Non mahsulotlarining sifat va ekspertizasi



Download 20,89 Kb.
Sana09.09.2021
Hajmi20,89 Kb.
#169044
Bog'liq
2-маъруза


2 – Mavzu:


NON MAHSULOTLARINING SIFAT VA EKSPERTIZASI


Ma’ruza rejasi:

1. Unlarning sifat ekspertizasi va ularni saqlash jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlar aniqlashda shu ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor beriladi.

2.Nonlarning organoleptik ko‘rsatkichlari.

3. Nonlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari.



Tayanch so’z va iboralar:

Kraxmal donlari, unning ta’mi, pentozanlar, peptidlanish, kolloid xolati, organoleptic, fizik-kimyoviy, aromatik moddalari, organik kislotalar, unning tortilish, chaynaganda g‘ichirlaydigan, unning gaz hosil qilish qobiliyati.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan novvoychilik bug‘doy uni TSh 8- 115:2004 texnik sharti, vitamin-mineral aralashmalar bilan boyitilgan novvoylik bug‘doy uni esa O, z DSt 1104:2006 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standartlarga binoan unlarning avvalo organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Organoleptik ko‘rsatkichlari. Unning sifatini aniqlashda, avvalo organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Agar un organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talabiga javob bermasa, bunday unlar oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashga yaroqsiz deb topiladi va ularda boshqa fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar aniqlanmaydi. Hidi va ta’m ko‘rsatkichi un uchun asosiy ko‘rsatkich. Unning hidi va ta’mi kam seziluvchan, lekin har bir un turi o‘ziga xos xususiyatga egadir. Bugungi kungacha don va unning aromatik moddalari kam o‘rganilgan. Ba’zi bir tadqiqotlar natijasida unda kam miqdorda ketonlar (diatsetil, metiletil keton) va ba’zi aldegidlar (akrolein, metiletilketon va boshqalar) borligi aniqlangan. Bundan tashqari, yangi unlarga hid va ta’m berishda suvda eruvchan uglevodlar, erkin aminokislotalar va organik kislotalar ham ishtirok etadi. Lekin, unlarning hidi va ta’mi tashqaridan yot hidlarni va ta’mlarni singdirishi va un ishlab chiqarishda nuqsoni bor donlarni (murtagi o‘sib boshlagan, sovuq urgan, mog‘orlangan va boshqalar) qo‘llaganda ham o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, unlarni maqbul bo‘lmagan sharoitda tashish va saqlash ham ta’mi va hidining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Unning ta’mi shirinroq bo‘lib, achchiq va taxir ta’mga ega bo‘lmasligi kerak. Unni chaynab ko‘rilganda g‘ichirlamasligi kerak. Chaynaganda g‘ichirlaydigan unlar tarkibida qum, loy, tuproq aralashmalari borligidan dalolat beradi va bunday unlar standart talabiga javob bermaydigan unlar deb topiladi.



Unning rangi uning qanchalik yangiligini va navini ko‘rsatadi. Unning navi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik oqroq ko‘rinadi, chunki uning tarkibida don po‘stlari (kepagi) kamroq bo‘ladi. Naviga qarab yangi tortilgan bug‘doy uni oq rangdan oq-sarg‘ish ranggacha, javdar uni esa oqdan ko‘kish ranggacha bo‘ladi. Un uzoq saqlanganda oqarishi kuzatiladi. Bunga sabab undagi rang beruvchi moddalarning, ayniqsa karotinning parchalanishi sabab bo‘ladi. Unning navini uning rangiga ko‘ra, shu rangni uning tegishli navi etaloniga tik tushayotgan yorug‘likda yoki fotometr (svetomerda) taqqoslab ko‘rib aniqlanadi.

Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari. Unning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga namligi, kuldorligi, nordonligi, un zarrachalarining maydayirikligi, kleykovinaning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari, ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Nonning namligi 15 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Namlikni 1300 C haroratda 40 daqiqa davomida quritishdan oldingi un massasi bilan quritgandan keyingi massasi orasidagi farqqa qarab aniqlanadi. Qo‘lda siqilganda quruq un sochilib turadi, namligi baland un esa yumaloqlanib qoladi. Namlik nafaqat unni saqlashda muhim rol o‘ynaydi, balki u undan non yopilganda nonning chiqishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Un namligining 1 %ga oshishi, non chiqish ko‘rsatkichini taxminan 1,5 %ga kamaytiradi.

Kul miqdori unning nav ko‘rsatkichi hisoblanadi. Unda kul miqdori qancha kam bo‘lsa, navi shuncha yuqori hisoblanadi va aksincha. Mineral elmentlar asosan donning po‘stlog‘i va murtagida bo‘ladi, shu sababli don bu qismlardan qanchalik tozalangan bo‘lsa, unning kuldorligi shuncha kam bo‘ladi. Non yopishga mo‘ljallangan bug‘doy unining kuldorligi quyidagicha qilib belgilangan(%lardan ko‘p bo‘lmasligi kerak): krupchatka-0,60; oliy nav-0,55; 1-chi nav-0,75; 2-chi nav- 1,25; jaydari un-1,90.

Unning nordonligi graduslarda ifodalanadi. Unning nordonligi deb 100 g un tarkibidagi kislotalar yoki kislotalik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarni neytrallash uchun sarf bo‘ladigan 0,1 normalli ishqor eritmasining millilitrlardagi miqdori tushuniladi. Uzoq saqlanganda unning nordonligi ortadi. Sifati yaxshi unning nordonligi quyidagicha bo‘lishi kerak (0 da): bug‘doy unining oliy navi-3; 1-navi-3,5; 2-navi-4,5; dag‘al tortilgani-5; javdar unning elangani-4; birlamchi tortilgani-5; dag‘al tortilgani-5,5.

Unning tortilish mayda-yirikligi non yopishda texnologik ahamiyatga ega. Zarrachalari yirik un qoramtirroq , suv shimish qobiliyati past, tayyorlangan nonning hajmi kichik, mag‘zidagi g‘ovakchalari ham bir tekis bo‘lmaydi. Haddan tashqari mayda, gardsimon un non yopishga yaramaydi, chunki bunday undan hajmi toraygan, mag‘zi dag‘al non chiqadi. Non sanoatida un zarrachalari o‘lchamlari bir xil bo‘lgan unlar yuqori baxolanadi. Un zarrachalarining mayda-yirikligi unni nazorat elaklarida elash yo‘li bilan aniqlanadi. Kleykovinaning miqdori va sifat ko‘rsatkichi non yopishga mo‘ljallangan unlarda eng asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Kleykovina deb bug‘doy uni hamirini suvda toza yuvib, kraxmali ketkizilgandan keyin qoladigan yelimshak massaga aytiladi. U asosan suvda erimay, bo‘kadigan oqsillar (gliadin va glyutenin) dan iborat bo‘ladi.

Kleykovinasi qancha ko‘p bo‘lsa uning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Kleykovina miqdorini aniqlash uchun 25 g undan kam miqdorda suv bilan hamir qariladi. So‘ngi 20 minut o‘tgach, hamirdagi kraxmal toza suv bilan toki kraxmal butunlay ketguncha yuviladi. Keyin esa qolgan kleykovina tarkibidagi suvni siqib tashlab, kleykovina tarozida tortiladi. Har qaysi un navi uchun tarkibida qancha qo‘p kleykovina bo‘lishining normasi standartlarda belgilab qo‘yilgan. Masalan, bug‘doy uni tarkibida quyidagicha kleykovina bo‘lishi kerak (kamida %): oliy navda 28; 1-navda 30; 2-navda 25; dag‘al tortilgan jaydari unda 20.

Unlar tarkibida kleykovinaning miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda sifat ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. Kleykovinaning sifat ko‘rsatkichlari cho‘ziluvchanligi, qayishqoqligi va rangi bilan harakterlanadi. Qayishqoqlik va cho‘ziluvchanlik jihatidan kleykovina uch turkumga bo‘linadi: birinchisi- yaxshi yoki kuchli guruh; ikkinchisi-qoniqarli yoki o‘rtacha guruh; uchinchisi-qoniraqsiz yoki kuchsiz guruh. Kuchli kleykovinaning elastikligi va qayishqoqligi katta bo‘ladi (uning cho‘ziluvchanligi 20 sm dan oshmaydi), kuchsiz kleykovina cho‘zilishga qattiq qarshilik ko‘rsatmaydi (cho‘ziluvchanligi 80 sm ga yetadi). Yaxshi sifatli kleykovinaning rangi och-sariq, yomonining rangi esa qo‘ng‘irroq tusli qoramtir bo‘ladi.



O’z DSt 1104:2006 standarti talabi bo‘yicha vitamin-mineral aralashmalar bilan boyitilgan novvoylik bug‘doy unida yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlardan tashqari qo‘shimcha ravishda B1, B2, PP (nikotin kislotasi), Bs (foliy kislotasi), temir va rux moddalari miqdori ham aniqlanadi. Boyitilgan bu kabi unlarning oliy va birinchi navlarining 1 kg ida B1 vitamini miqdori 1,6 mg dan, B2 vitamini 2,4 mg dan, PP vitamini miqdori esa 8,0 mg dan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, bu unlarda temir moddasi miqdori kamida 40 mg ni, rux esa 17,6 mg ni tashkil etishi ko‘rsatib qo‘yilgan.

Unning ombor zararkunandalari bilan zararlanganligi ham asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha ombor zararkunandalari bilan shikastlangan unlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari unning nonboplik xususiyati ham aniqlanadi.

Bug‘doy unining nonboplik xususiyati. Unning nonboplik xususiyatlariga gaz hosil qilish qobiliyati, quvvati va hamir tayyorlash jarayonida hamirning qorayishga moyilligi kabi ko‘rsatkichlari kiradi.

Unning gaz hosil qilish qobiliyati deganda hamirdan 5 soat davomida ajralib chiqadigan karbonat angidrid (CO2) gazining millilitrlardagi miqdori bilan o‘lchanadi. Bu ko‘rsatkich ko‘p darajada unlarning tarkibida bo‘ladigan qand miqdori va unning qand hosil qilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qand hosil qilish qobiliyati esa undagi amilolitik (a -amilaza) fermentlarning kraxmalni gidrolizlab hosil qiladigan glyukoza qand miqdori bilan o‘lchanadi. O‘sayotgan donlardan olingan unlar qand hosil qilishga juda moyil bo‘ladi. Buning sababi, unlarda a - amilaza fermentining nihoyatda faolligidadir. Non sirtining rangi unning gaz hosil qilish qobiliyatiga juda bog‘liq bo‘ladi. Non qobig‘ining tillarang bo‘lishi non yopish jarayonida qand va aminokislotalardan melanoid moddalarining hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Unning gaz hosil qilish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan sharoitda qand hatto achish jarayonining normal borishi uchun ham yetishmay qoladi. Shu sababli non yaxshi g‘ovaklikka ega bo‘lmaydi va bunday nonlarning qobig‘i ham oqish rangda bo‘ladi. Gaz hosil qilish qobiliyati yaxshi unlar 5 soat bijg‘ish davomida 1600 ml CO2 ajratib chiqaradi. Unda gaz hosil qilish qobiliyati bilan bir vaqtda gaz ushlab turish qobiliyati ham aniqlanadi. Unning gaz tutib turish qobiliyati deb 5 soat bijg‘ish davomida hamirning qancha miqdorda (ml) CO2 gazini ushlab turish qobiliyati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich undagi oqsil-protein kompeksining xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Unning quvvati - unning ma’lum bir fizik xususiyatidir. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha unlar kuchli, o‘rtacha, kuchsiz guruhlarga bo‘linadi. Suvda hamir qoriganda nisbatan ko‘p miqdordagi suvni o‘ziga singdiradigan, yaxshi gaz ushlab turish xususiyatiga ega bo‘lgan, elastik hamir hosil qiladigan unlar kuchli unlar deb hisoblanadi. Bu unlardan yopilgan nonlar ham yuqori fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Kuchsiz unlar kam miqdordagi suvni o‘ziga singdiradi va ulardan tayyorlangan hamirning gaz tutib turish qobiliyati juda past, achish jarayonining oxirida hamir suyuq, yopishqoq bo‘lib qoladi. Natijada, bunday hamirdan yopilgan nonlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham juda past bo‘ladi. Hamir tayyorlash jarayonida hamirning qorayishi un tarkibidagi erkin tirozinning polifenoloksida fermenti ta’sirida o‘zgarishi bilan tushuntiriladi. Bu ko‘rsatkichning kattaligini, qorayish darajasini fotometr yordamida o‘lchash asosida olib boriladi.

Kundalik turmushimizni nonsiz tasavvur etish mushkul. Zero, non biz uchun farovonlik, tinchlik va fayzu baraka timsolidir. Shu sababli ham xalqimiz azalazaldan nonni e’zozlab, non bilan bog‘liq qadimiy udum, an’ana va odatlarimizni hanuzgacha davom ettirib kelmoqda. Darhaqiqat, arxeologlar ma’lumotiga ko‘ra, eramizdan XX asr muqaddam topilgan bug‘doy donlari eng avvalo o‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo xalqlarining turli xilda yopilgan nonlari, chureklari va bo‘g‘irsoqlari juda ommalashib ketgan.

Bugungi kunda yurtimizda xilma-xil assortimentda non turlari ishlab chiqarilib iste’molchilarga tortiq qilinmoqda. Bu esa nonning kimyoviy tarkibi, foydaliligi, parhezlik xususiyatlari, energiya berish qobiliyati biologik qiymati xilma-xilligidan dalolatdir. Ko‘pchilik holatlarda ninning iste’mol xususiyatlari ishlatiladigan xom ashyolar turi va non tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli tabarruk ne’mat hisoblangan nonning sifatini baholash ham boshqa oziq-ovqat tovarlarining sifatini baholash singari iste’molchi talabidan kelib chiqadi.

Nonlar sifati bo‘yicha tegishli standartlar va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Non zavodlaridan savdo tarmoqlariga yuborilgan nonlar son va sifati bo‘yicha qabul qilinadi. Son bo‘yicha qabul qilinganda donabay sotiladigan nonlar donalab sanaladi, tarozida tortib sotiladigan nonlarning esa massasi o‘lchanadi.

Shundan so‘ng son jihatidan qabul qilingan nonlarning organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ba’zi hollarda esa fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin. Nonlarning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlarisiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli nonlarning sifatini aniqlashda shu ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor beriladi.

Nonlarning organoleptik ko‘rsatkichlari. Organoleptik ko‘rsatkichlarga nonlarni ko‘z bilan ko‘rib va ularni degustatsiya qilib aniqlanadigan ko‘rsatkichlar kiradi. Shulardan biri nonning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi. Nonlarning bu ko‘rsatkichi umumlashma ko‘rsatkich hisoblanadi. Nonlarning tashqi ko‘rinishi tekshirilganda ularning shakliga, yuzasining holatiga va nonning sirtqi yuzasining qizarib pishganlik darajasiga e’tibor beriladi. Nonning shakli to‘g‘ri, tekshirilayotgan non turiga mos bo‘lishi kerak. Nonlar bir-biriga yopishib qolgan va shishib qolgan, ba’zi joylari bo‘rtib chiqqan holda bo‘lmasligi kerak. Ba’zi issiq nonlar bir-birining ustidan bosilsa ezilib, deformatsiyaga uchrab qolishi mumkin. Bunday nonlar esa savdo tarmoqlariga sotish uchun yuborilmaydi. Nonlarning sirtqi yuzasi silliq, yaltiroq, ifloslanmagan bo‘lishi kerak. Sirtqi yuzasining qizarib pishganlik darajasi bir xil, kuymagan, yaxshi pishgan bo‘lishi kerak.

Mag‘zining holati. Bu ko‘rsatkich ham nonlarning asosiy organoleptik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Yaxshi pishgan nonlarning mag‘zi yaxshi pishgan nonga xos, yopishqoq emas, barmoq bilan bosib ko‘rilganda ho‘llik sezilmasligi kerak. Non mag‘zida pishmagan hamirlar va aralashmagan unlar ham bo‘lmasligi kerak. Non mag‘zining asosiy ko‘rsatkichlaridan yana biri g‘ovakligi hisoblanadi. G‘ovakliklari yaxshi rivojlangan, hamma joyida bir xil, mayda ko‘zchalardan tashkil topgan bo‘lishi va kata hajmdagi g‘ovakliklar bo‘lmasligi kerak. Yaxshi yopilgan yangi nonlarning mag‘zi elastik bo‘lishi, ya’ni ko‘rsatkich barmoq bilan non mag‘ziga bosganda hosil bo‘ladigan chuqurcha tezda o‘z holatini egallashi, non mag‘zi uvoqlanib ketmasligi kerak. Nonning asosiy organoleptik ko‘rsatkichlaridan yana biri ta’mi va hidi hisoblanadi. Nonlarning ta’mi va hidi yoqimli, o‘ziga xos begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak.

Nonlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari. Amalda qo‘llanilib kelayotgan standartlar talabi bo‘yicha nonlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘satkichlaridan namligi, g‘ovakligi va nordonligi aniqlanadi.

Nonning namligi. Bu ko‘rsatkich non uchun asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, nonning oziqaviy qiymati va energiya berish qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Non mag‘zining namligi nonlarning turiga qarab 34% dan 51% gacha bo‘ladi.



Non mag‘zining g‘ovakligi. Nonning g‘ovakligi deganda non g‘ovakliklari hajmining nonning butun hajmiga nisbatining foizlardan ifodalangan miqdori tushuniladi. Nonlarning g‘ovakligi hamirning bijg‘ishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Nonlarning g‘ovakligi bilan ularning hazm bo‘lish darajasi orasida ham bog‘liqlik mavjud. G‘ovakligi yaxshi nonlar oshg‘ozon-ichak bezlari ishlab chiqargan so‘laklar ta’sirida organizmda tez hazm bo‘ladi. Nonlarning g‘ovakligi nonlarning turiga va ishlatilgan unlarning naviga qarab 45% dan 75% gacha bo‘ladi.

Nonning nordonligi. Nonning nordonligi graduslarda o‘lchanadi. Nonning nordonligi deb 100 g non mag‘zi tarkibidagi kislotalarni va kislota birikmalarini neytrallash uchun zarur bo‘lgan 1 normalli ishqor eritmasining millilitrlardagi miqdoriga aytiladi. Nonlarning nordonligi nonlarning ta’miga katta ta’sir ko‘rsatadi. Keragidan ortiqcha nordonlik nonlarga yoqimsiz ta’m beradi. Nonlarning nordonligi nonlarning turiga va hidiga qarab 20 dan 120 gacha bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir non mahsulotlari uchun, ayniqsa tarkibi boyitilgan non mahsulotlarida yog‘ va qand moddasining miqdori ham aniqlanishi mumkin.
Download 20,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish