Okoz: 07. 00. 00. 00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 29. 00. 00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07. 29. 04. 00 Pul mablag‘lari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi] [tsz



Download 65,98 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi65,98 Kb.
#36166
Bog'liq
1496 15.07.2005



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablag‘lari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]

[TSZ:

1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING

Qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KAM BAHOLI VA TEZ ESKIRUVChI BUYuMLARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANING TASDIQLASh HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 15-iyulda 1496-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:



1. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 30-apreldagi 8/1-sonli qarori va 2002-yil 12-oktabrdagi 520-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (2003-yil 14-yanvar, ro‘yxat raqami 1200) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.

Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV

Toshkent sh.,

2005-yil 11-iyun,

13/5-son

Markaziy bank Boshqaruvining


2005-yil 11-iyundagi 13/5-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN

O‘zbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risida

YO‘RIQNOMA
(yangi tahrirda)

Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”,“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning (keyingi matnda KBTEB) hisobini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq yuritish tartibini belgilaydi.



I. Umumiy qoidalar

1. Banklar KBTEB buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha talablarni amalda qo‘llash uchun mazkur Yo‘riqnoma asosida o‘zlarining ichki tartiblarini ishlab chiqishlari zarur.

2. Mazkur Yo‘riqnoma maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar (KBTEB) — bu bank faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan birortasiga javob bera oladigan moddiy aktivlardir:

a) xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;

b) xizmat muddatidan qat’iy nazar, bir donasi (komplekti) narxi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan (sotib olish vaqtidagi) eng kam ish haqining ellik baravarigacha qiymatga ega bo‘lgan buyumlardir.

Bank rahbari buyumlarning KBTEB tarkibidagi hisobini olib borish uchun hisobot yiliga buyumlar qiymatining quyi chegarasini o‘rnatishi mumkin.

Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’iy nazar, KBTEB tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlarni turkum va yalpi ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);

b) maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyabzallar;

v) yotoq jihozlari;

g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va boshqalar);

d) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek ovqatlanish xonasi choyshablari;

e) qurilish-ta’mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar);

j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashish asbob-uskunalari va boshqa buyumlar;

Haqiqatdagi qiymat — KBTEB ni sotib olish, qayta ishlash va uni hozirgi joyi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar summasidir;

Haqqoniy qiymat — o‘zaro aloqador bo‘lmagan va umumiy shartlarda bitimni amalga oshirishni xohlovchi boxabar tomonlar o‘rtasida aktivni almashtirish yoki majburiyatni qoplash uchun kelishilgan summa;

Sof sotish qiymati — oddiy ish faoliyati davomidagi bitim tuzish va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va hisoblangan xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Sof sotish qiymati bank tomonidan oddiy hollarda KBTEB ni sotishdan olishi kutilayotgan sof summani anglatadi. KBTEBning sof sotish qiymati haqqoniy qiymatdan sotish xarajatlari ayirib tashlangan qiymatidan farq qilishi mumkin.

II. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotib olish hisobi

3. KBTEB qiymatini oldindan to‘lab berish bilan sotib olish:

1) KBTEB ni oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

Kt — Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga shu bankda xizmat ko‘rsatilsa)

2) KBTEB omborxonaga sotib olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida kirim qilinib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

4. Agar to‘lov KBTEB kelib tushgandan keyin amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

1) KBTEB kelib tushganda;

Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”

2) KBTEB qiymati to‘langanda:

Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”

Kt — “Bank vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i” (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha bo‘lgan depozit hisobvarag‘iga shu bankda xizmat ko‘rsatilsa)

5. KBTEB Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda shu kungi bank hujjatlariga moddiy javobgar shaxsga tegishli filial/bosh bank tomonidan (belgilangan tartibda) berilgan talabnoma va ishonchnoma tikib qo‘yiladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 16104 “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar moddiy qimmatliklar”

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

6. KBTEB Bosh bankdan filialga qabul qilinganda boshlang‘ich hujjatlar (yuk xatlari) asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Kt 22205 “Bosh bank /filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar moddiy qimmatliklar”

7. Omborga qabul qilingan KBTEB da biror bir nomuvofiqlik yoki nuqson topilganda, yukni yetkazib bergan tashkilot vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va da’vo bildiriladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi bildirilgan da’vo bilan mol yetkazib beruvchiga yuboriladi.

1) Bank da’vosi mol yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinganda yoki sud tomonidan tegishli qaror chiqarilganda omborga kirim qilingan KBTEBni mol yetkazib beruvchiga qaytarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi:

Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

2) Qaytarilgan mablag‘larni qayta yozuv bilan vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazish:

Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i

Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

8. Bankka kelayotgan moddiy boyliklar ularning saqlanishiga javobgar bo‘lgan omborxona mudiri (omborchi) yoki bank boshlig‘ining buyrug‘iga asosan tayinlangan boshqa xodim tomonidan qabul qilinadi. Javobgar shaxs — omborchi yoki boshqa xodim tomonidan bankka qabul qilinayotgan barcha KBTEB bo‘yicha raqamlangan, tikilgan va boshqaruvchi hamda bosh buxgalterning imzosi va bankning dumaloq muhr izi bilan tasdiqlangan jurnalda alohida maxsus tizimdan tashqari hisob yuritiladi.

III. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni tan olish va baholash

9. KBTEB haqiqatdagi yoki sof sotish qiymatlaridan eng kam miqdori bilan baholanadi.

10. KBTEB ning haqiqatdagi qiymati sotib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hamda KBTEBni joriy holatiga va joyiga keltirish maqsadida amalga oshirilgan boshqa xarajatlardan iboratdir.

11. KBTEBni sotib olish xarajatlari xarid narxi, import bojlari va boshqa to‘lovlar (keyinchalik bankka qaytariladiganlaridan tashqari) tashish, qayta ishlash va sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va boshqa shunga o‘xshash xarajatlar sotib olish xarajatlarini aniqlayotganda chiqarib tashlanadi (1-ilova).

12. Boshqa xarajatlar KBTEBning haqiqatdagi qiymatiga ularni joriy holat va joyiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan qismigina qo‘shiladi.

13. KBTEBning qiymatiga qo‘shilmasdan davr xarajatlari sifatida xarajat qilingan vaqtda tan olinuvchi xarajatlarga quyidagilar misol bo‘ladi:

a) saqlash xarajatlari;

b) KBTEBni joriy holatiga va joyiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’muriy xarajatlar;

v) sotish xarajatlari.

14. Agar KBTEBni sotib olish bo‘yicha shartnomada moliyalashtirish elementi ishlatilgan bo‘lsa, masalan, oddiy holdagi sotib olish shartlaridagi to‘lanadigan baho bilan to‘langan baho o‘rtasidagi farq butun xaridni moliyalashtirish davomida foizli xarajatlar sifatida tan olinadi.

Qiymatni aniqlash formulasi

15. Bir xil bo‘lmagan va maxsus maqsadlar uchun ajratilgan (masalan, yangi dasturiy vositani joriy etish uchun olingan uskunalar) KBTEBning haqiqatdagi qiymati aniq xarajatlarning alohida qiymatlarini maxsus aniqlash orqali o‘rnatiladi.

16. Qiymatlarni maxsus aniqlash — bu ma’lum turdagi KBTEB qiymatiga aniq xarajatlarni olib borishdir. Bu usul maxsus maqsadlar uchun alohida ajratilgan moddalarga nisbatan talab etiladi. Agarda odatda bir xil narxli KBTEBning katta miqdori mavjud bo‘lsa, maxsus baholash talab etilmaydi. Bunday hollarda oldindan foyda yoki zararga ta’sirni aniqlash uchun KBTEBga tegishli bo‘lgan moddalarni ajratib olish usulidan foydalanish mumkin.

17. Mazkur Nizomning 15-bandida ta’riflangan KBTEBdan boshqalarining haqiqatdagi qiymati “birinchi kelish — birinchi ketish” prinsipi (FIFO) yoki o‘rtacha tortilgan qiymat formulasi yordamida aniqlanadi. Bank bir xil tavsifga ega bo‘lgan va bank tomonidan bir xil maqsadda ishlatiladigan KBTEB bo‘yicha bir xil qiymat formulasidan foydalanadi. Bank boshqa xil tavsifga ega bo‘lgan va bank tomonidan boshqa maqsadda ishlatiladigan KBTEB bo‘yicha boshqa qiymatni aniqlash formulasidan foydalanishi ham mumkin.

18. FIFO usulida birinchi bo‘lib sotib olingan KBTEB birinchi bo‘lib ishlatiladi va o‘z navbatida davr oxirida tovar moddiy zaxiralarda qolgan KBTEB qoldig‘i keyingi xarid narxi bilan hisobga olinadi (2-ilova). O‘rtacha tortilgan qiymat formulasidan foydalanilganda har bir obyektning qiymati xuddi shunday obyektlarning davr boshidagi va davr mobaynida sotib olingan o‘rtacha tortilgan qiymatiga teng. O‘rtacha qiymat bankdagi sharoitdan kelib chiqib davriy ravishda yoki har bir qo‘shimcha KBTEBlar sotib olinganda hisoblanishi mumkin.

Sof sotish qiymati

19. KBTEBning haqiqatdagi qiymati agar ular shikastlangan yoki ularning sotish narxi pasayganda qoplanmasligi mumkin. Banklar bunday zararlar miqdorini KBTEBni sof sotish qiymatini baholash orqali aniqlaydilar.

20. KBTEBning baholangan sof sotish qiymati mazkur baholashni amalga oshirish davridagi eng ishonchli faktlarga va sotilishi kutilayotgan KBTEB ni tasdiqlangan qiymatiga asoslangan bo‘ladi. Bu baholash bevosita hisobot sanasidan keyin ro‘y bergan voqealar bilan bog‘liq narx o‘zgarishlarini, hisobot sanasiga mavjud bo‘lgan shartlar tasdiqlangan darajada hisobga oladi.

21. Banklar buxgalteriya hisobida har qanday zarar yoki KBTEBni qiymatini sof sotish qiymatigacha kamaytirish bo‘yicha xarajatlarni, zarar yoki qiymat kamayishi ro‘y berayotgan har bir hisobot davrida aks ettirishlari shart. Banklar har bir KBTEBni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish bo‘yicha tizimdan tashqari hisob yuritishlari shart. Tizimdan tashqari hisob yuritishda sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish har bir KBTEB bo‘yicha alohida yuritiladi. Ba’zi holatlarda agar hisobga olinayotgan KBTEB og‘irligi yoki boshqa shu kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir xil bo‘lsa, ularning hisobi shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlashtirish orqali alohida kartochkalarda yuritilishi mumkin.

22. Har bir keyingi davrda sof sotish qiymatini yangidan baholash amalga oshiriladi va zarur bo‘lsa qo‘shimcha hisobdan chiqarishlar amalga oshiriladi. Shunday qilib, yangi balans qiymati haqiqatdagi qiymat va qayta ko‘rib chiqilgan sof sotish qiymatining eng kichigiga tengdir. Banklar KBTEB sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarishni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiradilar:

DT 56895 “Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

23. KBTEB ombordan ishlatish uchun berilganda shu sana uchun xarajat sifatida tan olinadi. Agar KBTEB chiqib ketayotgan bo‘lsa, unga mos daromad tan olingan sanada tegishli xarajat ham tan olinadi. KBTEBni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish va KBTEB bo‘yicha ko‘rilgan zararlar, hisobdan chiqarish amalga oshirilgan yoki zarar ko‘rilgan davrda davr xarajati sifatida tan olinadi.

24. Ba’zi bir KBTEB, masalan, bank hisobidan qurilayotgan asosiy vosita hisobiga qo‘shiladigan KBTEB boshqa aktivlar hisobiga o‘tkazilishi mumkin. Boshqa aktiv tarkibiga bunday yo‘l bilan qo‘shilgan KBTEB aktivning foydali ishlatilish davri mobaynida xarajat sifatida tan olib boriladi.

IV. KBTEBni hisobdan chiqarish hisobini yuritish tartibi

25. Ombordan KBTEB quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:

1) foydalanishga berilganda;

2) sotilganda;

3) bepul (tekinga) berilganda;

4) kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lganda;

5) fors-major holatlarda.

26. KBTEBni foydalanishga berish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Bunda foydalanish (ekspluatatsiya)dagi va ombordagi KBTEBning saqlanishi ustidan nazorat va ularning hisobi tizimdan tashqari jurnallarda (jurnallar nomerlangan, tikilgan va bankning rahbari, bosh buxgalteri imzosi va dumaloq muhrining izi bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart) amalga oshiriladi. Tizimdan tashqari hisob kunlik ravishda olib boriladi va KBTEBni mos bandlari qoldig‘ini ko‘rsatgan holda har bir hisobot sanasiga tuziladi.

27. Bank ortiqcha KBTEBni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narxlarda sotiladi) quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:

1) KBTEBni sotish summasiga:

Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat ko‘rsatilsa.

Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”

2) KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:

Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” sof tushum summasiga*

* bu yerda, sof tushum deyilganda shartnoma bahosidan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlarni ayirib tashlagandan keyingi summa nazarda tutiladi.

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

3) KBTEB foyda bilan sotilganda:

Dt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — sof tushum summasiga

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Kt 45913 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — “sof tushum” va balans qiymati o‘rtasidagi farq summasiga

4) KBTEB zarar bilan sotilganda:

Dt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — sof tushum summasiga

Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” — “sof tushum” va balans qiymati o‘rtasidagi farq summasiga

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

28. Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek, fors-major holatlarda KBTEBning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda, zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 56795 “Boshqa operatsion xarajatlari”

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

V. KBTEBni inventarizatsiya qilish

29. Foydalanilayotgan va ombordagi KBTEB bo‘yicha, ularning saqlanishi va haqiqatda mavjudligi ustidan nazoratni ta’minlash uchun yilda kamida bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi bank rahbariyati tomonidan belgilanadi.

30. Moddiy boyliklar kamomadi aniqlangan holda, ularning qiymati aybdor va moddiy-javobgar shaxslardan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirib olinadi. Etkazilgan zararlar miqdorini bank xodimining yetkazgan zarari uchun uning moddiy javobgarligi doirasi va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.

31. KBTEBning kamomadi, shuningdek, aybdor shaxs aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxs aniqlanganda) KBTEBning qiymati invetarizatsiya komissiyasining boshlig‘i va a’zolari, moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri) tomonidan imzolangan akt bilan rasmiylashtiriladi va moddiy-javobgar shaxslardan belgilangan tartibda undirib olinadi hamda quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:

Dt 19908 “Bank xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”

Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 29803 “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”

Kt 19908 “Bank xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”

Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda:

Dt 10101 “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”

Kt 19908 “Bank xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”

32. Agar inventarizatsiya paytida omborda hisobda bo‘lmagan buyumlar aniqlansa, ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor narxida baholanib, belgilangan tartibda omborga kirim qilinadi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”

33. Ombor mudiri (omborchi) ishdan bo‘shashi, boshqa ishga o‘tkazilishi, mehnat ta’tiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining buyrug‘i bilan xodimlar tarkibidagi hay’at tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida omborda to‘liq inventarizatsiya o‘tkaziladi hamda majburiy ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.

VI. Oshkor etish

34. Moliyaviy hisobot quyidagilarni oshkor etishi kerak:

1) KBTEBni baholash uchun qabul qilingan hisob siyosati, jumladan, foydalanilgan qiymat formulasini;

2) KBTEB jami balans qiymatini;

3) davr mobaynida xarajat sifatida tan olingan KBTEB summasini;

4) davr mobaynida xarajat sifatida tan olingan KBTEBni hisobdan chiqarish summasini;

5) majburiyatlar ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan KBTEBning balans qiymatini.

O‘zbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga


1-ILOVA

Sotib olish xarajatlari

Bank B 200 kanselyariya papkalarini 2.500 so‘mdan jami 500.000 so‘mga sotib oldi. Transport xarajatlari 5.000 so‘mga teng bo‘lgan. Bundan tashqari, sotuvchi umumiy summadan 3% chegirma bergan.



Qiymat 200 x 2.500 so‘m = 500.000 so‘m

Chegirma 500.000 x 3% = 15.000 so‘m

Transport xarajatlari 5.000 so‘m

500.000 so‘m – 15.000 so‘m + 5.000 so‘m = 490.000 so‘m

Natijada, bank 200 papkani o‘zida 490.000 so‘mga aks ettiradi.

O‘zbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga


2-ILOVA

KBTEBni sotib olish va hisobdan chiqarish hisobi


KBTEB ni sotib olish va hisobdan chiqarish hisobi

KBTEB ni hisobini yuritishda bank FIFO usulidan foydalanadi.

Masalan, Bank A 2002-yil 1-oktabrda 5 kg qog‘ozni kilogrammini 1500 so‘mdan sotib oldi.

1)

Dt

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

7.500

Kt

10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro”

7.500

2)

Dt

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

7.500

Kt

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

7.500

9-oktabrda Bank A yana 5 kg qog‘oz sotib oldi, lekin narxi 1kg 1.550 so‘m.

1)

Dt

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

7.750

Kt

10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro”

7.750

2)

Dt

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

7.750

Kt

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

7.750

19-oktabrda Bank A yana 4 kg qog‘oz sotib oldi, lekin narxi 1kg 1.450 so‘m.

1)

Dt

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

5.800

Kt

10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro”

5.800

2)

Dt

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

5.800

Kt

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”

5.800

21-oktabrda Bank A 4 kg qog‘ozni ishlatdi (bunda hisobdan dastlab 1 kg ni 1.500 so‘mdan sotib olingan qog‘ozlar chiqariladi).

Dt

56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”

6.000

23-oktabrda Bank A yana 2 kg qog‘oz ishlatdi (bunda hisobdan omborda dastlab 1kg ni 1.500 so‘mdan sotib olingan qog‘oz va keyin 1 kg ni 1.550 so‘mdan sotib olingan qog‘oz hisobdan chiqariladi).

Dt

56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”

3.050

Kt

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar ”

3.050

26-oktabrda Bank A yana 2 kg qog‘ozni ishlatdi (bunda birinchi kelish tamoyiliga ko‘ra, omborda qolgan 1 kg 1.550 so‘mdan sotib olingan qog‘ozni 2 kg mi hisobdan chiqariladi).

Dt

56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”

3.050

Kt

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar ”

3.050

Ushbu amaliyotlar natijasida “birinchi kelish — birinchi ketish” uslubini qo‘llash natijasida ombordagi KBTEB quyidagi tarzda o‘zgardi:

Sana

Xarid

Ishlatish

Qoldiq

1 kg narxi

kg

summa

1 kg narxi

1 kg

Hisobdan chiqarish summasi

1 kg narxi

kg

summa

01.10.02

1.500

5

7.500

09.10.02

1.550

5

7.750

19.10.02

1.450

4

5.800

21.10.02

1.500

4

6.000

23.10.02

1.500
1.550

1
1

1.500
1.550

26.10.02

1.550

2

3.100

1.550
1.450

2
4

3.100
5.800


(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 214-modda)

Download 65,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish