Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


O‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga  munosib hissa qo‘shgan vakillari



Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana13.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
O‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga  munosib hissa qo‘shgan vakillari 
№  Jahon 
sivilizatsiyasiga 
munosib 
hissa 
qo‘shgan olimlar  
Ularning muhim xizmatlari  
(eng  mashhur asarlari, buyuk kashfiyotlari) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Muhammad 
ibn 
Muso 
al-Xorazmiy 
(783-850 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
algebra  fani  asoslari  –  sonli  kvadrat  va  chiziqli 
tenglamalar,  ularni  еchish  yo‘llarini  bayon  etdi, 
matematika fanida abstraksiya (mavhumiylik) 
tushunchasini 
kengaytirdi, 
turli 
matematik 
masalalarni induksiya yo‘li bilan еchishni inkor etib, 
deduksiya  yo‘li  bilan  еchish  taklifini  ilgari  surdi, 
o‘nlik tizimni takomillashtirdi, arifmetik 
algoritm qoidalari (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va 
bo‘lish)ni yaratdi. 
Asarlari: 
«Aljabr  va  al-muqobala  hisobi  haqida  qisqacha 
kitob»,  Vasiyatlar  kitobi»,  «Hind  arifmetikasi 
haqida 
kitob», 
«Qisqartirilgan 
sindihind» 
(«Algoritm  hind  hisobi  haqida»,  «Sinus  zijlari», 
«Yerning  surati  kitobi»  va  «Xorazmiy  ziji»  nomli 
astronomik jadval 


 
 
78 
 
 
 
 
 
 
 
2. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ahmad al-Farg‘oniy  
(797-865 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
arab  ilmiy  atamashunosligini  boyitgan,  еrning  shar 
shaklida  ekanligini  ilmiy  dalillar  bilan  isbotladi, 
astronomiyaga  oid  bilimlarni  tizimlashtirdi,  Nil 
daryosi  suvini  o‘lchaydigan  asbob  (Nilometr)ni 
yaratdi 
Asarlari: 
«Falakiyotga  kirish»,  «Sayyoralar  ilmi»  («Samoviy 
harakatlar  va  yulduzlar  fanining  majmuasi  haqida 
kitob»), «Astrolyabiya haqida 
mukammal  kitob»,  «Astrolyabiya  san’ati  haqida», 
«Majistiyga  kirish  fasllari  risolasi»,  «Oy  еr  ustida 
yoki  uning  ostida  bo‘lgan  paytdagi  vaqtlarni 
o‘rganish  haqida  risola»,  «Yetti  iqlim  hisobi», 
«Marmarning xizmati haqida kitob» 
 
 
 
 
3. 
 
 
Imom 
Ismoil 
al-
Buxoriy  
(810-870 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
ishonchli hadislarni to‘plagan 
Asarlari: 
«Al-jome’  as-sahih»  («Ishonchli  to‘plam»),  «Al-
adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «At-tarix al-
kibor»  («Katta  tarix»),  «At-tarix  as-sag‘iyr» 
(«Kichik 
tarix»), 
«At-qiroatu 
xalfa-l-Imom» 
(«Imom  ortida  turib  o‘qish»),  «Vaf’ul-yadini  fi-s-
Saloti» («Namozda ikki qo‘lni ko‘tarish» 
 
 
 
4. 
 
 
Imom 
Iso 
at-
Termiziy  
(824-892 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
ishonchli hadislarni to‘plagan 
Asarlari: 
«Al-jome’  as-sahih»  («Ishonchli  to‘plam»),  «Ash-
Shamoil  an-nabaviya»  («Payg‘ambarning  alohida 
fazilatlari»),  «Al-ilal  fi-l-hadiys»  («Hadislardagi 
illatlar va og‘ishlar haqida») 
 
 
 
 
5. 
 
 
Abu  Nasr  Forobiy 
(873-950 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
falsafa  fanining  ilmiy  asoslarini  yaratdi,  fanlar 
tasnifini ishlab chiqdi 
Asarlari: 
«Fozil  odamlar  shahri»,  «Baxt-saodatga  erishuv 
to‘g‘risida»,  «Ixso  al-ulum»,  «Fanlarning  kelib 
chiqishi»,  «Mantiqqa  kirish»,  «Ilmlarning  kelib 
chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» 
 
 
 
 
 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
tibbiyot,  dorishunoslik,  ruhshunoslik  va  fiziologiya 
fanlari asoslarini yaratdi 


 
 
79 
 
 
6. 
Abu  Ali  ibn  Sino 
(980-1037 yillar) 
Asarlari: 
«Al-qonun  at-tib»,  «Tadbiri  manzil»,  «Hay  ibn 
Yaqzon»,  «Risolat  at-tayr»,  «Ishq  haqida  risola», 
«Donishnoma», «An-Najot», «Ash-shifo», «Ziyorat 
qilishning  ma’nosi  haqida»,  «O‘limdan  keladigan 
g‘amni daf qilish haqida risola» 
 
 
 
 
 
 
7. 
 
 
 
 
 
 
Abu Rayhon Beruniy  
(973-1048 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
astronomiya,  geografiya,  minerologiya,  geodeziya 
asoslarini  boyitdi,  Sharqda  birinchi  bo‘lib  Yer  va 
Osmon globusini yaratdi 
Asarlari: 
«Hindiston», 
«Qadimgi 
xalqlardan 
qolgan 
yodgorliklar», 
«Minerologiya»,  «Kartografiya», 
«Geodeziya»,  «Globus  yasash  kitobi»,  «Yerdagi 
joylarning  uzunlama  va  kenglamalarini  aniqlash 
haqida  maqola»,  «Xorazmning  mashhur  kishilari», 
«Mas’ud qonuni», «Saydona», «Dorivor o‘simliklar 
haqida kitob» 
8. 
 
 
Mahmud ibn Umar  
az-Zamaxshariy 
(1075-1144 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
Qur’on g‘oyalarini sharhlangan 
Asarlari: 
«Al-mufassal»,  «Ayon  qiluvchi»,  «So‘zga  ustalik 
asoslari»,  «Arab  tili  mag‘zi»,  «Eng  yaxshi 
lug‘atlar», 
«Grammatika 
hojatlari». 
«Nafis 
adabiyotga  muqaddima»,  «Ugit  va  nasihatlarning 
oltin shodalari»,  «Qofiya» 
 
 
9. 
 
 
 
 Burxoniddin 
al-
Marg‘inoniy  
(1123-1197 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
Qur’on  g‘oyalarini  sharhlangan,  shariat  qoidalarini 
tizimga solgan 
Asarlari: 
«Hidoya», 
«Qonunni 
o‘qishga 
kirish», 
«Mazhablarning 
yoyilishi», 
«Fuqarolarning 
huquqlari 
to‘g‘risidagi 
tasavvurlar 
kitobi», 
«Majburiyatlar  kitobi»,  «Fiqhda  boshlovchilar 
uchun ko‘rsatmalar» 
 
 
10. 
 
 
Amir Temur 
Ko‘ragoniy  
(1336-1405 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
harbiy bilimlarni boyitdi, harbiy yurishlar strategiyasi va 
taktikalarini  ishlab  chiqdi,  davlat  boshqaruvi 
tarkibiy tuzilmasi va  huquqiy asoslarini yaratdi 
Asarlari: 
«Temur tuzuklari» 


 
 
80 
 
 
 
 
11. 
 
 
 
 
Muhammad Tarag‘ay 
Ulug‘bek 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
astronomiya fanining ilmiy 
asoslarini  yaratdi,  1018  yulduz  holatini  bexato 
o‘rganib, yulduzlar jadvalini tuzdi, rasadxona 
(observatoriya) bunyod etdi 
Asarlari: 
«Ziji  Ulug‘bek»,  «Bir  daraja  sinusini  aniqlash 
haqida risola», «Risolai Ulug‘bek» 
12.  Zahiriddin 
Muhammad 
Bobur 
(1483-1530 yillar) 
Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: 
geografiya,  tarix  fanlarini  ilmiy  asoslar  bilan 
boyitdi, «Xatti Boburiy» yozuviga asos soldi  
Asarlari: 
«Boburnoma» 
 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  mavzularda  Boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  soatlar, 
davra suhbati, bahs-munozaralarni tashkil etish ularda so‘z yuritilgan jarayonlarga 
nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantiradi.  
Milliy-madaniy  meros.  Milliy  qadriyatlar  (urf-odat,  marosim  va  an’analar),  xalq 
og‘zaki  ijodi,  adabiyot,  ilm-fan  hamda  san’at  (xalq  hunarmandchiligi,  milliy 
me’morchilik,  rassomlik,  qo‘shiqchilik,  raqs  san’ati  va  san’atning  boshqa  turlari 
(kino,  teatr,  sirk,  milliy  dorbozlik)  kabi  milliy-madaniy  meros  namunalari  bilan 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarni  tanishtirish  ular  tomonidan  milliylik,  milliy 
turmush tarzi va milliy o‘zlik xususiyatlarining anglanishiga xizmat qiladi. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  milliy-madaniy  meros  namunalari  bilan 
tanishtirish  ularda  xalq  ijodkorligi,  bunyodkorligiga  nisbatan  hurmat  uyg‘otadi. 
Madaniy  meros  namunalari  o‘z  mazmunida  eng  ezgu  insoniy  qarashlarni,  ya’ni, 
tinchlik uchun kurash, urushning, nizolarning  har qanday holatlarini qoralash, yurt 
ozodligi  va  xalq  farovonligi  yo‘lida  mehnat  qilish,  insonlarga,  tabiatga  bo‘lgan 
cheksiz  muhabbat,  tabiat  va  insonning  o‘zaro  uyg‘unligi  g‘oyalarini  aks  ettira 
olganligi bilan ham asrlar davomida qadrlanib kelinadi.  
Bo‘lajak      boshlang‘ich  sinf o‘qituvchilari  millatning  tipik  vakili  sifatida  milliy-
madaniy  merosning  quyidagi  namunalari  to‘g‘risida  muayyan  ma’lumotga  ega 


 
 
81 
bo‘lishlari  va amaliyot jarayonida o‘quvchilarga  milliy qadriyatlarimiz to‘g‘risida 
bilimlar berib borishlari zarur. 
 
№ 
Milliy-madaniy  meros 
turlari 
Milliy-madaniy meros  
Namunalari 
1. 
Milliy 
urf-odat, 
marosim va an’analar 
Oilaviy  munosabatlar  mazmuni,  mehmon 
kutish  va  salomlashishning  o‘ziga  xos  jihatlari, 
to‘y  va  aza  marosimlari,  milliy  an’analar 
(hashar,  Navro‘z,  Mehrjon,  Hosil  to‘yi),  milliy 
bayramlar  (Ramazon  va  Qurbon  Hayitlari, 
Mustaqillik bayrami, Xotira va qadrlash kuni) 
2. 
Xalq og‘zaki ijodi 
«Alpomish», 
«Go‘ro‘g‘li», 
«Rustamxon» 
dostonlari,  o‘zbek  xalq  ertaklari,  marosim 
qo‘shiqlari va maqollari 
3. 
Adabiyot 
«Avesto», 
«Urxun-Yenisey» 
yozma 
yodgorligi, 
Abulqosim 
Firdavsiyning 
«Shohnoma», 
Mahmud 
Qoshg‘ariyning 
«Devoni  lug‘ati  turk»,  Yusuf  Xos  Hojibning 
«Qutadg‘u 
bilig», 
Unsurul-Maoliy 
Kaykovusning 
«Qobusnoma», 
Ahmad 
Yugnakiyning  «Hibbat  ul-haqoyiq»,  Husayn 
Voiz  Koshifiyning  «Futuvvatnomai  Sultoniy», 
shuningdek, 
Umar 
Xayyom, 
Muslihiddin 
Sa’diy,  Abdurahmon  Jomiy,    Alisher  Navoiy, 
Mirzo 
Bobur, 
Jahon 
Otin 
Uvaysiy, 
Nodirabegim, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla 
Avloniy, 
Abdurauf 
Fitrat, 
Abdulhamid 
Cho‘lpon,  Usmon  Nosir  va  zamonaviy  o‘zbek 


 
 
82 
yozuvchi hamda shoirlarining asarlari  
4. 
Ilm-fan 
Qomusiy  olimlar  –  Muhammad  al-Xorazmiy, 
Ahmad  al-Farg‘oniy,  Imom  al-Buxoriy,  Imom 
at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino,  Burhoniddin  Marg‘inoniy,  Mahmud  az-
Zamaxshariy,  shuningdek,  zamonaviy  o‘zbek 
olimlari  –  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  T.N. 
Qori  Niyoziy,  Habib  Abdullayev,  Hamid 
Sulaymon,  Ibrohim  Mo‘minov,  Vosit  Sodiqov, 
Bo‘riboy  Ahmedov,  Fozila  Sulaymonova  va 
boshqalarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi     
5.1.  Xalq hunarmandchiligi  
Naqqoshlik,  ganch-o‘ymakorligi,  kashtachilik, 
zardo‘zlik,  chilangarlik,  beshiksozlik,  kulollik 
va  xalq  amaliy  san’ati  mazmunida  ilgari 
surilgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar  
5.2.  Milliy me’morchilik 
«Ismoil  Somoniy»  (Buxoro),  «Shohi  Zinda», 
«Go‘ri  Amir»  (Samarqand),  Ahmad  Yassaviy 
(Turkiston) 
maqbaralari, 
«Bibixonim», 
«Tillakori», «Sherdor», «Ulug‘bek» madrasalari 
(Samarqand,  Registon),  «Kalta  Minor»,  «Ichan 
qal’a»  (Xiva),  «Minorai  Kalon»,  «Labi hovuz» 
(Buxoro) ansambillari va boshqalar     
5.3.  Rassomlik 
Kamoliddin  Behzod  miniatyuralari,  zamonaviy 
o‘zbek  rassomlarining  milliy  ruhda  (milliy 
turmush  tarzi,  ijtimoiy-milliy  munosabatlar, 
milliy  urf-odat,  marosim  va  an’analarni  o‘zida 
aks ettirgan) yaratilgan asarlari  
5.4.  Milliy 
musiqa 
va  «Shoshmaqom»  («Buzruk»,  «Rost»,  «Navo»,  


 
 
83 
qo‘shiqchilik 
«Dugoh»,  «Segoh»,  «Iroq»),  mumtoz  kuylar  -   
«Cho‘li  iroq»,  «Munojot»,  «Savti  munojot», 
«Ifori  munojot»,  «Ilg‘or»,  «Rohat»,  «Jonon», 
«Rajabiy»,  «Lazgi»,  mumtoz  ashula  –«Qo‘qon 
Ushshog‘i», 
«Toshkent 
Ushshog‘i», 
«Samarqand 
Ushshog‘i», 
«Gulizorim», 
«Dilxiroj»,  «Ey  Sabo»,  «Ko‘cha  bog‘i  I-II», 
«Bayot  I»,  «Chorgoh  I-II»,  «Aylagach», 
«Fig‘on», 
«Ufori 
Suvora», 
«Tanovor», 
«Lazgi»), 
«Qashqarcha», 
«Norim-norim», 
dostonlar  –  «Alpomish»,  «Go‘ro‘g‘li»,  «Oshiq 
/arib va Shohsanam», «Avazxon», «Ravshan va 
Zulxumor»,  folklor  qo‘shiqlar  –  «Yor-yor», 
«Kelin 
salom», 
«To‘ylar 
muborak», 
shuningdek,  o‘zida  eng  ezgu  qarashlarni 
ifodalagan,  badiiy  jihatdan  yuksak  saviyada 
yaratilgan  zamonaviy  estrada  yo‘nalishidagi 
qo‘shiqlar,  «Dutorchilar  ansambli»,    «Yalla» 
ansamblining faoliyati 
5.5.  Raqs san’ati 
Mukarrama 
Turg‘unboyeva,  Tamaraxonim, 
Qodir  Mo‘minov,  Yulduz  Ismatova,  Isoxor 
Oqilov, 
Gavhar 
Matyoqubova, 
Qizlarxon 
Do‘stmuhammedova, 
Malika 
Ahmedova, 
Ma’mura  Ergasheva  kabi  еtuk  raqqosalar, 
shuningdek,  «Bahor»,  «Lazgi»,  «Shodlik» 
ansambllari  tomonidan  ijro  etilgan  milliy 
raqslar  
5.6.  Kino  
«Tohir va Zuhra», «Maftuningman», «Sen еtim 


 
 
84 
emassan»,  «Mahallada  duv-duv  gap»,  «To‘ylar 
muborak»,  «Armon»,  «Suyunchi»,  «Amir 
Temur», «Chinor ostidagi duel» va boshqalar 
5.7.  Teatr 
«Navoiy»,  «Mirzo  Ulug‘bek»,  «Abu  Rayhon 
Beruniy», 
«Iymon», 
«Qiyomat 
qarz», 
«Abulfayzxon», «Chimildiq» nomli spektakllar, 
«Bobur» videofilmi 
5.8.  Sirk, milliy dorbozlik 
Toshkanboyev 
va 
Zaripovlar 
sulolalari, 
shuningdek, «Vodil chinori» ommaviy xalq sirk 
guruhi 
(rahbari: 
polvon 
Tursun 
Ali 
Muhammad)ning faoliyati,   
 
O‘zbek  xalqi  o‘ziga  xos  milliy  urf-odat,  an’analari,  jasur,  qahramon 
farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk
 
namoyandalari, ona-Vatani 
bilan  faxrlanadi.  Zero,  o‘tmishda  bu  buyuk  ajdodlarimiz  ko‘rsatgan 
qahramonlik,  fidoyilik,  O‘zbekiston  go‘zalligi  bugungi  yoshlarimizda milliy 
aksiologiyamizga  nisbatan    iftixor  tuyg‘usining  shakllanishi  va  barqaror 
bo‘lishiga  xizmat  qilishi  tabiiydir.  Shu  sababli  ham  iftixor  ramzi 
bo‘lgan  millat,  xalqning  o‘zligini  anglashi,  o‘zining  milliy  qadriyatlari,  urf-
odatlarini  unutmasdan,  ularni  tiklab,  avaylab,  boyitib  o‘sib  kelayotgan  avlodga 
еtkazish lozim. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti