Oila va bolalar bilan ishlash



Download 67.84 Kb.
bet1/12
Sana21.05.2021
Hajmi67.84 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZILIGI
O’ZBEKISTIN MILLIY

UNIVERSITETI
IJTIMOIY ISH FAKULTETI “OILA VA BOLALAR BILAN ISHLASH” YO’NALISHI
KURSH ISHI

MAVZU: IJTIMOIY ISHDA UMUMIY TEXNOLOGIYALAR

Fan: Ijtimoiy ish nazariyasi

Bajardi: Qahhorov Yusuf

Tekshirdi: Kalonova S.


Toshkent – 2020 yil

IJTIMOIY ISHDA UMUMIY TEXNOLOGIYALAR

Reja:

  1. Ijtimoiy texnologiyalar tushunchasi.

  2. Ijtimoiy texnologiyalar turi va turli shakllari.

  3. Ijtimoiy ishda umumiy texnologiyalar.



Kirish.

  1. Ijtimoiy ishda texnologiyalarni belgilashda birinchidan ijtimoiy texnologiyalarning umumiy traktovkasi, ikkinchidan inson faoliyati shakllaridan biri sifatida ijtimoiy xizmatning xususiyatlari, uchinchidan ob'ekt, sub'ekt, tarkibi, vositalari va ijtimoiy xizmatning boshqa elementlarini hisobga olish kerak.

Ijtimoiy texnologiyalar ijtimoiy ishda qo‘yilgan maqsadga erishish, turli turdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy himoyalash vazifalarini amalga oshirishning samaradorligini ta'minlash uchun ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning alohida tashkilotlari va xodimlar tomonidan qo‘llaniladigan yo‘l, usul va harakatlar yig‘indisidir.

Ijtimoiy texnologiyalar keng ma'noda ilmiy bilishning muhim sohasi bo‘lib, anglash faoliyati natijalari bilan maxsus operatsiyalari qanday shaklda va qanday izchillikda bo‘lishini ko‘rsatadi.

Tor ma'noda ijtimoiy texnologiyalar tushunchasi ikkita ma'noga ega. Birinchidan ijtimoiy texnologiyalar-bu ijtimoiy sub'ektga maqsadli yo‘naltirilgan ta'sir jarayoni bo‘lib, berilgan natijalarni olish ehtiyoji va zaruriyati bilan bog‘liq. Bu rejada ta'sir ko‘rsatishning texnologiyaligi bosqichlilik, amallarga oid, tezkorligidir. Bundan kelib chiqib ijtimoiy texnologiyalar ma'lum pragmatika kabi quyidagilar bilan bir qatorda turadi:

    • maqsad;

    • vosita;

    • natija.

Maqsadlar, vositalar, natijalar koordinatsiyasi va subordinatsiyasi variativlik va ko‘pgina omillarni hisobga olish, modellashtirish va loyihalashtirish, mezonlar va baholar tizimi. Mazmuni versiya va sssenariyalar, tashxislash usblablarini taklif qiladi.

Ikkinchidan ijtimoiy texnologiya- bu ijtimoiy ob'ektga maqsadli yo‘naltirilgan ta'sir ko‘rsatish jarayonini tadqiq qiluvchi, bu ta'sirning samarali usul va yechimlarini ishlab chiquvchi va asoslovchi nazariyadir. Bunda ijtimoiy ob'ekt deganda nima tushunilishi ahamiyatga ega emas. Bu ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy o‘zaro ta'sir, ijtimoiy guruh, ijtimoiy institut, ijtimoiy tashkilot bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ob'ektni strategik loyihalashtirishning bazaviy texnologiyalari. Bazaviy texnologiyalar quyidagilardan iborat: 1. individual, shaxs va jamiyatni uyg‘unlashtirish; 2. o‘z tabiati bo‘yicha insonparvar bo‘lgan ijtimoiy texnologiyalarni bunday maqsadlarga chiqarish; 3. ijtimoiy sub'ektning ijodiy qobiliyati va faolligini rivojlantirish.

Ijtimoiy ob'ektga ta'sir ko‘rsatishning xususiy-turli xildagi shakllari. Bu ijtimoiy qurish, munosabat va operatsiyalarni amaliy tartibga solish, turli darajadagi ijtimoiy o‘zaro ta'sir ko‘rsatishni optimallashtirish.

Zamonaviy jamiyatning global muammolarining paydo bo‘lishi yanda ko‘p miqdorda mutaxassislar guruhini jalb qilgan holda ularni yechishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Bugun jahon tajribasi shundan dalolat beryaptiki, ijtimoiy texnologiyalar yordamida (axborot, ta'lim, siyosiy, boshqaruv) siyosiy ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ijtimoiy bosmini yo‘qotish, falokatlarni oldini olish, xatarli holatlarni berkitish, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish mumkin. Ijtimoiy siyosatni shakllantirish, zamonaviy jamiyatni aniqlash va zamonaviy davlatni qurish faqatgina resurs va mablag‘lardan maksimal samarali va maqsadli foydalanib, texnologiyalashtirish asosida amalga oshadi. Zamonaviy inson faoliyatini texnologiyalashtirish, jamiyatni rivojlantirish va ishlashini ta'minlash ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy texnologiyalar mohiyatini aniqlash to‘g‘risida masala qo‘yiladi. Ko‘pgina rus mualliflari mazkur ijtimoiy hodisa mohiyatini aniqlashga turli yondashuvlarga sho‘ qarashlariga ega.

Ulardan biri «qo‘yilgan maqsadga erishish va ob'ekt faoliyatini o‘lchash natijasidagi faoliyat». Ijtimoiy texnologiyalarni boshqaruv mexanizmining elementi sifatida va» «mavhum fan vositalarini aniq fanga o‘tkazish qo‘yilgan maqsadga erishishi»1 sifatida belgilaydi

Boshqalari ijtimoiy texnologiyalarni «o‘zaro bog‘liq amallar va operatsiyalar tadqiqot tizimida ajratish yo‘li bilan murakkab jarayonlarni amalga oshirish usuli...»2 sifatida aniqlaydi.

Uchinchi guruh ularni «qo‘yilgan maqsadga erishish imkonini beruvchi ijtimoiy jarayonlarni tashkil etish usullari va vositalari to‘g‘risidagi bilimlar yig‘indisi» sifatida ko‘radi. V. Ivanov ijtimoiy texnologiyalar mohiyatini innovatsion tizim sifatida belgilab, eng kam boshqaruv xarajatlarida optimal ijtimoiy natijalar olish, ijtimoiy tizim yashirin salohiyatini aniqlash va foydalanish usullari tizimi sifatida aniqlaydi. «Ular shuningdek optimal ijobiy natija olish yo‘lidagi ijtimoiy ta'sir ko‘rsatish operatsiyalari, amallari yig‘indisi sifatida ko‘rilishi mumkin. (ijtimoiy tashkilotlarni mustahkamlash, inson hayot sharoitlarini yaxshilash, ziddiyatlarni oldini olish.). Ijtimoiy texnologiya- boshqaruv mexanizmining muhim qismidir.

Sotsiologik ensiklopediyalarda texnologiya tushunchasi olish, ishlash yoki qayta ishlash usul va yo‘llari yig‘indisi sifatida tushuntiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini tavsiflash, joriy qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar, texnologik qoidalar, talablar, xaritalar, grafiklar.»3.

  1. Ijtimoiy texnologiyalarni ajratishning faoliyat sohasiga ko‘ra bo‘lish varianti keng tarqalgan: biznes sohasida, davlat boshqaruvida, uchinchi sektor (nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati) da foydalaniladigan ijtimoiy texnologiyalar.

Ijtimoiy texnologiyalarni predmeti va ob'ekti, olinadigan natijalari bo‘yicha ajratish keng tarqalgan: yangi axborotni olish texnologiyalari, madaniy qadriyat, alohida maishiy xizmatlar texnologiyalari va boshqalar.

Yangiligi yoki an'naviyligiga ko‘ra innovatsion va an'anaviy ijtimoiy texnologiyalarga ajratiladi. Ijtimoiy texnologiyalarni rivojlanish xususiyati va jamiyatda ishlash belgilari bo‘yicha ajratish ham foydadan holi emas.



Ijtimoiy texnologiyalarni asosiy vazifasi ijtimoiy himoya muammosi, muhtojlarga yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha ajratish ayniqsa muhim va katta ahamiyatga ega. Bunda mohiyati bo‘yicha ijtimoiy yordamning butun amaliyoti muhtojlarga yordam ko‘rsatishning turli usullarini nazarda tutuvchi ijtimoiy xizmatning muhim modellari bo‘yicha tabaqalashtiriladi..

Ijtimoiy xizmatning turli nazariyalari ta'sirida shakllangan ijtimoiy texnologiyalarni ajratish eng avvalo ruhiy-sotsiologik yo‘naltirilgan, shuningdek kompleks bo‘ladi. Ijtimoiy ish konsepsiyasini bunday guruhlashtirish turli turdagi ijtimoiy texnologiyalarni rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Ijtimoiy jarayonlarni texnologiyalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Ichki o‘zaro bog‘liq bosqichlari, fazalari, operatsiyalarini ajratish, bo‘lish;

  • Natijaga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish;

  • Amallar va operatsiyalarni texnologiyada o‘z ichiga olgan bir ma'noli bajarish.

3. Ijtimoiy ishdagi ijtimoiy texnologiyalar darajasiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:

• oddiy (mutaxassis bo‘lmaganlar ham kiradigan);

•murakkab, ma'lum sohada ishlaydigan malakaga ega mutaxassislarni talab qiluvchi;

• majmuaviy, turli sohada ishlaydigan malakaga ega bir nechta mutaxassislarni talab qiluvchi Ijtimoiy ish sub'ektlari murakkabligini hisobga olib, ijtimoiy texnologiyalarni bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham ajratish mumkin.

Ijtimoiy ishni mijoz bilan tashqi munosabati bo‘yicha turlarga ajratish: davlat aralashuvi, jamoat va boshqa tashkilotlar yordami, xususiy shaxslar. Ularning mazmuni asosan inson, guruhlarga ular o‘z muammolarini mustaqil hal qila olishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. (masalan nogironlar uchun korxonalarda ish o‘rinlari yaratish).

Tashqi texnologiyalardan ijtimoiy texnologiyalar farqlanadi, bunda mijozning o‘zi faoliyatni amalga oshiradi. Bunday turdagi texnologiyalarga (o‘ziga va o‘zaro yordam) ijtimoiy xodim o‘zining mijozlari muammolarini hal qilishda foydalaniladigan usullar, harakatlarni kiritish mumkin.

Ijtimoiy ishdagi texnologiyalarni mamlakatda yashaydigan insonlar yoki biror sabab bilan xorijga ketgan insonlarga ko‘rsatilishi bo‘yicha ham ajratish mumkin. (masalan, yaqin xorij davlatlarida yashaydigan o‘zbeklar).

Ijtimoiy texnologiyalarni MDH mamlakatlarida foydalaniladigan, xorijda qo‘llaniladigan ijtimoiy texnologiyalarni chegaralash muhim bo‘lib, bu hayot sharoiti, iqtisodiy rivojlanish darajasi, madaniy an'analar va boshqa xususiyatga ko‘ra ajratiladi.

Ijtimoiy ishning umumiy texnologiyalarini quyidagi turli shakllarda ajratish mumkin:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat