Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3.31 Mb.
bet2/15
Sana15.01.2017
Hajmi3.31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

«Klaster» metodi

полотно 55

Klaster tuzish qoidasi

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

2. Xatni tо‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.

3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni tо‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan tо‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.



Topshiriq: Madaniyat sо‘zini klaster kо‘rinishida ishlab chiqish

овал 50 полотно 49

4-Mavzu: «О‘zbekiston xalqlarining Qadimgi va Ilk О‘rta asrlar davri madaniyati tarixi. (Miloddan avvalgi. VI asrdan - milodiy IV asrgacha)
Reja:

1.Eng qadimgi davr madaniyat tarixi.

2.Ilk о‘rta asrlar madaniyat tarixi.
Adabiyotlar:

1.Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “О‘zbekiston”. 2011. 727b.

2.Asqarov A.A. О‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. T.: “Universitet”. 2007. 333b.

3.О‘zbekiston tarixi va madaniyati. Tuzuvchilar: B.A.Axmedov., A.Ahmedov. T.: “О‘qituvchi”. 1992. 290b.

4.Islomov О‘.I. Odamzodning paydo bо‘lishidagi ba’zi muammolar: Markaziy Osiyo hududi misolida // О‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. № 1-2. Toshkent. 2012. 25-30b.

5.Kabirov M., Sagdullayev A. О‘rta Osiyo arxeologiyasi.T., О‘zbekiston, 1990.

6.Pugachenkova G.A., Rempel L.M. Istoriya iskusstv Uzbekistana. M., 1974 g.

7.Raxmatullayev T. О‘zbekiston xalqlari tarixini о‘qitshda arxeolo­giya materiallaridan foydalanish. T., О‘qiguvchi, 1994.


«О‘zbekiston xalqlarining Qadimgi va ilk О‘rta asrlar davri madaniyati tarixi» mavzusini yoritish jarayonida о‘zbekistonlik arxeolog olimlar О‘rta Osiyoda ibtidoiy jamiyatning yoshi bir million yildan ziyodroq ekanligini isbotlaganliklari kо‘rsatib о‘tiladi.

Bu borada akademik О‘tkur Islomovning el-yurt oldidagi xizmatlari cheksiz. Farg‘ona viloyatining Sо‘x tumanidagi Selung‘ur g‘oridan topilgan eng qadimgi odamning qoldiqlari katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Fanda «Farg‘ona odami» — «Fergantrop» deb nom olgan bu qazilma О‘zbekistonning insoniyat paydo bо‘lib rivojlangan о‘choqlaridan biri ekanligini uzil-kesil tasdiqlagani qayd etiladi. Ilk paleolit, ya’ni, qadimgi tosh davriga oid bunday makonlar Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Kо‘lbuloq mavzeidan, shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) manzilgohlaridan topilganligiga e’tibor qaratiladi.

Bu davr ibtidoiy odamlari tabiatda mavjud bо‘lgan tayyor mahsulotlarni о‘zlashtirib yashaganlar. Ular hayvonot olamidan farq qilib, mehnat qurollarini yasay olishlari bilan farq qilganliklari arxeolok olim О‘tkur Islomov tomonidan isbotlangan. Shu sababli ham akademik О‘tkur Islomovni olimlar orasida “Farg‘ona odami”ning otasi deb bejizga aytmaydilar.

О‘rta paleolit (Mustye) madaniyatiga oid dastlabki yodgoplik Surxondaryo vohasining Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘oridir. Bu davr odami neandertal nomi bilan fanga kirgan.

Teshiktoshdagi g‘ordan topilgan neandertal odam (9 yashar bolaga tegishli)ning suyak qoldiqlari fan olamida jiddiy kashfiyot bо‘ldi.

Hozirgi vaqtda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar О‘zbekistonning Toshkent viloyati Bо‘stonliq tumanidagi Xо‘jakent, Obirahmat, Angren yaqinidagi Kо‘lbuloqning yuqori qatlami, Samar­kand yaqinidagi Omonqо‘ton, Takalisoy, Zarafshon vodiysidagi Qо‘tirbuloq, Zirabuloq, Uchtut va Ijond manzillarida topilgan va tadqiq qilingan.



Sо‘nggi paleolit (miloddan avvalgi 40-12 ming yillik) davriga kelib odamlarning hayoti va turmushida turli о‘zgarishlar sodir bо‘ladi. Zamonaviy qiyofadagi odam (kromonyon) shakllandi. U ongli, idrokli odam - xomosapens deb ataladi. Ularda dastlabki diniy e’tiqodlar paydo bо‘lganligini tog‘ g‘orlarida chekilgan sо‘nggi paleolit dav­riga doir tasvirlar isbot etadi. Zotan, tasviriy va amaliy san’atning ibtidosi ham о‘sha davrdan boshlanadi. О‘zbekiston xududida bun­day rasmlar mezolit davrida kashf etilgan.

Olimlarning aksariyati О‘rta Osiyodagi sо‘nggi paleolit davrini asosan uchta - Samarqand, Xо‘jag‘or (Farg‘ona vodiysi) va Kо‘lbuloq (Angren yaqinida) madaniyatlariga ajratadilap.

О‘zbekiston olimlari о‘rta tosh asri - mezolit davriga oid 100 dan kо‘proq yodgorliklarni о‘rganganlar. Obishir (Farg‘ona vodiysi), Qо‘shilish (Toshkent), Machay (Surxondaryo) makonlari shular jumlasiga kiradi.

Bu davrdaО‘zbekiston xududida ungurlar devoriga, qoyalarga chizilgan yoki rangli buyoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san’at paydo bо‘ldi. Shu о‘rinda о‘qituvchi ajdodlarimiz tarixining eng qadimgi davrlarida tasviriy ifodalar beqiyos ahamiyat kasb etishi ustida tо‘xtaladi. Chunonchi, eng qadimgi odamlar bir-birlarga fikrlarini, munosabatlarini, istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, sodda tasvirlar orqali yegkazishga intilganlar. Masalan, ular ov qurollarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi ekanliklarini ifodalasalar, yovvoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari orqali о‘sha xayvonlarni ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar.

Hozirgi О‘zbekiston xududida xam shunday ibtidoiy jamoa dav­riga mansub tasvirlar qoldiklari topilgan bо‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bularning eng nodir namunalari Surxondaryo viloyatidagi Zaravutsoy, Jizzax viloyatidagi Takatosh, Zarafshon etaklaridagi Sarmishsoy qoya tasvirlaridir.

Qoyatosh rasmlari ishlash usuliga kо‘ra ikki xildir. Bir xillari bо‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-о‘yib ishqalash-chizish bilan ishlangan. Bunday rasmlar keng tarqalgan.

Shulardan biri - Zarautsoy g‘orida qizil bо‘yoq bilan tasvirlangan ov manzarasining kattalashtirilgan rasmi о‘qituvchi tomonidan kо‘rsatilib, atroflicha sharxlab berilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Zarautsoy sо‘zi zar - oltin, ut - olov, ya’ni «Oltin olov darasi» degan ma’noni bildiradi. Unda ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi odamlarniig hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilishga yordam berishi, ibtidoiy odamlar hayotida ovchilik asosiy mashg‘ulot turi bо‘lganligi sababli ibtidoiy tasvirlarda ov manzarasi keng о‘rin egallaganligi kо‘rsatiladi. Umuman, qoyatosh, daralar va g‘orlardagi rasmlar mazmunan boy bо‘lishi bilan birga, xilma-xil ekanligi, bu rasmlarda har bir belgi, qoralama va shakl о‘ziga xos fikrni, hatto sehru- jodularni ifodalab beri­shi bois ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy san’at alohida о‘rin tutganligi uqtirib о‘tiladi.



Neolit davri (miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar) О‘rta Osiyo tarixida odamlarni о‘zlashtiruvchi xо‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xо‘jalik, dehonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka о‘tish dav­ri bо‘lib, bu davr xо‘jalik shakllariga kо‘ra Joytun (Janubiy Tur­kmaniston), Kaltaminor (Xorazm) va Xisor (Xisor-Pomir) tog‘lari madaniyatiga bо‘linadi. Bu davrda ypyg‘ jamoasi о‘troq hayotga о‘tib, tosh qurollar yasashning yangi usullarini ixtiro qilganlar. О‘qituvchi ushbu davr madaniyati haqidagi suhbat davomida neolit davrining eng buyuk kashfiyotlaridan biri kulolchilik bо‘lganligiga e’tiborni qaratadi.

Neolit davrida tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat pishirishda, saqlashda foydalanilgan. Bu idishlar avval oftobda quritilib, sо‘ng gulxanda pishiriltan. Dastlab qо‘lda tagi yumaloq, turli chiziqli bosma va о‘yma naqshlar solingan sopol idishlar yasash bilan ayollar shug‘ullangan. Bu etnografik taqqoslash va neolit idishlaridagi barmoq izlari daktiloskopiya usuli bilan о‘rganilib isbot qilingan, keyinchalik charxdan foydalanila boshlangach, ularni erkaklar yasagan.

Xorazm xududidagi ushbu davrga oid ovchi va baliqchilarnint qadimgi yodgorligi Kaltaminor madaniyatidir. Mazkur madaniyatga xos naqshlar sopol idishlarda aks etgan bо‘lib, ular juda oddiy boshoq, siniq, chiziq, yuqoridan pastga va gorizontal о‘tkazilgan tо‘g‘ri chiziqlar va ayrim geometrik shakllardan iborat. Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir manzili ushbu madaniyatga mansub yodgorlik hisoblanadi.

Miloddan avvalgi 4-3 ming yillikda tosh davri tugab, eneolit (mis-tosh) davri boshlanadi.

О‘qituvchi bu davrning о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirar ekan, talabalar dikqatini eneolit davriga doir quyidagi tarixiy-madaniy jarayonlarga jalb etadi:

1. Xо‘jalikning boshqa xamma turlariga qaraganda sug‘orma deyehqonchilik qilishi.

2. Xom g‘ishtdan, paxsadan katta jamoalarning kо‘p xonali uylarini qurish.

3. Rangdor sopol buyumlar, ya’ni hayvon, qush, о‘simlik shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan idishlarning mavjudligi.

4. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va matriarxatga xos xaykallari.

5. Kulolchilikda xumdonlarning ishlatilishi.

6. Tosh qurollar bilan birga mis qurollarning paydo bо‘lishi.

Bu davrga oid eng muhim yodgorliklar Buxoro voxasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlari, Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari xamda Panjakent yaqinidagi Sarazm qishlog‘i xarobasi hisoblanadi.



Bronza davri О‘zbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3 ming yillik oxiri – 2 ming yilliklarga tо‘g‘ri keladi.

Bronza asri boshlanishi bilan ibtidoiy kishilarning xо‘jalik faoliyati va ijtimoiy tuzumida tubdan о‘zgarishlar yuz berib, madaniyat nisbatan yuqori pog‘onaga kо‘tarildi. Bu davrning muhim xususiyati shundan iboratki, mehnat qurollari mehnat unumdorligini oshirishi natijasida ortiqcha mahsulot naydo bо‘ldi. Bu hol chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga olib keldi va birinchi mehnat taqsimoti rо‘y berdi. Shuningdek, urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qо‘liga о‘tib, patriarxat boshlandi. G‘ildirak ixtiro qilinib, hayvonlarga qо‘shilgan aravalar vujudga keldi h,amda qо‘l tegirmoni (yorg‘uchoq), kulolchilik charxi, charxpalak kashf qilindi.

Bronza davriga mansub yodgorliklar Xorazmdagi Tozabog‘yob, Amirobod, Surxondaryoning Sopolli, Buxoro viloyati xududidagi Zamonbobo, Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati nomlari bilan mashhurdir.

Tozabog‘yob madaniyati о‘yma naqshlar berilgan, yassi tubli sopol idishlarning bо‘lishi, ishlab chiqarish texnikasining oddiyligi, jez metallurgiyasining yaxshi rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Qо‘lda yasalib, qora va tо‘q, kul rangga bо‘yalgan hamda og‘zi tо‘g‘ri va tagi yassi holda boshoqsimon naqsh berib ishlangan sopol idishlar Amirobod madaniyatiga xosdir.

О‘zbekistondagi bronza davri dehqonchilik madaniyatiga doir yirik yodgorlik bо‘lmish Surxondaryo viloyatining Sherobod chо‘lida joylashgan Sopollitepa haqida alohida tо‘xtalib о‘tish lozim.

Dastlab shuni ta’kidlash kerakki, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik О‘rcha Osiyo xо‘jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon О‘zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi va Far­g‘ona vodiysi xududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlangan. О‘lkamizda ilk davlat uyushmalari aynan sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bо‘lgan Amudaryo oqimlari bо‘yida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlandi.

Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga kelib, О‘rta Osiyoda sodir bо‘lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu xududlarda ilk shahar madaniyatining shakllanishiga imkon yaratdi.

Sopollitepani о‘rganish О‘zbekiston xududida sug‘orma dehq­onchilik va ilk shaharsozlik madaniyati bundan qariyb tо‘rt ming yil oldin vujudga kelganligini kо‘rsatadi. U yerdan topilgan ashyolar aholining о‘sha davrdagi xunarmandchiligi, turmushi, san’ati haqida boy material berganligi qayd etib о‘tiladi. Jumladan, Sopollitepa aholisi dehonchilik qatori chorvachilik va ovchilik bilan xam shug‘ullangan. Topilmalar bu yerda xunurmandchilik, xususan, metallurgiya (mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak va kо‘zgu), tо‘qimachilik (ip va ipakdan tо‘qilgan mato qoldiqlari), yog‘ochsozlik (qurilish konstruksiyalari, uy jihozlari), kulolchilik (20 dan ziyod kulolchilik xumdonlari о‘rganilib, yuqori sifatli nafis idishlar: qadah, kо‘za, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va x.k.) keng rivojlanganligidan dalolat beradi.

Sopollitepaning markaziy kal’a qismi mudofaa qoidalariga amal qilib) qurilgan. U uch qator qalin devorlar bilan о‘rab olingan. Qal’aning ichki qismida 150 dan ortiq uy-joy binolar qoldiqlarining ochilishi ilk shahar tipidagi qadimgi tarixiy qishloqning topografiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Zamonboboliklarning turar joylaridan juda kо‘p miqdordagi sopol buyumlar, tuxumsimon va xumchasimon shakldagi idishlar, tо‘rtburchakli suvdonlar va tovoqchalar chiqqan. Sopol idishlar, asosan, qо‘lda ishlangan, onda-sonda kulolchilik charxida ishlangan idishlar xam uchraydi. Idishlarning deyarli xammasi yupqa, jarangdor bо‘lib, ba’zi hollarda ularga qizil bо‘yoqlar berilgan.

Xо‘jaligi shunga о‘xshash bо‘lgan moddiy madaniyat yodgorliklari Namangan viloyatidagi qadimgi Chust qishlog‘ida xam topilgan. Ular orasida labi bukilgan turli shakldagi sopol tovoqlar, piyolalar, shuningdek, xilma-xil xurmachasimon idishlar, qо‘lda yasalgan guldor sopol qozon va tovoqlar uchraydi. Uy ziynati sanalgan idishlarga qizil buyoq, berilgan va sayqallangan. Kо‘pincha shoxchalar, uchburchaklar, romblar, tasmachalar kо‘rinishida qora chiziqlar va boshqa tо‘rsimon shakllar tushirilgan. Bu xol shu guruxga mansub yodgorliklarni alohida arxeologik madaniyatga ajratish uchun imkon beradi.

1. Ibtidoiy tasviriy san’at qachon va qay tariqa vujudga kelgan hamda u ibtidoiy odam xayotida qanday rol о‘ynagan?

2. Ibtidoiy jamoa davriga mansub tasviriy yodgorliklar О‘zbekistonning qaysi yerlaridan topilgan?

3. Eng qadimgi diniy e’tiqodning vujudga kelish sabablari va uning tosh asri odami uchun ahamiyatini tushuntirish.

4. Neolit davri odamlarining eng muhim ixtirosi nima?

5. Neolit davridagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar iimadan iborat?

6. Bronza davridagi odamlarning ijtimoiy tuzumida qanday о‘zga­rishlar asosida madaniyat nisbatan yuqori pog‘ognaga kо‘tarilgan?







  • CH.Darvin “Odamning kelib chiqishi va ularning tanlanishi” (1871) asarida odamni quyidan-yuqoriga oddiylikdan-murakkablikka qarab og‘ir mexnat qilish natijasida oxirgi qiyofaga kirgan, deb hosiblagan.


BOYSEY AVSTROLOPITEKI – Ilk bora Janubiy Afrika g’orlaridan topilgan. Toshdan mehnat qurollari yasashni bilishmagan

Ishbilarmon odam (Homo habilis)- Ilk bora 1962 yilda Tanzaniyaning Olduvoy g’oridan topilgan.

Miya hajmi 642 sm³. Boshqa topilmalarda 500-800 sm³ kuzatilgan


Vrach E.Dyubua Yava orolidan Pitekantrop odam suyak qoldiqlarini topgan.

E. Dyubua bu suyak qoldiq-larini dastlabki odam deb tarif berib Pitekantrop nomini bergan. Hozirda maymunsimon odamlarni arxantrop deb ataydilar. “Homo erectus”-tik yuruvchi odam. Arxantroplar butun ko’hna dunyoga tarqalgan. Ular 1,5-0,5 mln. yillar muqaddam yer yuzining egalari bo’lgan.



PITEKANTROP




Mavzuni о‘qitishda «Nima uchun» texnologiyasidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.



PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING QО‘LLANILISHI:

«Nima uchun» texnologiyasi
полотно 117
Nima uchun?” sxemasini tuzish qoidalari

1. Aylana yoki tо‘g‘ri tо‘rtburchak shakllardan foydalanishni о‘zingiz tanlaysiz.

2. Chizmaning kо‘rinishini - mulohazalar zanjirini tо‘g‘ri chiziqlimi, tо‘g‘ri chiziqli emasligini о‘zingiz tanlaysiz.

3. Yо‘nalish kо‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bо‘lgan yо‘nalishingizni belgilaydi.

Topshiriq: Irqlarning kelib chiqishi va shakllanishi muammosi.

полотно 116


5-Mavzu: «О‘zbekiston madaniyati tarixi»ga oid о‘rta asrlar davri madaniyati. (Milodiy V – IX asrgacha)
Reja:

1. «О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi»ga oid о‘rta asrlar davri madaniyati.

2.«О‘rta asrlar о‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot»

3.Qadimgi xalqlar madaniy darajasining rivojlanishida qadimgi yozuvlarning ahamiyati.

Adabiyotlar:

1.Meros (tо‘plam)T., Kamalak, 1991.

2.Murodov A. О‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan. T., Fan, 1993.

3.«Mustaqillik» (izohli ilmiy-ommabop lug‘at). T., Sharq, 2000.

4.Muxamadjonov A. О‘zbekiston tarixi. (7-sinf uchun darslik). T., О‘qituvchi, 1999.

5.Xо‘jamov M., R.Mulladjanova., M.Lapasov. Tarixiy о‘lkashunoslik va turizm.T., Mumtoz sо‘z, 2014.

6.Oydinov N. О‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. T., О‘qituvchi, 1997.
«О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi»ga oid о‘rta asrlar davri madaniyati” mavzusini о‘tishda dastlab о‘lkamiz hududida shaharsozlik madaniyatining shakllanishi xususida sо‘z yuritiladi.

Bronza davrida aholining о‘trok, dehqonchilikka о‘tishi va keng vohalar bо‘ylab yoyilishi, hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan bog‘liq, iqtisodiy va madaniy aloqalar, savdo-sotiqning taraqqiy etishi hamda tabiiy-geografik va harbiy-strategik shart-sharoitlar natijasi о‘laroq, mustahkam manzilgohlar о‘rni va atroflarida (masalan, Sopollitepa, Afrosiyob, Jarqо‘ton, Nomozgoh, Qiziltepa, Yerqо‘rg‘on, Uzunqir) dastlabki shahar madaniyati shakllanib rivojlanganligi haqida xulosa chiqariladi.

Ilk shaharlar paydo bо‘lishi esa dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bо‘lib, bu ikkala jarayon uzviy holda kelganligiga talabalar diqqati qaratiladi.

О‘zbekiston xududidagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar zardushtiylikning muqaddas diniy kitobi «Avesto», ahamoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanadi.

«Avesto»da О‘rta Osiyo, Ozarboyjon va Eron hududlarida yashagan xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, di­niy qarashlari, olam haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari, manaviy madaniyati о‘z aksini topgan. Dastlab «Avesto» 21 ta kitobdan iborat bо‘lgan. Bizgacha «Avesto»ning Yasna («Qurbonlik keltirish»), Visprat («Xamma hukmronlar»), Yasht («Qadrlash»), Videvat («Devlarga qarshi qonun») qismlari saqlanib qolgan.

«Avesto» О‘rta Osiyoda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda harbiy - demokratik tuzilishga ega bо‘lgan davlatlar, xususan, Xorazm, Sо‘g‘diyona, Baqtriya davlatlari haqida ma’lumot beradi.

Umuman, «Avesto» qadim о‘lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat va madaniyat bо‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy manba ekanligi, uning 2700 yilligi 2001 yili mamlakagimizda keng nishonlantanligiga ypg‘y berib о‘tish lozim.

О‘rta Osiyoning katta qismi (Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan tashqari) miloddan avvalgi VI—IV asrlarda Eron ahamoniylari tasarrufida bо‘ldi. Ahamoniylar davlati sarhadlari Misrdan to Shimoli-G‘arbiy Hindistongacha chо‘zilib, turli xalqlar va elatlarni bosib olib birlashtirish yо‘li bilan tashkil topgan edi. О‘rta Osiyo xalqlari ahamoniylarning madaniy yodgorliklarini bunyod etishda muhim xissa qо‘shganlar. Bu davr san’ati ayrim xususiyatlarining ma’lum qismini mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan mashhur Amudaryo xazinasidagi buyumlar ochib beradi. Misol tariqasida О‘zbekistonning 100 sо‘mlik milliy sо‘mida aks etgan taqinchoq tasvirini kо‘rsatish mumkin. Shu davrdagi Naqshi Rustam, Behistun tasvir yozuvlarinish paydo bо‘lishi xam Eron va О‘rta Osiyo xalqlari san’ati bilan bog‘lik namunalarning vujudga kelishiga sababchi bо‘lgan. Mazkur davrda о‘lkamiz aholisi ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar boshchiligida Yunon-Makedon qо‘shinlari yurtimizga bostirib keladi. U faqat miloddan avvalgi 327 yildagina og‘ir janglardan keyin Baqtriya, Sо‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshqa hududlarni egallay oldi.

О‘rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi uch yil davomida mardonavor kurash olib bordilar. Ular yunonlar о‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki о‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Shu bilan birga, О‘rta Osiyo janubiy viloyatlarining ellinistik davlatlar tarkibiga kirishi о‘sha davrda bu xududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muxim о‘zgarishlarga olib keldi.

Bu yerga Ellin (Ellada) madaniyati kirib keldi. Bu о‘zgarishlar shaxarsozlik, me’morchilik va amaliy san’atda о‘z ifodasini topdi. Yunon yozuvi tarqaladi. Ayniqsa, miloddan avvalgi 250 yilda О‘rga Osiyoning katta qismida mustaqil Yunon-Baqtriya podsholigining vujudga kelishi bu jarayonni kuchaytirdi. Natijada mahalliy va yunon madaniyatlari an’analari о‘zaro omuxta bо‘la bordi. Arxeologik topilma yodgorliklar bu ma’lumotlarni tasdiqlamoqda.

О‘qituvchi mahalliy ustalar va rassomlar yasagan kulolchilik buyumlarida, tanga va taqinchoqlarda, turli kо‘rinishdagi haykallarda xam ellinistik an’analar alomatlari mavjuddigini ta’kidlaydi. Sо‘ngra miloddan avvalgi III asrdan — milodniy IV asrlarigacha О‘rta Osiyoda mavjud bо‘lgan Qang‘, Farg‘ona (Davon), Kushon davlatlarining tashkil topishini va rivojlanishini bayon qilar ekan, Kushonlar saltanati mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi davr ekanligiga alohida urg‘u beradi.]Milodning boshlarida О‘rta Osiyo qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kiradi. Kanishka (78 - 123 yillar) xukmronlik qilgan davrda Kushon qudratli davlatga aylanib, Rim, Xitoy kabi buyuk dav­latlar bilan bir qatorda turadi. Kushonlar podsholigida xо‘jalik, savdo va xunarmandchilikning rivojlanishi, sug‘orish inshootlarining kengayishi xaqida tо‘xtalib о‘tilgach, uning xalqaro savdo aloqalari xarakteriga talabalar diqqatini tortish maqsadida quyidagi masala ustida fikr yuritish taklif qilinadi: «Arxeologik qazilmalar natijasida olimlar Hindiston, Xitoy, Rim imperiyasida tayyorlangan xar xil buyumlar, boshqa mamlakatda zarb qilingan tanga pullar topganlar. Bu tonilmalarga asoslanib qanday xulosa chiqrish mumkii?»

Ularning xulosalari tinglangach, kushonlar davrida xо‘jalikning rivojlanishi xaqidagi masalani yakunlab, Buyuk Ipak yulining sharqiy qismi kushonlar qо‘lida bо‘lganligi, bu esa tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatganligi qayd etiladi.

Talabalar iqtisodiy sohadaga rivojlanish madaniy hayotning xam gullab-yashnashiga olib kelganligini tushunib olishlari kerak. Avvalo, kushonlar davridagi din masalasini yoritishga о‘tib, Kushon davlati xukm surgan I—IV asrlarda о‘lkamizda zardushtiylik dini bilan bir qatorda, budda dini xam xududimiz janubida tarqalganligi aytiladi. Budda ibodatxonalari va u bilan bog‘liq san’at asarlari namunalari Surxondaryoning Kо‘xna Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom, Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa kabi yodgorliklaridan topilgan. Bu davrga mansub kо‘pgina yodgorliklar Xorazmda xam (Tuproqqal’a, Govurqal’a, Ayozqal’a, Anqaql’a) topilib, tadqiq qilingan. Shuni ta’kidlash joizki, О‘rta Osiyoning asosiy xududlarida zardushtiylik va buddaviylik ustunlik qilishiga qaramasdan, ular bi­lan bir qatorda yunon dinlari, moniylik ham yoyilgan edi.

Kanishka tomonidan о‘sha davrda barcha dinlarga erkinlik berilishi bilan birga, buddizmga keng kо‘lamda xomiylik qilingan.

Kushon madaniyati tо‘g‘risida talabalarda tо‘liq tasavvur hosil bо‘lishi uchun yuqorida zikr qilingan yodgorliklardan topilgan tasviriy san’at namunalarining ayrimlarini olimlarimiz tomonidan nashr etilgan kitoblardagi rasmlardan foydalanib, sharxlab tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, yurtimiz qadimgi haykaltaroshligining ajoyib namunalaridan biri Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan piramon, ya’ni ibodatxonaning yuqori qismiga yopishtirilgan xaykal xoshiyasi xisoblanadi. U mahalliy oxakgoshdan yasalgan bо‘lib, unda qо‘shnay, arfa, ud, xind nog‘orasini chalayotgan uch ayol sozanda, qо‘llarida gulchambar, meva va idishlar kо‘garib kslayoggan qiz-yigitlarning tasviri ishlangan. Xalqimizning qadimgi zamonlardagi san’ati namunasi sifatida Xolchayon tо‘g‘risida qisqacha gapirib о‘tish mumkin. Denov shahri yaqinidagi Xolchayonda ochilgan saroy xaykal va devoriy rasmlar bilan bezatilgan.

U yerdan haykaltaroshlik san’atidagi barcha talab va qonuniyatlarga javob bera oladigan darajada ishlangai bir turkum haykallar topilgan. Bu yerdagi xaykallar diniy mazmunga ega bо‘lishi bilan birga, ularda dunyoviy tasvirlar xam bor. Chunonchi, xarbiy kishining bosh qiyofasi tasvirlangan xaykalni olaylik. Bu xaykalda bosh skeletining tuzilishi, yuz kiyofasidagi peshona, burun, kо‘z, lab kabi a’zolarning shakllari meyoriga yetkazilgan xolda katta mahorat bilan ishlanganligi yaqqol kо‘zga tashlanadi.

Devoriy tasvir va haykaltaroshlik namunalarida uzoq tarix qvridagi bobokalonlarimiz e’tiqodi, dini, mehnat va hayot tarzi aks etadi.

Odamlar dunyoqarashining rang-barang ifodasi namoyon bо‘lgan, inson bosh qismining barcha anatomik tuzilishlariga tо‘liq javob bera oladigan bunday san’at asarlari sirasiga Fayoztepa va Kampirtepadan topilgan Budda, Dalvarzintepadagi boshiga toj kiygan Kushon shahzodasi, Devvoto boshi kabi haykal namunalarini kiritish mumkin.

Shu о‘rinda talabalarga shunday savol beriladi: arxeologik qazilmalar natijasida topilgan haykallar, devoriy rasmlar о‘sha xalqlarning diniy e’tiqoddidan tashqari yana nimalar haqida ma’lumot beradi? Talabalarning javoblari umumlashtirilib, О‘rta Osiyo xalqlarining Kushonlar podsholari davridagi san’ati yuksak bо‘lgan, degan xulosaga olib kelinadi va uning eng muhim xususiyatlaridan biri haykaltaroshlik va rangtasviriing me’morchilik bilan uyg‘unlashuvida namoyon bо‘lganligi qayd etiladi.

San’at asarlari bunday mukammal bо‘lganligini Xorazm davlatining milodning 305 yiligacha poytaxti bо‘lgan Tuproqqala yodgorligi misolida ham gapirib berish lozim. Tuproqqalning asosiy boyligi unda ochilgan devoriy rasmlar va haykallardir. Rassomlar rang-barang bо‘yoqlardan foydalanib, ssrmazmun rasmlar chizgan bо‘lishsa, xaykaltaroshlar odamlar va haykallarning jonli tasvirlarini yaratganlar. Haykallar asosan loydan, qisman ganchdan tayyorlangan. Katta haykallar, barelyeflar qurilish arxitekturasi bilan uyg‘unlashtirilgan, devor rasmlari bilan hamohang mazmunga ega. Haykallarning umumiy soni 138 ta.

Qadimgi xalklar madaniy darajasini kо‘rsatuvchi belgilardan biri yozuv hisoblanishi, arxeologik qazilmalar tufayli turli yozuv namunalari mamlakatimiz xududida topilayotganligi qayd qilib о‘tiladi. Bular Oromiy, Xorazm, Sо‘g‘d, Kushon-Baqtriya, Kxaroshtxi, Yunon yozuvlaridir.

Eng kdsimgi yozuv miloddan avvalgi IV—III asrlarga tegishli bо‘lib, u Amudaryo xazinasi buyumlaridan bо‘lgan gemma (muxr)da bitilgan oro­miy yozuvidir. Oromiy yozuvi asosida Sо‘g‘d, Xorazm yozuvlari vujudga kelgan va rivojlangan. Teri va taxtaga bitilgan xorazmiylar yozuvi namunasi ilk bor Tuproqqal’adan, hind alifbosiga asoslangan kxaroshtxi yozuvi kо‘xna Termizdan topilgan. 22 harfdan iborat Yunon-Baqtriya yozuvining namunalari Qoratepa, kо‘xna Termiz va Ayritomdan topilib, bunda xarflar burchakli, tо‘rtburchakli va aylana shaklda bо‘lgan.

О‘qituvchi yozuvlar haqidagi hikoyasini tugatib, uning turlichaligi О‘rta Osiyo xalqlari tillarining xilma-xilligi nishonasi ekanligini uqtirib о‘tadi. Shundan sо‘ng Buyuk ipak yо‘liniig tiklanishi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishtiriladi. Sharq va G‘arb xalqlari о‘rtasida tarixiy-madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida Buyuk ipak yо‘li muhim о‘rin tutdi. Miloddan avvalgi II asrda vujudga kelib, 16 asrgacha harakatda bо‘lgan bu yо‘l 12 ming km bо‘lib, Xitoydan О‘rta Yer dengizining shimoliy qirg‘oqlariga qadar chо‘zilgan. Buyuk ipak yо‘li tashkil topmasdan oldin О‘rta osiyo va qadimgi sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yо‘llar bо‘lgan.

Eron ahamoniylar saltanati davrida uning hududi bо‘ylab “Shoh yо‘li” о‘tgan. Undan ham ilgariroq О‘rta va yaqin Sharqda Badaxshon lojuvardi “la’l - tosh”ga bо‘lgan ehtiyojining ortishi natijasida “Lojuvard yо‘li” paydo bо‘lgan.

Xitoydan О‘rta Osiyoga olib keluvchi yо‘lning birinchi kashfiyotchisi xan imperiyasining elchisi Chjan Syan edi.

Bu yо‘l fanga “Ipak yо‘li” nomi bilan 1877 yilda nemis olimi Rixdgofen tomonidan kiritilgan. Ilgari u “G‘arbiy meridional yо‘l” deb atalgan. Bu yо‘lning tarixiy rivojlanishi bir tekisda ketmagan. Masalan, mо‘g‘ullar istilosi davrida harakatdan tо‘xtagach, bu yо‘lni Amir Temur qayta tiklagan.

16 asrga kelib Buyuk geografik kashfiyotlar davrida asosiy savdo yо‘llari dengizga kо‘chganidan sо‘ng Buyuk ipak yо‘lining mavqei pasayib, bu yо‘l bо‘ylab harakat tо‘xtadi.

Buyuk ipak yо‘lining ahamiyati haqida gapirganda uning faqatgina Xitoyni О‘rta Osiyo orqali Sharqiy О‘rta yer dengizi mamlakatlari bilan bog‘langanligi hamda undan noyob va qimmatbaho mollar olib о‘tilganligi bilan cheklanmaslik lozim. Bu yо‘l xalqlarni va ular madaniyatini о‘zaro bog‘lagan, ularning bir – birlariga yaqinlashuviga imkon yaratgan.

О‘zbekiston hududi Buyuk ipak yо‘lining chorrahasida turadi. Bu yо‘l tufayli О‘rta Osiyo xalqlari Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bо‘lishi barobarida G‘arb mamlakati xalqlari ham bizlarning ilg‘or madaniyatimizni о‘zlari uchun kashf qildilar. Shu sababli Buyuk ipak yо‘lining tarixini va madaniyatini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish keyingi yillarda butun dunyo miqyosida keng avj oldi. 1987 yilda YUNESKO “Buyuk ipak yо‘li – muloqot yо‘li” dasturini qabul qildi.

1998 yili Boku shahrida bu yо‘lni Yevropadan Yaponiyagacha qaytib tiklash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bо‘lib о‘tdi. TRASEKA deb nom olgan bu qurilishda О‘zbekiston faol ishtirok etmoqda.

Mavzuning mazmunini yoritishda Eftaliylar davlati, Turk xokonligi, Arab xalifaligining tashkil topishi, rivojlanishi hamda yurtimizning arablar tomonidan istilo qilinishiga bag‘ishlangan masalalarga ham e’tibor qaratish zarur. Eftaliylar davri madaniyatiga oid savolni о‘rganish davomida О‘zbekiston xalqlarining V-VI asrlardagi hayoti, moddiy madani­yat va san’atda oldin о‘tgan davr bilan uzviylik saqlanib qolganligini kо‘rsatish zarur.

Madaniyat xaqidagi savolni yoritish о‘rganilayotgan davrning yozuvi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Shu narsa ta’kidlanadiki, bu davrda Xorazm, Sо‘g‘d hamda Baqtriya yozuvi asosida paydo bо‘lgan 25 harfdan iborat eftallar yozuvi tarqalgan edi.

Malumki, eftallar siyosiy jihatdan kо‘p xalqlarni birlashtirganligi sababli turli e’tiqoddadagi aholi yonma-yon yashagan. Zardushtiylik va budda (shomon) kabi dinlarga e’tiqod qiluvchilar bilan birga, shaharlarda nestorian-xristian va yahudiy jamoalari ham mavjud bо‘lgan. Ayrim viloyatlarda esa Moniy va Mazdak talimotlari tarqala boshlagan edi.

Bu davrda kо‘chmanchilarning tazyiqi ostida о‘troq xayotning mada­niy an’analari dasht udumlari bilan omuxtalashib, ilk о‘rta asrlarga xos madaniyat shakllana boshladi. Bu о‘zgarishlar binokorlik, me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabhalarida kо‘proq namoyon bо‘ldi. Ushbu davrda о‘lkamizning dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan kо‘plab istehkomli qasrlar va feodal qо‘rg‘onlari qad kо‘tardi.

V-VI asrlarda diniy e’tiqod va tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan tasviriy san’at - koroplastika -ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash keng yoyildi. Bu davrga oid sopol haykalchalar juda kо‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

Eftaliylar davri tarixiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Buxoro viloyatidagi Poykand, Varaxsha shahar xarobalaridan, Surxondaryo viloyagining Angor tumanida joylashgan Bolaliktepa kо‘rg‘onidan, Xorazmning qadimiy Kat (Beruniy yaqinida) shahridagi Fir- qal’adan topilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, VI-VII asrlarda О‘zbekiston xududida tasviriy san’at yuksak chо‘qqiga kо‘tarildi. Bularning namunalaridan biri sifatida Bolaliktepa va Varaxsha rang-tasvir san’ati haqida о‘uzlab о‘tish о‘rinli. Bolaliktepa yodgorligidan topilgap xashamatli saroyga о‘xshash bino devorlarining ttrtala tomoni xam turli kо‘rinishdagi rangdor tasvirlar bilan tо‘ldirilgan bо‘lib, odamlarning о‘tirgan xolatdagi kо‘rinishlari aks ettirilgan. Gilamchalarga о‘xshash tо‘shamalar ustida sharqona tiz chо‘kib, chordona qurib, yonboshlagan holda juft-juft bо‘lib о‘tirgan erkak va ayollarning obrazlari diqqatga sazovor.

Erkaklar egnidagi kamzulga о‘xshash kiyimlar uzun, yoqasi uchburchak shaklda keng qaytarmali kо‘rinishga ega. Bellarida ingichka tasma va unga о‘tkazilgan xanjar tasvirlari aniq kо‘rinib turibdi.

Ayollarning liboslari esa о‘ta rang-barang. Quloq, bо‘yin va barmoqlariga serbezak taqincholdar taqilgan. Kо‘zgu ushlab turgan bu ayollar chiroyi sharqona kо‘rinishga yanada joziba kiritgan.



Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik