Nodirabegim hayoti va ijodi



Download 53,01 Kb.
bet1/4
Sana09.09.2021
Hajmi53,01 Kb.
#169656
  1   2   3   4
Bog'liq
nodirabegim hayoti va ijodi (2)


Aim.uz

Nodira


1792-1842.

Nodirabegim hayoti va ijodi.

Nodira−XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o’zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo’lib, Nodira− adabiy taxalludi. Bundan tashqari, Komila taxallusi bilan ham o’zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan. U ijod qilgan davrda Qo’qon adabiy muhitida o’zbek va tojik tillarida badiiy asarlar yaratish qariyb teng darajada edi. Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibquron Amir Temurning xonadoniga mansub edi. Nodiraning onasi − Oysha-begim qizining komila shaxs bo’lib yetishuviga ko’p xissa qo’shdi. Bo’lg’usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo’lgan xonadonda voyaga yetdi. Raxmonqul otaliq Qo’qon xoni Olimxonning tog’asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog’asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg’ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. 1810-yili Qo’qon xoni ya’ni Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga ukasi Umarxon o’tirdi. Shoiraning bundan keying hayoti mamlakat poytaxti bo’lgan shu shaharda –xon saroyida o’tdi. Shoira yashagan zamonda Qo’qon adabiy muhiti gullab yashnagan edi. Umarxon uning umr yo’ldoshi, mamlakat raxbarigina emas, ustoz shoir ham edi. U Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilar, shoir sifatida mashxur edi. Tarix takrorlanadi degan gap bor. Nodira va Zulfiyaning hayoti qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshida, Zulfiya esa 29 yoshida umr yo’ldoshidan ajradi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo’nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o’zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli bo’lib tarixda qoldi. Nodiradan chekkan g’am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari yetmagandek, o’zi va o’g’illarining hayoti ham fojiali yakun topdi. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, Qo’qonni bosib oldi. Uning buyrug’I bilan Nodira, o’g’illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vaxshiyona qatl etildi. Xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to’la deb hisoblangan turkey devonida 189 g’azal mavjud. Nodira ijodi o’zidan keying ko’plab shoirlar uchun mahorat maktabi bo’lib xizmat qiladi.

Nodirabegim

1792-1842
Asrlar davomida Sharq adabiyotida quvonch va gazabni, visol xursandliklari va xijron alamlarini, tinch va osoyishta yashash umidlari va bu umidlar qarshisidagi fojiali xollarni o’z ijodlarida aks ettirgan, ma’suma va munis onalar qalbini, jafokash va bardoshli ayollarning boy ruxiy olamini yuksak nafasda kuylagan o’nlab shoirlar o’tganlar. Bular X1 asrlik Robia, Ismati va Oysha, XP asrlik Munisa Xo’jandiy, Sittixonim Mutriba, X1U asrlik Jaxonxotun, XU asr Munajjim va Mexri, XU1 asrlik Gulbadanbegim, Gulchexrabegim, XU1-XUP asrlar-Nurjaxonbegim va Zebiniso, XUSh-X1X asrlar-Maxzuna, Notovon va Uvaysiy, X1X-XX asrlar Muazzamxon va Nozmixonim xamda Anbar otin va boshqalar qatori shuxrat topgan Moxlar oyim Nodira X1X asr adabiyotida katta va salmoqli o’rinni egallaydi.

Mashxur o’zbek shoirasi Nodiraning asli ismi Moxlar oyim bo’lib, XUSh asrning oxirida, aniqrogi 1792 yili Andijonda to’gilgan. Moxlaroyimning otasi Andijon xokimi Raxmonquli biy edi. Raxmonquli biy o’zbek qabilalaridan urugiga mansub oqsuyaklardan bo’lib, Fargona xukmdori Olimxonning togasi edi. Olimxon ukasi Umarxonga Margilon xokimligini beradi. (Bu xakda A.Qayumov “O’zbek tili va adabiyoti” masalalari jurnali № 1. 37 bet. 1958 yil) va uni togasi Andijon xokimi Raxmonquli biyning qizi Moxlar oyimga) bo’lajak shoira Nodiraga) uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqlliligi, odob va go’zalligi xamma yoqqa doston bo’lgan edi. Umarxon unga goyibona oshiq xam bo’lgan deydilar. Olimxon bu axd orqali o’z togasi va ukasi o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini mustaxkamlamoqchi bo’ladi. Shunday qilib, Moxlar oyim Umarxon nikoxiga kiritiladi”.

Olimxon, Umarxon va Muxammad Alixon (Ma’dalixon) davrlarini juda yaxshi bilgan amaldorlardan-tarixchi Hakimxon to’ra Umarxon bilan Moxlaroyimni noxi xaqida so’z ochib, “Muntaxabut-tarix” kitobida quyidagilarni yozadi: “... Ul vaqt Andijon xukumati Raxmonquli biy, amir Olimxonning togasi erdi, unga taalluq erdi. Raxmonquli biyning ismotida bir qiz bor erdi, ismi Moxlar oyim erdi. Amir Olimxon xoxladkim, ul muxaddarani amir Umarxonning nikoxiga kirgizsa, Ma’sumxon to’rani benixoyat xadya birla buyurdikim, Umarxonni Andijonga olib borib axdi nikox qilib, Margilonga keturib qo’yib kelgil deb ruxsat beradi. Ma’sumxon to’ra Margilonga kelib, shaxzoda o’marxonni domoliqqa taklif qilib, Andijonga olib, yaxshi soatda ul avji saltanatni tovxidi ruxga axd bogladilar”.

Bu voqea 1808 yilda edi. 1810 yilda Olimxon o’ldirilib, o’rniga ukasi Amir Umarxon taxtga chiqdi. Shunday qilib, Andijon xokimining qizi, Margilon xokimining xotini Moxlar oyim tez fursatda mamlakat malikasi darajasiga ko’tariladi.

Oradan 14 yil o’tgach, Umarxon vafot etadi. Saroy axllari o’zaro maslaxat qilib, bir ittifoqqa kelib odiraning o’sha vaqtdagi taxminan 14 yoshlarda bo’lgan o’gli Muxammad Alixonni podshox qilib ko’taradilar.

Shunday qilib, Qirgiston, qozogiston va O’zbekistonning yarmidan ko’pini o’z ichiga olgan Umarxon davlati 14 yashar Ma’dalixon qo’lida qoladi. Bu go’lakning bunday katta davlatni idora qilolmasligi tabiiy edi. Sh/u Umarxon vafotidan so’ng Moxlar oyim-odira mamlakatni idora qilish ishida faol ishtirok etadi. Umarxon davri an’analarini davom ettirib, ilm axllariga, san’at va adibyot arboblariga raxbarlik va xomiylik qiladi. Quqonda bir madrasa, xammom va saroy bino qildiradi.


Download 53,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish