holatiga baho berish mumkin bo‘ladi.

Dastlab umumiy ko‘rik o‘tkaziladi, bunda tananing qad-qomati sagittal va frontal tomondan o‘rganiladi, gavda tuzilishiga, teri va teri ostidagi yog‘ qatlamiga, mushaklarga va limfatik tugunlar holatiga baho beriladi. So‘ngra bosh, bo‘yin sohasi, qo‘l-oyoqlar, umurtqa pog‘onasi, qorin devori, periferik qon tomirlari, chot orasi va anal teshigi, siydik va jinsiy a’zolar tizimi tekshiriladi.

37. Teri qoplami tekshirilayotganda uning rangi, harorati, quruq yoki nam ekanligi, yupqaligi, pigmentlari, qitiqlanishi va boshqa trofik buzilishlari, tirnoqlar va teri osti yog‘i qatlamining ahvoliga e’tibor beriladi.

Chandiqlar mavjud bo‘lgan hollarda ularning xususiyatiga, ko‘rinishiga baho beriladi va kelib chiqishi aniqlanadi. Palpator yo‘l bilan limfa (quloq yonidagi, jag‘ ostidagi, bo‘yin, qo‘ltiqdagi, chovdagi) tugunlarning holati aniqlanadi.

Kattalashgan limfa tugunlari aniqlangan hollarda, ularning lokalizatsiyasi, kattaligi (santimetrlar bilan o‘lchangan diametri), konsistensiyasi, harakatchanligi, og‘riq mavjudligi va boshqa o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tiladi. Bir vaqtning o‘zida qalqonsimon bez ham tekshiriladi.

38. Suyak-mushak tizimi tekshirilayotganda bo‘g‘imlarning shakli va hajmiga, ularning harakatchanligi, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi, tos va oyoq-qo‘llarning deformatsiyasiga e’tibor beriladi.

Bo‘g‘imlar harakatining cheklanish darajasini aniqlash uchun burchak o‘lchagichdan foydalaniladi. Suyak patologiyasi aniqlangan hollarda, patologik o‘zgarishning darajasi va xususiyatini aniqlash uchun rentgenografik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

39. Oqma yaralar mavjud bo‘lgan hollarda ularning xususiyatini aniqlash maqsadida fistulografiya qilinadi.

40. Periferik qon-tomirlari tizimini tekshirishda, ularning topografik rivojlanishi xilma-xil bo‘lishi ehtimoli borligini inobatga olgan holda, tovon va boldir orqa arteriyalari pulsatsiyasi tekshiriladi (kasallik bo‘lmagan holatda ham oyoq kaftida palpatsiyada tomir urishi aniqlanmasligi mumkin).

Zarurat bo‘lgan hollarda tizza osti, boldir va boshqa arteriyalarda pulsatsiya tekshiriladi. Qon aylanishida yetishmovchilik borligini ko‘rsatuvchi simptomlar, xususan og‘riq, sovuqni sezish, tez charchash, rangi o‘zgarishi (oqarishi va tsianoz), pulsning susayishi yoki mavjud emasligi, teridagi trofik o‘zgarishlar (pigmentatsiya, yupqalashish, yaralar) aniqlanganda periferik qon aylanish holatini qo‘shimcha tekshirish usullarini (reovazografiya, angiografiya, dopplerografiya va boshqalar) qo‘llab o‘rganish lozim.

Venalar tizimi tekshirilayotganda, vena qon tomirlarida venoz yetishmovchiligi bor yoki yo‘qligi va uning ifodalanish darajasi aniqlanishi kerak.

41. Churraning do‘ppayib chiqishlarini aniqlash uchun churra hosil bo‘lish ehtimoli bo‘lgan barcha joylar tekshirib ko‘riladi. Qorin devori, tekshirilayotgan o‘quvchi tik turgan va yotgan holatda, qorin mushaklarini bo‘shashtirgan, shuningdek ularni taranglashtirib va yo‘tal turtkisi belgisi orqali tekshiriladi.

42. Dumg‘aza-dum suyagi sohalari, chot orasi va anal sohasi tekshirilganda bavosil, paraproktit, dumg‘aza epitelial yo‘llari, to‘g‘ri ichakning tashqariga chiqishi va boshqa kasalliklar bor-yo‘qligiga e’tibor qaratiladi.

To‘g‘ri ichak odatda barmoq bilan tekshirib ko‘riladi, zarur hollarda rektoromanoskopiya, kolonoskopiya va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.

43. Tanosil a’zolari tizimi tekshirilayotganda moyak xaltachasida moyaklar bor-yo‘qligiga, moyak hosilasi holati, urug‘ tizimchasidagi vena tomirlariga e’tibor beriladi. Shuningdek, olat siydik chiqaruv teshigi joylashuvi tekshiriladi.

Siydik-toshi kasalligi va boshqa urologik kasalliklarga gumon qilingan hollarda, maxsus urologik tekshiruvlar o‘tkaziladi va uning natijalariga asoslanib ekspert qarori chiqariladi.

6-bob. Quloq va yuqori nafas yo‘llarini tekshirish

44. Tibbiy ko‘rik jarayonida shikoyatlar aniqlanadi hamda anamnez o‘rganiladi. Quloq, tomoq va burun a’zolari faoliyatini tekshirishda kerakli tibbiy-instrumental tekshiruv usullaridan foydalaniladi.

45. Anamnez to‘plash vaqtida ko‘rikdan o‘tkazilayotgan o‘quvchidan unda ilgari quloq, tomoq, burun kasalliklari mavjudligi, anamnezda quloqdan yiring oqishi, tomoq og‘rishi, tez-tez yoki uzoq vaqt burun shamollashi, chayqalganda ko‘ngli behuzur bo‘lishi, bosh aylanishi, burundan nafas olishi holati aniqlanadi.

Bir vaqtning o‘zida nutqidagi nuqsonlar, ularning ifodalanishi va xususiyati aniqlanadi.

46. Obyektiv tekshiruvlar uzunligi kamida 6 m bo‘lgan, shovqindan muhofaza etilgan, qorong‘ulashtirilgan xonada sun’iy yorug‘lik manbalari yordamida o‘tkaziladi. Oldin tashqi ko‘rikni amalga oshirib, so‘ngra ichki va funksional tekshiruvlar o‘tkaziladi. Quloq eshitish o‘tkirligini aniqlash metrlar va yarim metrli masofalar o‘lchangan xonada bajariladi.

47. Eshituv a’zolarini tekshirish quloq suprasi va quloqning so‘rg‘ichsimon o‘simtasini tekshirishdan va ularning sezuvchanligini aniqlashdan boshlanadi. Tashqi eshituv yo‘li tekshirilayotganda quloq suprasi yuqoriga va orqaga cho‘ziladi, chunki bu holatda tashqi eshitish yo‘lining boshlang‘ich qismi biroz to‘g‘rilanadi. So‘ngra maxsus asbob yordamida quloqning nog‘ora pardasi tekshiriladi.

48. Duduqlanish aniqlanganda shifokor-nyevrolog, psixiatr maslahatidan, zarur hollarda esa logoped maslahatidan foydalaniladi.

49. Hidni sezish, to‘rtta standart sirka kislotasining 0,5 foizli eritmasi (kuchsiz hid), toza vino spirti (o‘rtacha hid), oddiy valerian eritmasi (kuchli hid), nashatir spirti (o‘ta kuchli hid) yordamida tekshiriladi.

Bunda ushbu suyuqliklar shakli va rangi bir xil bo‘lgan raqamlangan idishlarda saqlanishi kerak.

Dissimilyatsiyani aniqlash uchun toza suv to‘ldirilgan shunday shakldagi flakonlar tayyorlab qo‘yilishi zarur.

Hid bilish xususiyati keskin darajada pasayib ketgan o‘quvchilarning burun bo‘shlig‘ida boshqa kasalliklar aniqlanmaganligidan qat’i nazar nyevrologik tekshiruvidan o‘tkaziladi.

50. Tomoqni tekshirish (faringoskopiya) quyidagi ikki qismga bo‘linadi:

birinchi qismida, tekshiriluvchi, tilini tishlar chetiga chiqarmasdan, tomoq mushaklarini bo‘shashtirib sokin nafas olishi;

ikkinchi qismida, “e” deb tovush chiqarishi lozim, shu paytda uning yumshoq tanglayi yuqoriga ko‘tariladi va bu bilan uning harakatchanlik darajasi belgilanadi.

Og‘iz bo‘shlig‘ida yotgan til ohista shpatel bilan bosilib tomoq ko‘riladi. Tomoq ko‘rilayotganda shilliq pardalar, bodomsimon bezlar hamda bo‘yin limfatik tugunlari tekshiriladi. Zarur hollarda laringoskopiya tekshiruvi o‘tkaziladi.

51. O‘quvchining pichirlab aytilgan so‘zlar yordamida eshitish o‘tkirligi aniqlanadi. Buning uchun har bir quloqning eshitish faoliyati alohida tekshiriladi. Tekshirilmaydigan quloq teshigi quloqning kichik suprasini barmoq bilan bosib turish yo‘li bilan berkitib turiladi.

Tekshiruv kamida 6 metrlik masofadan turib boshlanadi. Tekshirilayotgan o‘quvchi mutaxassis shifokor pichirlab aytayotgan so‘zlardan ko‘p qismini 6 tadan 5 tasini yoki 5 tadan 4 tasini takrorlagan masofa eshitish o‘tkirligining aniqlangan darajasi hisoblanadi.

Eshitish darajasining pasayishi obyektiv tekshiruv ma’lumotlari bilan mos kelmaganda va barcha gumonli holatlarda eshitish qobiliyati va boshqa quloq, tomoq va burun a’zolari har tomonlama tekshiriladi.

Karlik darajasini aniqlash maqsadida audiometriya o‘tkaziladi, barofaoliyatlarni tekshirish uchun quloq manometridan foydalangan holda vestibulyar faoliyat tekshiriladi.

7-bob. Yuz-jag‘ sohasi va og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarini tekshirish

52. Yuz-jag‘ sohasi va og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarini tekshirish shikoyatlarni aniqlash, anamnez to‘plash, oldingi va yo‘ldosh kasalliklar, yuz-jag‘ sohasidagi jarohatlar, o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlarini aniqlash, klinik, antropometrik, rentgenologik va funksional tekshiruvlardan iborat.

53. Obyektiv tekshiruvlar yuz-jag‘ sohasi a’zolarini ko‘rishdan boshlanadi. Ko‘rik davomida yuz va bo‘yin sohasi teri qoplamiga, lab qizil hoshiyasi holatiga, shish, assimetriya, nuqson va deformatsiyalar mavjudligiga e’tibor beriladi.

Nuqsonlar hajmi, deformatsiyalar xususiyati aniqlanadi. Zarur hollarda antropometrik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Limfatik apparatni tekshirish uchun bir qo‘lni tekshiriluvchining boshiga qo‘yib, boshni engashtirgan holatda tutiladi, ikkinchi qo‘l bilan bo‘yin, jag‘ osti sohalaridagi limfatik tugunlar paypaslab ko‘riladi.

Limfatik tugunlar tekshiruvi boshni avval bir tomonga, keyin ikkinchi tomonga burgan holatda o‘tkaziladi. Paypaslash usuli bilan limfatik bezlardagi og‘riq, ularning konsistensiyasi, hajmi va teri bilan birikkanligi aniqlanadi.

Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari faoliyati og‘iz ochiq hamda pastki jag‘ning har ikki yonga va oldga harakatlantirib tekshiriladi. Og‘iz ochilishi darajasi kesuvchi tishlar orasida uch barmoq kengligida o‘lchanadi, ikki yoki bir barmoq kengligidagi og‘iz ochilishi mos ravishda uchdan bir yoki uchdan ikki darajada chegaralanganligini ko‘rsatadi.

54. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni obyektiv tekshirish ularni ko‘rib chiqish, paypaslab ushlab ko‘rish, zondlash va dukillatib urib ko‘rishdan iborat bo‘ladi. Zarur hollarda elektroodontodiagnostika va tishlar, jag‘lar hamda burun oldi bo‘shliqlarining rentgenologik tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Og‘izni tekshirish boshni biroz orqaga egib, ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda jag‘larni yumgan holatda lablar, og‘iz dahlizi, tish qatorlari jipslashuvi tekshiriladi.

Ikkinchi bosqichda og‘iz bo‘shlig‘ining o‘zi, tishlar, parodont, shilliq pardasi, tanglay va til tekshiriladi.

Tishlar kasalliklari, parodont holati, alveolyar o‘simtaning atrofiya darajasi, jag‘larning yumshoq va qattiq to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlari, shish va oqma yaralar mavjudligi aniqlanadi.

Tishlarning zararlanish darajasi doimiy tishlardagi kariyes jadalligi (kariyes bilan zararlangan, plombalangan va olingan tishlar sonlarining yig‘indisi) bilan belgilanadi.

Tishlarning rangi, shakli va hajmiga e’tibor beriladi. Olingan va yo‘q tishlar, olib tashlanadigan tishlar miqdori va tishsizlik turi aniqlanadi.

Parodont holati tekshirilganda milklarning rangi, bo‘rtishi, emirilishi, qonashi, shish va yaralar mavjudligiga e’tibor beriladi.

Tugmachali parodontologik zond yordamida patologik tish-milk cho‘ntagi chuqurligi o‘lchanadi. Tishlarning qimirlash darajasi pinset bilan tebratib aniqlanadi.

I darajali patologik qimirlashda tish og‘iz-dahliz yo‘nalishida 1 mm gacha tebranadi, II darajali patologik qimirlashda og‘iz-dahliz va yon yo‘nalishlarida 2 mm gacha tebranadi, III darajali patologik qimirlashda og‘iz-dahliz, yon va tik yo‘nalishlarda 2 mm dan ortiq tebranadi.

Parodontit kasalliklarida rentgenologik tekshiruvlar asosida alveolyar o‘simtaning atrofiya darajasi aniqlanadi. Alveolyar o‘simtaning I darajali atrofiyasida tish ildizining uchdan bir qismigacha, II darajali atrofiyasida ikkidan bir qismigacha, III darajali atrofiyasida ikkidan bir qismidan ortiq suyak to‘qimasining emirilishi kuzatiladi.

Lablar, lunjlar, tanglay, til va til osti sohalari shilliq pardasi ko‘riladi va ulardagi rang, namlik darajasi, toshmalar, shish, bo‘rtish, chandiq, o‘smalar, eroziya va yaralar mavjudligi aniqlanadi.

Chandiq mavjudligida uning xususiyati, shakli, o‘lchamlari va og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari faoliyatlarining buzilishiga aloqadorligi aniqlanadi.

Tanglayni ko‘rish davomida tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar mavjudligi tekshiriladi.

Orttirilgan nuqsonlarda ularning hajmi, shakli, chandiqli o‘zgarishlar mavjudligiga e’tibor beriladi va o‘lchamlari aniqlanadi.

Tug‘ma nuqsonlarda ularning turi belgilanadi.

Tish qatorlarining jipslashuvi markaziy okklyuziya holatida bir-biri bilan o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan uch yo‘nalishda (sagittal, vertikal, transverzal) tekshirib ko‘riladi.

Tishlov anomaliyalarida uning turi, patologik okklyuziya va chaynov faoliyatining buzilishi mavjudligi aniqlanadi, shuningdek tish qatorlarining surilishidagi o‘zgarishlarni chiziqli o‘lchash yordamida anomaliyalar darajasi belgilanadi.

Tish qatorlari bir yo‘nalishda oraliqda 5 mm gacha surilgan hollarda I darajali tishlov anomaliyasi, 5 mm dan 10 mm ga qadar surilganda II darajali, 10 mm dan ortiq surilganda III darajali tishlov anomaliyasi deb belgilanadi. O‘lchamlar anomaliya turi va darajasi aniqlanganidan keyin millimetrlarda ko‘rsatiladi.

55. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida, yuz-jag‘ sohasi va og‘iz bo‘shlig‘i tizimiga taalluqli a’zolarning quyidagi asosiy faoliyatlari tekshirib ko‘riladi:

nafas olish;

hid sezish;

ta’m bilish;

nutq so‘zlash;

yutinish;

chaynash;

so‘lak ajratish.

8-bob. Ko‘rish a’zolarini tekshirish

56. Ko‘rish a’zolarini tekshirish uzunligi kamida 5,5 m bo‘lgan, yorug‘ xonada o‘tkaziladi (bu belgilangan 5 metrlik masofadan turib ko‘rish o‘tkirligini tekshirish imkonini beradi) va oftalmoskopiya, skiaskopiya va boshqa tekshiruvlar qorong‘ilashtirilgan xonada o‘tkaziladi.

57. Anamnez to‘planayotganda tekshirilayotgan o‘quvchining ko‘rishidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. O‘quvchining hayoti davomida umumiy va ko‘rish a’zolari kasalliklari, jarohatlanishlariga e’tibor beriladi.

O‘quvchining oila a’zolari orasida tug‘ma, irsiy ko‘z a’zosi kasalligi (tug‘ma nistagm, gemeralopiya va boshqalar) bor-yo‘qligi aniqlanadi. Suhbat davomida ko‘z olmasining holati va harakatlariga, nigohning yo‘nalishiga, qovoqlarning, kiprik chetlarining holatiga va boshqalarga e’tibor beriladi.

58. Ko‘z faoliyatini tekshirish kam charchatadigan usullardan boshlanadi.

Bunda rangni ajratish barcha tekshiriluvchilarda o‘tkaziladi. Bu tekshiruv kunduzgi yoki sun’iy lyuminessentli yorug‘lik nurida Rabkin polixromatik jadvali yordamida tekshiriladi.

Tavsiya etiladigan yoritish hajmi 300 — 500 lyuksdan iborat bo‘lishi kerak. Tekshirilayotgan o‘quvchi boshini tik tutib, yorug‘lik manbaiga orqasini o‘girib o‘tirishi kerak. 0,5 — 1,0 metr masofada ko‘zlariga teng balandlikda vertikal tekislik ustiga joylashtirilgan jadvallarning butun seriyasi namoyish etiladi.

Har bir jadval ekspozitsiyasining davomiyligi 5 sekundgacha davom etadi.

59. Ko‘rish o‘tkirligi barcha o‘quvchilarda tekshiriladi. Ushbu tekshiruv Golovin-Sivsev jadvali o‘rnatilgan Rot apparati yordamida o‘tkaziladi. Jadval 40 vattli elektr lampasi bilan yoritilib, har bir belgi uchun ekspozitsiya vaqti 2-3 sekunddan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Jadval xonadagi deraza oynalariga qarama-qarshi tomondagi devorga, tekshirilayotgan o‘quvchidan 5 m uzoqlikdagi masofada, jadvalning eng pastdagi qatorlari yerdan 120 sm balandlikda joylashtirilishi kerak.

Tekshirilayotgan o‘quvchining ko‘rish o‘tkirligi jadval qatoridagi barcha belgilarni to‘liq o‘qigan qator bo‘yicha aniqlanadi. 0,7, 0,8, 0,9 va 1,0 qatorlari o‘qilayotganda bir belgidan ortiq bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘yishga ruxsat etiladi. Ko‘rish o‘tkirligini oshirish maqsadida ko‘zni zo‘riqtirib jadvalga qarash taqiqlanadi.

60. Tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq ko‘rish maydoni perimetrda (oddiy yoki proyeksion perimetrda) tekshiriladi.

61. Kampimetriya tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘tkaziladi.

62. Ko‘rish a’zosining anatomik holatini tekshirish barcha tekshirilayotganlarda muayyan izchillikda o‘tkaziladi. Dastlab ko‘zning himoya apparati tekshiriladi. Bunda qosh sohasi, ko‘z kovaklarining shakli va bir xilligi, qovoqlarning joylashuvi va holati, kipriklarning holati, intermarginal bo‘shliq, qovoqlar kon’yunktivasi holati, rangi hamda chandiqlar mavjudligiga e’tibor beriladi.

Ko‘z yoshi ajratish a’zolari tekshirilayotganda ko‘z yoshi nuqtalarining joylashishi e’tiborga olinib, yosh qopchasi uning atrofini bosib ko‘rish yo‘li bilan tekshiriladi.

Ko‘z yoshi ajratish faoliyati buzilganligiga gumon qilinganda va ko‘z yoshi doimiy oqib turganda, ko‘z yoshi ajratish faoliyati rangli ko‘z yosh kanali sinamasi va ko‘z yosh, burun sinamasi (kollargolning 3 foizli eritmasi yoki flyuresseinning 2 foizli eritmasi) yordamida tekshirilishi kerak.

Olingan sinamalar salbiy natija bergan hollarda ko‘z yoshi yo‘llari suyuqlikni o‘tkazishini anatomik holati tekshirib ko‘rilishi lozim.

Ko‘zni oldingi kesimi va ko‘zning nur sindirish holati to‘g‘risidagi xulosa ko‘zni yonboshdan yoritish orqali nur tushirish yo‘li bilan va tirqishli lampa nurida tekshirib ko‘rilganidan keyin chiqariladi.

Ko‘z tubi qisman siklopegiya sharoitida (midriatsil eritmasi tomizib) tekshiriladi.

63. Ko‘zning harakat apparati tekshirilayotganda har bir ko‘z harakati alohida-alohida tekshiriladi va binokulyar harakatlanishiga qaraladi. Bunda g‘ilaylik, nistagm kabi kasalliklarni aniqlash, konvergensiya holati o‘rganiladi.

G‘ilaylik darajasi perimetr yoyi yordamida aniqlanadi hamda graduslar bilan belgilanadi, shuningdek Meddoks shkalasi yordami bilan aniqlanadi.

Diplopiya (qo‘shaloq ko‘rish) borligiga shikoyat bo‘lsa va bu holat ko‘z olmasining harakatini sezilarli darajada cheklamayotgan bo‘lsa, u holda qo‘shaloq ko‘rish qizil oyna orqali tekshirib ko‘riladi.

Nistagm aniqlanganda uning xususiyati va kelib chiqish sabablari o‘rganilishi kerak. Nistagmga ko‘z patologiyasi sabab bo‘lmagan hollarda nyevrolog va otolaringolog konsultatsiyasini o‘tkazish zarur bo‘ladi.

Qorachiq reaksiyalari ko‘rikdan o‘tkazilayotgan barcha o‘quvchilarda tekshiriladi.

64. Binokulyar ko‘rish darajasini aniqlash katta diploskopda, rangli testda (polyaroid ko‘zoynaklardan foydalangan holda) o‘tkaziladi.

65. Ko‘zning ichki bosimi paypaslash yo‘li bilan aniqlash barcha ko‘rikdan o‘tayotgan o‘quvchilarda o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rsatma mavjudligida tonometr yordamida ko‘zning ichki bosimi tekshiriladi.

9-bob. Teri-tanosil a’zolari tekshiruvi

66. Teri-tanosil kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikni yorug‘lik yetarli xonada o‘tkazish zarur.

Og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini ko‘rikdan o‘tkazishda yorug‘lik yo‘naltirilgan elektr chirog‘i va yog‘och shpatel ishlatiladi. Yog‘och shpatel og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini so‘lakdan quritishda qo‘llaniladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan o‘quvchi terisida toshmalar aniqlanganda, ularning tarkibiy elementlari, xususiyati, rangi, joylashuvi, teri o‘simtalarining holati va boshqalarga e’tibor qaratiladi.

67. Toshmalarning morfologik elementlariga xolisona baho berishda quyidagi maxsus tekshiruv usullari qo‘llaniladi:

diaskopiya yoki vitropressiya usuli — toshmalar morfologik elementining asl rangini aniqlashda foydalaniladi. Ushbu rang giperemiya bilan niqoblanadi. Shu maqsadda, shisha tayoqcha yoki predmetli oyna tekshirilayotgan elementning yuza qismiga bosiladi va uning haqiqiy rangi aniqlanadi. Ushbu usul tomirli elementlarni gemorragik va pigmentli elementlardan farqlashga imkon beradi;

ko‘chirib olish yoki terini qirish usuli — teri po‘sti qurishini (psoriaz, parapsoriaz, qizil volchanka va boshqalarni) aniqlashda qo‘llaniladi;

ravshanlashtirish usuli — toshmaning morfologik elementlari noaniq ifodalanish xususiyatlarining tiniqroq aks etishida qo‘llaniladi. Elementning yuza qismiga vazelin yoki suv surtiladi. Masalan, ushbu usul qo‘llanilganida Uikxem to‘ri ko‘zga tashlanadi, bu qizil temiratkaning patonomik belgisidir.

10-bob. Ginekologik tekshiruvlar

68. Qizlar ginekologik tekshiruvidan pediatr ginekolog shifokor mutaxassis tomonidan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar

JADVALI

T/r

Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar

yuzasidan chiqariladigan qaror

1-bob. Ruhiy kasalliklar

1.

Tug‘ma aqliy zaiflikning barcha turlari va darajalarida.

Yaroqsiz

2.

Epilepsiya (tutqanoq kasalligi) barcha turlarida.

Yaroqsiz

3.

Maniakal-depressiv psixozning barcha turlarida.

Yaroqsiz

4.

Shizofreniya.

Yaroqsiz

5.

Bosh miyaning organik kasalliklari natijasida sodir bo‘ladigan ruhiy buzilishlarda.

Yaroqsiz

6.

O‘tkir va surunkali zaharlanishlarda hamda infeksiyalar ta’siridagi ruhiy buzilishlarda.

Yaroqsiz

7.

Shaxs buzilishlarida.

Yaroqsiz

8.

Nyevrozlar, reaktiv holatlarda.

Yaroqsiz

9.

Miya jarohatlanishi natijasidagi ruhiy buzilishlarda.

Yaroqsiz

2-bob. Asab tizimi kasalliklari va jarohatdan keyingi asoratlari

10.

Bosh miya va orqa miya tomirlari kasalliklari:

a) bosh miyada qon aylanishining og‘ir va o‘rta darajada buzilishida;

Yaroqsiz

b) yengil darajadagi hushdan ketish holatlari, markaziy asab tizimi faoliyati saqlanganligida.

Yaroqsiz

11.

Markaziy asab tizimining virusli infeksiyalar, bakteriyalar va infeksion-allergik kasalliklardan keyingi asoratlari, bosh miya va orqa miya infeksiyalari tufayli o‘tkir va uzoq davom etgan zaharlanishdan keyingi asoratlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyati buzilmagan hollarda ayrim tarqoq organik alomatlarning mavjudligida;

Yaroqsiz

v) o‘tkir kasallikdan keyingi rezidual organik alomatlarsiz holatlarda.

Yaroqsiz

12.

Bosh miya va orqa miya jarohatdan keyingi asorati:

a) faoliyat buzilishi;

Yaroqsiz

b) faoliyatining sezilarsiz darajada buzilishidagi qoldiq asoratlarda;

Yaroqsiz

v) o‘tkir yopiq jarohatdan keyingi organik o‘zgarishlar kuzatilmagan holatlarda.

Yaroqsiz

13.

Markaziy asab tizimi tug‘ma kasallikliklari, anomaliyalari, miopatiya, miasteniya va boshqalar.

Yaroqsiz

14.

Pereferik asab tizimi jarohatlari va jarohat asoratlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining sezilarsiz darajada buzilishidagi qoldiq asoratlarda.

Yaroqsiz

15.

Pereferik asab tizimi kasalliklari va kasallik asoratlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining sezilarsiz darajada buzilishidagi qoldiq asoratlarda.

Yaroqsiz

3-bob. Ichki a’zolar kasalliklari

16.

Suyak-mushak tizimini va terosti yog‘ to‘qimalarining rivojlanishida yuzaga kelgan umumiy jismoniy yetishmovchilikda.

Yaroqsiz

17.

O‘tkir yuqumli, parazitar kasalliklar va intoksikatsiyalardan keyingi holatlar.

Yaroqsiz

18.

Qiyin davolanadigan surunkali yuqumli kasalliklar.

Yaroqsiz

19.

Endokrin kasalliklar, oziqlanish va modda almashinuvi buzilishlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) o‘tkir kasalliklar va jarrohlik amaliyotlaridan keyingi faoliyat buzilishlari, semizlikning ikkinchi, uchinchi darajalarida;

Yaroqsiz

v) vazn yetishmovchiligi, semizlikning birinchi darajasida.

Yaroqlilik masalasi individual tartibda aniqlanadi

20.

Qon sistema kasalliklari: anemiyalar, agranulotsitov, gemoblastoz, gemotosarkoma, limfogranlomatez, gemorragik diatez va boshqalar. OITS
va uning tashuvchilari:

a) jadal rivojlanuvchi shakllarida;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan qon ishlab chiqaruvchi tizimning yengil darajada buzilishlarida, ikkilamchi anemiyalar, leykopeniyalar, trombotsitopeniyalar.

Yaroqsiz

21.

O‘tkir va surunkali ekzogen intoksikatsiyalar asoratlari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan o‘tkir ekzogen intoksikatsiya va uning ta’siridan keyingi asoratlar va vaqtinchalik funksional buzilishlar mavjudligida;

Yaroqsiz

v) o‘tkir ekzogen intoksikatsiya va uning ta’siridan keyingi funksional buzilishlarsiz asoratlarida.

Yaroqsiz

22.

O‘pkaning, plevraning va ko‘krak qafasi limfatik tugunlarining sili.

Yaroqsiz

23.

Shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan ekssudativ sil plevritidan keyingi qoldiq asoratlar.

Yaroqsiz

24.

O‘pkaning, plevraning, nafas yo‘llarining sil bo‘lmagan surunkali kasalliklari va nuqsonlari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan o‘tkir faoliyat buzilmagan kasalliklar va asoratlarida.

Yaroqsiz

25.

Bronxial astma.

Yaroqsiz

26.

Yurak mushaklari, perikard, shoh arteriyasi, klapanlar apparati kasalliklari umumiy va koronar qon aylanishining buzilishlari:

a) uchinchi, ikkinchi, birinchi darajalari, dekstrakardiya, ichki organlar joylashishi anomaliyalarida;

Yaroqsiz

b) mitral klapan birlamchi prolapsi, yurakning umumiy va koronar qon aylanishining buzilmagan holatlarida.

Yaroqsiz

27.

Gipertoniya kasalligi.

Yaroqsiz

28.

Neyrotsirkulyator distoniyaning barcha shakllari.

Yaroqsiz

29.

Yurak tomirlari o‘tkir kasalliklarining asoratlari, shuningdek qon aylanishi va shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan yurak ritmining vaqtinchalik buzilishlari.

Yaroqsiz

30.

Qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklari:

a) faoliyatining buzilishi bilan;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik o‘zgarishlarda.

Yaroqsiz

31.

Buyrakning yallig‘lanish yoki distrofik kasalliklari

Yaroqsiz

32.

Bo‘g‘inlar, paylar, mushaklarning infeksion, infeksion-allergik, distrofik va modda almashinuvlari natijasida hosil bo‘lgan kasalliklari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) o‘tkir kasallikdan keyin shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik o‘zgarishlarda.

Yaroqsiz

4-bob. Jarrohlik kasalliklari

33.

Teri chandiqlari:

a) tez-tez yaralanuvchi yoki harakatlanishni chegaralovchi, kiyimlarini, oyoq kiyimini kiyishga yoki qurol-yarog‘ olib yurishda to‘sqinlik (xalaqit) qiladigan hollarda;

Yaroqsiz

b) jarrohlik amaliyoti yoki jarohatdan keyingi qotmagan chandiqlarda.

Yaroqsiz

34.

Ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, kichik chanoq, qorin pardasidan tashqaridagi a’zolarida shikastlanish va jarrohlik kasalliklar tufayli o‘tkazilgan amaliyotlar hamda jarohatlangandan keyingi asoratlarning mavjudligida:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) o‘tkir kasallikdan keyin shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik o‘zgarishlarda.

Yaroqsiz

35.

Markaziy asab tizimining organik jarohatlanishi alomatlarisiz bosh suyagining tug‘ma nuqsonlari
va jarohatlari asoratlari.

Yaroqsiz

36.

Umurtqa pog‘onasi kasalliklari, rivojlanish nuqsonlari, jarohatlar va kasalliklar asoratlari.

Yaroqsiz

37.

Jarohatlanish va kasalliklar oqibatida hamda tug‘ma nuqson bilan bog‘liq bo‘lgan tos-chanoq suyagining o‘zgarishlari.

Yaroqsiz

38.

Suyakl�r, paylar, tog‘aylar mushaklar va bo‘g‘inlarning surunkali kasalliklari.

Yaroqsiz

39.

Suyaklar, paylar, tog‘aylar mushaklar va bo‘g‘inlarning jarohatdan keyingi asoratlari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) shikastlangandan yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi tayanch-harakat tizimi faoliyatining vaqtinchalik buzilganligi va suyakning to‘liq bitmagan holatlarida.

Yaroqsiz

40.

Oyoq-qo‘llar qiyshiqligi yoki kaltaligida faoliyatning buzilishi, oyoq kiyimi va kiyim kiyishda qiyinchilik tug‘dirishi:

a) qo‘lning 2 sm dan, oyoqning 1 sm dan ortiq kaltaligi, qiyshayishi, faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) qo‘lning 2 sm gacha, oyoqning 1 sm gacha kaltaligi, faoliyati buzilmagan holatlarda.

Yaroqsiz

41.

Samarasiz davolashdan keyin yirik bo‘g‘inlardagi eski yoki odatiy suyak chiqishlari.

Yaroqsiz

42.

Barmoqlar yoki qo‘l panjalari nuqsonlari, qiyshayishi, faoliyat buzilishida.

Yaroqsiz

43.

Oyoq barmoqlarining nuqsonlari:

a) ikkala oyoq panjalarining yo‘qligi, polidaktiliya yoki sindaktiliyasi, faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) ikkala yoki bitta oyoq panjalarining qisman yo‘qligi, faoliyatining sezilarsiz buzilishida.

Yaroqsiz

44.

Yassitovonlik yoki oyoqning boshqa deformatsiyalari:

a) faoliyatining buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining buzilishisiz.

Yaroqsiz

45.

Oyoq yoki qo‘lning yo‘qligi.

Yaroqsiz

46.

Limfa tugunlari va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining sil kasalligi:

Yaroqsiz

47.

Buqoq:

a) kiyimlarni kiyishda xalaqit beradigan endokrin buzilishlarda;

Yaroqsiz

b) kiyimlarni kiyishda xalaqit bermaydigan endokrin buzilishlarsiz.

Yaroqsiz

48.

Xavfli o‘smalar.

Yaroqsiz

49.

Xavfsiz o‘smalar:

a) a’zolar faoliyatining buzilishiga olib keluvchi yoki bosh, tana va oyoq-qo‘llarning harakatlanishini chegaralaydigan holatlarda;

Yaroqsiz

b) kiyimlarni kiyish, qurol-aslahalarni olib yurishni sezilarsiz darajada chegaralaydigan holatlarda.

Yaroqsiz

50.

Aorta magistral, peri�erik, artriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari hamda jarohatdan keyingi asoratlar:

a) faoliyatining og‘ir va o‘rta darajada buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining yengil darajada buzilishida.

Yaroqsiz

51.

Chov, son, kindik, operatsiyadan keyingi va boshqa churralar:

a) retsidiv yoki yurganda xalaqit berib, ichki a’zolar faoliyatining buzilishi asoratlarida;

Yaroqsiz

b) kichik hajmdagi, faoliyatining buzilishisiz holatlarda.

Yaroqsiz

52.

To‘g‘ri ichakning tushishi.

Yaroqsiz

53.

G‘ayri tabiiy orqa chiqarish teshigi, axlat chiqarib turuvchi oqma, orqa chiqarish teshigining torayishi yoki anal sfinkterning yetishmovchiligi.

Yaroqsiz

54.

Surunkali paraproktit.

Yaroqsiz

55.

Bavosil:

a) tez-tez qon ketuvchi og‘ir formalari, ikkilamchi kamqonlik, gemorraidal venalari trombozlarining tez-tez qaytalanishida;

Yaroqsiz

b) muvaffaqiyatli davolashdan keyin, asoratsiz holatlarda.

Yaroqli

56.

Siydik — tanosil a’zolarini anomal rivojlanishi polikistoz, nefroptoz, tanosil a’zolarining o‘tkir va surunkali kasalliklari. Siydik — tosh kasalligi (buyrak siydik o‘tuvchi yo‘li, qovuq va prostata bezining toshi) siydik va tanosil sistemasida o‘tkazilgan operatsiya va jarohatlangandan keyingi asoratlar:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik o‘zgarishlar, faoliyati buzilishisiz holatlarda.

Yaroqsiz

57.

Buyrak va siydik chiqaruv yo‘llari sil kasalligi.

Yaroqsiz

58.

Tanosil (jinsiy bezlar) sil kasalligi.

Yaroqsiz

59.

Tunda siydik tuta olmaslik.

Yaroqsiz

60.

Urug‘ yo‘llari venasining varikoz kengayishi:

a) qon aylanishning buzilishi, og‘riq sindromi;

Yaroqsiz

b) qon aylanishning sezilarsiz buzilishi, og‘riqsiz.

Yaroqsiz

61.

Moyaklar va urug‘ tizimchasi istisqosi.

Yaroqsiz

62.

Moyak(lar)ni qorin bo‘shlig‘ida yoki chov yo‘llarida ushlanib qolishi.

Yaroqsiz

5-bob. Quloq va yuqori nafas yo‘llari kasalliklari

63.

Surunkali epitimpanit.

Yaroqsiz

64.

Surunkali yiringli mezotimpanit.

Yaroqsiz

65.

Otit bilan kasallanishdan keyingi asoratlar, chandiqli o‘zgarishlar, nog‘ora bo‘shlig‘iga qo‘shilib ketganligi, ikki yoki bir tomonlama nog‘ora pardasining teshilishi.

Yaroqsiz

66.

Tashqi eshituv yo‘li, quloq suprasining yoki quloq atrofi sohalarining surunkali ekzemasi.

Yaroqsiz

67.

Vestibulyar apparati faoliyatining buzilishi.

Yaroqsiz

68.

Ikkala qulog‘ida karlik, soqovlik.

Yaroqsiz

69.

Pichirlab gapirganda ikki yoki bir quloqda 4 m gacha eshitishning pasayishi.

Yaroqsiz

70.

Quloq barofunksiyasining buzilishi.

Yaroqsiz

71.

Burun atrofi bo‘shliqlarining surunkali kasalliklari:

a) polipozli yoki yiringli kasalliklarda;

Yaroqsiz

b) yiringsiz kasalliklarda.

Yaroqsiz

72.

Sassiq hidli tumov (ozena).

Yaroqsiz

73.

Surunkali toksik-allergik asoratli, tonzillit II darajasi.

Yaroqsiz

74.

Yuqori nafas olish yo‘llari va quloq terisining volchankasi, sili va skleromasi.

Yaroqsiz

75.

Nutq nuqsonlari, duduqlik.

Yaroqsiz

76.

O‘tkir jarohatlardan so‘nggi holat, kasalliklar asorati
va quloq hamda yuqori nafas olish yo‘llarida o‘tkazilgan operatsiyadan keyingi a’zolar faoliyatining to‘liq tiklanmaganligida.

Yaroqsiz

6-bob. Og‘iz bo‘shlig‘i va jag‘ sohasining tug‘ma va orttirilgan kasalliklari

77.

Tishlov anomaliyasi:

a) nafas olish, hid sezish, chaynash va so‘lak ajralish faoliyatlarining buzilishida;

Yaroqsiz

b) tishlov anomaliyasi I darajasi, faoliyat to‘liq saqlangan holatlarda.

Yaroqli

78.

Birlamchi va ikkilamchi adentiya bitta jag‘ida 6 ta va undan ortiq tishning yo‘qligi va ularning o‘rnini yasama tanglay tishlar bilan almashtirilganligi, kurak tishi, qoziq tishi, kichik oziq tishlarining ketma-ket yo‘qligi yoki ularning o‘rni yasama tanglay tishlar bilan almashtirilganligida.

Yaroqsiz

79.

Tishlar, paradont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining kasalliklari:

a) ko‘plab, asoratli kariyes, parodontoz o‘rta va og‘ir darajasida;

Yaroqsiz

b) parodontit, parodontoz yengil darajasida.

Yaroqsiz

80.

O‘tkir jarohatlar, kasalliklar va jag‘-yuz sohasidagi jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlari tufayli a’zolar faoliyatining to‘liq tiklanmagan hollarida.

Yaroqsiz

7-bob. Ko‘rish a’zolari kasalliklari

81.

Ikkala ko‘z qovoqlari yaqqol ifodalangan yetishmovchiliklari (ptozdan tashqari), ikkala ko‘zda yuqori qovoqlarning og‘ir darajada ptozi, bitta ko‘z yuqori qovog‘ining og‘ir darajada ptozi yoki jarrohlik yo‘li bilan davolanishga ko‘rsatma bo‘lmagan ikkala ko‘zda o‘rta darajada ifodalangan shakllari, bitta ko‘z qovog‘i o‘rta darajada yetishmovchiliklari, bitta ko‘z qovog‘i yetishmovchiligining yaqqol ifodalangan shakli, lagoftalm.

Yaroqsiz

82.

Davolanishi qiyin kechadigan surunkali yarali blefaritlar, surunkali, kam xurujli samarali davolanadigan blefaritlarning o‘rta yoki yengil darajasi.

Yaroqsiz

83.

Ikkala yoki bitta ko‘z yoshi yo‘llari kasallik?ari natijasida to‘xtovsiz ko‘z yoshi oqib turishi.

Yaroqsiz

84.

Ko‘z olmasini harakatlantiruvchi nervlarning turg‘un falajligi, g‘ilaylikning barcha turlari:

a) ko‘z mushaklari kasalliklari, ikki ko‘zning hamkorlikda ko‘rish faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) diplopiya mavjudligida, g‘ilaylik 15°dan ortiqligi, binokulyar ko‘rish bo‘lmaganida;

Yaroqsiz

v) diplopiya bo‘lmaganida, g‘ilaylikni barcha turlari 15°gacha, nistagm va ko‘zning boshqa g‘ayriixtiyoriy harakatlarida.

Yaroqsiz

85.

Ko‘rish faoliyatining pasayishiga olib keladigan jarohatlanish, yallig‘lanishlar va degenerativ xususiyatdagi surunkali kasalliklari:

a) ko‘z faoliyatining pasayishiga olib keladigan ikkala �o‘zda jadal rivojlanib borayotgan yoki tez-tez qaytalanadigan asoratlarida;

Yaroqsiz

b) ko‘z faoliyatining pasayishiga olib keladigan ikkala yoki bitta ko‘zda o‘rta darajada rivojlanib borayotgan turida.

Yaroqsiz

86.

Akkomodatsiya spazmi yoki falajligi.

Yaroqsiz

87.

Afakiya, artifakiya:

a) ikkala ko‘zda;

Yaroqsiz

b) bitta ko‘zda.

Yaroqsiz

88.

Ko‘zi ichida joylashgan, yallig‘lanish yoki distrofik o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydigan yot jismlar mavjudligida.

Yaroqsiz

89.

Glaukoma.

Yaroqsiz

90.

Ko‘z to‘r pardasi ko‘chishi.

Yaroqsiz

91.

Ko‘ruv nervi atrofiyasi.

Yaroqsiz

92.

Ko‘rish o‘tkirligining pasayishi yoki ko‘z tubining o‘zgarishlari, refraksiya anomaliyalari va boshqa sabablar (jarohat, organik kasalliklar va boshqalar) tufayli xiralashuvi bir yoki ikkala ko‘zda ko‘rish o‘tkirligining korreksiya bilan 0,6 dan past bo‘lishi.

Yaroqsiz

93.

Refraksiya anomaliyalari miopiya yoki gipermetropiya
4,0 D, astigmatizm O 2,0 D dan yuqori holatlarda.

Yaroqsiz

94.

Dixromaziya, anomal trixromaziya A yoki V turi.

Yaroqsiz

95.

Ko‘rish qobiliyatining vaqtinchalik buzilishi.

Yaroqsiz

8-bob. Teri va teri osti qavati kasalliklari

96.

Terining qiyin davolanadigan surunkali kasalliklarida.

Yaroqsiz

97.

Teri qatlami kasallanishi bilan kechuvchi biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari, dermatomiozit tizimli qizil volchanka va tarqalgan sklerodermiya.

Yaroqsiz

98.

O‘choqli alopetsiyaning va vitiligo kasalligi, albinizm.

Yaroqsiz

99.

Keng tarqalgan, avj olgan (giperkeratozlar), shuningdek xavfli, xavfli o‘sma oldi xalati, rentgen, adiodermatitlar, fotodermatitlar.

Yaroqsiz

100.

Keng tarqalgan o‘tkir teri kasalliklari, shu qatorda (piodermiyalar, qichima va boshqalar), shuningdek o‘tkir teri yallig‘lanishlari, toksikodermiya va dermatitlar.
Eshak emi.

Yaroqsiz

101.

Moxov (Lepra).

Yaroqsiz

102.

Teri sili.

Yaroqsiz

103.

Terining zamburug‘li kasalliklari (epidermofitiya, favus, mikrosporiya, trixofitiya).

Yaroqsiz

9-bob. Tanosil kasalliklari

104.

O‘tkir uretritlarning barcha turlari.

Yaroqsiz

105.

Zaxm (sifilis).

Yaroqsiz

10-bob. Ayollarning jinsiy a’zolari surunkali yallig‘lanishlar bilan kechadigan va tug‘ma kasalliklari

106.

Ayollarning jinsiy a’zolari surunkali va o‘tkir kasalliklari:

a) faoliyatning og‘ir va o‘rtacha darajada buzilishlari;

Yaroqsiz

b) faoliyatning yengil darajada buzilishlari.

Yaroqsiz

107.

Endometrioz.

Yaroqsiz

108.

Genital prolaps, siydikni tuta olmaslik, oqmalar, ayollar jinsiy a’zolarining boshqa yallig‘lanishsiz kechadigan kasalliklari (shu jumladan, tug‘ma bo‘lgan).

Yaroqsiz

109.

Hayz ko‘rish faoliyatining buzilishlari:

a) faoliyatning og‘ir va o‘rtacha darajada buzilishlari;

Yaroqsiz

b) faoliyatning yengil darajada buzilishlari.

Yaroqsiz

Download 335,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish