Ogahiy g‘azallarida talmih san’ati istifodasi



Download 18,53 Kb.
Sana03.01.2021
Hajmi18,53 Kb.
#54051
Bog'liq
181-guruh Botirova Mehriniso


Ogahiy g‘azallarida talmih san’ati istifodasi

O‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, uni yangi taraqqiyot pog‘onasiga olib ko‘targan, o‘zining serqirra ijodi bilan madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlardan biri Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy o‘z ijodining ko‘lami va ijodiy mahoratining yuksakligi bilan haqli ravishda Alisher Navoiy bilan qiyoslanadi. Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining serqirra ijodkori, talantli shoir, zukko tarixchi va mohir tarjimon sifatida milliy madaniyatimiz tarixida iz qoldirdi.

Ogahiy ijodiga qiziqish uning o‘z davrida boshlangan bo‘lsa ham, ijodkor asarlarinikeng ko‘lamda to‘plash va o‘rganish so‘nggi yillarda, ayniqsa, jadal tadqiqotlar asnosida amalga oshirilmoqda. Asarlarining 6 jildligi chop etildi, qator monografiya va ilmiy maqolalar yaratildi. Bu sohada, ayniqsa, R.Majidiy, G‘.Karimov, S.Dolimov, Q.Munirov, N.Komilov, F.G‘anixo‘jayev va boshqalarning tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etdi.

Ogahiyning lirik merosi o‘zbek va fors tillarida yaratilgan “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) va “Ash’ori forsiy” devonlarida jamlangan bo‘lib, 22 janrga oiddir. Bular orasida g‘azal, muxammas, va ruboiy asosiy o‘rin egallaydi, 84 ta muxammasning 31 tasi Navoiy g‘azallariga bitilgan bo‘lib, bu hol Ogahiyning Navoiyga bo‘lgan ehtiromidan nishona (Ogahiy asarlarining tavsifi (katalog). Tuzuvchi: F.G‘anixo‘jayev. T.:1986. 81-b). Ogahiy she’riyatida o‘zigacha adabiyotimizdagi mavjud deyarli barcha janrlarga murojaat etdi, ularni davr talablari asosida mazmunan boyitib, shaklan takomillashtirdi.

“Ogahiyni o‘zbek adabiyotida muxammas janrining va taxmisning asoschisi” (Adabiy turlar va janrlar. 2-jild, lirika, T.:1992. 221-b.) sifatida tan olinishi ham tasodifiy emas.

Ogahiy yaratgan lirik janrlar orasida salmoqli o‘rinni g‘azal janri egallaydi. Ogahiy g‘azallari sirasida kompozitsiya jihatidan yaxlik (yakpora) , musalsal, voqeaband hamda tarqoq-parokanda xillari ko‘plab uchraydi. Albatta, bir qarashda ularni payqash yoki farqlash qiyin, ammo sinchkov g‘azalshunos anglab yetishi mumkin bo‘lgan ichki she’riy tizim mavjudki, bunday holatlar nuqtadan shoirning yetuk salohiyatidan xabar berib turadi.

Ogahiyda g‘azal janri , eng avvalo. Hayotiy lavhalar, dilband tuyg‘ular bilan jilo topgan. Mavzu doirasi keng, rang-barang, o‘nlab obraz va timsollar poetik muddaoni sharhlashga qaratilgan. Ishqiy va ma’rifiy, rindona va orifona, hajviy va maishiy, manzara peyzaj tasviriga bag‘ishlangan yuzlab g‘azallarda o‘sha muddao tajjassum topadi. She’riy san’atlar sharq she’riyatining, g‘azaliyotining shunchaki bezagi, “taqinchoqlari” emas, balki janrga xos badiiy mazmunni hosil qiluvchi omillar hisoblanadi. Ogahiy g‘azallari, muxammaslari va musaddaslarida ma’naviy va lafziy san’atlarning bir necha o‘nlab xillariga duch kelinadi.

XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida Ogahiy ijodiga ilk marta Olim Sharofiddinov tomonidan tuzilgan “ O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi”ga shoirning to‘rtta g‘azali (O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi, II jild.-Toshkent: O‘zdavnashr,1959,- 651-b.0 va 1948-yilda nashr qilingan “O‘zbek poeziyasining antologiyasi”ga shoir haqida qisqacha biografik ma’lumot hamda g‘azallari va tuyuqlaridan namunalar kiritilishi bilan e’tibor qaratildi.(O‘zbek poeziyasining antologiyasi.-Toshkent:O‘zadabiynashr,1948,-454-b.)

Ogahiy o‘z ijodida turli xil she’riy san’atlarga murojaat etganini ko‘ramiz. Ma’naviy san’atlardan biri bo‘lgan talmeh san’atining qo‘llanilishi Ogahiy ijodida, xususan, g‘azallarida qo‘llanilishi chuqur o‘rganilmagan. Biz ushbu maqolamizda mazkur san’atning qo

Llanilishini, istifodasini shoir g‘azallarida tahlilga tortishga jazm etdik.

Talmih (“nazar solmoq”) she’r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adaboiy asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san’atidir.

Shoirlar muhabbat mavzusidagi asarlarida ko‘pincha sharqda keng tarqalgan “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro”, ”Tohir va Zuhro” kabi qissalar, dostonlarning qahramonlari nomiga ishora qilailar. O‘quvchi u yoki bu nomga ishorani ko‘rar ekan, uning ko‘z oldida o‘sha qissa, doston, afsona mazmuni, uning qahramonlari hayoti, sevgisi, kurashi, fojiali taqdiri jonlanib, shoir demoqchi bo‘lgan g‘oyani, fikrni , tuyg‘uni yorqinroq, o‘quvchi o‘zi mutolaa qilayotgan asari qahramoni hayoti, tuyg‘ulari, ma’naviy qiyofasini o‘sha mashhur qissa, afsona qahramoni bilan qiyoslaydi. (A.Hojiahmedov “Mumtoz badiiyat malohati”. Toshkent “Sharq”, 41-b.) Ogahiy g‘azallarida ham ushbu san’atning go‘zal namunalarini kuzatamiz. Uning “Yor hamdamdur mango” deb nomlanuvchi g‘azalining 2-baytida talmih san’atining go‘zal namunasi qo‘llangan:

Davlati vaslidin el ichra Sulaymonlig‘ topib,

Halqai baxti qavi ilkimda xotamdur mango.

(Ogahiy. Asarlar. VI jildlik, I jild, T.:1971.54-b.) Ushbu baytda Sulaymon nomi orqali talmih san’ati yuzaga kelgan. Sulaymon afsonaviy podsho bo‘lib uning qo‘lidagi uzugiga ishora bor. Ushbu shaxs Qur’oni Karimda nomi keltirilgan payg‘ambarlarimizdan biri. Shoir bu g‘azalida aytmoqchiki, davlatni qudratidan xuddi Sulaymon podshodek bo‘lib, uning uzugi kabi mening ilgimda ham muhrdir, demoqchi.

“She’riy baytlarda ko‘proq Qur’oni Karim suralarida aks ettirilgan afsona va hikoyalarqahramonlari: payg‘ambarlar, farishtalar nomlari; adabiy asar qahramonlari nomlari, joy nomlari nazarda tutiladi. Talmeh arabcha “lama’ot” (chaqmoq chaqishi) so‘zidan olingani bejiz bo‘lmay, qorong‘u kechada yashin chaqnaganda atrof yorishib, ilgari ko‘rinmay turgan narsalar ko‘rinibketganday, biror mashhur shaxs yoxud voqeaga ishora aytilmoqchi bo‘lgan fikr yoki tasvirlanayotgan manzaraning aniqroq va jonliroq chiqishiga yordam beradi” (Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. T., “Ta’lim-media”, 2019.165-b.)

Ogahiyning aynan shu g‘azalida , ya’ni “Yor hamdamdur mango” g‘azalining 3-baytida esa:

Jomi Jamga iltifotim bo‘lmasa yo‘q aybkim,

Kosai bazmi visoli sog‘ari Jamdur mango.



Jomi Jam talmehi mavjud,
Download 18,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish