Nutq madaniyati



Download 39,91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2022
Hajmi39,91 Kb.
#353545
Bog'liq
Nutq madaniyati - Vikipediya



Nutq madaniyati

Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz

qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv

sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda

foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish

maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-

nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati"

tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va

boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar

tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar,

ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa

nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng

toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish

mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy

meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini,

fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.

Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq

madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning

barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida,

vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir.

Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida

adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va

xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb

eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat

sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi.




Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji

bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari

nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda

takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio,

televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va

Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv

va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.

15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan —

Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq

odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih,

Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili

va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning

boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak —

hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo

boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.

Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan

milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon

Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy,

Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa

qushdilar.



Bu maqolada 

boshqa til boʻlimlariga ishorat

 yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar

Download 39,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish