Муќаддима



Download 3,31 Mb.
bet3/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
О‘zbek xalqlari madaniyati tarixiga oid qо‘shimcha ma’lumotlar.........

Xulosa ............................................................................................................. 102-103

Izohli sо‘zlar .............................................................……………................ 104-109

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ………………………................. 110-111

Ilovalar ..........................................................................................................112-163

Kirish
Ma’lumki, о‘tmishni о‘rganmay kelajakni yaratib bо‘lmaydi. Ma’daniy merosimizni о‘rganish faqat ilmiy jihatdan katga ahamiyat kasb etibgina qolmay, ayni vaqtda buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy xazinadan baxramand bо‘lishda, ijtimoiy-siyosiy muammolarni xal etishda va insonning barkamol bо‘lib shakllanishida muhim omil xisoblanadi.

О‘zbek xalqining tarixi va madaniyati uzoq moziyga borib taqaladi. Mamlakatimiz xududi insoniyat tamadduni — sivilizatsiyasining qadimgi о‘choqlaridan biridir. Bu esa bugungi qо‘lga kiritgan yutuqlarimizning, ertaga erishajak g‘alabalarimizning hayotbaxsh asosi. Zero, biz о‘tmishdan kul emas, chо‘g‘ olamiz. Shunday ekan, beqiyos me’rosni asrash, avaylash, ularni har tomonlama jiddiy о‘rganish bilan bir qatorda, uni yoshlar ongi va qalbiga jo qilish masalasi eng muhim vazifalardan biridir.

Millat tarix ne’mati bо‘lmish merosdan ildam yо‘l bosish uchun kuch-quvvat oladi. Ajdodlarimizning xar jabhadagi yaratuvchanlik faoliyati, aql-zakovatiga tan berib, dilimizda g‘ypyp tuyg‘usini tuyganimizda buni qalban xis qilamiz. Zotan, о‘z tarixi va madaniyati bi­lan faxrlanish, milliy iftixor hissi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Binobarin, “О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi”ni ilm dargohlarida о‘qitish jarayonida madaniy merosimizni chuqur va puxta о‘rganishni ta’minlash komil insonni shakllantirishning ishonchli kafolati ekan, mazkur metodik qо‘llanma ana shu dolzarb vazifalarni nazarda tutib yozildi.

О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixini о‘rganish, uni ilmiy yoritish va targ‘ib etish masalasiga О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng jiddiy e’tibor berila boshlandi.

Prezidentimiz I.A.Karimov 1997 yil 29 avgustida О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida sо‘zlagan nutqida “... dasrliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etishi kerak”ligi ta’kidlangan.

“Chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni, eng avvalo, tarix о‘qituvchilarini chalg‘itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb о‘quvchilarga ham yetkazishadi. Faqat baxs, munozara tahlil mevasi bо‘lgan xulosalargina bizga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatishi mumkin”1. Darhaqiqat, sobiq shо‘rolar davrida О‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid yaratilgan ilmiy asarlar, qо‘llanma va adabiyotlarda xalqimizning kо‘p ming yillik boy tarixi va madaniyati bir tomonlama bayon qilindi.

Har bir xalq о‘z ona tarixini qanday voqea bо‘lgan bо‘lsa shunday, hech qanday bо‘yoqlarsiz bilishi kerak. Bu xalqning о‘zligini anglashida, о‘tmish ota-bobolari, avlodu-ajdodlari ruhi va xotirasiga hurmat va sadoqatni kamol toptirishda, siyosiy va milliy ong madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

“О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi” kursiga dasturda jami 118 soat ajratilgan. Shundan: 36 soat ma’ruza, 36 soat seminar, 46 soat mustaqil ta’limdan iborat bо‘lib, Nizomiy nomidagi TDPUning Tarix fakulteti, 4 - bochqich talabalariga, 7 - semestrda о‘qitiladi.

Metodik qо‘llanmada, «О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi» о‘quv kursini о‘qitishdan maqsad va vazifa, uning hozir oliy о‘quv yurtlarida raqobatbardoshli, yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni tayyorlashda tarixan zaruriyatga aylanganligi, Rossiya mustamlakachiligi davrida О‘zbekiston madaniyatiga bо‘lgan munosabat, uning maqsadi va mohiyati, milliy istiqlol tufayli tarixiy madaniy qadriyatlarni tiklash imkoniyatining paydo bо‘lishi, rivojlantirish о‘tmish madaniyati tarixiga bо‘lgan talab va extiyojning yuksalishi, I.A.Karimovning milliy madaniy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi va uning- Vatan madaniyati tarixini о‘rganishda tutgan о‘rni, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan “tarix va о‘tmish madaniyati milliy о‘zlikni anglash, milliy g‘oya va mafkura takomil topishining asosi” - degan nazariy tamoyilni olg‘a surilishi, «Tarix - xalq ma’naviyatining asosi», «Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q» ekanligi «О‘zbekiston madaniyati tarixi»ning umumiy mazmuni, xarakteri, yо‘nalishi va rivojlanishi bosqichlarini davrlashtirish tamoyillari, kursni о‘rganish obyekti va predmeti, vazifalari о‘z aksini topgan.

Ushbu metodik qо‘llanmani yaratishda respublikamiz olimlarining ushbu sohada yaratgan ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. Jumladan, B.A.Axmedov, A.Axmedovlarning “ О‘zbekiston tarixi va madaniyati”1 , H.Hamidovning “XVI-XIX asrlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar”2 metodik qо‘llanmalaridan foydalanildi. Buning uchun ushbu taniqli, kо‘zga kо‘ringan olimlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Qolaversa, mualliflarning bu say-harakatlari О‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyati bо‘yicha ma’ruzalar kursini yaratish bobida dastlabki urinishidir. Shu boisdan, ayrim kamchilik va u yoki bu tarixiy voqealar kitobxonning talabi darajasida bayon etlmagan bо‘lishi tabiiydir. Mualliflar cheksiz hurmat va ehtirom bilan kitobxonlardan taklif va mulohazalarni kutib qoladilar.




Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish