Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/32
Sana13.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
66 
3.Boshlang‘ich    sinf  o‘quvchilarining  ta’lim-  tarbiyasida  milliy-  ma’naviy 
qadriyatlardan foydalanish imkoniyatlari 
Mustaqillik  yillarida  yosh  avlod,  jumladan,    boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini 
ma’naviy-axloqiy  jihatdan  tarbiyalash,  ularning  komil  inson  bo‘lib    еtishishlariga  
erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof etildi. Bu o‘rinda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  «Fidokor»  gazetasining  muxbiri 
savollariga  javob  berar  ekan,  bugungi  kun  yoshlari  ega  bo‘lishlari  zarur  bo‘lgan 
fazilatlar  quyidagilar  ekanligiga  alohida  urg‘u  beradi:  «...  yoshlarimizning  iymon-
e’tiqodlarini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega 
bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, 
ota-bobolarning  muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat  qilish  fazilatini 
qaror  toptirish,  ularning,  men  o‘zbek  farzandiman,  deb  g‘urur  va  iftixor  bilan 
yashashiga erishishdir»
20
  
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  aksiologiyani  shakllantirish  uzoq 
muddatli,  murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Bu  jarayonning  samarali  tashkil  etilishi 
bir  qator  omillarning  ta’siri  asosida  kechadi.  Tadqiqotni  olib  borish  chog‘ida 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  aksiologiyani    shakllantirishning  muhim 
omillari quyidagilar ekanligiga ishonch hosil qilindi . 
Bugungi  kunda  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar,  jumladan,  Yaponiya,  Janubiy 
Koreya  kabi  mamlakatlar  yoshlarda  milliy  g‘urur,  milliy  iftixor  tuyg‘usini 
shakllantirish  borasida  katta  pedagogik  tajribaga  ega.  Ana  shunday  tajribalardan 
biri – yoshlar bolalikdan– milliy-madaniy meros, mamlakat tarixi bilan tanishtirilib 
boriladi.  Ta’lim  muassasalaridan  ta’lim  oluvchilarda  kunning  ikkinchi  yarmida 
milliy  urf-odatlar,  marosim  va  an’analarni  tashkil  etish,  ularni  o‘tkazishga  oid  
ko‘nikma  va  malakalar  amaliy  mashqlar,  mashg‘ulotlar  asosida    shakllantirib 
boriladi.  Bu  kabi  tajribalarni  respublika  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  tatbiq  etish 
maqsadga muvofiqdir.     
                                           
20
 I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javoblari. 


 
 
67 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  ta’lim-  tarbiyasida  milliy    aksiologiyani 
shakllantirishning  psixologik-pedagogik  va  falsafiy  jihatlarini  yaxlit  holda 
o‘rganish  zaruriyati  yuzaga  kelgan  bo‘lsada,  bugungi  kunga  qadar  bu  masalaning 
o‘z  еchimini  topmayotganligi,  uning  samarali  yo‘llari  aniqlanmaganligi,  omillari 
va vositalarining еtarli darajada o‘rganilmaganligi. 
Masalaning  bu  jihatini  o‘rganish  yo‘lida  dastlabki  harakatlar  boshlangan,  endigi 
vazifa bu harakatning samarali chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.  
Demak, tadqiqotni olib borish mavjud muammolarni  bartaraf etishning samarali 
yo‘llari quyidagilar ekanligini tasdiqladi: 
1. Ta’lim- tarbiya  jarayonida  boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy qadriyatlar, 
ularning  ijtimoiy  ahamiyati,  o‘zbek  xalqining  jahon  ilm-fani  va  sivilizatsiyasiga 
qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlarni berishga jiddiy e’tibor qaratish. 
2.  Tarbiyaviy  jarayonda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  qadriyatlarga 
nisbatan    milliy  iftixor  tuyg‘usini  shakllantirishga  xizmat  qiluvchi  tadbirlarning 
еtakchi  o‘rin  tutishi  hamda  tashkil  etilayotgan  tadbirlarning  g‘oyaviy  jihatdan 
yuksak saviyada bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish. 
3.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  qadriyatlarga  nisbatan    milliy  iftixor 
tuyg‘usini  shakllantirish  jarayonida  ommaviy  axborot  vositalari  xizmatidan 
samarali  foydalanish  va  ularning  bu  boradagi  rolini  oshirish,  ana  shu  maqsadda 
ommaviy  axborot  vositalari  bilan  keng  jamoatchilik  o‘rtasida  ijodiy  hamkorlikka 
erishish,  ya’ni,  ularning  faoliyatiga  jamoatchilik  bahosini  berish  tizimini  ishlab 
chiqish va mazkur tizimning to‘laqonli ishlashini ta’minlashga erishish. 
4.  Ishlab  chiqarish  va  ijod  sohalarida  samarali  faoliyat  yuritayotgan  zamona 
qahramonlarini  yoshlarga  tanishtirishga  alohida  e’tibor  qaratish  va  bu  yo‘lda 
faollik ko‘rsatish.     
5.  Oilalarda  yoshlarning  milliy  qadriyatlar,  eng  muqaddas  oilaviy  an’analar, 
shuningdek, milliy ma’naviy-axloqiy qarashlar asosida tarbiyalashga jiddiy e’tibor 
berilishiga erishish. 


 
 
68 
6.  Yoshlar  o‘rtasida  vatanparvarlik  va  harbiy  vatanparvarlik  g‘oyalarini  targ‘ib 
etuvchi  tadbirlarning  keng  ko‘lam  va  yuksak  saviyada  tashkil  etish  an’anasini 
qayta tiklash. 
7.  Yoshlar  o‘rtasida  etnik  ziddiyatlar,  diniy  qarama-qarshiliklar  hamda  g‘oyaviy 
buzg‘unchilikni keltirib chiqaruvchi har qanday harakatga qarshi keskin kurashish, 
ularda g‘oyaviy immunitetni qaror toptirishga erishish. 
Yuqorida  ifodalangan  masalalarning  ijobiy  hal  etilishi  boshlang‘ich  ta’lim 
tizimida  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  aksiologiyani  shakllantirishda 
sezilarli yutuqlarga erishishni kafolatlaydi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik