Oila,maktab,hamalla hamkorlikda deb nomlangan kecha



Download 437.6 Kb.
bet5/5
Sana29.08.2021
Hajmi437.6 Kb.
1   2   3   4   5
Ona yurtim O’zbekiston

Senga ta’zim senga shon,

Bag’ringda men ulg’aydim,

Bo’lsin senga sharaf- shon. shon.

Minnatdorman men sendan

Chunki sen Vatanimsan,

Seni sevaman jondan

Sen tug’ilgan yurtimsan.

Sen mehmondo’st makonsan

Pilla, paxtaga konsan ,

O’z xalqingni jon dildan

Boqqan O’zbekistonsan.

Minnatdorman men sendan

Chunki, sen Vatanimsan,

Yurtboshimni asragin,

Jannatim O’zbekiston .

Jonajon O’zbekiston!

O’qituvchi -Barakalla,qizim.(O’quvchilarga qarata)Endi bolajonlar, odob haqida maqollar ham aytaylik-chi.

1-o’quvchi-Osmonoftobi bilan,

Odam -odobi bilan go’zal.



2-o’quvchi –Aql yoshdan odob boshdan

3-o’quvchi –Odobli bola elga aziz.

4 -o’quvchi-O’zing osmonda bo’sang ham,

Oyog’ing yerda bo’sin.



O’qituvchi -ota bobolarimiz azaldan yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar.Chunki ilmu hikmat kishiga go’zal xulqni, insoniy fazilatlarni tarkib topiradi.

Bolalarim . Ota onangizni hurmat qiling, ular nasihatlarini tinglang, so’zlaridan chiqmang, ularga itoat qiling, buyurgan ishlarini bajaring. Ota onani hurmat qilmaganlar, nasihatlarini quloqqa ilmaganlar xor bo’ladi . Ota –onalar o’z bolalarini foydasi, nurli kelajagi uchun so’zlaydilar. Shuning uchun ota- onangizni hech qachon ranjitmang, ularning izmidan chiqmang.



O’quvchi qiz sher o’qiydi:

  • Onajonim so’zi yaxshi,

Onajonim o’zi yaxshi.

O’rgilamiz so’zlaridan,

O’rgilamiz o’laridan,

Beqiyos mehr tutgan,

Vaqtimiz xushlab turgan.

Onalarning so’zidir,

Onalarning o’zidir.

Mumtoz navolardan biri ohisa yangraydi. Sahnaga bir o’quvchi chiqib rivoyat aytadi:

Bir kishi luqmonui Hakimdan: “Odobni kimdan o’rgandingiz.”-deb so’rabdi. “ Odobni odobsizdan o’rgandim” deb javob bergan ekanlar Luqmoni Hakim.

Luqmoni Hakim javob beribdilar:

Doim odamlarning qilgan ishlariga, so’zlagan so’zlariga diqqat qildim. Kimdan bir yomon so’z eshitsam, shu so’zni hech qachon so’zlamadim, kimda kim bir yomon ish qilsa, shu ishni hech qachon qilmadim.

O’quvchilar hikmatli so’zlaridan namunalar aytadilar.

1-o’quvchi- Ota rozi -Vatan rozi.

2-o’quvchi- Onanga boshingni xam qil,

Otangga gapingni kam qil.



3-o’quvchi- Saxiy kishilarning taomi shifodir,

Baxil kishilarning taomi xastalikdir



4-o’quvchi –Usoz otangdek ulug’.

5-o’quvchi – Bilmaslik ayb emas,

bilishni istamaslik ayb.



6-o’quvchi – Yaxshini omon kunida sina.

7-o’quvchi –Sodiq va vafodor do’st,

o’z do’stini ranjitmaydi.



8-o’quvchi- Dushmandan qo’rqma, munofiqdan qo’rq.

9 -o’quvchi – Odobli o’g’il- ko’kdagi yulduz,

Odobli qiz yoqadagi qunduz.



Keksalarni e’zozlash va shu kabi ezgu ishlar azaldan unutilmas qadriyat sifatida xalqimizni yanada jipslashtirish,mehr-oqibat va hamjihatlikni qaror toptirishga xizmat qilib kelgan.

Qarisi bor uydan oftob ketmagay,

Parisi bor uygazahmat yetmagay,

Borin berib,sizdan rahmat kutmagay,

Bog’ yaralgay hatto cho’pni eksalar,

Hamma:Har amalu karomatdur keksalar.



Oltmishda ha qo’ldan bermas ketmonni,

Yetmishda ham bilmas dori-drmonni ,

Tinchimaydi urib qo’yib saksonni ,

Omon bo’lib, to’qson-yuzga yetsinlar,

Hamma: Mehr bilan salomatdur keksalar.


Kayvoni, bosh bo’lib tursa davraga ,

Ular bilan fayzlidir to’y-maraka ,

Nafaqasin tiyini ham baraka,

Yetti emas, yetmish o’lchab kessalar ,

Hamma:Ketmas davlat,daromaddur keksalar.
O’quvchilarining musiqali chiqishlari.

Obod O’zbekiston ” qo’shig’i ijro etiladi.


O’qituvchi - Aziz o’quvchilar, mana bugun biz siz bilan odob haqida hikmatli so’zlaru rivoyatlar, hadislardan namunalar tingladik. Bugun kechamiz orqali, odobli ko’rkam xulq egasi bo’lishning nechog’li afzalliklarini bilib oldik. Odobli bo’lish insoniy ziynat ekanligiga yana bir bor amin bo’ldik. Keling aziz bolajonlar, oilada, maktabu jamoat joylarida o’z xulq odobimiz bilan barchaga namuna bo’laylik.

Ana shu ko’rkam jihatlarimi tufayli bizga barchoning havasi kelsin. Bizni ko’rganlar “Tarbiya bergan ota -onangga rahmat, kam bo’lmagin” deyishsin. Ota onamiz orzu qilgan farzandlar bo’lib kamol topish barchamizga nasib etsin.
Download 437.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat