Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «tabiyot fanlari» fakulteti


 . O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o‟qitishda



Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana07.06.2021
Hajmi1.16 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
1.2 . O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o‟qitishda 

qo‟llaniladigan pedagogik  texnologiyalarining o‟ziga xos 

xususiyatlari . 

 

Pedagogik texnologiya murakkab bо„lib, an‟anaviy dars berish usullarining 



yaxshi  tomonlarini  о„zida  mujassamlashtirgan,  yangicha  yondashuvi  qо„llagan 

holda  eng  zamonaviy  pedagogik  tadbirdir.  Uning  o‟ziga  xos  xususiyatlaridan 

biri  shuki,  pedagogik  texnologiyada  dars  mashg„ulotlarini  о„tkazish  jarayonida 

amalga  oshiriladigan  ishlarning  bosqichma-bosqich  va  daqiqama-daqiqa 

oldindan  loyihasi tuzib olinadi. Shunda, dars  jarayonida  yoritiladigan  mavzular 

bо„yicha  tayanch  tushunchalar  va  ular  asosida  tuzilgan  nazorat  savollari, 

qо„llaniladigan interfaol vosita va didaktik materiallar loyihada belgilab olinadi. 

Dars  mashg„ulotlari  bilim  berish  va  ularni  o‟quvchilar  tomonidan  eslab  qolish 

bilan chegaralanmay,  berilgan bilimlar asosida amaliy mashqlarni bajara olishi, 

о„zlashtirishi,  o‟qituvchi  tomonidan  doimiy  nazorat  ostiga  olinadi,  kerakli 

maslahatlar  beriladi,  asoslanadi  hamda  bilim  va  kо„nikmalar  xayotiyligi 

isbotlanadi  va  hokazo.  Ta`lim  jarayonini  tarbiya  bilan,  bilim,  ko`nikma  va 

malakalarni  bir-biri  bilan  ajratilgan  holda  shakllantirishga  mo`ljallangan  o`quv 

faoliyatini tashkil etish mumkin emas[21]. 

 Pedagogik  texnologiyalarning  o`ziga  xos  xususiyatlari,  mohiyati  va 

mazmuniga ko`ra ikki guruhga ajratiladi: 

1. Pedagogik  jarayonning  xarakteri,  borishi  va  mazmunini  o`zgartirishda 

qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar. 

2. Geografiya  darslarida  foydalaniladigan  texnologiyalar.  Yuqori  samara 

beradigan  va  o‟quvchilarning  darsga  bo‟lgan  qiziqishlarini  rivojlantiruvchi 

pedagogik texnologiyalar to‟g‟risida ushbu bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi 

bobida batafsil to‟xtalib, ma‟lumotlar keltiriladi. 

Pedagogik  jarayonning  xarakteri,  borishi  va  mazmunini  o`zgartirishda 

qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga: 




14 

 

  Ta`lim 



jarayonini 

insonparvarlashtirish 

va 

demokratlashtirish 



texnologiyasi; 

  Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar; 

  Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari; 

  Ta`limni  differentsiallashtirish va individuallashtirish; 

  Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga: 

  Didaktik  o`yin  texnologiyasi,  muammoli  ta`lim  texnologiyasi,  modulli 

ta`lim 

texnologiyasi, 

hamkorlikda 

o`qitish 

texnologiyasi, 

loyihalash 

texnologiyasi va an`anaviy ta`lim texnologiyalari kiradi. O`quvchilarning bilish 

faoliyatini  tashkil  etganda,  ta`lim-tarbiya  jarayonini  yaxlit,  bir  tizim  holatida, 

bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  bir-biri  bilan  uzviy  ravishda  shakllantirish 

lozimligini  qayd  etish  zarur.  Yuqorida  qayd  etilgan  vazifalarni  hal  etish  va 

an`anaviy  ta`lim  tizimidagi  kamchiliklarga  barham  berish,  ta`lim-tarbiya 

jarayonining  samaradorligini  oshirish  uchun  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini 

yalpi o`qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o`qitishni tashkil 

etish  maqsadga  muvofiq.  O`quvchilarning  bilish  faoliyati  individual  tarzda 

tashkil  etilganda  o`quvchilar  o`quv  materialini  mustaqil  o`zlashtiradilar, 

ularning  aqliy  rivojlanishi,  qiziqishi,  ehtiyoji,  iqtidori,  bilimlarni  o`zlashtirish 

darajasi  hisobga  olingan  holda  tuzilgan  o`quv  topshiriqlarini  mustaqil  bajaradi 

va  o`z  bilish  faoliyatining  sub`ektiga  aylanadi.  Quyida  jadval  ko‟rinishida 

pedagogik munosabatlar tipining o`ziga xos xususiyatlarini ko‟rib chiqamiz. 

Pedagogik 

munosabatlar 

O`qituvchi faoliyati 

O`quvchi faoliyati 

 

 



 

Sub`ekt –  

ob`ekt 

munosabatlarda 

Yangi mavzu materiali eng 

oson  o`zlashtiriladigan  usulda, 

tayyor  axborot  shaklida  bayon 

etiladi.  Tegishli  hollarda  savol-

javob o`tkazadi, bilimlarni mus-

tahkamlab,  baholashni  amalga 

oshiradi. 

 Passiv, 

faqat 

axborotlarni 



qabul 

qilishga, 

shu 

holatda 


eslab  qolish,  savollarga 

javob berish, ko`rsatmaga 

binoan ish ko`rish. 

 

 



Dars 

foydalanilayotgan 

texnologiyalari talablari asosida 

Tavsiya 


etilgan 

o`quv 


topshiriqlari 


15 

 

 



 

Sub`ekt-sub`ekt 

munosabatlarda 

tashkil  etiladi.  Yangi  mavzu 

materiali 

o`quvchilar 

tomo-

nidan  mustaqil  o`rganishlari 



uchun 

o`quv 


topshiriqlari 

tavsiya  etadi.  Tegishli  hollarda 

yordam 

uyushtiradi, 

savol-

javob 


o`tkazadi, 

bilimlarni 

mustahkamlash,  o`z  -o`zini, 

o`zaro  nazorat  va  o`qituvchi 

nazorati 

orqali 


baholashni 

amalga oshiradi. 

asosida 

o`z 


o`quv 

faoliyatini  tashkil  etadi, 

muammoli  vaziyatlardan 

chiqishning  eng  muqobil 

variantini  ishlab  chiqadi, 

avval  o`zlashtirgan  bilim 

va 

ko`nikmalaridan 



foydalanib,  yangi  bilim-

larni  o`zlashtiradi,  o`z 

faoliyatini  o`rtoqlarining 

faoliyati  bilan  taqqoslab, 

o`zini 

rivojlantirish 

rejasini tuzadi. 

 

Ta`lim-tarbiya 



jarayonida 

sub`ekt-sub`ekt 

munosabatlarni 

vujudga 


keltirishda  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini  individual  va  kichik  guruhlarda 

tashkil etish maqsadga muvofiqdir[21].  

 O`quvchilarning  geografiya fanini egallashga bo`lgan qiziqishini orttirish 

va    bilim  olishga  bo`lgan  ehtiyojlarini    qondirish,  ta`lim–tarbiya  jarayonida 

milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvorligini  ta`minlash,  inson,  jamiyat  va 

atrof-muhitning  o`zaro  munosabatlarini  uyg‟unlashtirish,  ta`lim  oluvchilarda 

ongli  intizom,  insoniy  qadr-qimmat  tuyg‟usi,  yuksak  ma`naviyat,  ijtimoiy 

meyyorlarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy 

fikrlashni  tarkib  toptirish  maqsadida  O‟zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

geografiyasini  o`qitishga  yangicha  yondashish  maqsadga  muvofiq  deb 

hisobladik[12].  Yangicha  yondashuvning  asosiy  mohiyati,  an`anaviy  ta`limda 

ko`zda  tutilgan  natijalarni  bermayotgan  majburan  o`qitishdan  voz  kechish  va 

uning o`rniga:  

  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  orqali 



geografiya darslari  jarayonini samarali   tashkil etish; 

  mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish



  tegishli talablarni jamoa orqali qo`llashni amalga oshirish muhim sanaladi. 




16 

 

Yangi  munosabatlarning  vujudga  kelishi  o‟quvchi  shaxsiga  tafovutlab 



yondashishni, 

ya`ni 


ta`lim 

jarayonini 

differentsiallashtirish 

va 


individuallashtirish printsipini talab etadi.  

Mazkur printsiplar asosida ta`lim jarayonini tashkil etishda: 

o`rta saviyali o`quvchiga nisbatan mo`ljal olishdan voz kechish; 



dars jarayonida har bir o‟quvchning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni 

rivojlantirish,  qiziqishi,  ehtiyoji,  qobiliyati,  yo`nalishi,  sifatlari,  aqliy 

jarayonining xususiyatlarini aniqlash; 

dars  jarayonini  har  bir  o`quvchining  ehtiyoji,  qiziqishi,  iqtidori  va 



imkoniyatiga  yarasha  o`quv  topshiriqlarini  tayyorlash  hamda  o`ziga  xos 

xususiyatlarini hisobga olish lozim bo`ladi. 

Pedagogik texnologiyaning o‟ziga xos xususiyatlarida: 

- Barcha  o‟quvchilar  о„z  qobiliyatlari  darajasida  albatta  о„zlashtirishlari 

kafolatlanadi.  

-O‟quvchilarning dars davomida befarq bo‟lmaslikka, mustaqil fikrlashi, ijod 

etishi va izlanishiga majbur etishi

-O‟quvchilarni  o‟quv  jarayonida  bilimga  bo‟lgan  qiziqishlarini  doimiy 

ravishda bo‟lishini ta‟minlashi; 

-O‟quvchilarning  bilimga  bo‟lgan  qiziqishini  mustaqil  ravishda  har-bir 

masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi; 

-O‟qituvchi 

va 

o‟quvchining 



hamisha 

hamkorlikdagi 

faoliyatini 

tashkilllanishi. 

Bizning  fikrimizcha,  pedogik  texnologiyaning  eng  asosiy  negizi  bu 

o‟qituvchi  va  o‟quvchining  belgilangan  maqsaddan  kafolatlangan  natijaga 

hamkorlikda  erishshlari  uchun  tanlangan  texnologiyalarga  bog‟liq  deb 

xisoblaymiz,  ya‟ni  o‟qitish  jarayonida  maqsad  boyicha  kafolatlabga  natijaga 

erishishda  qo‟llaniladigan  har  bir  ta‟lm  texnologiyasi  o‟qituvchi  va  o‟quvchi 

o‟rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha 

olsa, o‟quv jarayonida o‟quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, 

izlansalar,  tahlil  eta  olsalar,  o‟zlari  xulosa  qila  olsalar,  o‟zlariga,  guruhga  , 




17 

 

guruh  esa  ularga  baho  bera  olsa,  o‟qituvchi  esa  ularning  bunday  faoliyatlari 



uchun  imkoniyat  va  sharoit  yarata  olsa,  bizning  fikrimizcha  ana  shu  o‟qitish 

jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‟quv predmetining o‟ziga 

xos  texnologiyasi  bor,  ya‟ni  o‟quv  jarayonidagi  pedogogik  texnologiya  bu 

yakka  tartibdagi  jarayon  bo‟lib,  u  o'quvchining  ehtiyojidan  kelib  chiqqa  xolda 

bir maqsadga yo‟naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija 

berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir[20]. 

O`quvchilarning  o`zlashtirgan  bilimlarini  amaliyotga  qo`llashda  ko`nikma 

va malakalar muhim rol‟ o`ynaydi. Ko`nikma va malakalarni til bilan tushuntirib 

bo`lmaydi,  ularni  amaliy  faoliyatda  ko`rsatish  kerak  bo`ladi.  Shu  sababli  inson 

hayotining  asosini  faoliyat  usullari  (ko`nikma  va  malakalar)  tashkil  etib,  u 

o‟quvchining  muhim  sifati  sanaladi.  O`quvchilarning  dunyo  haqidagi 

bilimlarida,  bu  bоrada  tushunchalarni  tarkib  tоptirishda  хilma-хil  ta‟lim 

uslublari,  vоsitalaridan  unumli  fоydalanishga  to`g`ri  kеladi.  Gеоgrafik  bilimlar  

nafaqat  gеоgrafiya,  balki,  o`quvchilarning  kеlgusida  qanday  kasblarni 

egallashlaridan  qat‟iy  nazar,  ularning  dunyo  qarashlari  takоmillashuvi    uchun   

nihоyatda  zarur.  Agar  har  bir  insоn  uchun  o`qish,  yozish,  hisоblay  оlish 

qanchalik  zarur  bo`lsa,  ularning  madaniyatli  kishilar  bo`lib  yеtishishlarida 

gеоgrafik  bilimlar  ham  shunchalik  zarur.  Umuman  har  bir  o`quvchining 

kеlajakdagi  shaхsini  bеlgilashda  gеоgrafik  bilimlarning  rоli  chеksizligini 

hayotni  o`zi  isbоtlamоqda.  Hоzirgi  davrda  gеоgrafik  bilimlar  mazmuni    va  

undagi  o`zgarishlar  nihоyatda  tеzlik  bilan  o`zgarmоqda.  Har  bir  хudud  o`ziga 

хоs  iqlim, tuprоq, ahоli  rеsurslariga ega. Bu o`z navbatida ularni o`rganishda 

o`ziga хоs bo`lgan mеtоdlarni qo`llashni taqоza qiladi va х.k. 

 Buyuk pedagoglarimiz o‟qituvchini “amaldagi ruxshunos” deyishgan. Bir 

soatlik  dars  jarayonida  o‟qituvchi  100  dan  ortiq  muammoli  vaziyatlarga 

duch kelishi mumkin. Jamoada sog‟lom muxitni ta‟minlashda, o‟quvchining 

ma‟naviy  va  axloqiy  qiyofasini  shakllanishida  muammoli  vaziyatlarning 

ijobiy yechimi aloxida axamiyat kasb etadi.  Mustaqil fikr-mulohaza insonda 

mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka bo‟lgan munosabatlarning erkin yuzaga 



18 

 

chiqarilishidir.  Albatta,  ushbu  jarayon  o‟z-o‟zidan  royobga  chiqmaydi, 



ayniqsa,  ta‟lim-tarbiyada.  Ma‟lumki,  ta‟lim  o‟qituvchi  va  o‟quvchi  orasida 

o‟rnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda 

o‟zaro  ishonch,  talab  va  tartib  muximdir,  ya‟ni  bilimlar  ortib  boradi, 

intellekt  mukamallashadi.

 

Geografiya  ta‟lim  tizimiga  joriy  etilayotgan 



zamonaviy pedagogik texnologiyalardan ko‟zlanayotgan asosiy maqsad ham 

xuddi  ana  shundadir.  Yangicha  yondashuv  jarayonida  bilim  talabalarning 

o‟z  ijtimoiy  tartiblari  asosida  paydo  bo‟ladi  va  hulq-atvor  shaklining  ham 

o‟zgarishga  ta‟sir  qiladi.  Mustaqil  fikrlarni  bildirar  ekan,  o‟quvchi  dars 

jarayonining faqat subyekt sifatida ham namoyon bo‟ladi, ya‟ni teng xuquqli 

ta‟lim  dialogini  vujudga  keltiradi.  Ayniqsa,  darsni  muammoli  tashkil  etish 

o‟quvchi  o‟quv  faoliyatiga  ijobiy  ta‟sir  ko‟rsatadi.  Ushbu  jarayonning 

yanada  muvaffaqiyatliroq  chiqishi  uchun  psixologik  asosga  e‟tiborini 

qaratish  kerak.  Pedagogik    texnologiyalar  asosida  o‟quv  jarayoni  tashkil 

etilganda  bilim  egallashning  bir  qancha  bir-biriga  bog‟liq  bo‟lgan 

bosqichlari mavjud bo‟lib, tayyor bilimlarni o‟quvchi ongiga yetkazish, esga 

olish,  esda  saqlash,  qayta  esga  tushirish,  so‟zlab  berish,  yozma  ifodalash 

kabi holatlarni bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim 

oluvchidan  ijodiy  yondashuv  talab  etilmaydi.  O‟zlashtirishning  keyingi 

darajalarida  o‟quvchilar  olgan  bilimlarini  amalda  tatbiq  etishi,  ma‟lum 

natijalarni  qo‟lga  kiritishi,  to‟ldirishi,  boyitishi,  o‟zgartirishi  o‟zining 

mustaqil nuqtai nazariga ega bo‟lishi talab etiladi. Bu o‟zlashtirish darajalari 

uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi[12]. 

О„quvchilarning ma‟naviy hayoti, dunyoqarashi, aqliy kamoloti, bilimlarining 

mustahkamligi,  о„z  kuchiga  ishonchi  ularning  quvnoqligi,  tetikligiga  bog„liq. 

Shu 

sababli 


geografiya 

о„qituvchisi  dars  mashg‟ulotlari  davomida 

о„quvchilarning  kayfiyatini  kо„taruchi,  diqqatini  jalb  qiluvchi  ta‟lim  usullariga 

e‟tibor qaratishi  lozim deb oylayman.  

 



19 

 


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat