Nukus filiali



Download 187,5 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi187,5 Kb.
#626368
  1   2
Bog'liq
Gazeta va jurnallardagi materiallarni tahlil qilish(DAULETYAROV AKMAL KI UZB)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI


«Kompyuter injiniring’ fakulteti


Kompyuter injiniring ta’lim yo’nalishi


Akademik yozuv fanidan

MUSTAQIL ISH
Mavzu: Gazeta va jurnallardagi materiallarni tahlil qilish


Bajargan: Dauletiyarov A.
Qabul qilgan: Jaksimova U.


Nukus 2021
MAVZU: Gazeta va jurnallardagi materiallarni tahlil qilish.
Reja:

  1. Kirish

  2. Gazeta va jurnallardagi materiallarni tahlil qilish

  3. Adabiyotlar


KIRISH
Gazeta tushunchasi


Gazeta (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obʼyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obʼyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan birga gazeta tovar — moddiy mahsulot ham hisoblanadi. Gazeta hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan koʻp boʻlishi mumkin .
Gazeta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazadi va shu yoʻl bilan oʻz oʻquvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo boʻlishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlar shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon boʻladi. Huquqiy demokratik jamiyatda gazeta faoliyati tegishli qonunchilik asosida kechadi. U oʻzi tarqatayotgan axborotning xolis va haqqoniyligi uchun qonun oldida javobgar hisoblanadi, xalq maʼnaviy qudratini yuksaltirishga, omma ijtimoiy ongini rivojlantirishga koʻmaklashadi, hokimiyat bilan jamiyat oʻrtasida xolis vositachi vazifasini oʻtaydi. Jamiyat va xalq nomidan boshqaruv idoralarining faoliyatini nazorat ostiga oladi. Demokratik jamiyatda kafolatlangan siyosiy erkinliklar, jumladan matbuot erkinligi gazeta faoliyatining samarali boʻlishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Avtoritarizm va totalitar tuzum sharoitida esa gazeta bunday imkoniyatdan amalda mahrumdir.
Gazetada turli janr va uslublardan, ayniqsa axborot va publitsistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi; sharu,, suhbat (intervyu), taqriz va b. vositasida voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi; maqola, obzorlar va sharxlarda voqelik tahlil qilinadi; bulardan tashqari gazetada lavha, ocherk, pamflet, felyeton kabi publitsistik janrlardan ham foydalaniladi; shuningdek unda gazetxon-larning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar, chizma va fotosuratlar bosiladi. gazetani bezatish oʻziga xos boʻlib, bu avvalo gazeta mazmunini gazetxonga qiziqarli va ommabop tarzda yetkazish, muhim xabar va fikrlarga ularning eʼtiborini jalb etishga qaratiladi. Gazeta faoliyati bosh muharrir, boʻlimlar mudirlari, turli yoʻnalishdagi muxbirlar (reportyor, sharhlovchi va b.)dan iborat tahririyat tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Koʻpgina gazetalarning maxsus muxbirlari, mamlakatning ichida vaxorijiy davlatlarda oʻz muxbirlari boʻladi. Gazetalar faks, "Internet" tizimi, telefon va teleks vositalari orqali dunyoning turli chekkalaridan zud ax-borotlarni olib turadi. Gazetaning ibtidoiy turi dastlab Rim-da — mil. av. 1-asrda (varaka va byulletiyeklar shaklida), Xitoyda 7-asrda ("Di bao" — "Poytaxt axboroti" nomi bilan) chiqqan. Hoz. gazetalarning dastlabki turlari 16—17-asrlarda Yevropada paydo boʻlgan.
Jurnal (fransuzcha: journal — kundalik daftar) — bosma davriy nashr. Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakl-lantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Ing Magazine, frans. Revue, nemischa Zei schrift, ispancha „Relista“ soʻzlari ham jurnal maʼnosini anglatadi. Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan jurnallar, odatda, haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gaz.ga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va b. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi.
Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnallarda suhbat, publitsistik kuzatuv, maʼlum mavzuni sharhlovchi maqolalardan tashqari, reportajlar, sheʼrlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. Soʻnggi paytlarda ommaviy jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy sanʼat asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari va h. k. tobora kengroq oʻrin olmokda. Haftalik, oʻn kunlik jurnallarda chizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi. Ilmiy jurnallarda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham eʼlon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda jurnal mundarijasi va uning oʻquvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy jurnallar — ijtimoiy-siyosiy va adabiybadiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi.
jurnalchilik taraqqiyoti. Jurnalchilik tarixi Fransiyada „Jurnal de Savan“ („Olimlar jurnali“), („Journal des scavans“, keyinroq „Journal des savants“) jurnaldan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665-yilning 5 yanv.da bosmadan chiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi boʻyicha Yevropaning turli mamlakatlarida nashr qilingan kitoblar haqida maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, shu yili, Londonda „Filosofishal tranzekshne of Royyal sosayenti“ („Qirollik jami-yatidagi falsafiy oʻzgarishlar“) jurnal nashr qilingan. Turli kitoblar sharhidan iborat boʻlgan bunday jurnallar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo boʻlgan, faqat mavzular doirasi tor bulganligi uchun bu jurnallar omma orasida keng tarqalmagan.
Jurnalchilik 19-asr 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda jurnal targʻibotining usul va vositalarida ham katta oʻzga-rishlar yuz berdi. Jurnallar adadi uzluksiz oʻsib bordi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida jurnallarning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi oʻrin egallay boshladi. 1960-yil oxirida AQSH da 9400, Angliyada 4600, Fransiyada 14600 (bu mamlakatda siyosiy gaz.lardan tashqari, davriy nashrlarning hammasi jurnallar roʻyxatiga kiritiladi), GFRda 2200, Yaponiyada 5800 ga yaqin jurnal nashr qilingan. Ayrim mamlakatlarda (AQSH, Fransiya, Angliya) jurnallar kundalik gaz.larga nisbatan tez tarkaladi.



Download 187,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish