Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana27.10.2019
Hajmi1,2 Mb.
#24372
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida mashgulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari



 
О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О„RTA MAXSUS TA‟LIM 
VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
 
Qо„lyozma huquqida 
(UDK:372.2)  
 
Alisherzoda  Nurdonabonu Aqljon qizi 
 
“Maktabgacha ta‟lim muassasalarida 
mashg„ulotlar jarayonida  kompyuter slaydlaridan 
foydalanishning ilmiy – metodik asoslari” 
 
MAVZUSIDAGI 
 
Mutaxassislik: 5A111801 Maktabgacha ta‟lim  
 
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan  
 
 
DISSERTATSIYA 
 
 
 
 
Himoyaga tavsiya etaman 
Magistratura bо„limi boshlig„i 
______________ M.X.Esanov  
2014 yil, “___________” 
 
“Maktabgacha ta‟lim” kafedrasi 
Mudiri ____________________ 
p.f.n.dots. N.X.Yunusova 
 
Ilmiy rahbar ________________ 
p.f.n. , dotsent  G.E.Djanpeisova 
 
 
Toshkent-2014 


 
 
MUNDARIJA 
Kirish…………………………………………………………..……………3-9 
I  bob.    Maktabgacha  ta‟lim  muassasalarida  mashg„ulotlar  jarayonida  
kompyuter 
slaydlaridan 
foydalanishning 
nazariy 
asoslari……………………...10-40  
1. 
Multimedia 
texnologiyasidan 
foydalanishning 
ilmiy 
va 
pedagogik                                                                                                                      
asoslari……………………………………………………………………..10-25 
2.  Multimedia  texnologiyasining  pedagogik-psixologik  jixatlari,  tamoyillari  va 
о‗ziga 
xos 
xususiyatlari………………………………………………………………25-38 
3.Maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etishning  nazariy 
aspektlari……………………………………………………………………………...
38-40 
1  bob bо‗yicha xulosa……………………………………………………………..41 
II  bob.  Maktabgacha  ta‟lim  muassasalarida  mashg„ulotlar  jarayonida  
kompyuter slaydlaridan foydalanishning– metodik asoslari……………….42-79  
1.  Maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  mashgulot  shakllari,  mashgulot  mazmuni, 
metodlari,  va metodi……………………………..………………….42-53  
2.  Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida  kompyuter slaydlaridan foydalanish  metodikasi…………………..53-79 
2 bob bо‗yicha xulosa……………………………………………………………...80 
III  bob.  Maktabgacha  ta‟lim  muassasalarida  mashg„ulotlar  jarayonida  
kompyuter slaydlaridan foydalanishning tajriba sinov natijalari.................81-92 
1.  Tajriba-sinov  ishlariii  tashkiliy-tayyorgarlik  bosqichlari  va  о‗tkazish 
metodikasi...........................................................................................81 -86 
2.  Pedagogik  tajriba  -  sinov  ishlariiing  natijalari  va  ularning  statistik 
tahlili.................................................. .................................................68 -92 
3  bob bо‗yicha xulosa..............................................................................................93 
Xulosа.......................................................................................................................94 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati................................................................... 95-102  
Tayanch so`zlar lug`ati.  
Ilovalar 


 
 
KIRISH 
Mavzuning  dolzarbligi.  Respublikamizda  barkamol  avlodni  tarbiyalash, 
ëshlarning  intellektual  salohiyatini  rо‗yobga  chiqarish,  ularni  har  tomonlama 
rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish Respublika Prezidenti Islom Karimovning 
diqqat markazida turibdi. 2010 yil ―Barkamol avlod yili‖ deb e‘lon qilingani ham 
buning dalilidir. 
Barkamol  avlodni  shakllantirish  dastlab  oilada,  sо‗ngra  maktabgacha  ta‘lim 
muassasasida  amalga  oshiriladi.  Bu  borada  Prezident  I.Karimovning  ―Yuksak 
ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch‖  asarida  ―Kо‗p  yillik  ilmiy  kuzatish  va  tadqiqotlar 
shuni kо‗rsatadiki, inson о‗z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 
foizini 5 yoshgacha bо‗lgan davrda olar ekan. 
Bolaning  ongi  asosan  5-7  yoshda  shakllanishini  inobatga  oladigan  bо‗lsak, 
aynan  ana  shu  davrda  uning  qalbida  oiladagi  muhit  ta‘sirida  ma‘naviyatning  ilk 
kо‗rtaklari  namoyon  bо‗la  boshlaydi‖
1
,  -  deb  ta‘kidlanadi.  Ushbu  fikrlar 
maktabgacha ta‘lim muassasa (MTM)lariga ham taalluqlidir. Chunki MTMlarning 
katta  va  maktabga  tayyorlov  guruhlarida  5-7  yoshli  bolalar  tarbiyalanadi. 
Bolalarning  intellektual  salohiyatini  shakllantirishning  boshlang‗ich  davri  ham 
xuddi ana shu yoshdan boshlanadi.  
О‗zbekiston 
Respublikasi 
―Ta‘lim 
tо‗g‗risida‖gi 
qonunining  
11-moddasida:  ―Maktabgacha  ta‘lim  bola  shaxsini  sog‗lom  va  yetuk,  maktabda 
о‗qishga  tayyorlangan  tarzda  shakllantirish  maqsadini  kо‗zlaydi.  Bu  ta‘lim  olti-
yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘i  nazar boshqa 
ta‘lim muassasalarida olib boriladi‖
 2
,-deyilgan. 
О‗zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da maktabgacha 
ta‘lim  –  uzluksiz  ta‘lim  tizimining  birinchi  turi  ekanligi  va  ―maktabgacha 
ta‘limning  samarali  psixologik-pedagogik  uslublarini  izlash  va  joriy  etish‖ 
zarurligi  ta‘kidlangan.  Shuningdek,  4.9-moddasida  ―barcha  bosqichdagi  ta‘lim 
                                                 
1
  Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. –  T.: Ma‘naviyat,  2008.– 53-b. 
2
 О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonuni // Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. – T.: Sharq, 1998. – 23-b. 


 
jarayonlarini  kompyuterlashtirish  va  axborotlashtirish  amalga  oshiriladi‖
  3
,-deb  
aytilgan. 
I.A.Karimovning 
О‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasi 
qabul 
qilinganligining 17 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: ―Ta‘lim 
sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli 
va  keng  formatli  telekommunikatsiyalarning  zamonaviy  usullarini  о‗zlashtirish, 
bugungi  taraqqiyot  darajasini  belgilab  beradigan  bunday  ilg‗or  yutuqlar  nafaqat 
maktab, litsey va kollejlar, oliy о‗quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng 
kirib  borishi  uchun  zamin  tug‗dirishning  ahamiyatini  chuqur  anglab  olishimiz 
lozim‖,
 4
-deya ta‘kidlagan. 
Shuningdek, ―Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturida ―Ta‘lim jarayoniga yangi 
axborot-kommunikatsiya  va  pedagogik  texnologiyalarni,  elektron  darsliklar, 
multimedia  vositalarini  keng  joriy  etish  orqali  mamlakatimiz  maktablarida,  kasb-
hunar  kollejlari,  litseylari  va  oliy  о‗quv  yurtlarida  о‗qitish  sifatini  tubdan 
yaxshilash‖  va  ―har  bir  maktabgacha  muassasani  о‗yinli  va  bilish  bilan  bog‗liq 
multimedia dasturi‖ bilan ta‘minlash kо‗zda tо‗tilgan
5
.  
О‗zbekiston  Respublikasining  ―Maktabgacha  ta‘lim  konsepsiyasi‖da  ham 
maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  ilg‗or  pedagogik  va 
axborot  texnologiyalarini  joriy  etish  va  tarbiya  jarayonining  samaradorligini 
oshirish zarurligi kо‗zda tо‗tilgan. 
Yuqorida  baën  qilingan  dalillar  MTM  bolalarida  boshlang‗ich  kompyuter 
savodxonligini  shakllantirish,  ularni  kompyuter  bilan  elementar  tarzda  muomala 
qilishga  о‗rgatish  va  maktab  ta‘limiga  tayyorlash      dolzarb  masalalaridan  biri 
ekanligini kо‗rsatadi. 
MTMlarida  multimedia  texnologiyasidan  foydalanishdagi  muammolardan 
yana biri ilg‗or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta‘lim-tarbiya 
                                                 
3
  О‗zbekiston  Respublikasining  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  //  Barkamol  avlod  -  О‗zbekiston 
taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1998. – 57-b. 
4
  Karimov  I.A.  О‗zbekiston  Konstitusiyasi  -  biz  uchun  demokratik  taraqqiët  yо‗lida  va  fuqorolik  jamiyatini 
barpo  etishda  mustahkam  poydevordir.  О‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  О‗zbekiston  Respublikasi 
Konstitusiyasi  qabul  qilinganligining  17  yilligiga  bag‗ishlangan  tantanali  marosimda  sо‗zlagan  ma‘ruzasi.  //  Xalq 
sо‗zi. 2009 yil. 6 dekabr.    
5
 ―Barkamol avlod  yili‖ Davlat dasturi. - T.: О‗zbekiston, 2010. –B. 8-32. 


 
jarayoni  samaradorligini  oshirish  metodikasini  ishlab  chiqish,  unga  mos 
ishlanmalar  yaratish  hamda  amaliyotga    joriy  qilish  zarurligidir.  Shuning  uchun, 
MTMlarida 
multimedia 
texnologiyasidan 
foydalanishning 
о‗ziga 
xos 
xususiyatlarini  о‗rganish,  texnologiyalarni  joriy  etish  jarayonida  bolalar  yoshini 
hisobga  olish  va  mos  holda  didaktik  materiallarni  tanlash,  ta‘lim  jarayonida 
bolalarga  pedagogik  va  psixologik  ta‘sir  etish  usullarini  о‗rganish  va  amaliyotga 
joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.  
Tadqiqot obyekti: maktabgacha ta‘lim muassasalarining maktabga tayyorlov 
guruhlarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar  jarayonida    kompyuter 
slaydlaridan foydalanib  ta‘lim-tarbiyani amalga oshirish jarayoni.  
Tadqiqot  predmeti:  maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  elementar 
matematika mashg‗ulotlar  jarayonida  kompyuter slaydlaridan foydalangan holda 
bolalarga  ta‘lim-tarbiya  berish,  ularda  boshlang‗ich  kompyuter  savodxonligini 
shakllantirish usul, vosita va metodlari. 
Tadqiqot  maqsadi:  maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  mashg‗ulotlar 
jarayonida    kompyuter  slaydlaridan  foydalanishning    ilmiy-metodik  asoslarini 
yaratish,  ularni  elementar  matematika  mashg‗ulotlar    jaraëniga  joriy  etgan  holda 
samarali ta‘lim tarbiya berish metodikani ishlab chiqish.  
Tadqiqot vazifalari: 
- maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida    kompyuter  slaydlaridan  foydalanishga  oid  pedagogik,  psixologik  va 
metodik adabiyotlarni о‗rganish; 
- maktabga  tayyorlov  guruhlari  uchun  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida    kompyuter  slaydlaridan    foydalanishning  metodik  ta‘minoti 
(mashg‗ulot  shakllari,  mazmuni,  metodikasi,  multimedia  vositalari,  relaksatsiya 
vaqti va baholash mezoni)ni yaratish; 
- psixologik  xususiyatlarini  e‘tiborga  olgan  holda  elementar  matematika 
mashg‗ulotlar jarayonida  kompyuter slaydlaridan foydalanib, maktabgacha ta‘lim 
muassasalari  tarbiyalanuvchilarining  boshlang‗ich  kompyuter  savodxonligini 
shakllantirish metodikasini ishlab chiqish;   


 
-  ishlab  chiqilgan  metodikaning  samaradorligini  aniqlash  bо‗yicha  tajriba-
sinov ishlarini о‗tkazish. 
Tadqiqotning 
ilmiy 
farazi: 
maktabgacha 
ta‘lim 
muassasalarida  
mashg‗ulotlar samaradorligi oshadi, agar:  
- elementar  matematika  mashg‗ulotlar  jarayonida  kompyuter  slaydlaridan 
foydalanishning ta‘limni amalga oshirishning metodik asoslari ishlab chiqilsa; 
- kompyuter  slaydlar    ishlab  chiqilsa  va  ulardan  elementar  matematika 
mashg‗ulotlar jarayonida  didaktik vositalar sifatida foydalanilsa; 
- 6 7 yoshli tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligi shakllantirilsa
- multimediaga  asoslangan  kompyuterli  ta‘lim  metodikasi  ishlab  chiqilib, 
maktabgacha ta‘lim muassasalarining  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga tatbiq etilsa. 
 
Muammoning 
о„rganilganlik 
darajasi. 
MTMlarida 
multimedia 
texnologiyasidan  foydalanishning  tub  mazmuni  –  multimediaga  asoslangan 
kompyuterli ta‘lim bо‗lgani uchun, birinchi navbatda tahlilni kompyuterning ta‘lim 
jarayoniga kirib kelishidan boshlash maqsadga muvofiqdir. 
 
Rossiya  oliy  ta‘limida  multimedia  texnologiyasi  va  kompyuterli  ta‘limdan 
foydalanish  bо‗yicha  N.M.Klimeshova,  N.N.Ogolsova,  S.L.Novoselova, 
N.F.Talizina, maktabgacha ta‘lim bо‗yicha S.V.Guryev, L.A.Savina,  N.Z.Florova, 
M.V.Osmakova, O.G.Smolyaninovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan. 
Multimedia  texnologiyasidan  ta‘lim  jarayonida  foydalanish  bо‗yicha  AQShda  
D.Jonassen,  R.Grabindger,  S.Carver,  R.Lehrer,  D.Davidson,  A.Mullan  va 
boshqalar  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borishmoqda.  Masalan,  A.Mullan  ishlarida 
ta‘lim  tizimida  kompyuter  о‗qitishning  rivojlantiruvchi  vositasi  ekanligi 
ta‘kidlanadi. 
Ta‘lim  sohasining  turli  bosqichlarida  multimedia  texnologiyasidan 
foydalanish  bо‗yicha  YE.YE.Voronova,    V.P.Kustova,  N.S.Anisomova, 
M.Ryabsev,  S.Adilova,  N.I.Tayloqov  va  boshqalar  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib 
borganlar.  Shuningdek,  respublikamizning  A.A.Abduqodirov,  M.M.Aripov, 
T.R.Azlarov,   A.I.Ashirova,    U.SH.Begimqulov, T.F.Bekmurodov, R.R.Boqiyev, 
F.M.Zakirova, 
H.Z.Ikromova, 
M.E.Mamarajabov, 
B.B.Mо‗minov, 


 
X.A.Tо‗raqulov,  U.Y.Yuldashev,  A.G‗.Hayitov,  S.S.G‗ulomov  kabi  olimlari 
ta‘limda  kompyuterlardan  foydalanishning  turli  muammolarini  о‗rganganlar.  
G.E.Djanpeisova  turli  texnologiyalardan  foydalanib,  MTM  bolalarida  matematik 
bilimlarni  shakllantirishning optimal  metodikasini bergan.  
 
MTMlarining  maktabga  tayyorlov  guruhlarida  an‘anaviy  metodika  asosida 
savodga  tayyorlash,  elementar  matematik  bilim  berish,  ekologik  ta‘lim    bо‗yicha 
O.Boltaboyeva,  N.Alimov,  N.Bikbayeva,  N.Umarova,  M.Xalilova  va  boshqa 
pedagog-olimlarning uslubiy ishlarida e‘tibor qaratilgan.   
 
Multimedia  vositalarini  yaratish  va  ulardan  ta‘lim-tarbiya  jarayonida 
foydalanishga qaratilgan kо‗plab ilmiy-tadqiqotlar olib borilganligiga qaramasdan, 
ularning  ichida  maktabgacha  ta‘lim  muassasalariga  yо‗naltirilganlari  yetarlicha 
emas.  Sanalgan  ushbu  holatlar  dissertatsiya  mavzusini  ―Maktabgacha  ta‘lim 
muassasalarida  multimedia  texnologiyasidan  foydalanishning  ilmiy-metodik 
asoslari‖ deb tanlanishiga asos bо‗ldi.    
  Tadqiqot  metodlari:  tahlil,  dialog,  analogiya,  pedagogik  kuzatish,  pedagogik 
eksperiment,  test  sinovlari,  umumlashtirish,  matematik  statistika,  anketa,  savol-
javob. 
    Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: 
- maktabga  tayyorlov  guruhlari  elementar  matematika  mashg‗ulotlarida 
kompyuter slaydlaridan foydalanishning metodik ta‘minoti; 
- maktabga 
tayyorlov 
guruhlari 
tarbiyalanuvchilarining 
kompyuter 
savodxonligini shakllantirish metodikasi; 
-     maktabgacha  ta‘lim  muassasalarining  maktabga  tayyorlov  guruhlari 
elementar matematika mashg‗ulotlari jarayonida ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinli  
kompyuter masalalari va ulardan foydalanish metodikasi;   
- maktabgacha  ta‘lim  muassasalarining  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayoniga mо‗ljallangan kompyuter  slaydlari. 
 
 


 
  Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: 
- elementar  matematika  mashg‗ulotlar  jarayonida    kompyuter  slaydlaridan 
maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  foydalanishning  ilmiy 
asoslanishida; 
- elementar  matematika  mashg‗ulotlar  jarayonida    kompyuter  slaydlaridan 
foydalanishning pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishda;  
- maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida  kompyuter slaydlaridan foydalanishning о‗ziga xos xususiyatlari ochib 
berilganligida; 
- maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida    kompyuterli  ta‘limiy  о‗yinli 
masalalardan  foydalanish metodikasi ishlab chiqilganligida; 
- maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida    kompyuter  slaydlaridan  foydalanish  sharoitida  tarbiyalanuvchilarning 
о‗zlashtirish darajasini baholash mezonini ishlab chiqishda; 
- multimediali  kompyuterli  ta‘limda  vaqt  tejash  hisobiga  an‘anaviy  usulga 
nisbatan kо‗proq material о‗rgatilishi va mazmunining chuqurlashtirilishida; 
- maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  kompyuter 
slaydlaridan  foydalanish  metodikasi  ishlab  chiqilishi  va  tarbiyachilar  uchun 
metodik tavsiyalar berilishida; 
- besh yо‗nalish bо‗yicha mashg‗ulotlar  о‗tkazish metodikasi ishlab chiqilishi 
va amaliyotga joriy etilganligi bilan aniqlanadi. 
Ishning ilmiy yangiligi: 
1. Maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida    kompyuter  slaydlaridan  foydalanishning  pedagogik  va  psixologik 
jihatlari asoslab berildi; 
2. Maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  elementar  matematika  mashg‗ulotlar 
jarayonida  kompyuter slaydlaridan foydalanishning metodik ta‘minoti yaratildi; 
3. Kompyuterli  ta‘limiy  va  rivojlantiruvchi  о‗yinli  masalalar    yaratildi. 
Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi ishlab 
chiqildi. 


 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Disssertatsiya kirish, uch bob,  xulosa 
va  tavsiyalar,  foydalanilgan  adabiyotlar  rо‗yxati  hamda  ilovalardan  iborat  bо‗lib,  
jami  65 sahifani tashkil etadi. 
 
 
 
 
 
 
 

10 
 
1  bob.  Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida  
kompyuter slaydlaridan foydalanishning nazariy asoslari 
1.Multimedia texnologiyasidan foydalanishning ilmiy va pedagogik asoslari 
Multimedia  texnologiyasining  yaratilish  bosqichlari  va  tatbik  etish  soxalari 
Ushbu  ilmiy-tadkikot  ishining  maksadlaridan  biri  -  maktabga  tayyorlov  guruxi 
bolalarida  kompyuter  savodxonligiii  shakllantirish,  axborot  va  multimedia 
texnologiyasi,  Internet  bо‗yicha  ilk  tushunchalar  hamda  tasavvurlar  berish 
metodikasiga 
karatilgan. 
Shulardan 
dastlabkisi 
multimedia 
texnologiyasi 
xisoblanadi. 
Axborot  texnologiyalarining  tezkorlik  bilan  rivojlanishi  natijasida  multimedia 
texnologiyasi 
yaratildi 
va 
turli 
soxalarda 
kullanila 
boshlandi 
[6,28,13,96,72,73,75,77]. 
MTMlari 
ta‘lim-  tarbiya  jarayonida  multimedia 
texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish uchun avvalo, multimedia tо‗g‗risida 
asosiy tushunchalarni karab chikamiz.
6
 
1. 
Multimedia  atamasining  lugaviy  ma‘nosi  [multum+medium]  (yoki  [ingl. 
multi+media]) kabi ikkita sо‗z yigindisidan tashkil topgan bulib, multi - kup, media - 
muxit  manosini  anglatadi.  Atama  ilmiy  va  о‗quv  adabiyotlarida  ―kup  vositalilik‖, 
―multimedia  muxiti‖,  ―kupkatlamli  muxit‖,  ―multimedia  -  bittadan  kup  bо‗lgan 
mediadir‖,  ―maxsulot  tashuvchi  vosita‖,  ―ma‘lumot  tashuvchi  vosita‖    kabi  talkin 
kilinib kelinmokda, xatto, ayrim adabiyotlarda ―xozirgacha multimediani aniq ta‘rifi 
mavjud emasligi‖ ham e‘tirof etilgan.
7
 
Xozirgi  davrda  multimedia  atamasi  kup  kirrali  bulib,  turli  xil  tushunchalarni 
ifodalashga tatbik etilib kelinmokda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia 
maxsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi; multimedia didaktik vositasi 
va bo shkal ar shular jumlasidandir.
8
 
2. 
―Multimedia‖  tushunchasining  adabiyotlarda  yoritilgan  bir  nechta  ta‘rifini 
                                                 
6
 Арипов М. Информатика ва ахборот технологияси асослари.  - Т.: Университет, 2001.  - 36 б. 
7
  Абдукодиров  Л.А.,  Бегматова  Н.Х, -  Мактабгача  таълим  муассасаларида  мультимедиа 
технологиясидан фойдаланиш услубиёти (укув-услубий кулланма). - Карши: Насаф, 201 1. - 25 б. 
8
  Абдукодиров  Л.А.,  Бегматова  Н.Х, -  Мактабгача  таълим  муассасаларида  мультимедиа 
технологиясидан фойдаланиш услубиёти (укув-услубий кулланма). - Карши: Насаф, 201 1. - 25 б. 
 

11 
 
keltiramiz:  ―Multimedia  -  deganda  turli  shakldagi  ma‘lumot-  larni  kayga  ishlovchi 
vositalar  majmuasi  tushuniladi‖,  ―Multimedia  -  bir  vaqtning  о‗zida  turli 
kо‗rinishdagi  axborotlardan:  matn,  grafika,  tovush  va  boshkalardan  foydalanishni 
kuzda  tutgan  foydalanuvchi  interfeyeining  konsepsiyasi‖,  ―Multimedia  -  bu 
informatikaning  dasturiy  va  texnikaviy  vositalari  asosida  axborotning  an‘aiaviy  va 
original  turlari  asosida  о‗quv  materiallarini  о‗quvchilarga  yetkazib  berishning 
mujassamlashgan  xoldagi  kо‗rinishidir‖,  ―Multimedia  -  gurkirab  rivojlanayotgan 
zamonaviy  axborotlar  texnologiyayeidir‖  ,  ―Multimedia  -  bu  maxsus  texnologiya 
bulib,  dasturiy  va  texnik  moddiy  ta‘minot asosida  kompyuterda  bir  vaqtning  о‗zida 
matnli,  tasviriy  axborotni  tovushli  va  harakatli  xolda  (xattoki  videofilm  xolatida) 
ifodalash  imkoniyatidir‖,  ―Multimedia  -  tasvirli  ma‘lumotlar  bilan  ishlashga  kodir 
bо‗lgan  vosita  xisoblanadi‖,  ―Odatda  multimedia  deganda  turli  shakldagi 
ma‘lumotlarni  kayta  ishlovchi  vositalar  majmuasi  tushuniladi‖,  ―Multimedia  - 
kompyuter  tizimida  matn,  tovush,  videotasvirni  va  turli  animatsiyalarni 
mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar texnologiyayeidir‖. 
3. 
Multimedianing  mazmunini  tasavvur  etish  va  tushunish  uchun,  birinchi 
navbatda quyidagi ikkita takkoslashni keltirish maksadga muvofik: 
Birinchi  takkoslash.  Ma‘lumki  dexkonchilik  maxsulotlari  temir  yul  transporta 
vagonlariga  ortilib  markaziy  shaharlarga  junatiladi.  Buning  uchun,  birinchi  galda 
maxsulotlar, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, turp, sholgom, kovun, tarvо‗z 
va  boshkalarga  ishlov  berilib  (saralanib  va  tozalanib)  omborxonalarda  tuplanadi, 
sо‗ngra vagonlarga ortiladi. 
a)  Maxsulotni  vagonga  ortish  ikki  usulda  amalga  oshirilishi  mumkin:  1) 
vagonga  faqat  bir  turdagi  maxsulot,  masalan,  faqat  kartoshka  ortilishi  mumkin;  2) 
vagonga  bir  necha  turdagi  maxsulot  -  kartoshka,  piyoz,  karam,  sabzi,  turp  ortilishi 
mumkin. 
Shunday kilib, birinchi xolda bitta vagonda bir turdagi maxsulot, ikkinchi xolda 
esa bitta vagonda besh turdagi maxsulot junatiladi. 
b)  Iste‘molchi  ishlov  berilgan  va  omborxonada  tuplangan  maxsulotni  shu 
yerning о‗zida yoki muljalga yetib kelgan joyda iste‘mol qilishi mumkin. 

12 
 
Demak,  birinchi  xolda  vagondagi  maxsulotni  bir  tarkibli  maxsulot,  ikkinchi 
xolda esa kun tarkibli maxsulotlar majmuasi deb karashimiz mumkin. 
Ikkinchi  takkoslash.  MTM  tarbiyachisi  boshka  shahardagi  hamkasbiga  ish 
yuzasidan  xat  yuborishi  bilan  boglik  xol.  Xat  yuborish  uchun  dastlab  xat  matnini, 
fotosuratini,  ishga  doyr  bitta  jadval  va  bitta  sxema  tayyorlab  ularga  ishlov  beradi. 
Xatni yuborish esa ikki usulda amalga oshiriladi. 
1) 
Bitta konvertda odatdagidek faqat bitta xatni uzini joylashtirib  yuboradi. Bu 
bir turdagi maxsulot yuborishga о‗xshash bо‗ladi. 
2) 
Bitta  konvertda  xat  matnini,  uzining  fotosuratini,  tayyorlagan  jadval  va 
sxemasini  joylashtirib  yuboradi.  Bu  bitta vagonda  kup  turdagi maxsulot  yuborishga 
uxshab, konvert ichida ma‘lumotlar majmuasini yuborgan xisoblanadi.
9
 
Yuqorida  keltirilgan  takkoslashlardagi  misollarni  axborotlar  texnologiyasiga 
tatbik  etib  kuramiz.  Ma‘lumki,  multimediali  axborotlar  tizimiga  matn,  jadvallar, 
grafika,  nutk,  sxema,  musika  va  boshkalar  kiradi.  Ushbu  axborotlarni 
foydalanuvchilarga yuqoridagi tartibda ikki usulda uzatish mumkin. 
1) 
Har bir axborotni, masalan, matnni ma‘lum bir masofadagi foydalanuvchiga 
yoki  shu  joyning  о‗zidagi  foydalanuvchiga  bitta  diskga  bir  uzini  joylab  uzatish 
mumkin (odatdagi axborot). 
Shunday  kilib,  multimedia  mazmunidan  kelib  chiqqan  xolda  multimedia 
tushunchasining  quyidagi  ta‘rifini  keltirish  mumkin:  ―Multimedia  -  bir  nechta 
axborot  turlarini  kompioterda  ishlov  berish  natijasida  xosil  kilingan  va  bitta  diskga 
jamlangan axborot yigindisidir‖. 
Multimedianing  mazmuniga  yanada  oydinlik  kiritish  maksadida,  uni  ok 
yoruglik nuri bilan takkoslaymiz: 
1. 
Oq  yorug‗lik  nuri  murakkab  nur  bо‗lib,  yegtita  monoxromatik  (kizil, 
zargaldok, sariq, yashil, xavo rang, kо‗k, binafsha) nurlar yigindisidan iborat. 
2. 
Xuddi  shunga  о‗xshash  tula  multimediali  axborot  ham  yettita  tashkil 
etuvchilar  (matn,  tasvir,  jadvallar,  grafika,  audio,  video,  animatsiya)  yigindisidan 
                                                 
9
 Aripov M. Informatika va axborot texnologiyasi asoslari.  - T.: Universitet, 2001. - 36 b. 
 

13 
 
iborat bо‗ladi. 
4. 
Multimedianing  shakllanish  bosqichlari,  uning  asosiy  texnik  ta‘minoti 
(vositasi)  bо‗lgan  kompioterning  rivojlanishi  bilan  boglik.  Multimedianing  tashkil 
etuvchilari va ularning rivojlanish bosqichlari quyidagilardir: 
Matn  shaklidagi  tashkil  etuvchisi.  Dastlab  odamlar  yozuvlarni  toshga  uyib 
yozganlar,  kogoz  ixtiro  kilingach  parranda  pati,  kalam  va  ruchkalardan  foydalanib 
yozuv  ishlarini  amalga  oshirganlar.  Keyinchalik  yozuv  mashinasi  ixtiro  etilgach, 
uzoq  yillar  mobaynida  ulardan  foydalanib  kelindi.  Nixoyat,  kompyuterlarda  ―Matn 
muharriri‖ dasturi о‗rnatilgach, yozuv ishlari kompioterda bajariladigan buldi. 1983 
yilda  Microsoft  matn  muharriri  Multi-Tool  Word  taqdim  etdi.  1984  yilda  Hewlett-
Packard  kompaniyasi  birinchi  lazerli  printerni  ishlab  chikdi.  1982  yilda  SONY 
korporatsiyasi  tomonidan  CD  (kompakt)  disklarda  standart  yozuvlarni  amalga 
oshirilishi - multimedianing matn shaklidagi tashkil etuvchisini yan ada rivojlantirdi. 
Audio shaklidagi tashkil etuvchilariga tovush va uni yozish, nutk (ovoz berish, 
sharxlash)  va  musikiy  ta‘minotlar  kiradi.  Shulardan,  dastlabkisi  -  tovush  XIX  asr 
boshlarida  gramplastinkalarda,  keyinchalik  magnitofonlar  uchun  magnit  lentalariga 
yozila boshlandi. 
1980 yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan foydalanish yulga 
kuyildi,  jumladan,  1982  yilda  Polygram  kompaniyasi  Audio  SOni  ishlab  chikdi. 
SONY kompaniyasi esa, usha yili standart yozuvlarni CD disklarga yozishni tavsiya 
e'tdi.  Natijada,  CD  disklarda  yozish  texnologiyasi  rivojlanib  ketdi.  Ayni  bir  paytda 
mikrofon yordamida nutk va musika yozish ham shakllandi. 
Video  shaklidagi  tashkil  etuvchilariga  videotasvirlar,  grafikli  tasvirlar  (rasm, 
tasvir),  ma‘lumot  grafiklari  va  xokazolar  kiradi.  Videotasvirlar  dastlab  magnit 
lentalarida  yozilib,  videomagnigofonlarda  namoyish  etila  boshlandi,  sо‗ngra 
videotasvirlarni yozish kompakt disklarda amalga oshirildi. 
Kompakt  disklardan  foydalanish  maksadida, 1982  yilda  Hercules  kompaniyasi 
ok-kora  tasvirli  videokartani  (platami)  ishlab  chikdi.  Bu  multimedianing  Video 
tashkil  etuvchisini  rivojlantirishdagi  dastlabki  kadam  edi.  1984  yilda  IBM  birinchi 
rangli monitor va videoadapter YevAlarni ishlab chikdi. Usha yillari multimedianing 

14 
 
grafik tashkil etuvchilari ham rivojlana boshladi. 1983 yilda VISI Sogr kompaniyasi 
IBM-PC kompyuteri uchun birinchi grafik  ―kobigi‖ni ishlab chikdi. 1986 yilda esa, 
Adobe  kompaniyasi  uzining  birinchi  grafik  redaktori  -  ―Adobe  Inelustrotos‖  HH 
foydalanishga tavsiya etdi. 
Kompakt  disklari  va  ularning  rivojlanishi.  Multimedianing  shakllanishida 
kompakt  disklarning  yaratilishi  va  rivojlanishi  kagta  rol  о‗ynadi.  1982  yilda 
yaratilgan CD kompakt disklar yildan-yilga takomil- lashib bordi. 1983 yilda Philips 
va SONY kompaniyalari CD-ROM disklarni va disk yurituvchini yaratdi. 1986 yilda 
AKDIning  Sietl  shaxrida  CD-  YAOMlar  bо‗yicha  birinchi  anjuman  bulib  utdi. 
Anjuman  SO-YAOMlarni  standartlashtirish  va  shaxsiy  kompyuterlarda  kullashni 
tavsiya etdi. Xozirgi kunda kompakt disklarning yangi avlodlari - DVD, DVD-ROM 
va  boshkalar  yaratilishlariga  karamasdan,  CD  ROMflap  о‗z  mavqeini  tushirgani 
yо‗q. 
Multimedianing  animatsiya  samarasi.  Multimedianing  tashkil  etuvchi  axborot 
turlaridan  biri  -  axborotlarga  animatsiya  samarasini  berishdir.  Bu  multiplikatsion 
filmlarda  rassomning  chizgan  qator  chizmalari  va  rasmlarini  tez  (bir  daqiqada  24 
kadr tezlikda) namoyish ettirilishi asosida sodir bо‗ladi. Xozirgi kunda multifikatsion 
filmlar  kompyuterda  3D.Flash  dasturi  asosida  yaratilmokda.  Multimediada  esa 
maxsus  dasturlar  (Power  Point,  Macromedia  Flash,  Swish,  Adobe  Premiere,  Media 
Player, CD Player va x-K.) orqali amalga oshiriladi. 
1986 yilda Amida kompioterida birinchi marta maxsus rolikda tovush (musika) 
bilan  birgalikdagi  animatsiya  effekti  namoyish  qilinib,  multimedianing  shakllanishi 
nixoyasiga  yetkazildi  va  bu  yig‗ilishda  tulakonli  multimedia  texnologiyasi 
yaratilgani  e‘tirof  etildi.  Shunday  kilib,  1986  yil  rasmiy  ravishda  multimedia 
yaratilgan (―tugilgai‖) yili xisoblanadi. 
Multimedia  vositalariga  multimedia  maxsulotini  yaratishda  foydalanadigan 
uskunalar (yoki jixozlar), dasturlar va amalda foydalanishga muljallangan materiallar 
kiradi.  Multimedia  vositalarini  tasavvur  etish  uchun  ularni  uskunaviy,  dasturiy  va 
amaliy vositalar kabi uch turga bulamiz. 
1. 
Uskunaviy (texnikaviy) vositalari qatoriga audio plata, video plata, kompakt 

15 
 
disk (CD ROM, DVD, DVD ROM tashki uskuna)lar, videokamrash platalari, video 
kiritish va chiqarish, tovush kiritish va chiqarish kurilmalari va boshkalar kiradi. 
2. 
Dasturiy  vositalarga  Power  Point,  Macromedia  Flash,  Adobe  Premiere, 
Media  Player,  CD  Player  va  boshqa  dasturlarni  kiritish  mumkin.  Shuningdek, 
maxsulot  tayyorlashda  Corel  Draw,  Paint  Brush  grafik  muharrirlardan  ham 
foydalaniladi. 
3. 
Amaliy  vositalarga  turli  xil  jadvallar,  ma‘lumotnomalar,  elektron  darsliklar, 
taqdimotlar, slaydlar, kompyuter о‗yinlari va boshkalar kiradi. 
Multimedia  texnologiyasi.  Dastlab  ma‘lum  bir  soxadagi  texnologik  jarayon 
mazmunini  kurib  chikaylik.  Texnologik  jarayon  deganda  biron  xomashyo,  material 
yoki  axborotni  ma‘lum  bir  asbob-uskuna,  vosita,  kurilmalardan  foydalanib,  ularga 
ishlov berish, xossalarini uzgartirish va kayta ishlash natijasida yangi sifatli maxsulot 
olish jarayoni tushuniladi. 
Multimedia  texnologiyasi  bilan  tanishishdan  oldin  takkoslash maksadida  meva 
kuritish  texnologiyasini  kurib  chikamiz.  Odatda,  meva  kuritish  texnologiyasining 
jarayoni  quyidagicha  kechadi:  1.  Mevalar  saralab  teriladi  (boshlag‗ich  ashyo);  2. 
Kuritish  oldidan  texnologik  ishlov  beriladi  (saralash,  tozalash,  maxsus  eritmada 
ishlov  berish);  3.  Kuritish  kurilmasiga  joylashtiriladi  va  kuritiladi;  4.  K,uritilgan 
maxsulot istemolchilarga junatiladi. 
Multimedia  texnologiyasida  ham  ma‘lum  bir  texnologik  jarayon  amalga 
oshiriladi. Bu jarayonlar quyidagilardan iborat: 
1. 
Dastlabki yakka tartibdagi axborot(ma‘lumot)lar tanlanadi; 
2. 
Ular bitta diskga jamlanadi va kompioterda texnologik ishlov 
beriladi; 
3. 
Yangi multimedia axborotlar majmuasi xosil qilinadi; 
4. 
Saklanadi; 
5. 
Foydalanuvchilarga tavdim etiladi. 
Demak,  axborot  texnologiyasi  moddiy  maxsulotlar  ishlab  chiqarish 
texnologiyasiga  о‗xshash  ma‘lumotlar  yoki  boshlag‗ich  axborotni  yigish, 
ma‘lumotlarni kayta ishlash, axborot olish, bu axborot asosida karorlar kabul qilish 

16 
 
uchun foydalanuvchiga uzatish jarayonidan iborat. 
Shunday kilib, yakka tartibdagi axborotlar - nutk, matn, tasvir, grafika, musika 
va  animatsiya  samaralari  kompioterda  ishlov  berilishi  natijasida  bitta  diskda 
joylashtiriladi  va  ushbu  texnologik  jarayon  natijasida  mulgimediali  axborot 
texnologiyasi shakllanadi. 
Xozirgi  davrda  multimediali  axborot  texnologiyasi  kiskacha  multimedia 
texnologiyasi  deb  yuritiladi.  Multimedia  texnologiyasining  bir  nechta  ta‘riflari 
mavjud.  Jumladan,  ―Multimedia  texnologiyasi  -  informatikaning  dasturiy  va 
texnikaviy  vositalari  asosida  audio,  video,  matn,  grafika  va  animatsiya 
(obyektlarning  fazodagi  harakati)  samaralari  asosida  о‗quv  materiallarini 
tarbiyalanuvchilarga 
yetkazib 
berishning 
mujassamlashgan 
kо‗rinishidagi 
texnologiyasidir‖.  Shunday  kilib,  tula  multimedia  -  matn,  audio,  video,  tasvir, 
grafika, jadvallar va boshka turlarining yigindisidan iborat. Shuni taisidlash kerakki, 
multimediali axborot (material) shakllantirilishi uchun uning kamida uchta elementa 
(nutk, tasvir va animatsiya) qatnashishi shart. Masalan, radio eshittirishda beriladigai 
axborot  yoki  telekо‗rsatuvlarda  kо‗rsatiladigan  ovozsiz  tasvirlar  yoki  tarbiyachi 
tomonidan  an‘anaviy  metod  (izoxli-kо‗rgazmali  metod,  ‖bur-doska‖  usuli)dan 
foydalanib 
о‗rganiladigan 
materiallarning 
bayon 
etilishi 
multimedia 
texnologiyasidan foydalanish bula olmaydi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish