Nizomiy nomidagi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.01.2020
Hajmi0,58 Mb.
#37038
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish mas


 

1

 



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NIZOMIY NOMIDAGI  



TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI 

 

«TABIYOT FANLARI» FAKULTЕTI 



«GЕOGRAFIYA VA UNI O’QITISH MЕTODIKASI» KAFЕDRASI 

 

“Himoyaga ruxsat etilsin” 



Fakultеt dеkani 

____________E.Yuzlekayeva 

«____» ____________2014 yil 

 

5140500-«Gеografiya va iqtisodiy bilim asoslari» ta'lim yo’nalishi talabasi  



 

Madjitova Jadra Abdumalikovnaning 

 “O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish 

masalalari” mavzusidagi  

 

BITIRUV  MALAKAVIY  ISHI 

 

                                                               Ilmiy rahbar: “Geografiya va uni о‘qitish 



                             metodikasi” kafedrasi о‘qituvchisi 

___________M.K.Qalandarova 

 

 

                                                                    Ilmiy maslaxatchi: “Geografiya va uni 



                                              о‘qitish metodikasi”kafedrasi mudiri  

g.f.n ___________ N.R.Alimqulov 

 

«Himoyaga tavsiya etilsin» 



«Gеografiya va uni o’qitish 

 mеtodikasi» kafеdrasi mudiri 

_______g.f.n. dots. N.R.Alimqulov 

«____»____________2014 yil 

 

 

 



TOSHKENT – 2014 yil 

 

2

 



                            Mundarija. 

 

Kirish…………………………………………………………………………..3 



I bob. O’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berishning didaktik asoslari.. 

1.1  Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari………………………5 

1.2  Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari…….19 

II  bob.  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  darslarida  ekologik  ta’lim-tarbiya 

berish texnologiyalari…………………………………………………………27 

 2.1 Didaktik o’yinli darslarda o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish.....27 

 2.2Hamkorlikda o’qitish darslarida ekologik ta’lim tarbiya berish usullari…..39 

 

III-bob.  Pedagogik tajriba-sinov natijalarining tahlili…………………….51 



 

3.1.  Pedagogik tajriba-sinov natijalari…………………………………………51 

3.2.  Pedagogik  tajriba-sinov  natijalarining  amaliyotga  tatdbiq  etish  bo’yicha 

tavsif……………………………………………………………………………64 

 

Xulosa………………………………………………………………………….66 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….67 

 

Glossariy………………………………………………………………………69 

 

 

 



 

 

 



 

                                                                                 

 

3

 



 

                                                                                 Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida                                                                          

                                                                         munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish anglab                                                                    

                                                                        bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi. 

                                                                                                                         Islom Karimov.  

 

KIRISH 

О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab 

chuqur  bilim  va  kо‘nikmalarga  ega  bо‘lgan  yuqori  intellektual  salohiyatli 

kadrlar  tayyorlash  maqsadida  ta’lim  tizimida  tub  islohotlar  о‘tkazila  boshlandi. 

Ushbu  islohotlar  zamirida  ta’lim  mazmuni  va  uni  о‘qitish  jarayonini  sifat 

jihatdan  yangi  bosqichga  kо‘tarish  alohida  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  borada 

ekologik  ta’lim-tarbiya  masalalarini  turli  fanlar  tarkibiga  singdirish,  uning  bir 

butunligi  hamda  uzluksiz  va  uzviyligini  ta’minlash  asosiy  masalalardan  biri 

sifatida  e’tirof  etildi.  Ta’lim-tarbiyaning  barcha  bosqichlarida  ekologik 

ma’naviyatni  uzluksiz  ravishda  shakllantirish  hozirgi  davrdagi  eng  muhim  va 

dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.  Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining barcha 

asarlarida  tabiatdan  foydalanish  va  ekologik  xavfsizlik  masalalari 

Respublikamizdagi  eng  dolzarb  muammolardan  biri  ekanligi,  uni  hal 

qilishning  samarali  yo’llarini,  jumladan,  ekologik  ta’lim  va  tarbiyaning 

ustivorligini  alohida  ko’rsatib  o’tganlar.  Hozirgi  kunda  insoniyatni 

umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  birlashtiruvchi  yangi  mafkura-  ekologik 

mafkura  shakllanmoqda.  Ekologik  mafkura  nafaqat  umuminsoniy,  balki 

tabiat  va  inson  hayoti  uchun  yagona  bo’lgan  umumhayotiy  qadriyatlarga 

tayanadi. Buning uchun o’quvchida ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va 

dunyoqarash  hamda  ekologik  tafakkur  va  madaniyatni  shakllantirish  lozim. 

Ekologik  madaniyat  tabiatni  muhofaza  qilish  madaniyati  bo’lib,  tabiiy 

boyliklardan  oqilona  foydalanish  va  ekologik  tizimni  ongli  o’zgartirish 

madaniyatidir. О‘quvchilarni Vatanga, millatga va milliy qadriyatlarga hurmat, 

ularga  sodiqlik  ruhida  tarbiyalashda  geografiya  fani  о‘qituvchisining  hissasi 

katta. Chunki geografiya о‘z о‘lkasi, о‘z viloyati va Respublikasini о‘rganishdan 

boshlanar  ekan,  о‘quvchi  har  bir  geografik  hududdagi  tabiiy,  ijtimoiy  hamda 


 

4

 



ekologik sharoit bilan tanishib boradi, ustozlarimiz aytganidek, “vatanparvarlik-

Vatanni  о‘rganishdan  boshlanadi”  [2].  Atrof-muhitni  ifloslanishdan  saqlash, 

tabiiy  boyliklardan  oqilona  foydalanish  ko’p  jihatdan  barkamol  yoshlarning 

ekologik  savodxonlik  darajasi,  ekologik  madaniyatiga  bog’liq.  O’quvchilarda 

ekologik  savodxonlik  darajasini  oshirish  shu  kunning  eng  ustivor  vazifalaridan 

iboratdir. Ekologik savodxonlikka erishish faqatgina uzluksiz ekologik ta’lim va 

tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqaligina muvafaqqiyatli 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Shundan  kelib  chiqib,  bitiruv  malakaviy  ish 



dolzarbligi: ekologik madaniyatli, о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning 

kо‘zini  biladigan,  tabiatga,  atrof-muxitga  g‘amxо‘rlik  qiladigan,  unga  zarar 

yetkazmaydigan,  tabiat  boyliklarini  avaylab-asraydigan,  boyitadigan,  eng 

asosiysi  tabiatga  nisbatan  ongli  munosabatda  bo’ladigan  barkamol  shaxsni 

shakllantirishdan iborat.

 

       Maqsadi: 



O’zbekiston 

tabiiy 


geografiyasini 

o’qitish 

jarayonida 

o’quvchilarda  keng  ekologik  dunyoqarashni  shakllantirish  hamda  ekologik  fikr 

yuritishni rivojlantirishdir. 

   Vazifalari esa:  

- O’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berishning didaktik asoslarini; 

- Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini; 

- Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlarini; 

- O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  darslarida  ekologik  ta’lim-tarbiya  berish 

texnologiyalarini; 

- O’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalarini  tahlil qilishdan iborat. 

Bitiruv malakaviy ish ob’ekti: O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursi 

Predmeti:  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasini  o’qitishda  ekologik  tarbiya  berish 

mazmuni,  metodi, usul, shakl va texnologiyasi. 



    Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi:  Kirish,  oltita  paragrafni  o’z 

ichiga  olgan  uch  bob,  “Xulosa”  va  “Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhati”dan 

iborat. Shu bilan birga  mavzuga oid o’zbekcha-inglizcha  lug’at,  hamda o’zbek-

rus-ingliz annotatsiyadan iborat. 



 

5

 



I BOB. O’QUVCHILARGA EKOLOGIK TA’LIM TARBIYA 

BERISHNING DIDAKTIK ASOSLARI 

1.1 .  Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 

           Ekologiya  tushunchasi  bir  butun  hamda  jamiyat  bilan  tabiatning  о‘zaro 

aloqadorligida  turli  darajada-falsafiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy 

bilimlarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi tabiatdagi о‘zaro 

aloqadorlik  qonuniyatlarini  ochib  berishdan  iboratdir.  Ekologiyaning  bosh 

masalasi  esa  tabiat  voqea-hodisalariga  inson  faoliyatining  xilma-xil  ta’siri 

oqibatlarini  oldindan  kо‘ra  bilish  va  tabiatni  muhofaza  qilish  bilan  bog‘liq 

bо‘lgan  muammolarni  hal  etishdan  iboratdir.  Tabiat  bilan  jamiyatning  о‘zaro 

aloqasini  izchil  tadqiq  etish  о‘quvchilarning  atrof-olamning  yaxlitligi,  harakat-

dinamikasi  bо‘yicha  dunyo  qarashi  va 

ishonchini  boyitadi 

hamda 


mustahkamlaydi. О‘quvchilarning  fuqarolik hamda  vatanparvarlik tuyg‘ulari  va 

e’tiqodlarini  tarbiyalashda  ekologik  yondashuvning  hissasi  о‘ta  muhim 

ahamiyatni  kasb  etadi[4].  Atrof-muhit  bilan  jamiyat  o‘rtasidagi  aloqalar 

muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yеtkazmoqda. Yer yuzi tabiatining 

barqarorligi,  turg‘unligi  va  uning  o‘ziga  xos  qonuniyatlari  insoniyat  tomonidan 

buzilishining  asosiy  sabablaridan  biridir.  Bunga  sabab  kishilarda  atrof-muhit 

muhofazasi  haqidagi  bilimlarining  yеtishmasligi  hamda  tabiatning  kеlajakdagi 

ekologik  holatini  ko‘ra  bilmasliklaridir.  O‘quvchilarda  ekologik  madaniyatni 

shakillantirish,  tabiatni  sеvish,  undan  to‘g‘ri  va  ongli  ravishda  foydalana 

bilishga  o‘rgatish  ekologik  tarbiya  va  madaniyatning  asosi  bo‘lib,  kishilarda 

tabiat  oldida  mas’uliyatni  anglash  malakasini  hosil  qiladi.  Vatanni  sеvish  va 

vatanparvarlik  tabiatni  sеvishdan  boshlanadi[3].  Binobarin,  o‘quvchilarda 

tabiatga  nisbatan  haqiqiy  muhabbat  tuyg‘usini  hosil  qilmay  turib  ularni 

vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  mumkin  emas.  Insonni  tabiat  quchog‘ida 

bo‘lishi  uni  ruhan  tеtiklashtirib,  mеhnat  qobiliyatini  oshiradi.  Insonning  tabiy 

boyliklardan  haddan  tashqari  ortiqcha  foydalanishi  oqibatida  tabiat  qiyofasi 

o’zgarib,  foydali  qazilmalar  tugab  bormoqda,  suv  havzalari  va  atmosfera 


 

6

 



havosining  ifloslanishi,  uning  tarkibida  chiqindi  moddalarning  ortib  borishi 

natijasida  aholi  salomatligi  yomonlashmoqda,  ularni  oziq-ovqat  bilan 

ta’minlash,  energiya  va  chuchuk  suv  muammolari  tobora  murakkablashmoqda. 

Ular  bugungi  kunda  xalqaro  ekologik  muammoga  aylanib,  butun  jahon 

jamoatchiligining  muloxazaga  chaqirmoqda.  Bu  albatda,  yosh  avlod,  aholi 

ongiga  ekologik  holatining  xavf  ostida  ekanligini  tezroq  singdirish  va  uni 

yaxshilash  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqarish  kabi  muammolarni  hal  etishni 

taqazo  etmoqda.  Ushbu  muammolarni  hal  etishda  umumiy  o’rta  ta’lim 

maktablarida  o’qitiladigan  fanlar  ma’zmuniga,  hususan,  O’zbekiston  tabiiy 

geografiyasi  ma’zmuniga  qo’shib  olib  boorish  orqali  yoshlarni  ekologik 

madaniyatli qilib tarbiyalamog’imiz darkor. 

    Еkologik  ta'lim  va  tarbiya,  BMT,  YUNЕSKO  va  YUNЕPning  diqqat 

markazidagi  masaladir.  Ekologik  ta'lim  va  tarbiyani  rivojlantirish  uchun  jahon, 

alohida  davlatlar  miqyosida  turli  tadbirlar  o’tkazilmoqda.  har  bir  soha 

mutaxassisi  ekologik  savodxon  bo’lishi  va  o’z  faoliyatida  tabiatga  zarar 

еtkazmasligi,  ekologik  ta'lim-tarbiyani  rivojlantirishga  qissasini  qo’shishi 

lozimdir[15]. 

   Ekologik  bilimga  ega  bo’lmagan  kishilar,  tabiatning  bag’ri  keng  u  insonning 

shunch  yetgazgan  zulimlariga  shu  vaqtgacha  chidab  keldi,  endi  bunisiga  ham 

chidasa kerak, degan  mantiqsiz  fikrlarga chulg’anib  yuradilar.  Aql-zakovatli  va 

muxandislik  ilmining  sohibkorlari  tabiatga  ko’proq  befarq  bo’lishliklari  sababli 

tabiiy  muhit  aziyat  chekib  kelmoqda.  Binobarin,  osha  joylarida  istiqomat 

qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko’rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, 

tuproqning 

zaxarlanishi 

hayot 


tarzini 

murakkablashtirmoqda, 

tabiat 

qulayliklardan  bebahra  qilmoqda.  Binobarin,  aholining  ekologik  ongi  tabiat 



muhofazasini  muntazam  amalga  oshirishda  asosiy  ijrochi  omil  hisoblanadi, 

uning  har  doim  ham  yuqori  bo’lishiga,  vaqti-vaqti  bilan  takomillashtirib 

turishiga  erishish  zarur.  Aholining  barcha  tabaqalari,  bog’cha  yoshidagi  yosh 

bolalarda  tortib  mo’ysafid  otaxon  va  onaxonlargacha  atrof-muhitga  nisbatan 

yakdil  ijobiy  fikrda  bo’lishlari  unga  zahmat  keltirmaslik  ruhida  tarbiyanishlari 


 

7

 



kerak.  Hozirgi  kunda  insoniyat  oldida  turgan  dolzarb  muammolardan  biri 

sayyoramiz  tabiati  va  uning  boyliklarini  muhofaza  qilish  hisoblanadi.  Shu  bois 

tabiatdan  tо‘g‘ri  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishga  oid  ta’lim-tarbiya 

masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

   Ekologik  siyosat,  davlat  hokimiyati  va  huquqiy  vositalarga  asoslanib, 

“jamiyat-tabiat”  munosabatida  yuzaga  keladigan  murakkab  munosabatlarni 

tartibga  solishga  qodir.  Ushbu  murakkab  munosabatlar  uch  yо‘nalishda  amalga 

oshiriladi:  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona 

foydalanish  va  aholining  ekologik  xavfsizligini  ta’minlash[12].  Shunga 

muvofiq,  ushbu  uchchala  yо‘nalish  davlat  ekologik  siyosatining  asosini  tashkil 

etadi.  Demak,  ekologik  siyosat  uch  yо‘nalishda  olib  boriladi:  1)  atrof  tabiiy 

muhitni muhofaza qilish; 2) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 3) ekologik 

xavfsizlikni ta’minlash. Bu uch yо‘nalish о‘zaro chambarchas bog‘liq, bir-birini 

taqozo  etadi.  Ulardan  birini  ta’minlash  uchun  amalga  oshiriladigan  chora-

tadbirlar  о‘z  navbatida  boshqalariga  ham  ijobiy  ta’sir  etadi.  Zero,  tabiiy 

resurslardan  oqilona  foydalanmay  turib,  uni  muhofaza  qilib  bо‘lmaydi.  Atrof 

tabiiy  muhit  muhofaza  qilinmas  ekan,  ekologik  xavfsizlik  ta’minlanmaydi. 

Tabiatni  muhofaza  qilish  tabiat  boyliklaridan  oqilona  foydalanish  demakdir. 

Mamlakatimizning  ekologik  xavfsizligiga  tahdid  solayotgan  muammolarning 

oldini  olishda  ekologik-huquqiy  ta’lim-tarbiya  muhim  ahamiyatga  ega.  Atrof 

tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  undan  oqilona  foydalanish  va  asrab-avaylash 

hamda  ehtiyotkorona  munosabatda  bо‘lishni  ta’minlashga  erishish  kо‘p  jihatdan 

fuqarolarning  ekologik-huquqiy  ongining  qay  darajada  shakllanganligiga 

bog‘liqdir[12].  Ekologik  ta’limning  ahamiyati  va  zaruriyatini  quyidagicha 

izohlashimiz mumkin: 

-fuqarolar, xususan yoshlarning ekologik-huquqiy ongini, ekologik madaniyatini 

shakllantirishga xizmat qiladi; 

 -yoshlarni ona tabiatga mehrli bо‘lishga, uni e’zozlashga о‘rgatadi;  

-tabiatni  asrab-avaylash,  tabiiy  resurslaridan  oqilona  va  samarali  foydalanish 

zarur degan fikrni singdiradi;  



 

8

 



-fuqarolarda  ekologiyaga  oid  asosiy  muammolar  tо‘g‘risida  tasavvurlarni 

shakllantiradi  hamda  ularning  oldini  olish  borasida  nimalar  qilish  zarurligini 

о‘rgatadi;  

-fuqarolarda  tabiatni  muhofaza  qilish  uchun  qanday  chora-tadbirlar  amalga 

oshirish mumkinligi tо‘g‘risida tushuncha beradi; 

 -umuman  olganda  ekologiya  sohasidagi  barcha  chora-tadbirlarning  zamirida 

avvalambor ekologik ta’lim-tarbiya yotishi lozim.  

  Tabiatni  e’zozlash,  ona-zaminimizning  har  bir  hovuch  tuprog’ini  muqaddas 

bilib,  ko’zga  surtish  zarur  va  muhimligi  haqida  sharqona,  o’zbekona  ta’lim-

tarbiya  xozrgi  davrda  ayniqsa,  dolzarb,  o’ta  axamyatlidir.  Demak,  o’quvchilar 

ongiga  ekologik  madaniyat,  tabiatga  muhabbatni  uyg’otishda,  avvalo 

tarbiyachilarning  o’zi  shunday  bilimga  ega  bo’lishi  kerak,  shu  nuqtai  hazardan 

bo’lajak  pedagoglar  ongiga  tabiatni  muhofaza  qilishning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 

ma’naviy  axloqiy  asoslarini  singdirish  maqsadga  muofiq.  Tabiatni  muhofaza 

qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin[11].  

  Tabiatdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  juda  qadim  zamonlarga  borib 

taqaladi.  Inson  Yer  yuzida  paydo  bо‘libdiki,  u  tabiatdan,  uning  unsur  va 

boyliklaridan  foydalana  boshlagan.  Buyuk  allomalarimiz  tо‘rt  unsur:  suv, 

tuproq,  olov,  havodan  foydalanish,  uning  musaffoligini  saqlash,  inson 

organizmiga  ularning  ta’siri  kabi  masalalarni  qator  ilmiy  asarlarida  ta’kidlab 

о‘tganlar. Vujudga kelgan vaziyat о‘quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni 

shakllantirish  zaruriyatini  keltirib  chiqardi.  Ekologik  ta’lim-tarbiya  yoshlarning 

ongi  va  faoliyatiga  о‘z  ta’sirini  о‘tkazuvchi  jarayondir.  Ekologik  ta’lim-tarbiya 

jarayoni  uzluksiz  va  uzviy  aloqadorlikda  bо‘lib,  uzoq  davom  etuvchi  ijtimoiy 

jarayondir.  Uning  uzluksizligi  oila,  maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  umumiy 

о‘rta  ta’lim  maktablari,  maktabdan  tashqari  ta’lim,  akademik  litsey  va  kasb-

hunar  kollejlari,  oliy  о‘quv  yurtlari,  kadrlar  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 

institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali 

natijaga erishiladi. 


 

9

 



O’rta    asrlarda  Markaziy  Osiyoda  yashab  ijod  etgan  allomalardan  Muhammad 

Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 

Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta 

hissa  qo’shganlar[10].  Ular  hali  ekologiya  fani  atamasi  dunyoga  kelmagan 

davrda  tabiat  va  undagi  muvozanat,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi,  tabiatni 

ezozlash  haqida  qimmatli  fikrlar  aytganlar.  Ekologik  madaniyat,  Markaziy 

Osiyo  hududiy  tub  xalqlari  ongida  to’la  mujassam  bo’lgan,  to’g’ri  u  vaqtlarda 

aholi  soni  ancha  oz,  urbanizasiya  darajasi  past,  tabiiy  boyliklardan  foydalanish 

darajasi  ham  nihoyatda  kam  bo’lgan.  Lekin  xalqlar  yuksak  ekologik 

madaniyatga  ega  bo’lgan.  Odamlar  orasida  “savob”,  “uvol”,  “qarg’ish”, 

“harom”,  “birovning  haqi”,  “tarozidan  urma”,  “o’g’irlik  qilma”,  “sutga  suv 

qo’shma”,  “hayvonlarga  ozor  berma”,  “suvga  supirindi  tashlama”,  “nonning 

uvog’i  ham  non,  uni  yerga  tashlama”  va  shu  kabi  qator  ibora  va  tushunchalar 

mavjud  ediki,  ayrim  yoshlarimiz  bular  to’g’risida  unchalik  tasavvurga  ega 

emaslar. Shuning  uchun  ham o’sha  vaqtlarda tabiat  haqiqiy ardoqlanar edi. Har 

bir  tabiat  ne’mati  bu  Allohning  bizga  bergan  naziri,  marhamati,  biz  uni  yuksak 

darajada  hurmat  bilan  avaylab-asrashimiz  lozim,  deyiladi.  Xalq  tabiat  noz-

nematlariga,  daraxt,  buta,  o’t  o’simliklari,  hayvonot  olami,  suv,  havo,tuproq, 

zamin,  non,  oziq-ovqat  va  boshqa  shu  kabilarni  zo’r  ehtirom  bilan  hurmat 

qilgan[13].  Ozodalikka  katta  ahamiyat  berilgan,  axir  Vatan  ostonadan 

boshlanadi,  deyilganidek  har  kuni  hovli,  ko’cha,  eshik  oldi  supurilar  va  suv 

sepib  nuragan  joylar  muntazam  tamirlanib  turilgan.  Darhaqiqat,  xalqimizning 

qadimgi  urf-odatlari,  an’analari,  tabiat  to’g’risidagi  katta  ma’noga  ega  bo’lgan 

dono  hikmatlariga  ming  yillar  davomida  quloq  solib,  undagi  tavsiyalarga  itoat 

qilib  kelingan,  bundan  buyon  ham  ayniqsa,  hozirgi  mustaqillik  sharofati  katta 

erkinliklar bergan bir paytda ularga kattada hurmat bilan qarashimiz va hayotda 

juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz, yoshlarga bular 

to’g’risida  tez-tez  gapirib  turishimiz,  undashimiz  ham  qarz  ham  farzdir. 

Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  ekologik  madaniyatni  tarkib  toptirishning 

ildizlari  qadim-qadimlarga  borib  taqaladi.  Ulardan  geografiya  darslarida 



 

10

 



ekologik  ta’lim-tarbiya  berish  jarayonida  foydalanish  geografiya  fani 

o’qituvchisidan  yuksak  pedogogik  maxorat,  kuch,  bilim,  ijodiy  izlanish  talab 

etadi.  Milliy  qadiriyatlarimiz  orqali,  o’quvchilarga  ekologik  ta’lim-tarbiya 

berish nafaqat o’quvchilarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalaydi, balki ularda 

milliy-g’urur, 

milliy-iftixor 

tuyg’ularna 

ham 


shakillantiriladi, 

ota-


bobolarimizdan  qolgan  qadiriyatlarimizga  xurmat  ruxida  tarbiyalanadi. 

O’zbekiston  respublikasida  istiqlolga  erishganidan  so’ng  tabiat  va  uning 

boyliklarini  muhofaza  qilish  ishiga  ayniqsa,  juda  katta  e’tibor  berildi.  Tabiatni 

muhofaza  qilish  xozirgi  kundagi  zamondagi  eng  dolzarb  muammolardan  biri, 

inson  bilan  tabiat  o’rtasidagi  va  tabiat  bilan  inson  o’rtasidagi,  jamiyat  bilan 

tevarak 


atrofdagi 

muxit 


o’rtasidagi 

muammoning 

tarkibiy 

qismidir. 

Muammoning  mohiyati  shundaki,  tabiat  eng  avvalo,  inson  uchun  qo’riqlanishi 

kerak.  Inson  tabiat  bilan  har  doim  bir  butunni  tashkil  qilgan,  chunki  inson 

tabiatning tarkibiy qismidir. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bevosita aloqasi 

tabiiy  muhitga  juda  katta  ta’sir  qilib  kelgan.  Kishining  tabiatga  ta’siri,  uning 

mexnat faoliyati bilan bog’liq, yani kishilar tabiatga o’z mehnatlari orqali ta’sir 

ko’rsatadilar,  o’z  mexnatlari  bilan  tabiatni  o’zgartiradilar.  Yurtboshimiz  Islom 

Karimovning  “Ona  zaminimiz–boyligimizning  mustaqilligimizningva  go’zal 

kelajakka  ishonchimizning  asosiy  manbaidir”  degan  so’zlariga  asoslanib,  inson 

tabiat  bilan  tirik  deyish  mumkin[2].  Tabiatni  e’zozlash,  ona-zaminimizning  har 

bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida 

sharqona,  o’zbekona  ta’lim-tarbiya  hozirgi  davrda  ayniqsa,  dolzarb,  o’ta 

axamyatlidir.  Demak,  o’quvchilar  ongiga  ekologik  madaniyat,  tabiatga 

muhabbatni  uyg’otishda,  avvalo  tarbiyachilarning  o’zi  shunday  bilimga  ega 

bo’lishi  kerak,  shu  nuqtai  hazardan  bo’lajak  pedagoglar  ongiga  tabiatni 

muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish 

maqsadga  muofiq.  Tabiatni  muhofaza  qilishda  ishtirok  etishni  quyidagicha 

ifodalash 

mumkin. 


Biz 

pedagoglar 

tabiatga 

bo’lgan 


munosabatni 

o’zgartirmasdan  boshqalardan  buni  talab  qila  olmaymiz,  tabiat  bizdan  faqat 

yordam  kutadi  va  biz  buni  bajarishga  majburmiz.  Chunki  tabiat  insonsiz 


 

11

 



yashashi  mumkin,  ammo  inson  tabiatsiz  yashay  olmaydi.  Agar  inson  tabiatni 

halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan 

o’tgan  haqiqatdir.  Tabiat  o’ziga  qilingan  har  qanday  mexribonlikni  ham, 

shavqatsizlikni  ham  unutmaydi.  Zero,  tabiat  shoir  aytganidek,  necha  yillardan 

buyon  insonga  xizmat  qiladi.  1992  yil  9  dekabrda  “Tabiatni  muhofaza  qilish 

to’g’risida”  qonun  qabul  qilindi.  Ana  shu  qonunda  tabiatni  tabiatni  muhofaza 

qilishda  xalqaro  aloqalar  va  birgalikda  faoliyat  yuritish  masalalari  ham 

kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi 

tuzgan  Xalqaro  shartnomada  ushbu  qonundagidek  yoki  O’zbekiston 

Respublikasiningtabiatni  muhofaza  qilishga  doir  boshqa  qonun  xujjatidagidan 

o’zga  qoidalar  belgilangan  bo’lsa,  xalqaro  shartnoma  qoidalari  qo’llaniladi[1]. 

O’zbekiston  Respublikasining  qonunlarida  bir  muncha  qattiqroq  talablar 

belgilangan hollar bundan mustasno-chizma- 

 

 



      

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

    Ifloslangan  atmosfera  havosi,  suv  xavzalari,  uchib    yuruvchi    mikroblar    va 

xayvonlar  davlat  chegarasini  bilmaydi.  Bu  hol  birgina  davlatni  emas,  balki 

Akademik 

litseylar 

Maktablar 

Davlat 

Oliy o’quv 



yurtlari 

Hukumat 


o’rganlari 

Kasb-hunar 

kollejlari 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish