Новости 23. 06. 2016 Субъектам предпринимательства, осуществляющим свою деятельность в сфере железнодорожного транспорта



Download 127 Kb.
Sana27.03.2017
Hajmi127 Kb.
Новости

23.06.2016

Субъектам предпринимательства, осуществляющим свою деятельность в сфере железнодорожного транспорта

29 июня 2016 года в в 10-00 часов дня в центральном аппарате Государственной инспекции «Узгосжелдорнадзор» состоится семинар общественного и профессионального обсуждения антикоррупционных мероприятий на 2016-2017 годы при организации лицензирования и разрешительных процедур в сфере железнодорожного транспорта.Цель семинара - общественное и профессиональное обсуждение антикоррупционных мероприятий на 2016-2017 годы при организации лицензирования и разрешительных процедур в сфере железнодорожного транспорта, во исполнение Комплексного плана практических действий по осуществлению антикоррупционных мероприятий на 2016-2017 годы, утвержденного правительством.



30.06.2016

Yangiliklar

Mas`uliyatni his etib, katta rejalar sari

"Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yo`li qurilishida tarmoqning ko`plab korxonalari qatori "Angren" stansiyasi jamoasi ham munosib hissa qo`shdi.

Qariyb uch yil davom etgan bunyodkorlik ishlariga zarur barcha qurilish materiallari, metall konstruksiyalari vagonlarda stansiyaga o’z vaqtida keltirilib, qurilish ishlari olib borilgan obyektlarga sifatli holda yetkazildi. Mazkur noyob loyiha qurilishi sabab endilikda 70 nafarga yaqin temiryo`lchi mehnat qiladigan jamoaning ish ko`lami yanada kengayishi shubhasiz.

-Temir yo’l tizimi tasarrufida har bir stansiya va korxona jamoalari dunyo e`tiborida bo’lgan “Angren-Pop” uchastkasi qurilishida ishtirok etishni orzu qilgani rost albatta, - deydi stansiya boshlig`i Sardor Imomaliyev. - Ana shunday buyuk va asrlar davomida yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan ulkan qurilishga jamoamiz bilan munosib hissa qo’shganimizdan faxrlanamiz. Dengiz sathidan 2200 metr balandlikda qurama tog`lar oralab o’tkazilgan po’lat izlarni yotqizishda zarur qurilish mahsulotlari yuk vagonlarida beshikast yetkazib turildi. Yaqin kunlarda mazkur yo’nalishda yuk poezdlari qatnovi ham yo’lga qo’yilishi rejalashtirilyapti. Holbuki, bu ish ko’lamining ham yanada ortishiga xizmat qiladi. Shularni inobatga olgan holda, ayni kunlarda stansiyada qizg`in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Servis xizmatlarini yanada kengaytirish, yuklarni sifatliqabul qilish va o’z manziliga yetkazish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, reja asosida ish olib bormoqdamiz.

Stansiyada mijozlar bilan ishlashning samarali yo’llari ishlab chiqilgan. Bu esa mijozlar soni ortib, jamoaning iqtisodiy ko’rsatkichlari o’sishida asosiy omil bo’lmoqda. Hozirda stansiya tomonidan “O`zbekko`mir” AJ, “Agren Kaolin” MChJ, “Toshkentikkilamchiqorametall” MChJ, “Zamin Dizayn Montaj” MChJ, “Nazarbekavtoyo`l” DUK, “Baraka Muhandis Fayz” xususiy firmasi va boshqa bir qator yirik korxonalar bilan domiy hamkorlik o`rnatilgan. Buning natijasida yuk tashish ko`rsatkichlari ham yil sayin yaxshilanib bormoqda. Xususan, joriy yilning o`tgan 5 oyi yakunlariga ko`ra, 27103 ta vagonga yuklar ortilib, 13948 ta vagondan yuklar qabul qilib olindi. Daromad esa 2 milliard 21 million 259 ming so`mni tashkil etdi.

Hozirda stansiyadan ortilgan yonilg`i mahsulotlari, g`alla va qurilish mollari nafaqat respublikamiz miqyosida, balki Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston kabi bir qator davlatlarga ham o`z vaqtida yetkazib berilmoqda.

Albatta, yutuqlar zamirida jamoadagi fidoiy va tashabbuskor temiryo`lchilarning ham alohida o`rni bor. Bu yerda faoliyat yuritayorgan har bir hodim o`z ishining ustasi. Ayniqsa, Rustam Eshmurodov, Gulchehra Hamroqulova, Mahfuza Qurbonova, Ruslan Bozorov hamda Anorboy Kablonovlarning sidqidildan qilayotdan mehnatlari jamoada ish unumdorligining ortishi bilan bir qatorda stansiyada endigina ish faoliyatini boshlayotgan yoshlarga doimo o`rnak bo`layotgani e`tiborga molik.

Stansiyada harakat xavfsizligini ta`minlash, yuklarni talofatsiz o`z vaqtida belgilangan manzilga yetkazib berish maqsadida vagonlarga texnik xizmat ko`rsatish shahobchasi faoliyati yo`lga qo`yilgan. Jamoada har kungi ish jarayoni natijalarni tahlil qilish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni o`rganish va ularni bartaraf etish bo`yicha tegishli takliflarni ishlab chiqishdan boshlanadi.

Mehnat muhofazasi masalalariga mas`ul Akmal Qodirjonovning ta`kidlashicha, jamoa ishchi hodimlari mahsus himoya vositalari bilan o`z vaqtida ta`minlanmoqda. Bundan tashqari, ishchilar o`rtasida haftaning har chorshanba kuni mehnat muhofazasi va texnika xafvsizligiga oid mavzular doirasida turli tadbirlar va o`quv-mashg`ulotlar o`tkazib kelinadi.

Xulosa qilib aytganda, hozirda stansiya yangidan-yangi rejalar ustida ish olib bormoqda. Maqsad esa bitta – tashishlar hajmini oshirish va shu orqali tizimning iqtisodiy ko`rsatkichlarini yanada yaxshilashga munosib hissa qo`shishdan iborat.

07.07.2016
Harakat xavfsizligini ta`minlash yo`lida

“O`zbekiston” lokomotiv deposida “Temir yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan muloqotda depo rahbarlari, texnik hodimlar, mashinist va ularning yordamchilari, shuningdek, bir qator OAV hodimlariishtirok etdi.

Tadbirda harakat xavfsizligini ta`minlash bugungi kunda dolzarb masala ekanligi, bu jarayonlarda depoda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning o`z ishiga katta mas`uliyat bilan yondashishi, sergaklik va ogohlik mashinistlarning doimiy shioriga aylanmog`i, shuningdek, bu borada mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari hususida so`z bordi.

So`nggi yillarda tizimda olib borilayotgan izchil islohotlar bois poezdlar qatnovida harakat xavfsizligi qoidalarining buzilish holatlari ancha kamaygan bo`lsa-da, temir yo`lga yaqin hududda joylashgan aholining loqaydligi yoki boshqa omillar sabab harakat xavfsizligining buzilishi bilan bog`liq nuqsonlar uchrab turibdi.

Albatta, lokomotivni boshqarish jarayonida harakat xavfsizligini ta`minlash, avvalo, mashinist va mashinist yordamchilarining bilim saviyasi hamda ish tajribasiga bog`liq. Shunday ekan, ularning kasbiy ko`nikmalarini oshirib borish bugungi zamon talabidir.

Tadbir davomida so`zga chiqqanlar buni o`z ma`ruzalarida e`tirof etib, harakatdagi tarkibning o`z vaqtida belgilangan manzilga yetib borishini ta`minlash har bir mashinistning o`z kasbi oldidagi eng oliy burchi ekanligini alohida ta` kidladilar.

Davra suhbatida Toshkent transport prokurorining yordamchisi Ilhom Allanazarov so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasining “Temir yo`l transporti to`g`risida”gi qonunida harakat xavfsizligiga doir belgilangan talablarning mazmun-mohiyati, poezdlar harakati xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlari talablarining bajarilishida huquq-tartibot organlari va ishchi-hodimlarning roli haqida to`xtalib o`tdi. Shuningdek, yig`ilganlarga joriy yilda mazkur holat bo`yicha kuzatilgan qoidabuzarliklarni aniq dalillar asosida keltirib, bunday nuqsonlarning oldini olish, qayta kuzatilmasligi uchun tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda davra suhbati davomida harakat xavfsizligini ta`minlashga barcha birdek mas`ul ekanligi, qoidabuzarliklarning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko`rish, targ`ibot ishlarini olib borish bo`yicha mulohazalar bildirildi. Tadbir so`ngida harakat xavfsizligini izchil ta`minlash borasida qo`shimcha takliflar tinglandi va ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javob oldilar.


14.07.2016
O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatida

birinchi yarim yil yakunlari sarhisobi

Bugun mamlakatimizning barcha jabhalarida eng ulug`, eng aziz bayramimiz – O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik to`yini nishonlashga puxta hozirlik ko`rilmoqda. Zimmasiga mamlakatning yo`lovchi va xalq xo`jaligi yuklarini tashishga bo`lgan ehtiyojini qondirish vazifasi yuklangan “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham bu qutlug` sanaga yuqori mehnat natijalari, salmoqli yuyutuqlar bilan kelmoqda.

Azmu shijoatli temiryo`lchilarning mustaqil Vatanimiz tarixida yorqin sahifalardan biri bo`lib qolayotgan mehnat g`alabalaridan biri Agren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`li va Qamchiq tunneli ishga tushirilishi 2016-yilning eng muhim voqealaridan biri bo`ldi. 11-iyul kuni Jamiyat rahbari Achilboy Ramatov boshqargan temir yo`l tizimining yarim yillik faoliyatiga bag`ishlangan yig`ilishda ushbu bunyodkorlik g`alabasi hamda olti oy davomida sohada erishilgan yutuqlar, ijtimoiy-iqtisodiy yakunlar sarhisob qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Yig`ilishda boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari D. Dehqonov yarim yil davomida qilingan ishlar xususida ma`ruza qilib, o`tgan hisobot davrida tizimning iqtisodiy barqarorligini ta`minlovchi barcha ko`rsatkichlari bajarilishiga va ularning sifat jihatdan yaxshilashga qaratganligini aniq raqamlar misolida bayon etdi.

Tahlillar shuni ko`rsatadiki, 2016-yilning birinchi yarim yilligida temir yo`l stansiyalaridan 33,3 million tonna yuk ortilib, o`z manzillariga yetkazib qo`yildi. Yuklarni ortish hajmi sutkasiga 183,1 ming tonnani, 2015-yil hisobot davriga nisbatan 100,3 foizni tashkil etdi.

Yo`lovchi aylanmasi hajmi 1 952,6 mln. yo`lovchi/km.ni yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 103,0 foizga bajarildi. 11,13 mln. yo`lovchi o`z manzillariga olib borib qo`yildi, bu o`tgan yilga nisbatan 428 ming yo`lovchiga ko`pdir.

Yig`ilishda boshqaruv raisi o`rinbosari R.Ikromovning joriy yilning birinchi yarmi bo`yicha harakat xavfsizligi masalasidagi hisoboti ham tinglandi.

Ma`lumki, temir yo`l tizimida harakat xavfsizligi hamisha dolzarbdir. Ishchi-hodimlar tomonidan mehnat va texnologik jarayon intizomi, O`zbekiston Respublikasi texnik foydalanish qoidalari, normative hujjatlar va xizmat vazifalarining so`zsiz bajarilishi hamda texnik vositalarning soz holatda foydalanilishi harakat xavfsizligi kafolati hisoblanadi. Shu ma`noda, tizimda ushbu yo`nalishda olib borilayotgan ishlar, ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijalari bayon etildi. Harakat xavfsizligining buzilishi holatlari mintaqaviy temir yo`l uzellari misolida aniq raqamlar asosida tahlil etildi.



Harakat xavfsizligini ta’minlash, korxonalarda mehnat intizomini mustahkamlash, temiryo`lchilar uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratish maqsadida qilinayotgan izchil tadbirlarga qaramay, bu borada bajarilishi lozim bo`lgan masalalar mavjudligi, ularni bartaraf etishga mutasaddi rahbarlardan tortib, ishchi-hodimlargacha, hamma birdek mas’ul ekanligiga urg`u berildi.
Yig`ilishda temir yo`l tizimini uzluksiz taraqqiy ettirishning asosiy o`zak masalasi — kadrlar tayyorlash, ularni tanlash va joy-joyiga qo`yish borasida so`z olgan boshqaruv raisi o`rinbosari E.Kadirov reja bo`yicha qilinayotgan ishlarga batafsil to`xtalib o`tdi.
Ta`kidlandiki, kadrlar qo`nimligi, yoshlar, ayniqsa, temir yo`l o`quv muassasalarini tamomlab chiqayotgan mutaxassis-kadrlarni ishga joylashtirish doimiy nazoratda. Hisobot davrida bu ishlar davom ettirilib, tizim tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida ularni tarmoqdagi korxona va tashkilotlarga biriktirilib, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlari tashkil etildi. Korxona, kollej va bitiruvchi bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilib, ish joylariga yo`llanmalar berildi. ToshTYMI, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun 6 oy davrida belgilangan reja-jadval asosida yangi va bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari o`tkazildi.
Shuningdek, tizimning yuksak malakali mutaxassislarga bo`lgan ehtiyojini hisobga olgan holda, Rossiyaning bir qator institutlarida o`zbekistonlik talabalar o`qitilmoqda, qisqa muddatli kurslarda malaka oshirib qaytayotgan temiryo`lchilar soni ham ortib bormoqda.
Ma’ruzada ta`kidlandiki, o`rta va quyi bo`g`in rahbarlari, muhandis-texnik xodimlar bilan doimiy ish olib borilib, ular attestatsiyadan o`tkazib turilibdi. Institut va kollejlarning bitiruvchilari bilan mintaqaviy temir yo`l uzellari, jamiyat markaz va boshqarmalari boshliqlarining doimiy uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Bunda bo`lajak temiryo`lchilar o`zlari ishga boradigan joylardagi shart-sharoit va ularga qo`yiladigan talablar bilan tanishtirilmoqda. Yig`ilishda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, lavozimlarga ta`yinlash ishlarini yanada takomillashtirish borasida fikrlar bildirildi hamda bu borada kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar qayd etildi.
— Ayni kunlarda mamlakatimiz tarixida juda katta ahamiyatga ega bo`lgan sana - Mustaqilligimizning 25 yilligi ayyomi arafasida turibmiz. Bu qutlug bayramni mehnatda munosib kutib olish temiryo`lchilar oldiga yanada mas’uliyatli vazifalarni qo`ymoqda, — dedi jamiyat boshqaruvi raisi A.Ramatov yig`ilish so`nggida.
U temir yo`l tizimini zamonaviy mezonlarga javob beradigan darajaga ko`tarish, soha rivojiga rivoj qo`shish, uning samaradorligini oshirish yo`lidagi sa’y-harakatlarni bir oz bo`lsada susaytirmaslik kerakligini ta’kidladi.
Yig`ilishda mintaqaviy temir yo`l uzellari, korxona va tashkilotlarning hisobotlari ham tinglandi. Jamiyatning kundalik faoliyatiga oid boshqa bir qator masalalar atroflicha muhokama etilib, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari, kelgusi ish rejalari belgilab olindi.

21.07.2016
Samarqand-Buxoro” uchastkasi:

Elektrlashtirish jarayoni so`ngi bosqichda davom etmoqda

Istiqlol yillarida temir yo`l transporti tizimida jahon talablari darajasida xizmat ko`rsatish rivojlandi. Ayniqsa, dunyo davlatlari orasida sanoqli mamlakatlardagina mavjud bo`lgan yuqori tezlikda harakatlanadigan "Afrosiyob" elektropoyezdining 2011-yil mustaqilligimizning 20 yilligi arafasida Toshkent — Samarkand, 2015 yilda esa Toshkent — Qarshi yo`nalish bo`ylab muntazam qatnovining yo`lga qo`yilgani nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda katta e’tirofga sazovor bo`ldi.


Yurtimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida esa ushbu poyezdning Toshkent — Buxoro yo`nalishida ham qatnovi yo`lga qo`yilishi kutilmoqda.
Buning uchun Prezidentimizning 2015-yil 26-martdagi “Samarkand — Buxoro temir yo`lini elektrlashtirish va yuqori tezlikdagi yo`lovchi poyezdlar xarakatini tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o`tgan yilning aprel oyida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ mutaxassislari tomonidan “Samarkand -Buxoro" uchastkasini yuqori tezlikda harakatlanadigan elektropoyezdlariga moslashtirish uchun liniya yo`llarini rekonstruksiya qilish, yangi po`lat izlarini yotqizish hamda elektrlashtirish ishlari jadal sur’atlarda boshlab yuborilgan edi.
Belgilangan loyiha rejasiga ko`ra, “Samarkand — Buxoro” uchastkasi bir yo`llik bo`lib, asosiy yo`lning uzunligi 249 kilometrni tashkil etadi. Shundan “Samarkand — Navoiy” uchastkasi — 156,9 kilometr va “Navoiy — Buxoro” uchastkasi — 92,1 kilometrdan iborat. O`tgan vaqt davomida loyiha doirasida 140,2 kilometrlik “Maroqand—Navoiy” uchastkasi yangidan qurildi. U soatiga 250 kilometr tezlikka mo`ljallangan. Navoiydan Buxorogacha bo`lgan uchastka yo`llari esa soatiga 160 kilometr tezlikka moslashtirildi.
Shu kunga qadar uchastka yo`llarida loyiha doirasida jami 16,2 mln. kubometr tuproq ishlari bajarildi va 134,5 kilometrlik masofada yer ko`tarma ishlari amalga oshirilib, temir yo`l relslari to`liq, yotqizildi. Jami 222 ta sun’iy inshoot (100%), shu jumladan, 1 ta piyodalar o`tish yo`lagi, 4 ta yo`l o`tkazgich (puteprovod) va yana 4 ta ko`prik qurib bitkazildi. Liniya bo`ylab esa yangi 4 ta stansiya binosi qurilishi yakuniy bosqichda davom ettirilmoqda.
— Yozning jazirama kunlariga qaramay, fidoyi temiryo`lchilar tomonidan qurilish ob’ektlarida elektrlashtirish ishlari bir zum bo`lsada to`xtab qolayotgani yo`q, — deydi “1-sonli energomontaj poyezdi” unitar korxonasi bosh muhandisi Fayzulloxon Xafizov. — Ayni paytda 600 nafardan ortiq, energetiklarimiz hamda 50 dan ortiq, zamonaviy texnikalar qurilish ishlariga jalb etilgan. Temir yo`l liniyasini elektrlashtirish maqsadida rejalashtirilgan 6 mingdan ortiq, temir-beton tayanchlardan bugungi kunga qadar 5 ming 800 dan ortig`i o`rnatildi (96%). Ularga 95 foiz konsollar montaj qilinib, 90 foiz temir-beton tayanchlarga kontakt tarmog`i tortildi. Ayni paytda kontakt tarmoqlarini sozlash ishlari davom etmoqda. Shuningdek, uchastka bo`ylab 3 ta elektr ta’minot podstansiyasida ham qurilish ishlari bajarilyapti.
Ta’kidlash lozimki, jamiyat sanoat korxonalarida kontakt tarmog`i, elektr tayanch, ularning poydevori hamda sun’iy inshootlar uchun temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish va joylarga yetkazib berish o`z vaqtida bajarilmoqda.
Samarkand elektr bilan ta’minlash distansiyasining 40 nafar tajribali mutaxassislari “Maroqand — Navoiy” uchastkasini elektrlashtirish ishlarida ko`mak berishmoqda. Eski elektr tarmoqlari qayta ta’mirlanib, uchastka yo`llariga temir-beton tayanchlar o`rnatildi, ularga konsollar montaj qilinib, VMT-1093 rusumli drezinalarda elektr kontakt tarmog`ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
— Mazkur loyihaning Navoiy — Buxoro yo`nalishida ham elektrlashtirish ishlari yakuniy bosqichda davom ettirilmoqda, — deydi Buxoro elektr bilan ta’minlash distansiyasi boshlig`i Jobir Xakimov. — Bu
yerda “1-sonli energomontaj poyezdi” unitar korxonasi hamda distansiyamiz jamoasidan iborat 70 nafarga yaqin mutaxassis tomonidan 4 ta drezina va 7 ta ko`tarma mexanizm yordamida temir yo`l ustidan kesib o`tgan havo elektr uzatish tarmoqlari qayta jihozlanib, yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar qatnoviga moslashtirildi. Liniyaga yaqin elektr qurilmalari ham boshqa xavfsiz xududlarga ko`chirildi. Po`lat izlar bo`ylab barcha temir-beton tayanchlar to`lik, o`rnatilib, konsollar montaj qilindi. Energetiklar tomonidan esa kontakt tarmog`ining 90 foizi tortildi.
Yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu kungacha temir yo`lning 190 kilometrlik (76 %) ikki tarafini panjarali to`siqlar bilan o`rash ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Samarkand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan o`tuvchi temir yo`l yaqinidagi hududlarda joylashgan bino va inshootlarni zamonaviy arxitektura ko`rinishiga keltirish bo`yicha ta’mirlash, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari bajarilmoqda.
200 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan Buxoro temir yo`l vokzali yangidan qurilib, binoning poydevori, birinchi va ikkinchi qavatida qurilish ishlari tugatildi. Vokzalning tom qismi ham yopilib, pardozlash ishlari bajarildi. Ayni paytda vokzal atrofini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Qurilish ob’ektlari uchun kerakli mahsulotlarning 90 foizi, ya’ni elektrlashtirish uchun zarur bo`lgan kontakt tarmog`i, elektr tayanch, ularning poydevori hamda sun’iy inshootlar, temir-beton konstruksiyalari tarmoq, sanoat korxonalarida sifatli ishlab chiqarilib, joylarga o`z vaqtida yetkazib berilmoqda. Eng muhimi, temiryo`lchilar ish jarayonida texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasiga qat’iy amal qilishmoqda. Negaki, ushbu qurilish ishlari olib borilayotgan uchastkadan kuniga 3 juft yo`lovchi poyezdi va 7 juft yuk poyezdi o`tib turibdi. Ushbu poyezdlarning harakati bo`yicha barcha xavfsizlik choralari ta’minlangan. Yozning issiq, kunlari bo`lishiga qaramay, uchastka hududlarida faoliyat ko`rsatayotgan temiryo`lchilar uchun maxsus himoya vositalari, kiyim bosh, kuniga uch mahal issiq ovqat hamda yashash uchun barcha qulayliklarga ega bo`lgan ming o`rinli lager va qurilish bazalari barpo etilgan.
E’tirof etish lozimki, “Samarqand — Buxoro” uchastkasining elektrlashtirilishi natijasida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati yo`lga qo`yilgach, yo`lovchilarni manzilga yetkazish vaqti Samarqanddan Buxorogacha 1 soat 30, Toshkentdan Buxorogacha esa 3 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Temir yo`l uchastkasining o`tkazish imkoniyati 36 foizga oshadi, ekspluatatsiya harajatlari xam 36 foizga kamayadi. Loyihani amalga oshirish jarayonida 700 ga yaqin, foydalanishga topshirilgandan so`ng esa 200 dan ortiq yangi ish o`rinlari yaratiladi.

28.07.2016
Toshkent” mintaqaviy temir yo`l uzeli (MTU)da davra suhbati

"Toshkent" mintatsaviy temir yo`l uzelida mamlakatimiz mustatsilligining 25 yilligi munosabati bilan "Tinchlik va osoyishtalik — barcha yutuqlarimiz asosi" shiori ostida “Angren — Pop" temir yo`li — mintaqa ravnaqi kafolatidir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Krnunchilik pala-tasi deputati, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiya-si fraksiyasi a’zolari va uzel ishchi-xodimlari ishtirok etdi.


— Tadbirni tashkil etishdan ko`zlangan asosiy maqsad, mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida yurtimizda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, erishilgan yutuqlar zamirida xalqimizning fidokorona mexnati mavjudligini ishtirokchilarga yetkazish va tinglovchilarning fikr-mulohazalarini tahlil etishdan iborat, — deydi UzMTDP fraksiyasi a’zosi Nazirjon Sobirov. — Bir qator nufuzli xalqaro jurnallar, ilmiy-tadqiqod institutlari tomonidan o`tkazilgan ijtimoiy so`rovlarda O`zbekistonning yetakchi rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritilishida temiryo`lchilar tomonidan olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalarning amaliyotga joriy qilinishining ahamiyati katta ekanligini ham e’tirof etish joizdir.
Shuningdek, davra suhbatida so`zga chiqqanlar Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida O`zbekistonga nisbatan tashkilotga a’zo davlatlarning ijobiy baho berishi, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi raisining O`zbekiston va Xitoy davlatlari o`rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish tashabbusi bilan chiqishi vatanimizning bugungi kunda xalqaro maydondagi nufuzi yuksalib borayotganidan dalolat ekanligi, ayniqsa, “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo`li va 19,2 kilometrli “Qamchiq,” tunnelining bunyod etilishi O`zbekiston — Xitoy o`rtasidagi do`stlik va Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda ulkan ahamiyat kasb etganligini alohida ta’kidlab o`tishdi.
— Istiqlolimizning 25 yilligi arafasida bosib o`tilgan taraqqiyot yo`lining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qilish, mustaqillik shukronasi va uning qadriga yetish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va o`zgarishlar jarayonini hodimlarga kengroq, yetkazish maqsadida temir yo`l tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda bir qator uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etilyapti, — deydi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yetakchisi Ra’no Rahmonova. — Bu kabi tadbirlar temiryo`lchilar ma’naviy saviyasini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy ongini o`stirish, yosh temiryo`lchilarda boy madaniy merosimizga hurmat tuyg`usini uyg`otish, ularni milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o`tkazish yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim yo`nalishlaridan biri sanaladi. Binobarin, ertamiz egalarini sog`lom tafakkur, ezgu fazilatlar sohiblari etib kamol toptirish, ularning qalbi va shuuriga ona Vatanga muhabbat, tariximizga hurmat va ehtirom tuyg`ularini chuqur singdirish kabi vazifalar belgilab qo`yilgan.

04.08.2016
Kasb bayrami munosabati bilan temiryo`lchilar tag`batlantirildi.
O`zbekiston temiryo`lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashida temiryo`lchilarning 4-avgust - kasb bayrami munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi.

Unda temir yo`l sohasidagi uzoq, yillik samarali mehnatlari, ishdagi yutuqlari va tashabbus ko`rsatganliklari uchun bir guruh ishchi-hodimlar hamda temiryo`lchilar kasb bayrami munosabati bilan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.


— Istiqlolimizning o`tgan 25 yili davomida mamlakatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarga, albatta, temiryo`lchilar o`zlarining munosib hissalarini qo`shishdi. Ulkan zafarlarni quchishda ishchi-hodimlarning manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bizning asosiy vazifamiz va bu bizning doimiy e’tiborimiz-da, — deydi Kengash raisi Toirxon Nurullayev. — Joriy yil Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yo`lining qurilishida jonbozlik ko`rsatgan temiryo`lchilarni ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlash va moddiy rag`batlantirishga ham katta e’tibor qaratdik. Kasaba uyushmapari tomonidan olib borilayotgan ishlarning barchasi temiryulchilarning ulkan marralarni zabt etishida ko`makdosh bo`lish, oilalarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgandir.
Mamlakatimizda inson va uning manfaatlari, aholi turmushining obod va farovonligi davlatimiz siyosatining eng ustuvor masalalaridan hisoblanadi. Istiqlol bergan imkoniyat tufayli elimiz tinch, hayotimiz farovon bo`lishi bilan bir qatorda juda ko`p imkoniyatlar eshigi ochildi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishda, uning obodligi va farovonligini ta’minlashda temiryo`lchilar o`zlarining munosib hissalarini qo`shib kelishyapti. Bu kabi e’tibor esa jamoa ahlining yutuqlarida o`z aksini topmozda.

11.08.2016


Mukofot muborak, aziz hamkasblar!

O`zbekiston temir yullari" aksiyadorlik jamiyatida soha xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi. Unda boshqarmalar, markazlar, sanoat korxonalari va tashkilotlar rahbarlari, tizimda mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda jamiyat boshqaruvi raisi Achilboy Ramatov yig`ilganlarni mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida o`tayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan loyihalar xususida ham to`xtalib o`tdi.

- Yurtboshimiz Angren - Pop elektrlashtirilgan temir yo`li ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida, biz temiryo`lchilar mehnatiga yuksak baxo berib, "... bugungi kunda barchani, bugun O`zbekiston xalqini, shaxsan meni hayratda qoldirayotgan azmu shijoatli quruvchilarimiz tom ma’noda buyuk ishlarni amalga oshirdi”, deya o`z hurmatlarini izhor qildilar. Bu e’tirof bizga bildirilgan juda katta ishonch, matonatli mehnatingiz samarasidir. Bundan ke-yingi rejalashtirilgan loyihalarni yanada mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishimizga katta kuch bag`ishlaydi, — dedi u.

Tadbirda 22 nafar temiryo`lchi uzoq, yillik samarali mehnatlari, ishdagi yutuqlari va tashabbus ko`rsatganliklari munosabati bilan “Faxriy temiryo`lchi” belgisi bilan taqdirlandi.

— Mustaqilligimizning o`tgan yigirma besh yilida yurtimizda barcha sohalarda buyuk ishlar amalga oshirildi, — deydi Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi boshlig`i, “Faxriy temiryo`lchi” belgisi sohibi Odil Abduhalimov. - Xususan, mamlakatimizning barcha hududlarini o`zaro bog`laydigan milliy transport yaxlit tizimi vujudga keldi. Respublikamizning tranzit salohiyati yanada oshdi, yangi korxonalar ishga tushirildi, qo`shimcha ish o`rinlari yaratildi. Temir yo`llarimiz xalqimiz farovonligiga, yurtimiz obodligiga xizmat qilmoqda. Ana shunday buyuk ishlarni amalga oshirishga qodir temiryo`lchilar safida ekanligimdan va mana shunday mukofotga loyiq, ko`rilganimdan faxrlanaman. Bu mukofot menga bildirilgan ulkan ishonch va mas’uliyat deb bilaman.
Tadbirdan so`ng faxriy temiryo`lchilar uchun shahrimizning obod maskanlari bo`ylab sayohat uyushtirildi.


Temir yo`l soxasidagi uzoq, yillik samarali mehnatlari, ishdagi yutuqlari va tashabbus ko`rsatganliklari hamda temiryo`lchilar kasb bayrami munosabati bilan quyidagi xodimlar temir yo`l rahbariyati nomidan “Faxriy temiryo`lchi” belgisi va O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan eng kam oylik maoshning sakkiz barobari mikdorida pul mukofoti bilan takdirlandi.

ABDURAMANOV Farrux Paraxatovich —“Qo`ng`irot” MTU Qo`ng`irot aloqa signallashtirish masofasi boshlig`i;
ABDUXALIMOV Odil Abdusalimovich— Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi boshlig`i;
AXMEDOV Ergashboy Batirovich —“O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning Belorusdagi vakili;
BAZAROV Tolib Sharapovich —“Qarshi” MTU Qarshi vagon deposi elektr jihozlari sexi elektr payvandlovchisi;
ISAYEV Sobirjon Rasimovich - Kapital kurilish direksiyasi bosh muhandisi;
KADIROV Sardor Yulkunovich — Investitsiyalar departamenti boshligi;
KIRGIZBAYEV Muydinjon Abdurahimovich — “Qo`qon” MTU Qo`kon elektr ta’minoti masofasi Oltiariq elektr kontakt tarmog`i elektromexanigi;
MALKOV Anatoliy Yevgenevich — “O`ztemiryo`lmashta’mir” UK bosh konstruktor o`rinbosari;
MIRYUNUSOVA Dilafroz Mirpulatovna — “O`ztemiryo`lekspeditsiya” unitar korxonasi mehnat menejeri;
MURATOV Saydulla Saydullayevich —“1-sonli Energomontaj poyezdi” UK metallokonstruksiya sexi boshlig`i;
PENKOV Konstantin Alekseyevich — “Ko`prikqurilish” tresti UK 13-ko`prik qurish otryadining bosh muhandisi;
RAVSHANOV Tohir Rajabovich — 17-son Yo`l mashinalari stansiyasi korxonasi boshlig`i;
RASHIDOV Nodirjon Vaxobovich —“Samarqand” bekati birlashgan kasalxonasi bosh shifokori;
SUMBERDIYEV Karimbay Rahmanovich— “Qo`ng`irot” MTU Urganch temir yo`l masofasi kadrlarni tayyorlash va o`qitish yuriqchisi;
TAPVALDIYEV Inamjan Muxtarovich —“Toshkent” MTU Toshkent elektr ta’minoti distansiyasi Chinoz kontakt tarmog`i bosh elektromexanigi;
TULAYEV Sherali Xaltursunovich —“Toshkent” MTU “To`y-tepa” stansiyasi boshlig`i;
TURSUNKULOV Ziyot Bekmatovich - “Buxoro” MTU Ziyovuddin temir yo`l masofasi ustasi;
XOLMATOV Mahmud Hayitbayevich —“O`ztemiryo`lqurilishmontaj” UK gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig`i;
XUDAYQULOV Rajabboy Qurbanovich —“Buxoro” MTU Navoiy aloqa va ishorat masofasi СЦБ bo`yicha uchastka boshlig`i;
ERGAShEV Musurmonqul Turaqulovich — “Qo`qon” MTU Qo`qon temir yo`l masofasi “Qo`qon” stansiyasi temir yo`l ustasi;
YARMATOV Baxtiyor Mamatovich — “Termiz” MTU Termiz aloqa va ishorat korxonasi katta elektromexanigi.

18.08.2016

Maroqand” aylanma deposi



Yangi elektrlashtirilgan uchastkalar talab va mas`uliyatni oshirmoqda
Temir yo`l transporti tizimida yuk va yo`lovchi poezdlar qatnovi va harakati xavfsizligini muntazam ta’minlash asosiy vazifalardan biri. Hukumatimiz rahbariyati va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan istiqlolning dastlabki yillaridanoq, bunga alohida ahamiyat berib kelinadi.
Xususan, tarmoq, lokomotiv parklarini yangilash, xorijdan mamlakatimiz iqlimiga mos, xalqaro talablarga to`liq javob beradigan, mashinistlar uchun boshqarish ham oson, ham mas’uliyatli va sharafli bo`lgan qudratli elektrovoz va teplovozlarni ekspluatatsiyaga joriy etilishi, eng avvalo, harakat xavfsizligini ta’minlab, tashishlar hajmining yil sayin oshib borishiga zamin yaratmoqda.
Joriy yilning o`tgan 6 oyi davomida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ bo`yicha 33,3 million tonna yuk jo`natildi. Bu esa 2015-yilning shu davriga nisbatan 91,2 tonnaga yoki 0,3 foizga ko`pdir. Yo`lovchi aylanmasi hajmi 1 952,6 million yo`lovchi-kilometrni yoki o`tgan yilga nisbatan 103,0 foizni tashkil etdi.

11,13 million yo`lovchi yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 428 mingdan ko`p yo`lovchi o`z manzillariga olib borib qo`yildi. Bu o`tgan yilning 6 oyiga nisbatan 104,6 foizga tengdir. Erishilayotgan bunday muvaffaqiyatlarda jamiyat tasarrufidagi har bir lokomotiv ta’mirlash depolari qatori “Maroqand” aylanma depo jamoasining ham munosib hissasi borligini e’tirof etish joiz. Zero, so`nggi yillarda bu yerda ham yuk va yo`lovchilarni manzilga ishonchli yetkazish maqsadida harakat xavfsizligini ta’minlash asosiy masalaga aylangan. Buni depodagi ikki yuz nafardan ortiq yetakchi mutaxassislar, 120 nafardan ziyod mashinist va mashinist yordamchilari o`z samarali mehnatlari bilan amalga oshirmoqdalar.
2015 yilda “Maroqand — Qarshi” uchastkasi elektrlashtirilib, ushbu liniyada yuk va yo`lovchi poyezdlarining elektrovozlar yordamida karakatlanishi depo jamoasi vazifalarini bir necha barobarga oshirdi.
- Lokomotivlarni boshqarish va texnik ko`rikdan o`tkazish uchun jamoamizda tajribali mashinist va ularning yordamchilari hamda ta’mirlovchilar yig`ilgan, — deydi depo boshlig`i Mirza Rahimov. - Bu yerda ta’mirlash va texnik ko`rik sexlari bo`lib, bu sexlarda 3 ta lokomotivlarni ko`rikdan o`tkazish uchun kanavalar mavjud. Ularda bir vaqtning o`zida ikki-uch seksiyali elektrovoz va manyovr teplovozlarni texnik ko`rikdan o`tkazish imkoniyati bor. Mazkur sexda joriy yilning o`tgan 7 oyi mobaynida O`Z-Y rusumli 934 ta, O‘Z-EL rusumli 45 ta, O‘Z-ELR rusumli 31 ta, “O‘zbekiston” rusumli 56 ta, ЗВЛ80с rusumli 340 ta, ВЛ60к rusumli 112 ta elektrovozlar hamda ЧМЭ-3 rusumli 181 ta va TEM-2 rusumli 37 ta teplovozlar texnik ko`rikdan o`tkazildi. Depoga har 48 soatda yo`lovchi elektrovozlari, har 72 soatda esa yuk elektrovozlari texnik ko`rikdan o`tkazishga keltiriladi. Shuningdek, tasarrufimizda 14 ta manyovr teplovozlar ham mavjud bo`lib, ularda asosan berkitilgan stansiyalarga kelgan vagonlarni o`z manzillariga yetkazib beriladi. Mazkur teplovozlar haftada bir marotabaTO-2 texnik ko`rigidan o`tkazilmoqda.

Tarmoq korxonalarida dizel mahsulotlarini tejash, ularni ortiqcha isrof qilmaslik ham dolzarb masalalardan biri. Bu borada ham depoda muayyan ishlar bajarilmoqda.



- Mashinist va mashinist yordamchilari yoqilg`i-moy mahsulotlaridan oqilona foydalanish,ularni iqtisod qilish borasida ijobiy natijalarga erishmoqdalar, - deydi depo mashinist yo`riqchisi J. Shukurov. – Yoqilg`i-moy uskunalarini ta’mirdan so`ng stendda sinovdan o`tkazib, teplovozlarga o`rnatishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida, 2016- yilning 7 oyi davomida mashinistlardan O. Ernazarov 207 kilogramm, N. Shomirzayev 364 kilogramm, U. Kazakov 213 kilogramm hamda F. Voxidov 181 kilogramm dizel yoqilg`isini tejab, korxona iqtisodiyotiga foyda keltirishdi.

E’tirof etish lozimki, lokomotivlarni ta’mirlashda soha xodimlaridan A. Rajabov, N. Romanov, shuningdek, elektrovozlarni ta’mirlashda K. Narziqulov, O. Umrzoqov, H. Usmonov, Z. Yusupov va S.Aliyevlar deponing yetuk mutaxassislaridir. Jamoadoshlariga har tomonlama ibrat bo`layotgan bu tajribali chilangarlar fidokorona mehnati bilan sexlarda qudratli lokomotivlarni ishonchli ta’mirdan o`tkazishga hissa qo`shishmoqda.

Ma’lumki, bunyodkor temiryo`lchilarimiz tomonidan Samarqand - Buxoro yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan elektropoyezdlari uchun elektrlashtirish ishlari deyarli yakunlandi. Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida Toshkent — Buxoro yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining muntazam qatnovi yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, yuk va yo`lovchi elektropoyezdlari harakati tashkil etiladi. Bu esa “Maroqand” aylanma deposining ish hajmini yanada oshirishi shubhasiz. Shu maqsadda ayni paytda deponing asosiy binosi, sexlarni va lokomotiv brigadalar dam olish uylarini qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
25.08.2016

Toshkent-Buxoro yo`nalishida

yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi qatnovi

yo`lga qo`yildi
Bugun bu sa’y-harakatlar natijasini barcha soxalarda qo`lga kiritilayotgan yutuqlar misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Jumladan, temir yo`l tizimini oladigan bo`lsak hozirgi kunga kelib, 70 ming nafardan ortiq jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, bunyodkorlik ishlari mamlakat ixtisodiyotini yanada mustahkamlashga, qolaversa, O`zbekistonning dunyo miqyosida tarannum etgan davlatlar qatoridan o`rin olishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Istiqlolimizning 25 yillik shodiyonasi arafasida soha xodimlari tomonidan yurtdoshlarimizga yana bir munosib sovg`a hozirlandi. Bugun Toshkent — Buxoro yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy «Afrosiyob» elektr poyezdining ilk qatnovi yo`lga qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-martdagi «Samarqand-Buxoro temir yo`lini elektrlashtirish va yuqori tezlikdagi yo`lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to`g`risida» gi qarori asosida o`tgan yilning aprel oyida Samarqand — Buxoro yo`nalishidagi mavjud liniya yo`llarini rekonstruksiya qilish, yangi po`lat izlarni yotqizish hamda elektrlashtirish ishlari jadal suratlarda boshlab yuborilgan edi.
Mazkur yo`nalishdagi temir yo`lning o`zunligi 259 kilometr dan iborat. Umumiy qiyma qariyb 400 million AQSH dollarini tashkil etuvni ushbu loyihani amalga oshirish uchun bor yo`g`i 16 oy vaqt sarflandi. Loyiha doirasida 16,2 million kubmetr tuproq ishlari shuningdeq 146 kilometrlik «Maroqand — Navoiy» uchastkasida yuqori tezlikda xarakatlanadigan poyezdlar uchun alohida temir yo`l qurildi.

Navoiydan Buxorogacha bo`lgan masofada esa mavjud po`lat izlar rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari ushbu yo`nalishda jami 222 ta sun’iy inshoot, shu jumladan, 1 ta piyodalar o`tish yo`lagi, 4 ta yo`l o`tkazgich va 4 ta ko`prik qurib bitkazildi. Shuningdeq ushbu hududda poyezdlarni bir maromda elektr quvvati bilan ta’minlab beruvchi 4 ta elektr tortish stansiyalari qurildi hamda ular eng zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlandi. 1000 nafardan ortiq ishchilar, temiryo`lchilar, mutaxassislar issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, ishni qizg`in olib borishdi.
— Temir-beton tayanchlari, tutashtirish tarmoqlari, ko`ndalang metall moslamalar o`z vaqtida yetkazib berilgani ish sur’atini yuqori darajada olib borishga sharoit yaratdi va asosiy yumushlar to`liq, nihoyasiga yetkazildi, — deydi “O`zbekistan temir yo`llari” AJ energiya ta’minot boshqarmasi boshlig`i Ma’murjon Sulaymonov. — Elektrlashtirishda foydalanilgan 6 mingta temir-beton tayanchlari va boshqa jihozlar
mahalliy korxonalarimizda sifatli ishlab chiqarildi. Bugun jamoamizda yaxshi tajribaga eta bo`lgan yo`zlab malakali mutaxassislar faoliyat yuritishmoqda. Ular zamonaviy texnika va asbob-uskunalardan samarali foydalanishdi. Shu bois loyiha muddatidan oldin yakuniga yetkazildi.

Loyiha doirasida “Buxoro vokzali tubdan rekonstruksiya qilindi. Eski, ko`rimsiz vokzal o`rnida bugun zamonaviy, xalqaro talablarga mos, bir vaqtning o`zida 300 nafardan ziyod yo`lovchiga xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan muhtasham vokzal binosi qad rostladi.

25-avgust kuni mazkur zamonaviy elektr poyezdi 200 nafar mehmonlar bilan “Buxoro vokzaliga karnay-surnay sadolari ostida kirib keldi. Vokzalda Toshkent - Buxoro yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektr poyezdi qatnovining yo`lga qo`yilishiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.

01.09.2016

Asriy orzular ro`yobi
Mamlakatimiz iqtisodiy qudrati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining yorqin ifodasi bo`lgan Angren—Pop elektrlashtirilgan temir yo`l liniyasini mustaqillikning buyuk mo`jizasi deb atash mumkin.
Prezidentimiz Islom Karimov 2013-yilning 26-aprel kuni xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Angren-Pop yo`nalishida elektrlashtirilgan temir yo`l qurilishi rejalashtirilgani, 2016-yilda bu temir yo`l qurib bitkazilishi va poyezdlar qatnovi yo`lga qo`yilishini ta’kidlagan edi.
Ana shu so`zlarning isboti sifatida belgilangan muddatidan 4 oy oldin, ya’ni atigi 32 oy ichida 123,2 kilometrlik Angren-Pop temir yo`li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq tunneli kurilib, foydalanishga topshirildi. Na-tijada yurtimizda yagona milliy temir yo`l tarmog`i vujudga keldi. Bu istiqlol yillarida o`ziga xos tajriba to`plagan temiryo`lchilarimizning eng ulug` va eng aziz ayyomga munosib tuhfasidir.
Faxr bilan ayta olamizki, ilgari temir yo`l tizimida bunday yangilanishlar ro`y berishi, ayniqsa, Qamchiq dovoni o`zra poyezd qatnovi yo`lga qo`yilishini ko`pchilik tasavvuriga ham sig`dira olmasdi. Mustaqillik sharofati bilan ana shunday ushalmas orzularimiz ro`yobini ko`rayapmiz.
Joriy yilning 27-avgust kuni Angren-Pop yo`nalishida “Toshkent-Andijon” yo`lovchi poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Istiqlol imkoniyatlari bilan ishga tushgan yurtimizdagi ulkan bunyodkorlardan biri bo`lgan mazkur temir yo`lda poyezd yeldek vodiy tomon uchib boradi.

- Prezidentimizning 2013-yil 18-iyundagi “Angren—Pop elektrlashtirilgan temir yo`l liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilgan yangi temir yo`l liniyasi va xitoylik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan Qamchik tunneli dunyo miqyosida noyob loyihalardan kisoblanadi, — deydi O`zbekiston Qahramoni, “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatining kapital kurilish direksiyasi boshlig`ining o`rinbosari, Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`l qurilishi boshlig`i Erkin Ummatov. —Ushbu qurilish ob’ektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr burg`ulash-portlatish ishlari bajarildi. Bundan tashqari, 285 ta sun’iy inshoot va suv o`tkazish quvurlari, umumiy o`zunligi 2,1 kilometrlik 15 ta temir yo`l ko`prigi, 6 ta yo`l o`tkazgich, 4 ta stansiya, 4 ta razyezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi. Qurilgan ko`priklar orasida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan balandligi 57, o`zunligi 500 metrni tashkil etuvchi yoysimon ko`rinishdagi ko`prik kam mavjud. 124 kilometrlik temir yo`l to`liq elektrlashtirilib, 2 ta elektr tortish stansiyasi qurildi. Loyiha doirasida temiryo`lchilar uchun 10 ga yaqin turar joy binolari kam barpo etildi.
- Bugun nafaqat temiryo`lchilarimiz, balki butun mamlakatimiz hayotida yana bir unutilmas voqea yo`z berdi, — deydi Oliy Majlis Senati a’zosi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limining mas’ul kotibi Enaxon Siddiqova. - Yurtboshimizning Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`li ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Men bugun barcha do`stlarim, qadrdonlarimga, mana, biz sizlarga bergan va’damizning ustidan chiqdik bugun O`zbekiston uchun haqiqatdan ham mustaqil taraqqiyotimiz solnomasiga alohida yorqin sahifa bo`lib yoziladigan tarixiy bir kundir, deb katta mamnuniyat bilan ta’kidlab o`tmokchiman” degan edilar. Yuksak xalqaro talablarga javob beradigan va jahon amaliyotida noyob loyiha asosida qurilgan mazkur ulkan inshoot xalqimizning kech bir sohada kech kimdan kam emasligini, uning qanday buyuk ishlarga qodirligini isbotladi.

08.09.2016

Harakat xavfsizligini ta`minlash uchun
yangi texnologiyalar foydalanishga joriy etilmoqda

Toshkent — Andijon temir yo`l liniyasida yuk va yo`lovchi poyezdlar qatnovining yo`lga qo`yilishi ushbu hududdan o`tayotgan po`lat karvonlarning harakat xavfsizligini ta’minlash mas’uliyatini yanada oshiradi.
Bu esa o`z-o`zidan mazkur yo`nalishda faoliyat ko`rsatayotgan yo`lsozlar, energetiklar xodimda aloqachilar zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarni sinchkovlik bilan ado etishni taqozo etadi.
Toshkent elektr ta’minoti distansiyasi mutaxassislari Toshkent —Angren — Orzu yo`nalishidagi 160,9 kilometrlik uchastkada liniyalar, stansiyalar xodimda vokzallar va korxonalar foydalanayotgan elektr energiyasini o`z vaqtida sifatli yetkazilishini ta’minlab, nosoz xududlarda muntazam ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Distansiya va uningtasar-rufidagi nimtortish stansiyalarida urnatilgan zamonaviy kurilmalar yordamida esa elektr energiyasi joy-larga o`zluksiz yetkazilmoqda. Bunga, avvalo, mexdat muxofazasi va texnika xavfsizligi talablariga amal qilish orkdli erishilyapti.

— 2015 yil xamda 2016 yilning shu kuniga qadar korxona mutaxassisla-ri “Orzu”, “Chodak”, “Temiryo`lobod”, “Pop”, “Oltiariq”, “Axtachi”, “Quqon”, “Buvayda" xamda “Quva” stansiyalari va ularning oralikdarida zamonaviy Xurilmalarni urnatishda faol ish-tirok etishdi. Shu jumladan, “Orzu” nimtortish stansiyasida ham elegas vakuumli zamonaviy xurilmalar urnatildi, — deydi korxona boshligi urinbosari Xusniddin Zayniddinov. — Shu bilan birga, “Tuytepa”, “Ohan-garon” va “Angren” uchastka yo`llari-dagi alo^a va signalizatsiya kuril malariii o`zluksiz elektr energiya bilan ta’minlash ishlari ishopchli bajarilmoqda. Jamoa azolari rejaga ko`ra, yil oxiriga qadar ikki simli relslarni (DPR) ta’-mirlash ishlarini yakunlashni maksad qilishgan.

Bunda korxonaning sex boshliqlari Iskandar Abduqodirov, Farxod Tojiboyev, Shuxrat Raxmatov, elektr mexaniklardan Aytboy

Abilqosimov, Inom Topvoldiyev, Ulug`bek Omirbekov hamda Abuolim Abdurasulov kabi eng ilg`or mutaxassislarning fidoyi

mehnatini alohida e’tirof etish lozim. Shuningdek joriy yildan boshlab korxona mutaxassislari tomonidan ta’mirlashning yangi

uslubi yo`lga qo`yildi. Unga ko`ra, belgilangan hududlardagi kontakt osmasi va nimtortish stansiyalaridagi transformatorlarni

o`zluksiz ta’mirlash ishlari ham sifatli, ham tezkor bajarilmoqda. Qolaversa, korxona va stansiyalardagi kompyuterlashtirilgan va

mikroprotsessorlar orqali boshqarish kabi yangi texnologiyalar elektr quvvatini yetkazib berish va ishonchli nazorat

qilishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Distansiyamizda 466 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. Poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlashda

energetiklarimizning tajriba va malakalarini oshirib borishga jiddiy yondashilayapti, — deydi xodimlar bo`limi boshlig`i

yordamchisi Umida Berdibekova. — Mutasaddi rahbarlarimiz tomonidan jamoada temiryo`lchilarning mehnat muhofazasi

hamda texnika xavfsizligiga qay darajada amal qilishi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Bu esa ish paytida yo`zaga

kelishi mumkin bo`lgan turli ko`ngilsiz holatlarning oldini olish imkonini bermoqda. Ayni paytda yangi liniyadagi

“Temiryo`lobod” va “Orzu” stansiyalarida yangi texnologiyalarning o`rnatilgani mutaxassislarimizdan zamon talabiga mos

qurilmalardan samarali foydalanish va ularga ishonchli xizmat ko`rsatishni talab etadi. Shu bois mutaxassislarning

malakalarini oshirish maqsadida “Orzu” hamda “Temiryo`lobod”stansiyalarida tashkil etilgan 14 kunlik uquv

matg`ulotlarida korxonaning 20 pafar energetiklari ishtirok etishdi. Ularga Rossiya Federatsiyasidan kelgan mutaxassislar bilim

berishdi. Shuningdeq Toshkent temir yo`l muhandislari institutidagi Malaka oshirish yo`l markazida 7 nafar mutaxassis malaka



oshirdi. Joriy yilning shu kuniga qadar korxonada tarmoq tasarrufidagi institut va kollejlarni bitirgan yosh mutaxassislarning

16 nafari ish bilan ta’minlandi va ular malakali sex boshliklari hamda elektr mexaniklarga biriktirildi.
Elektr tokidan unumli foydalanish, uni samarali sarflash mas’uliyatli ish. Korxonada mehnat qilayotgan temiryo`lchilar o`z

kasbining fidoyi ustalari sanalishadi. Ularning aksariyati Toshkent — Andijon uchastkasini elektrlashtirish ishlarida faol ishtirok

etishdi. Shuning uchun ham ular bu mas’uliyatli vazifani ortiqcha nuksonsiz bajarishmoqda. Qolaversa, bir oyda ikki marotaba

mehnat muhofazasi bo`yicha o`quv mashg`ulotlari o`tkazilib, ishchilarga tushuntirish ishlari olib borilayapti. Ishchi-xodimlar maxsus

kiyim-bosh, himoya vositalari va zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlanib, ularning malakalarini muntazam oshirib borishga alohida

e’tibor qaratilayapti. Ayniqsa, yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida ular Toshkent temir yo`l muhandislari

instituti qoshidagi texnik-tayyorlov kurslariga yuborilmoqda. O`tgan yili o`nga yaqin ishchi-xodim maxsus kurslarga jalb qilinib,

distansiyada yangi tatbiq etilgan texnologiyalardan foydalanish va ularni boshqarish usullarini mukammal o`rgandilar.
“To`ytepa”, “Oxangaron”, “Angren” hamda “Orzu” stansiyalarida elektr nimtortish stansiyasi qurilib foydalanishga topshirildi.

Natijada korxona tasarrufidagi kontakt tarmoqdarining o`zunligi 39,4 kilometrga o`zaydi.

Muxtasar aytganda, jamoa tomonidan ishning to`g`ri tashkil etilishi, xususan, mexhat muhofazasi va harakat xavfsizligini ta’minlash

asosiy masalaga aylangani belgilangan vazifalarni ishonchli va sifatli amalga oshirilishiga zamin yaratmoqda. Qolaversa,

yoshlarning bilim va mahoratini asosiy maqsad sari yo`naltirish liniyadagi zamonaviy qurilmalardan oqilona foylanishda

muhim omil bo`layotir.




15.09.2016

Kuzgi-qishki mavsumga taraddud ko`rilmoqda
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ boshqaruvi raisining “Temir yo`l tarmoqlarini 2016-2017 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash to`g`risida” gi buyrug`iga ko`ra, maxsus ishchi guruh tuzilib, mintaqaviy temir yo`l uzellarida targ`ibot-tashviqot va nazorat ishlari boshlab yuborildi.

Tadbirni samarali tashkil etishni ta`minlash maqsadida ishchi guruhi tarkibidagi 50 nafardan ortiq mutaxassislar barcha mintaqaviy temir yo`l uzellariga biriktirildi. Korxona va tashkilotlar, stansiyalar, ta`lim va tibbiyot muassasalari, ijtimoiy obyektlarda mavsumga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha nazorat monitoring ishlari olib borilmoqda.

-Asosiy maqsad, avvalo, noqulay ob-havo sharoitida tarmoq tasarrufidagi muassasalarda mehnat qilayotgan temir yo`lchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlarini yaratish, ish sur`atini bir zum bo`lsada pasaymasligini oldini olishdan iborat, — deydi Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi rahbari Murodjon Tolipov. — Ayni paytda tarmoqding har bir ishlab chiqarish korxonasida, o`quv muassasalarida, tibbiyot maskanlarida yong`in xavfsizligini ta’minlab, yong`in va shu kabi favqulodda holatlarning oldini olish hamda issiqlik moslamalarini o`z vaqtida ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislarimiz “Toshkent”, “Qarshi”, “Buxoro”, “Termiz”, “Qo`ng`irot” hamda “Qo`qon” mintaqaviy temir yo`l uzellariga borib, korxona va tashkilotlarda temiryo`lchilar bilan uchrashib, mavsumga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha zarur ma`lumotlarni berib, targ`ibot va tashviqot ishlarini samarali olib borishayapti. Shuningdek, qozonxonalardagi nosoz uskunalar ta’mirlanmoqda, sex va binolarning singan oylari yangisiga almashtirilib, isitish moslamalari ko`rikdan o`tkazilmoqda.

So`nggi 5 yil davomida an’anaviy kuz-qish mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko`rish davrida tizimdagi barcha korxona va tashkilotlarning tom qoplamalari ta’mirlanishiga hamda oyna va issiqlik quvurlari bilan 90 foiz ta’minlanishiga erishildi. 2016-yilning o`zida tarmoq, korxonalarining tom qismida jami 15647 metr kvadrat joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida belgilangan ishlarni uzluksiz va betalofat o`tkazish maqdadida 47 ta qozon hamda 11,3 kilometr issiqlik uzatish quvurlari joriy ta’mirdan chiqarildi. 1,1 kilometr elektr tarmoqlari, 92,4 kilometr suv quvurlari hamda 3 ta bino va inshoot kapital ta’mirdan, 75 ta bino va inshootlar joriy ta’mirdan chiqarilib, mavsumga shay kolatga keltirildi.

2016 yilda jamiyat korxona va tashkilotlarida yangi zamonaviy va kam xarajatli individual suv isitish qozonlari o`rnatilib foydalanishga topshirilishi natijasida gaz yoqilg`isini 20 foizga iqtisod qilishga erishilmoqda. Joylarda ishchi guruhi a’zolari tomonidan kuz-qish mavsumi oldidan temir yo`l korxona va tashkilotlarida yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarurligini uqtirilmoqda. Xususan, temir yo`l transporti inshootlaridagi mavjud qozonxonalar, pechlar va boshqa isitish tizimlarini mutaxassislar ko`rigidan

o`tkazish, ularni mavsumga hozirlash choralarini ko`rish, qozonxonalarda yong`in keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan qo`lbola qozonlar, gorelka, sertifikatsiz boshqa gaz uskunalaridan foydalanmaslik zarurligi tushuntirilmoqda.



Tarmoqning barcha korxonalarida, stansiya va vokzallarda, tibbiyot hamda o`quv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 1 oktyabrda yakuniga yetadi.
Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat