O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla instituti



Download 2,27 Mb.
bet21/28
Sana08.02.2017
Hajmi2,27 Mb.
#2117
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28

10.3. Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla instituti
Mahallalarning demokratik jamiyatning asosi sifatidagi o‘rni yildan-yilga yuksalib, mahalla ahlining ijtimoiy fikri tobora demokratlashib bormoqda. XXI asr boshiga kelib, har bir oila, mahallada yashayotgan fuqaro o‘z hayoti va taqdirini mahallasiz tasavvur šila olmaydi. Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2003 yil yanvarda o‘tkazgan sotsiologik so‘rovnomalarida «Ìàhàëëà îèëàäàãè è÷êè ìóàììîëàðíè hàë qèëà îëàäèìè?» äåãàí ñàâîë berilgan edi. Unda so‘ralgan fuqarolarning 63,1 foyizi èæîáèé æàâîá berdilar. Shu bilan birga, so‘ralganlarning 82,5 foyizi ìàhàëëà yig‘inining qo‘íè-qo‘øíèëàð o‘ðòàñèäàãè êåëèøìîâ÷èëèêíè áàðòàðàô ýòèøèãà, 84,4 foyizi esa òo‘é, ìà’ðàêà, äàôí va boshqa ìàðîñèìëàðèíè òàøêèë ýòa olèøèãà èøîíàäè. Ko‘rinib turibdiki, mahalla fuqarolarning birlamchi hayotiy ehtiyojlarining ifodachisiga aylanib bormoqda.

2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiklangan «Obod mahalla yili» dasturini (2003 yil 7 fevral) hayotga tadbiš etish natijasida mamlakat mahallalarida ulkan ishlar amalga oshirildi. Mahallalardagi kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 41760,5 mln. so‘m hajmdagi kreditlar ajratildi. Mahallalarda 12527 ta ish o‘rinlari yaratish uchun ish o‘rinlari bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan 11571, mln. so‘m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida 2765 ta oilaga 2005,5 mln. so‘m hajmdagi mablag‘lar ajratildi. 5528 ta mahalla hududida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish natijasida hammasi bo‘lib, 176.418 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Shuningdek, mahallalarda maishiy xizmat markazining 995 ta yangi shoxobchasi barpo etildi. Mamlakat bo‘yicha 383 ta yangi mahalla guzarlari qurilib, unga 20407,6 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

2003 yil 16 avgustda umumxalq hashari o‘tkazildi. Bunda obodonlashtirish, mahallalarda sport turlarini rivojlantirish, sport majmualari qurish va ta’mirlash, turli ko‘rik-tanlovlar, «Obod mahalla yili»da gaz quvurlari o‘tkazildi. Qishloqni tabiiy gaz bilan ta’minlash, qishloqqa ichimlik suvi yetkazib berish, telefonlashtirish ishlari šilindi

Mustaqillik davrida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida isloh etish o‘zining samaralarini berdi. Mahallalar mamlakatdagi aholini o‘zini o‘zi boshqarish jarayonlarida ishtirok etishlari, qarorlar qabul qilishda fuqarolar xohish va istaklarini e’tiborga olishga imkoniyatlar yaratishi bilan fuqarolik jamiyati institutiga aylanib bormoqda. Shuningdek, hozirgi davrga kelib, davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni belgilash kabi vakolatlari ham deyarli mahallalarga berilgan.

Shu bilan birga, mahallalardagi tinch va osoyishta hayotni ta’minlash, oilalarni mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rish, yetimlar va yolg‘iz qolgan fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir intilishlarini qondirish kabi serqirra jamoaviy boshqaruv ham mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishini tashkil etmoqda. Lekin, shu bilan birga o‘zini o‘zi boshqarish organlarini demokratlashtirish jarayonlari bosšichma-bosšich davom etadi. Ayniqsa, aholi huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilishda mahallalarning o‘rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to‘la mustaqil bo‘lishini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni mahallalar vositasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir.

Kuchli davlatdan-ko‘chli jamiyat sari” g‘oyasining mohiyati, mazmuni va uning fuqarolik jamiyatini qurishdagi ahamiyati. Prezidentimiz I.A.Karimov “Kuchli davlatdan-ko‘chli jamiyat sari” g‘oyasini 1998 yili “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri bilan bo‘lgan suhbatda ko‘targan edi. Bu g‘oyaga ko‘ra biz fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib qo‘yganmiz, bu sohada dastlabki qadamlar qo‘yildi. Bugungi o‘tish davri uchun zarur bo‘lgan kuchli davlat funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tishini Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tgan edi. Bu g‘oya mazmuni 1999 yilda Prezidentimizning “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida yana bir bor alohida ta’kidlab o‘tildi. Yurtboshimiz “fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarga o‘z munosabatini bildira turib, bu g‘oyani yanada rivojlantirdi. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy qurilish, -degan edi Islom Karimov, -dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o‘zlariga o‘zi hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to‘la mos keladi”.

Bu g‘oyaning ishlab chiqilishi va bu borada dastur qabul qilinishining sababi shundaki, har qanday davlat kuchli bo‘lishi mumkin. Masalan, sobiq SSSR qudratli davlat edi, lekin u XX asr oxiriga kelib xalqdan ajralib qoldi, xalqdan, fuqarolardan uzoqlashdi, hokimiyat organlaridan fuqarolarning ishtiroki cheklandi. Natijada bunday “tizimga” ega bo‘lgan davlat qulashiga olib keldi. Prezidentimiz ta’kidlab aytganidek, biz ko‘dratli kuchli davlat qurishimiz mumkin, lekin u fuqarolar manfaatini ifoda etmasa, fuqarolardan uzoqda bo‘lsa, milliy davlatchiligimiz haqidagi qarashlar amalga oshmaydi. Shu boisdan ham prezidentimizning bu konsepsiyasiga ko‘ra davlat hokimiyati organlarini asta-sekinlik bilan liberallashtirib, uning ayrim funksiyalarini mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish lozimligini bayon etgan edi. Xaqiqatdan xam bu masala davlat rahbarining dono siyosati tufayli amalga oshirilmoqda.

2002 yil 29 avgutda Oliy majlisning 9-sessiyasida Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari” ga bag‘ishlangan ma’ruzasida ham “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyilini amalda hayotga joriy eti zarurligini uqtirish bilan birgan “Adolat –qonun ustuvorligida” degan tamoyilni izohlab berdi. Bunda xayotimizni erkinlashtirish, ya’ni markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlash zarur degan edi. Haqiqatdan ham ikki palatali parlamentimizning shakllantirilishi bilan birga hokimiyat organlarining ayrim funksiyalari quyi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilayotganligi uning yaqqol ifodasidir.



Nodvlat, notijorat tashkilotlari v jamoat birlashmalarining demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qarishdagi roli. Prezident Islom Karimov Oliy Majlis 14-sessiyasida (14.04.1999) jamiyat hayotida nodavlat jamoat tizimlarining mavqei o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. So‘ngi besh yil ichida jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari soni 1500 taga ko‘payib, bugun ularning soni 2300 taga yetdi. Ular faqat aholi fikrining turli ko‘rinishlarini ifoda etib qolmasdan, odamlarning ijtimoiy fikrini shakllantirishga ham faol ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sessiyada «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu tashkilotlar xayriya va muruvvat muassasiga aylanib qolmasligini aytgan edi. Ularning bosh vazifasi, eng avvalo, demokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy – haq huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir. Nodavlat va jamoat birlashmalarini rivojlantirishdan maqsad jamiyat a’zolarining manfaatlari muvozanatini ta’minlash va himoya qilish. Siyosiy va ijtimoiy sohada esa davlat tizmlariga muqobil kuch sifatida ular adolat tarozisini hayotda hukmron qilishga hissa qo‘shishlari lozim.

Respublikada 5 siyosiy partiya, «Xalq birligi» xarakati, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati, kasaba uyushmalari va xotin-qizlar tashkilotlari, 300 respublika va xalqaro nohukumat tashkilotlari, jamg‘armalar va fuqarolarning boshqa birlashmalarini o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy-siyosiy tuzum vujudga keldi. 2003 yil avgustda O‘zbekistonning nodavlat notijorat tashkiloti vakillari o‘zlarining ilk bor «Nodavlat notijorat tashkilotlari -2003 forum»ini o‘tkazdi.

O‘zbekistondagi barcha nodavlat va jamoat tashkilot va birlashmalarini 8 guruhga bo‘lish mumkin: 1) Aholi muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ishlashga ixtisoslashgan hukumatga qarashli bo‘lmagan umumiy milliy tashkilotlar («Mahalla» jamg‘armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati, O‘zR xotin qizlar qo‘mitasi, Nogironlar uyushmasi, Nuroniy jamg‘armasi). 2) Iqtisoslashgan milliy va halqaro jamg‘armalar («Ekosan», «Sog‘lom avlod uchun», «Umid» jamg‘armasi, «Oltin me’ros» jamg‘armasi va h. k.). 3) Hukmatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar (inson huquqlarini himoya qiluvchi qo‘mita, Huquqiy himoya ko‘rsatish jamiyati va h.k.). 4) Ijodkor ziyolarning milliy jamoat tashkilotlari (yozuvchilar, rassomlar, advokatlar, va h.k.). 5) Milliy madaniyat markazlari (qozoq milliy madaniyati va h.k.). 6) Umummilliy xayriya jamiyatlari, jamg‘armalari (Bolalar jamg‘armasi, Respublika talabalar jamg‘armasi, yoshlarni qo‘llash fondi va h.k.). 7) Ijtimoiy ahamiyatg va ijodiy izlanishlar bilan bog‘liq mahaliy birlashmalar (Sayyoxlik va badiiy havoskorlik klublari, Nogiron bolalar ota-onalar birlashmalari). 8) Jamoat muassasalari (Xalqaro qizil yarim oy tashkiloti, «El» xalqaro uyushmasi va hokazo).

Bulardan tashqari xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan 13 ta nohukumat xalqaro tashkilotlari O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda.

Umuman, mamlakatimizda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan tuzilgan bu ko‘ngilli o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tashkilotlar xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bular orasida mamlakatimizdagi jamoat tashkilotlari alohida ahamiyatga ega. «O‘zbekiston kasaba uyushmalari», Xotin qizlar qo‘mitasi, «Nuroniy» jamg‘armasi katta ishlarni olib bormoqda.

Ommaviy axborot vositalari - jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim sharti. Demokratik islohotlarni hayotga tadbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari (OXV)ning o‘rni va ahamiyati katta. 1997 yil 26 dekabrda "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida" qonun qabul qilindi. Bugungi kunda nashrlar sonida 490 ta gazeta, 138 ta jurnal ro‘yxatga olingan. Prezident Islom Karimov "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda" asarida erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari 4-hokimiyat tarmog‘i bo‘lishi kerak degan edi. OXV har bir kishi o‘z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo‘lishi kerak. OXVlari jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo‘yicha faol ish olib borishi lozim. Prezidentimiz 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida "O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakldantirishning asosiy yo‘nalishlari" mavzuidagi ma’ruzasida inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, oshkoralik, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda, qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir degan edi. OXV tom ma’noda "to‘rtinchi hokimiyat" darajasiga ko‘tarilishini yana bir bor bayon etdi. Erkin matbuot real vaziyat sharoitida faoliyat ko‘rsatishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko‘tarib chiqishi, odamlarni bezavta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalarining qabul qilayotgan qarorlari va faoliyatiga tanqidiy, xolis baho berib borishi kerak.

Prezident Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" mavzuida qilgan ma’ruzasida endilikda oldimizda turgan bir qator ustuvor vazifalarni belgilab berar ekan, demokratik davlat, fukarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalari roliga alohida e’tibor berdi. O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti - bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligini va erkinligini amalda ta’minlashdan iborat. Xalqimiz OXVlaridan mamlakatimiz va xorijdagi bo‘layotgan voqealarning haqqoniy jarayonlarini ko‘rish va eshitishni istaydi. Prezidentimiz Ommaviy axborot vositalari oldiga quyidagi vazifalarni belgilab berdi.



Birinchidan, ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash. Bu ularning mustaqil faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun asosiy omil bo‘lishi lozim. Matbuot va axborot zrkinligi bozor munosabatlari axborot maydonida sog‘lom raqobat tamoiylining rivojida ko‘ramiz! Shuning uchun OXVlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustaqil jamoatchilik fondi tuzish lozim. Bu fond mablag‘lari OXVlarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, mustahkamlash imkoni yuzaga keladi.

Ikkinchidan, bugungi kunda davlat televideniesi negizida jamoatchilik televideniesi kanalini bosqichma-bosqich shakllantirish masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun teleradio industriya bozorini rivojlantirish, tijorat va hududiy nodavlat teleradiostudiyalarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish va h.k.
QISQAChA XULOSA
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlar tadrijiy, ya’ni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Islohotlarning hozirgi bosqichidagi strategik vazifalar, avvalo demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini va bozor islohotlarini chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdan iborat. 2006 yil may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari, oqsoqollar va ular maslahatchilari saylandi.

Saylov: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 2) “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi (1999 yil 14 apreldagi) qonuni; 3) “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash to‘g‘risida”gi qonuni (2004 yil aprel) huquqiy poydevor hisoblanadi. Bu qonun birinchi marta sinovdan o‘tadi.



Saylovning asosiy prinsiplari: “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish (organi tushunchasi) – fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishining tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir”.

Demak, saylovning asosiy prinsiplari: 1) demokratizmdir. Erkinlik asosida bo‘lsagina deomkratik; 2) oshkoralik (qun, vaqt, joy, nomzodlar aniq, ovoz berish voqif, OAV); 3) teng saylov (fuqarolar jinsi, irqi, milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatlaridan qat’iy nazar saylovda ishtirok etish huquqidir)1.


MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR

  1. O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni qanday?

  2. Mahalliy davlat hokimiyati asoslarini bayon eting?

  3. Mamlakatimizda qanday mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish shakllari mavjud?

  4. Fuqarolik jamiyatini qurishda mahallaning roli qanday?

  5. Prezident Islom Karimovning O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ularni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib bering?

  6. Mahalliy davlat hokimiyati ayrim vakolatlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga qanday asosda o‘tkazilmoqda?

  7. Mahalla – demokratiya maktabi xususidagi qarashlaringizni bildiring?


ADABIYoTLAR:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — T.: «O‘zbekiston», 2003.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Fukarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonuni, 1999 yil 14 aprel.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiping «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, 1993 yil 1 dekabr.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshkarish organlarini qo‘llab-kuvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni, 1998 yil 23 aprel.

  5. Karimov I.A. O‘zbekiston— bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yuli. T.1. — T.: «O‘zbekiston», 1996. 290-295-b.

  6. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid: barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. — T.: «O‘zbekiston», 1997. –163-174, 182-186-b.

  1. Karimov I.A. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chukurlashtirish va fukarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasidagi ma’ruzasi. «Xalq so‘zi», 2002 yil 30 avgust.

  2. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va havfsizligi uz kuch-kudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogliq. — T.: «O‘zbekiston», 2004.

  3. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish - har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. T.12. – T.: O‘zbekiston, 2004. – 285–312-b.

  4. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. T.12. – T.: O‘zbekiston, 2004. –313–337-b.

  5. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T.13. – T.: O‘zbekiston, 2005. –156–223-b.

  6. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. – T.14. – T.: O‘zbekiston, 2006. – 61–97, 139–153, 248–265-b.

  7. Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun faravon turmush sharoitini yaratish – asosiy vazifamizdir. – T.: O‘zbekiston, 2007. – 11-b.

  8. Rahimov I., Zohidov A., Azizov Sh., Ayupov A. va boshq. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.: «Universitet», 2001. 232-bet.

  9. Pugachev V.P., Solovev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 202-255-betlar.

  10. O‘zbekiston: 13 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida. T.: «O‘qituvchi», 2004, 3-44-betlar.

  11. Do‘stjonov T., Hasanov S. O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lida. T.: Toshkent Moliya instituti, 2004, 3-180-betlar.

  12. Sharifxo‘jaev M. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati. – T.: Sharq, 2005. – 240 b.

  13. Aliev B., Hoshimov T. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. – T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot nashriyoti”, 2005. – 160 b.

  14. Abdullaev M. va boshqalar. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at. – T.: “Sharq”, 2006. – 528 b.

  15. Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlari. – T.: “Ma’naviyat”, 2006. – 160 b.

  16. To‘xliev N. va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashr., 2006. – 280 b.

  17. Qirg‘izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 204 b.

11-MAVZU. DEMOKRATIK JAMIYaT QURILIShIDA MILLIY, IJTIMOIY UMUMBAShARIY TAMOYILLAR VA QADRIYaTLAR
Ma’ruza rejasi:

11.1. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlar tushunchasi.

11.2. Milliy tamoyillar va qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda aks etishi.

11.3. O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati.
11.1. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari

va qadriyatlar tushunchasi
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo‘nalish, rus tilida qo‘llaniladigan «tendensiya» so‘zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, «tamoyil» atamasining muqobolidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo‘nalish” so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Agar bu so‘zlarning ma’nosiga e’tibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko‘zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo‘nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o‘zida aks ettiradi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning yetakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish va to‘ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi va namoyon bo‘lish xususiyatlari jiddiy o‘rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

1) erkin va adolatli saylovlar;

2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat;

3) inson huquqlarining ustuvorligi;

4) hokimiyat organlarining saylanib qo‘yilishi;

5) so‘z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;

6) qonun ustuvorligi;

7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;

8) tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo‘yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;

9) ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;

10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o‘tkazilishi;

11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;

12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko‘rsatishi;

13) jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolat-lovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqi o‘z mustaqilligiga erishgach, Yer sharining ko‘pchilik aholisi kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg‘unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.

Demokratik jamiyat qurish albatta milliy va umumbashariy tamoyillar asosida rivojlanib boradi. Bu uzviylik jarayoni 2 ta muxim jihat bilan belgilanadi. Demak:

1.Demokratik jamiyatning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1) Xalqimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash ruhining ustuvorligi.

2) Oila, maxalla, el-yurt muqaddasligi.

3) Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-e’tibor.

4) Millatning ulmas ruhi ona tiliga hurmat

5) Kattaga hurmat, kichikka izzat.

6) Ayol zotiga ehtirom.

7) Sabr-qanoat, mehnatsevarlik.

8) Halollik va mehr-oqibat.

9) Demokratik jarayonlarning uzviyligi, asta-sekinligi.

10) Odamlar tafakkuri va ijtimoiy saviyasi.

11) Xalqimiz milliy madaniyatining o‘ziga xosligi va h.k.



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish