Noorganik kimyo



Download 64.57 Kb.
bet6/13
Sana15.05.2021
Hajmi64.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kimyoviy xossalari: Memoriy sharoitlarda alyuminiy yupqa va mustahkam oksid qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Chunki u oddiy oksidlovchilar – suv , kislorod va azot kislotasi bilan qizdirishsiz ham oson reaksiyaga kirishadi. Shu xossalari tufayli alyuminiy amalda korroziyaga uchramaydi va sanoat miqyosida kuchli talabga ega. Biroq, oksid n qatlamining yo’qolishi bilan, masalan, ammoniy tuzlari NH , qaynoq ishqorlar yoki, amalgamalanish natijasida, alyuminiyning oksid qatlami yo’qoladi.Bu holatda alyuminiy faol tiklovchi metall tarzida harakat qila boshlaydi.

Alyuminiyga galiy , indiy , yoki qalay metallar bilan ishlov berilsa, alyuminiyda oksid parda hosil bo’lmaydigan bo’ladi . Bu jarayonda alyuminiyning ustki sirti mazkur metallarning evtektivlari bilan nomlanadi:

Alyuminiy oddiy moddalar bilan oson reaksiyaga kirishadi:

Kislorod bilan reaksiyaga kirishib, alyuminiy oksidini hosil qiladi:

4Al + = 2

Ftordan boshqa galogenlar bilan quyidagicha reaksiyalanib, xlorid , bromid yoki yodit hosil qiladi

2 Al + G = 2AlG ( G- galogen ,brom, brom , yod, xlorlardan biri) .

Ftor bilan birikib , alyuminiy ftoridi hosil qiladi:

2Al + = 2

Oltingugurt bilan birikib , a;yuminiy sulfid hosil qiladi:

2Al + 3S=

Azot bilan birikib , alyuminy nitrid hosil qiladi:

2Al + = 2 AlN

Qo’llanilishi: Alyuminiy konstruksion material sifatida keng qo’llaniladi. Bu nuqtai nazarda alyuminiyning eng afzal jihatlari bu - yengilligi , ishlov berishning osonligi va karroziyaga bardoshligidir. Shuningdek, metallning yuqori isssiqlik o’tkazuvchanligi , hamda , birikmalarning toksik emasligi , ushbu metalni xalq xo’jaligi va sanoatning nihoyatda turli tuman sohalarida ommalashishiga sabab bo’lgan.Chunonchi, oshxona buyumlari va idishlar ishlab chiqarishda , oziq - ovqat mahsulotlarini o’rash va qadoqlash masalalarida Alyuminiy yetakchi o’rinda turadi.Konstruktiv material sifatida alyuminiyning kamchiligi – pishiq emasligidir.Alyuminiyning pishiqligini ortirish uchun , uni mis va magniy bilan oqtishma tarzida ishlab chiqariladi. Bunday qotishma duralyumin deyiladi.

Alyuminiyning elektr o’tkazuvchanligi misnikidan 1,7 marta past xolos. Lekin , alyuminiy tannarxi misnikidan 4 barobar arzon yuradi . Shu sababli , alyuminiy elektrotexnikada, elektron mikrosxemalarda, hamda , elektr energetikasi tizimida keng qo’llaniladi . Yaxshi issiqlik o’tkazuvchanlik xossasi tufayli , alyuminiy issiqlik texnikasida keng qo’llaniladi. Metallurgiyada bir qator qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Xususan , mis va alyuminiy qotishmasidan alyuminiyli bronza olinadi. Elektr toki asosida ishlovchi qizdirgich asboblarda odatda asosiy element- qizdirgich, ya’ni, cho’g’lanma spirial ham alyuminiyga temir va xrom bilan qotishmasi - fexraldan tayyorlanadi . Shisha ishlab chiqarishda alyuminiy ftoridi va alyuminiy fosfatidan foydalaniladi .





Download 64.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat