Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Download 366 Kb.
bet1/5
Sana17.03.2017
Hajmi366 Kb.
#4749
  1   2   3   4   5
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA

UNIVERSITETI
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo’nalishi
«Himoyaga ruxsat etilsin»

Boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani

_________ prof. B.S.Abdullayeva

«___»_____________2014-y.

Mavzu: “ O‘zbek bolalar yozuvchilari asarlarida qo‘llangan ma’lum bir bo‘lakni izohlovchi qo‘shma gaplar haqida (Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlar asosida)”

B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I


IV bosqich 403-guruh

talabasi Sulaymonova Umida

Ilmiy rahbar: M.A.Hamrayev

Taqrizchi:___________________


«Himoyaga tavsiya etilsin»

“Boshlang’ich ta’lim metodikasi”

kafedrasi mudiri, dots. Sadikova A.V.

__________________



«____» ___________ 2014-yil
TOSHKENT – 2014
MUNDARIJA

Bo‘limlar va bo‘limchalar

beti

Ishning umumiy tavsifi…………………………………………………

3

Kirish. Ergashgan qo‘shma gaplar haqida umumiy ma’lumot...............

8

I BOB. BOSH BO‘LAKLARNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLAR....................................................................................................


17

1.1. Bosh gapdagi egani izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari.......

17

1.2. Bosh gapdagi kesimni izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari...

24

II BOB. IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLAR..................................................................................


31

2.1. Bosh gapdagi to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari.................................................................................................


31

2.2. Bosh gapdagi aniqlovchini izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari...............................................................................................


37

III BOB. BOSH GAPDAGI MA’LUM BIR BO‘LAKNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLARNI BELGILASH USULLARI.



44

3.1. Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab belgilash usullari............................

44

3.2. Qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish orqali belgilash usullari..........

47

UMUMIY XULOSALAR...........................................................................

53

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI .............................

54



ISHNING UMUMIY TAVSIFI

Mavzuning dolzarbligi. Milliy istiqlol tufayli porloq istiqbol sarhadlari sari dadil qadam tashlayotgan mustaqil davlatimizning bugungi taraqqiyotida ma’naviy qadriyatlar tizimi va ilm-fanning o‘rni har qachongiga nisbatan yanada ortdi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, “Ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi…“1.

Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishsish ostonasida” kitobidan o‘rin olgan “Til elni birlashtirishi lozim” mavzusidagi ma’ruzasida ona tilimiz haqida shunday deyiladi: “…o‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi”2 degan fikri ona tilining jamiyatdagi muhim vazifasining ayni ifodasidir.

Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan “Davlat tili”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va shu asosda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi davlatyimizning ilm-fanga va ta’limga bo‘lgan katta g‘amxo‘rligi belgisidir.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish asosiy maqsad qilib olingan3.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch“ asarida: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak“4,-deb ta’kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yilni “Sog‘lom bola yili“ deb e’lon qilishi, uning dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarini belgilash to‘g‘risida”gi farmoyishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni fan asoslari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.

Milliy dasturda ta’kidlanganidek, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ona tilini o‘qitish sifatini yuqori darajaga ko‘tarish masalasi qayd etilgan.

O‘quvchilarda gapga lingvistik munosabatni o‘stirishda o‘rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o‘rgatish va mustahkamlashda ko‘rgazmalilik, onglilik, bilim, ko‘nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o‘quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik, o‘qitishni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog‘lab olib borishga rioya qilish muhimdir. Badiiy asar matnining lingvistik tahlili tilni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, badiiy matnda qo‘llangan ergashgah qo‘shma gaplarni aniqlash va tahlil qilish ularda ifodalangan mazmunni to‘g‘ri o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Biroq shu kunga qadar boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lgan emas. Bu biz tanlagan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.



Mavzuning o‘rganilish darajasi. Tilning jamiyatdagi o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch“ asarida juda to‘g‘ri ta’riflaganlar: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir“5.

Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir“,- degan so‘zlari tag zamirida har bir xalq vakili o‘z ona tilisini o‘rganishi bilishi va uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi zarur degan ma’no yotibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “Biz ajdodlarimizdan avlodlarimizga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. … Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba’zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalaning dolzarb bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi“6 - deb ta’kidlaydi.

Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lmagan bo‘lsa-da, boshqa matnlarda ular nazariy jihatdan tilshunoslar timonidan keng o‘rganilgan.

Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “O‘zbek tili grammatikasi”, A.G‘ulomov va M.Asqarovalarning ” Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida, M. Asqarovaning ”Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari”da, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlarning “O‘zbek tili” darsligida, U.Tursunov , J. Muxtorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, U. Tursunov, J.Muxtorov, Sh. Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida, SH.Rahmatullayevning “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” kitobida7 , 9-sinflar uchun yozilgan “Ona tili” darsligida8 bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplar haqida keng va atroflicha ilmiy ma’lumot berilgan. Lekin mazkur muammo boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlar asosida maxsus o‘rganilmagan.

Tadqiqotning obyekti boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlar hisoblanadi.

Tadqiqot materiali bo‘lib boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplar bo‘yicha to‘plangan misollar xizmat qiladi.

Tadqiqotning nazariy asosi. Ona tili bo‘yicha nashr etilgan darslik va qo‘llanmalar, tilshunos olimlarning ilmiy asarlari nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.

Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”da matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning grammatik xususiyatlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarning gap mazmunini to‘g‘ri anglashlariga erishish.

Tadqiqotning vazifasi:

1. Mavzuga doir ilmiy-nazariy adabiyotlarni o‘rganish va ulardan ijodiy foydalanib mavzuni yoritish.

2. Boshlangich sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning grammatik xususiyatlarini misollar bilan nazariy asoslash.

3. Topilgan misollar asosida bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning turini belgilash ususllarini ishlab chiqish.

4. Izlanishlarimiz asosida bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari yuzasidan umumiy xulosalar ishlab chiqish.

Tadqiqot metodlari bo‘lib tavsifiy tahlil metodi, qiyoslash metodlari xizmat qildi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. “O‘qish kitobidagi” matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning grammatik xususiyatlari birinchi marta tekshirildi.

Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”da matnlarda qo‘llangan bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning grammatik xususiyatlarini o‘rganish matn mazmunini o‘quvchilarga tushuntirishda qo‘l keladi; 2) boshlang‘ich sinf ”O‘qish kitobi” uchun matnlar tanlashga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibi quyidagilardan iborat: “Kirish“, 3 bob, “Xulosa“ va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

KIRISH

Ergashgan qo‘shma gaplar haqida umumiy ma’lumot

Gap va uning xususiystlari tilning sintaksis bo‘limida o‘rganiladi. Shuning uchun gap sintaktik birlik sanaladi. Mazmun va ohang jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lanmasi yoki yakka so‘z gap deyiladi.

O‘zbek tilida gaplar turli belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:

1. Ifoda maqsadiga ko‘ra.

2. Emotsionalikka ko‘ra.

3. Tuzilishiga ko‘ra.

Ilmiy ishimiz mavzusi nuqtai nazaridan bizni gaplarning tuzilish jihatdan turlari qiziqtiradi. Gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda gaplar va qo‘shma gaplarga bo‘linadi.

Sodda gaplar bitta grammatik asosdan tashkil topadi. Masalan: Maxfiy quyonchilik fermasining a’zolari maydon o‘rtasida turishar edi. (X.To‘xtaboyev,”Omonboy va Davronboy sarguzashti”. 71-bet.)

Qo‘shma gap ikki sodda gapdan tuziladi. Bunday gapda ikkita ega+kesim munosabati bo‘ladi. Ikki gap mazmunan va ohang jihatdan nisbiy tugallikni ifodalaydi. Masalan: Davronboy to‘satdan mashinaning signalini qttiq chalib yubordiki, mashinaning soyasida o‘y surib o‘tigan shofyor amaki ikki qo‘li bilan qulog‘ini berkitdi. (X.To‘xtaboyev,”Omonboy va Davronboy sarguzashti”. 71-bet.)

“O‘zbek tili grammatikasi”da qo‘shma gap haqida shunday deyilgan: “Shaklan qo‘shma gap birdan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topgan bo‘lsa ham, bu sodda gaplar mazmunan yaxlit holda birikib, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi”9. Ko‘rinib turibdiki, qo‘shma gap gaplarning oddiy yig‘indisi emas. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-birini yoki biri ikkinchisini mazmunan izohlaydi. Qo‘shma gap tarkibidagi gaplar grammatik tomondan ham bir-birlariga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi bir gapning intonatsiyasi va har ikki gap orasidagi pauza ikkinchi bir gapning mavjudligini bildirib turadi.

M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldoshevalarning “Ona tili” darsligida ham “Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi” deyiladi: Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol)10.

Qo‘shma gaplar sodda gaplar orasidagi mazmun munosabatlari, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

1. Bog‘langan qo‘shma gaplar.

2. Ergashgan qo‘shma gaplar.

3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar11.

Qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lishda ularning tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro birikish usuli va semantik munosabati hisobga olingan. Masalan:



Ilm eskirmaydi, chirimaydi, nobud bo‘lmaydi, lekin mol-mulk chiriydi... (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 59-bet) Ey, otajon, avvalambor sizga shuni aytayki, eng kenja o‘g‘lingizning bergan javobi to‘g‘ri javobdir. (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 58-bet.) Sen o‘z ota-onagni bilmaysan, biz ham senga haqiqiy ota-onangni bildirmadik. (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 77-bet.) Birinchi qo‘shma gap qismlari lekin zidlov bog‘lovchisi vositasida bog‘langan, bu bog‘lovchi sodda gaplarning o‘zaro teng munosabatini ko‘rsatib turadi. Ikkinchi gapning qismlari –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi orqali bog‘langan. -ki ergashtiruchi bog‘lovchisi ikkinchi gapni – ergash gapni birinchi gapga – bosh gapga tobelik yo‘li bilan bog‘lagan. Uchinchi gapning qismlari o‘zaro hech qanday bog‘lovchi vositasiz - faqat intonatsiya (ohang) orqali birikkan. Shunig uchun birinchi gap bog‘langan qo‘shma gap, ikkinchi gap ergashgan qo‘shma gap, uchinchi gap bog‘lovchisiz qo‘shma gap sanaladi.

Bizning o‘rganish obyektimiz ergashgan qo‘shma gaplar bo‘lgani uchun quyida uning belgilari, xususiyatlariga to‘xtalamiz.

“Ergashgan qo‘shma gaplar fikriy, grammatik va intonatsion butunlikdan iborat bo‘lib, ularning tarkibidagi komponentlar biri ikkinchisiga tobe bo‘ladi. Bunday qo‘shma gaplarning qismlari asosan ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, so‘z birikmalari, tobelanish intonatsiyasi kabi vositalar orqali birikadi”12.

M.Asqarova “Hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar” monografiyasida “Ergashgan qo‘shma gaplar teng huquqli bo‘lmagan komponentlardan tashkil topadi”13 deydi.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida ergashgan qo‘shma gaplarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gap hisoblanadi”14.

Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar biri ikkinchisiga mazmunan, grammatik va intonatsiya jihatdan tobe bo‘lib, uni aniqlash, to‘ldirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuning uchun ham qismlardan biri hokim, ikkinchisi tobe sanaladi. Bunda ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi hokim qism bosh gap, tobelanib kelgan qism esa ergash gap deb yuritiladi. Masalan: Hurmatli padarim, sizga javobim shuki, ilm degani qo‘lga ilinmaydi, kissangizga pul bo‘lib ham kirmaydi. (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 56-bet.) Birinchi gap bosh gap, ikkinchi gap ergash gap. Ergash gap bosh gapning kesimi ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi yordamida bog‘langan.



Donoga quyidan, poygakdan o‘rin tegsa, o‘sha poygak to‘rdan ham baland hisoblanadi. (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 35-bet.) gapida birinchi gap ergash gap, ikkinchi gap bosh gap. Ergash gap bosh gapning mazmunini izohlab kelgan. Ergash gap bosh gapga shart mayli qo‘shimchasi -sa yordamida bog‘langan.

Bosh gapning kesimi shaxs-son jihatdan to‘liq shakllangan bo‘ladi. Ergash gap kesimining shakllanishi uning o‘rniga bog‘liq holda ikki xil bo‘ladi. Ergash gap bosh gapdan oldin kelsa, uning kesimi tugal shaklanmagan bo‘ladi, undagi bog‘lovchi qo‘shimcha yana gapning davomi borligini ko‘rastib turadi. Ergash gap bosh gapdan keyin kelsa, uning kesimi shaxs-sonda to‘liq shakllangan bo‘ladi. Bu yuqoridagi gaplardan ko‘rinib turibdi.

Ergash gaplar bosh gapning biror bo‘lagini yoki butun hammasini izohlaydi. Bosh gapning biror bo‘lagini izohlaydigan ergash gap gap bo‘laklariga yaqin bo‘ladi. Bosh gapni butunicha izohlaydigan ergash gaplar esa, gap bo‘laklariga mos kelmaydi.

Quyidagi misolda ergash gap bosh gapni butunicha izohlab, aniqlab, to‘ldirib kelgan: So‘zlari yaxshi bo‘lsa, uning yuzi suvli bo‘ladi (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 35-bet.) gapida “uning yuzi suvli bo‘ladi” - bosh gap, “So‘zlari yaxshi bo‘lsa” - ergash gap. Ergash gap bosh gapni shart munosabatiga ko‘ra butun holda izohlagan.

Quyidagi misolda ergash gap bosh gapdagi bitta bo‘lakni izohlab kelgan: Siz nimani istasangiz, shuni muhayyo qilaman (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 35-bet.) gapi tarkibidagi ergash gap (Siz nimani istasangiz) bosh gapdagi to‘ldiruvchi (shuni) ni izohlagan.

Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “Ona tili” darsligida ham ergash gaplar bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlashiga ko‘ra ikki turga ajratilgan. Ya’ni ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, ergash gap ikki katta guruhga bo‘linadi: 1) bosh gapning biror qismi (bo‘lagi)ni izohlovchi ergash gaplar; 2) bosh gapni butunligicha izohlovchi ergash gaplar.

Bosh gapning biror bo‘lagini izohlaydigan ergash gaplarga ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gaplar; bosh gapni butun holda izohlovchi ergash gaplarga payt, o‘rin, sabab, maqsad, shart, to‘siqsiz, ravish, miqdor-daraja, o‘xshatish, natija ergash gaplar kiritilgan15.

“O‘zbek tili grammatikasi”da shuning uchun bog‘lovchisi bilan bog‘langan ergash gapli qo‘shma gap haqida quyidagicha fikr bildirilgan: “Bog‘lovchi sostavidagi shuning olmoshi ergash gapning mazmunini jamlashtirib beradi. Ergash gap bosh gap sostavida kelgan shuning uchun so‘zining ko‘rsatish olmoshli qismini izohlaydi. Bu yordamchi bosh gap sostavida kelib, uning kesimiga nisbatan sabab holi vazifasini bajaradi. Ergash gap sabab holi vazifasidagi shuning uchun so‘zining ma’nosini konkretlashtirib keladi”16.

Agar yuqoridagi fikrga tayanilsa, quyidagi tipdagi ergash gaplarni bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gapga kiritish kerak bo‘ladi. Masalan: Davlatmand odamning ko‘ngli toshday qattiq bo‘ladi, shuning uchun ular qo‘l ostidagi odamlarni urib, so‘kib ishlatadilar. (4-sinf. ”O‘qish kitobi”, 59-bet.) Birinchi gap ergash gap, ikkinchi gap bosh gap. Ergash gap bosh gap mazmunini sabab jihatidan aniqlashtirib kelyapti.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida ergashgan qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lingan:

a) ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar (ergashtituvchi bog‘lovchiga –ki kiritilmagan);

b) ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar;

d) shart mayli (-sa) vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar;

e) ko‘rsatish olmoshili qo‘shma gaplar;

f) deb so‘zi yordamida qo‘shma gaplar;

g) nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar17.

Tarkibida ko‘rsatish olmoshi bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar: kesim ergash gapli qo‘shma gaplar; ega ergash gapli qo‘shma gaplar; to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar; aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarga deb nomlangan. Ularga “Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo‘lagi o‘rniga qo‘yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin bo‘ladi. Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. - Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi18 kabi izoh berilgan. Ergashgan qo‘shma gaplarning qolgan turlari “Hol ergash gapli qo‘shma gaplar” deb nomlangan19.

“Ona tili grammatikasi”da ergashgan qo‘shma gap komponentlarini biriktiruvchi vositalar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: “Ergashgan qo‘shma gap komponentlarini biriktirishda ergashtiruvchi boglovchilar, fe’l formalari, yuklamalar, ko‘makchilar, bog‘lovchi so‘zlar, nisbiy so‘zlar, ayrim kelishik qo‘shimchalari, ba’zi so‘z yasovchi affikslar, payt bildiruvchi otlar, intonatsiya va tartib biriktiruvchi vositalar vazifasini bajaradi”20.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi vazifasiga ko‘ra uch guruhga ajratilgan:

1) sof bog‘lovchilar;

2) bog‘lovchi yuklamalar;

3) bog‘lovchi so‘zlar.

Sof bog‘lovchilarga -ki, chunki, shuning uchun, negaki, sababki, shekilli, go‘yo kabi so‘zlarni kiritilgan.

Bog‘lovchi-yuklamalar esa, ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasini bajaradi. Bu yordamchilarga gapning mazmunini kuchaytirish yoki gapga qo‘shimcha otteika berish uchun qo‘llanadigan agar, bor-di-yu, basharti, mabodo, toki kabi so‘zlar kiritilgan.

Bog‘lovchi so‘zlar o‘z leksik ma’nosini saqlagan holda qo‘shma gap qismlarini biriktiradi. Ularga demoq, bo‘lmoq kabi so‘zlar kiritilgan va ular bog‘lovchi so‘z deb nomlangan21.

M.Asqarova o‘zining “Hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar” monografiyasida ergashgan qo‘shma gaplar bosh gapga “ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar (belgilash, ko‘rsatish, so‘roq olmoshlari, o‘rin ravishlari), so‘z formalari, tobelanish intonatsiyasi va shunga o‘xshash grammatik vositalar orqali birikadi”22 deydi. Olima -ki yordamchisi haqida quyidagi fikrni bildiradi: “-ki yordamchisi qo‘shma gap tarkibida ham yuklama va bog‘lovchi vazifasida keladi. Yuklama vazifasida kelganda qo‘shma gap komponentlarining qismlari ichidagi ba’zi so‘zlarga qo‘shilib, ma’noni ta’kidlab, ayirib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi”23.

“Ona tili grammatikasi”da ergash va bosh gaplarning fe’lning funksional formalari (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi), ko‘makchilar, yuklamalar, payt bildiruvchi otlar yoki ravishlar, o‘rin kelishiklari qo‘shimchasi, nisbiy so‘zlar, intonatsiya bilan birikishini bog‘lovchisiz ergashish deb nomlaydi va bunday vositalar bilan bog‘langan qo‘shma gap bog‘lovchisiz qo‘shma gap emas, bu o‘rinda ergash gaplarning sof bog‘lovchilarsiz bog‘lanishi nazarda tutilgan deyiladi24.

M.Hamrayev ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita bo‘lmish “nisbiy so‘zlar“ ni “juftlikda qo‘llangan so‘roq olmoshlari o‘zining so‘roq ma’nolarini yo‘qotib, nisbiylik kasb etadi, lekin javob tariqasida ergashgan qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshlari deyktik (sof ishora) ma’nolarini yo‘qotmaydi. Shu sababli bu olmoshlarni “nisbiy so‘z” deb atash u qadar to‘g‘ri emas. Olimning fikricha, “so‘roq olmoshlari ishora qilinayotgan bo‘lakni ifodalasa, ko‘rsatish olmoshi deyktik belgi rolini bajaradi. Ular qo‘shma gap ichida bir-biri bilan o‘zaro mazmun jihatdan bog‘langan, shuning natijasida qo‘shma gap qismlarini ham mazmunan bog‘layotgan korrellyativ elementlardir”25 degan fikrni bildiradi.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida “Ergashgan qo‘shma gaplar bosh gapga ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli ); yuklamalar (-ki), nisbiy so‘zlar (kim - o‘sha, nima - shu, qayer - shu yer va b), deb so‘zi va boshqalar”26 vositasida bog‘lanadi deyiladi. –ki bog‘lovchi vosita kopgina adabiyotlarda ergashtiruvchi bog‘lovchiga kiritilgan. Bizningcha, shu fikrni to‘g‘ri deb qarash kerak.

Ergashgan qo‘shma gaplarda tobelanish intonatsiyasi va gap qismlarining tartibi ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi sintaktik vositalar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan27.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish