Oila salomatligi yurt boyligi



Download 183.13 Kb.
Sana23.08.2021
Hajmi183.13 Kb.

OILA SALOMATLIGI – YURT BOYLIGI

Xalqimizda “Salomatlik – tuman boylik” degan purma’no hikmat bor. Inson salomatligi mamlakat, davlatning eng katta boyligi sanaladi. SHu bois mamlakatimizda xalq salomatligini asrash, sog’lom turmush tarzini mustahkamlash borasida qator ibratli ishlar amalga oshirilayotgani har birimizga yaxshi ma’lum. Aholining barcha qatlamlari salomatligini mustahkamlash maqsadida sog’lomlashtirish maskanlari, sport majmualari, sport maktablari ishga tushirilib, mavjudlari esa qayta ta’mirlanib, zamon talablari darajasida jihozlanmoqda. Sohani etuk mutaxassislar bilan ta’minlash ham davlatimiz, hukumatimizning diqqat markazida bo’lgan masalalardan.

Aholi salomatligini mustahkamlash borasida jamoat tashkilotlari ham samarali faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston madaniyati va san’ati Forumi jamg’armasining “Oila salomatligi” aktsiyasi targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi topshiriq xatida belgilangan vazifalar doirasida oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etilgan “Salomatlik darslari” ta’lim muassasalari, qatori universitetimizda ham katta yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tkazildi.

Universitetning barcha 342 ta akademik guruhida Hayot faoliyati xavfsizligi hamda Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedralari professor-o’qituvchilari tomonidan “Salomatlik darslari” olib borildi. Ma’ruzalar “sog’lom turmush tarzi” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berish, talabalarda o’z salomatligiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, salomatlik hayotdagi eng katta boylik ekanligi haqidagi tasavvurni mustahkamlashga qaratildi.
Talabalarga mavzu yuzasidan savollar berilib, ularning bu boradagi bilimlari haqida tasavvurga ega bo’lingach, ular bilishi muhim bo’lgan bilimlar bilan boyitildi. Sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi videolavhalar ham talabalarning bu boradagi tushunchalarining kengayishiga xizmat qilishi tabiiy.
“ Salomatlik darsi”dan chiqqan talabalarning fikrlari bilan qiziqdik:
– Salomatlik nafaqat jismoniy kamchilik va kasalliklardan xoli ekanlik, balki jismoniy, ruhiy, ma’naviy va ijtimoiy jihatdan to’la barkamollik, demakdir ,- deydi O’zbek tili va adabiyoti fakulьteti talabasi Nafisa Yo’ldosheva. Barkamol yoshlar esa yurtimiz kelajagi. SHunday ekan, salomatlik haqida har birimiz, har doim qayg’urishimiz lozim. Bugungi salomatlik darslari, sog’liqni saqlashni targ’ib qiluvchi videolavhalarni ko’rgandan keyin sport bilan shug’ullanuvchilar soni ortishi, talabalar zararli odatlari bilan xayrlashishi shubhasiz.
- Men ikki yildan beri Fond Forum tomonidan o’tkazib kelinayotgan “Hayot uchun!” xayriya tadbirlarida ishtirok etaman. U erdagi qatnashchilarning kayfiyati, bemorlarning sog’ligini tiklash uchun hissa qo’shish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni ko’rib, g’urur hissini tuyaman. Bularning bari yurt tinchligi uchun qilinayapti,- desak mubolag’a bo’lmaydi. CHunki insonlar salomatligi – yurt boyligi, - dedi San’at fakulьteti talabasi Sardor Murodov
Biz bilan suhbatda bo’lgan talabalarning barchasi shu mazmunda fikr bildirishdi.
Darhaqiqat, sog’lom turmush tarzi inson faoliyatining turli jihatlarini rivojlantirish, jamiyat hayotida, mehnat, oila hayoti va ijodiy jarayonlarda faol ishtirok etish uchun muhim asos hisoblanadi. SHunday ekan, o’zimiz hamda yon-atrofimizdagilarning sog’ligi haqida qayg’urish insoniy burchimizdir
Download 183.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat