Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana13.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
23 
2.Pedagogik aksiologiya – pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida 
Ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy 
qadriyatlarimiz 
jahon 
hamjamiyatiga  eltuvchi  ishonchli  vosita  bo‘lib  hisoblanadi.  Bizning  davrimizda 
ta’limiy  qadriyatlar,  ularning  tabiati,  funksiyalari,  o‘zaro  aloqadorligi  haqidagi 
pedagogikaning yangi sohasi - pedagogik aksiologiya rivojlanib bormoqda. Chunki 
zamonaviy  jamiyat  ta’limni  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
egallashining  maqsadga  yo‘naltirilgan  jarayoni  va  natijasi  sifatida  tushunishdan 
uzoqlashdi. Ta’lim bu insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati 
ham ana shunda. 
Ta’limning  ma’naviyatni  tarkib  toptirishdagi  ahamiyati  uni  qadriyatli  bilimlarni 
uzatish  va  uning  asosida  insonda  qadriyatli  munosabat,  qadriyatli  xulq-atvorni 
shakllantirishda  ekanligini  o‘z  vaqtida  Aflotun  ham  ta’kidlab  o‘tgan  edi.  U 
davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi, 
deb  hisoblagan.  Bunday  asos  -  olijanoblikdir.  Olim  yuksak  olijanoblik  sifatida 
hech narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigai bilimni 
e’tirof  etadi.  Bilimda  qanchalik  olijanoblik  o‘z  ifodasini  topganligini  esa  ta’lim 
jarayonida o‘rganish mumkin. 
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy 
qadriyatlarni  muhokama  etuvchi  hamda  ta’limga  qadriyatli  yondashuvni  amalga 
oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir. 
Pedagogik  aksiologiyaning  predmeti,  maqsad  va  vazifalari.  Pedagogik 
aksiologiyaning  predmetini  shaxsning  qadriyatli  ongi,  qadriyatli  munosabati, 
qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi. 
Aksiologik  muammolarga  doir  nazariy  manbaalardagi  qadriyat  tushunchasining 
mohiyatini taxlil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs 
va  jamiyat  faoliyatida  ideal  namuna  va  yo‘nalishlarni aks  ettiruvchi  individual  va 
ijtimoiy  ongni  tashkil  etuvchi  maxsus  ta’lim  sifatida  qaraydi.  Alohida  shaxs  yoki 
jamiyat  yaxlitlikda  qadriyatlarni  uzatuvchisi  sifatida  qaraladi,  nihoyasi  esa, 
insonning  xulq-atvori  va  xatti-harakatini  rag‘batlaydi.  Xulq-atvor  va  xatti-


 
 
24 
harakatlarning  tavsifi  shaxsning  atrof-muhitga,  o‘z-o‘ziga  munosabati  haqida 
guvoxlik beradi. 
 Pedagogik  aksiologiyaning  mazmuni.Mazkur  vazifa  va  funksiyalari  ilmiylik, 
amaliylik,  tajriba  birligini  ifoda  etuvchi  pedagogik  aksiologiya  mazmunini  ochib 
beradi. 
Ilmiy  jihat  (aspekt) boshqa barcha  ijtimoiy  jarayonlarni  aniqlab beruvchi,  asosiy 
qadriyat sifatida ta’limni ko‘rib chiqish asosida ta’limiy qadriyatlarni o‘rganuvchi 
pedagogikaning  yangi  ilmiy  yo‘nalishi  -  pedagogik  aksiologiyaning  muammolari 
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bu еrda asosiy vazifalardan biri 
sifatida  aniq  shart-sharoitlarni  xisobga  olgan  holda,  ta’limni  qadriyatli 
bashoratlashni  ilmiy  asoslash  aks  etadi.  Aksiologik  bilimlarni  tizimlashtirish 
maqsadida  pedagogikadagi  qadriyatli  merosni  o‘rganish  va  pedagogik 
aksiologiyaning  tushunchali  apparatini  aniqlash  ham    pedagogikada  asosiy  vazifa 
hisoblanadi. 
Amaliy  jihat  o‘quv  rejalari  va  dasturlari  tuzish,  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarni 
yaratish,  didaktik  va  metodik  materiallarni  ishlab  chiqish,  ta’lim  va  tarbiya 
konsepsiyasini  yaratishda  ta’lim  sohasi  xodimlarining  aksiologik  bilimlardan 
foydalana olishini tahlil etadi. 
Tajribaviy    (praktik)  jihat  o‘quvchi,  talaba,  o‘qituvchilarning  qadriyatli  ongi, 
munosabati,  xulq-atvorini  shakllantirish,  ularni  qadriyatli    shakllanganligini 
rivojlantirishga doir aniq muammolarini hal etishga qaratilgan ta’lim muassasalari 
faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ularning vazifasi hozirgi vaqtda pedagogik aksiologiya 
nimani  taqozo  etsa,  shularning  barchasidan  mohirona  foydalanishni  o‘zida  aks 
ettira olishdir. 
Amaliy jihatni amalga oshirish to‘liq ravishda qadriyatli yo‘nalganlikning nazariy 
asoslarini aniqlab beradigan ilmiy jihatni rivojlanganligiga va ta’lim sohasi barcha 
bo‘g‘inlari faoliyati yo‘nalganligini shakllantirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Pedagogik  aksiologiyaning  asosiy  tushunchalari.  Pedagogik  aksiologiyaning 
asosiy tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: qadriyat, qadriyatli ong, qadriyatli 


 
 
25 
munosabat,  qadriyatli  xulq-atvor,  qadriyatli  ustanovka,  qadriyatli  yo‘nalganlik, 
ta’lim, tarbiY. 
Qadriyatlar  qachonki,  insonda  qadriyatli  ong,  qadriyatli  munosabat  va 
ustanovkalar  shakllantirilgan  sharoitdagina,  uning  faoliyati  va  xulq-atvorini 
mo‘ljalga  olishga  imkon  beradi.  Qadriyatga  yo‘nalganlik  yaxlitliqda  shaxsning 
faoliyat  va  xulq-atvoridagi  aniq  qadriyatlarga  yo‘nalganligini  aks  ettiradi,  har  bir 
aniq  vaziyatlarda  esa  shaxs  qadriyatli  ong  va  qadriyatli  munosabatlarga  rahbarlik 
qiladi. 
Qadriyatli  ong.  «Ong»,  «munosabat»,  «xulq-atvor»  kategoriyalarini  psixologiya 
va falsafa o‘rganadi. Ijtimoiy ong, ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish metodlarini 
esa pedagogika aniqlab beradi. 
Falsafada ong odatiy usullar bilan tushuntirish va tadqiq etish mumkin bo‘lmagan 
muhim  obekt  sifatida  qaraladi.  Ong  biologik  substansiyani  aks  ettirmaydi;  u 
insonga  hayotiy  faoliyatni  jismu  joni  doirasida  amalga  oshirishga  imkon  beradi; 
bevosita  aloqasiz  xilma-xil  faoliyat  turlariga  kirishish,  odamlar,  madaniy 
qadriyatlar bilan o‘zaro harakatida yuzaga chiqadi. YA’ni ong tufayli inson nafaqat 
aniq, balki mavhum muhitda ham yashay oladi. 
 Keng ma’noda «ong» inson hayotining muammosi va ijtimoiy jarayonlarning    
  muammoliligini aks ettirish usullari sifatida izohlanadi. 
Aniqroq kilib  aytganda  esa,  ong  deganda faqat  insonga xos  obektiv  borliqni  aks 
ettirishning  oliy  shakli;  uning  dunyoga  va  o‘ziga  munosabat  usuli;  insonning 
obektiv dunyo va shaxsiy hayoti mazmunini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik 
jarayonlar birligi tushuniladi. 
Qadriyatli  ong  axloqiy-ma’naviy  tarzda  o‘z  hayotiy  faoliyati  sohasi  subektlarini 
aniqlashga  imkon  beruvchi  obektiv  borliqni  aks  ettirish  shakli;  ma’naviy 
qadriyatlar  dunyosi  sifatida  borliqni  aks  ettirish  asosida  insonda  dunyoni  va 
o‘zining shaxsiy duyosini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar birligi. 
Qadriyatli    munosabat.  Falsafada  munosabat  deganda,  undagi  yashirin 
xususiyaglarni aniqlash va amalga oshirish sharti sifatida hayotiy narsa hodisalarga 


 
 
26 
aloqadorlik  usuli  tushuniladi.    Munosabat  narsada  aks  etmaydi  va  narsalarning 
xususiyatlarini    ham  aks  ettirmaydi,  u  nimanidir  qilishda  ishtirok  etish  shakli  
sifatida  nimanidir  ahamiyatini  ochib  beradi.  Munosabat  ikkinchisi  uchun 
birinchisining  ahamiyatini  tavsiflovchi  narsa-  hodisalar  va    subekt  orasidagi 
aloqalarni ko‘rsatib beradi.  
Qadriyatli  munosabat  -  shaxsiy  va  ijtimoiy  ahamiyatlilikning  o‘zaro 
aloqadorligini aks ettiruvchi shaxsning ichki pozitsiyasi. 
Qadriyatli    ustanovka.  Shaxsning  o‘zining  ichki  pozitsiyasini  anglashi  va  aniq 
qadriyatlar  bilan  bog‘liqlikda  faoliyatga  tayyorgarlikning    mavjudligi  qadriyatli 
ustanovka  sifatida    aniqlanadi.Attitude  (ustanovka,  munosabat)  atamasi  aynan 
inson  faoliyatining  yo‘nalganligi  ma’nosida  birinchi  marotaba  U.Tomas  va 
F.Znanetskiy  tomomidan  qo‘llanilgan.  Ustanovka  shaxsning  aniq  faoliyatga 
tayyorlik holatini aks ettiruvchi yo‘naltirilganlik tavsifini egallaydi. Unda kognitiv 
(bilim, axborot) va affektiv (emotsiya, hissiyot) tarkibiy qismlar namoyon bo‘ladi. 
Qadriyatli  ustanovka  -  shaxsning  o‘zining  ichki  pozitsiyasini  anglashi  va  aniq 
qadriyatlar bilan bog‘liqliqda faoliyatga tayyorlik darajasidir. 
Qadriyatli  yo‘nalganlik.  Qadriyatli  yo‘nalganlik  u  yoki  bu  qadriyatlarga 
yo‘nalganlik  sifatida  tavsiflanadi.  Yo‘naltirish  jarayonining  quyidagi  bir-biriga 
tutash  fazalari  aniqlangan:  .  shaxsiy  qadriyatlarni  o‘zlashtirish;  o‘zlashtirilgan 
qadriyatlar  asosida  shaxsni  o‘zgartirish:  shaxsning  o‘z-o‘zini  loyihalashi  va  o‘z-
o‘zini bashorat qila olishi. 
Qadriyatga  yo‘nalganlik  shaxs  yo‘nalganligining  mazmunli  tomonini,  uning 
borliqqa munosabatini aks ettiradi. Shu bilan birga, qadriyatli yo‘nalganlik subekt 
uchun shaxsiy ahamiyatga ega ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqlikda atrof-borliqqa 
subektning bahosi sifatida qaraladi. 
Qadriyatli  yondashuvlar  axloqiy  ideallarda  o‘z  aksini  topadi,  bular  esa  shaxs 
faoliyatida maqsadli ravishda oliy ko‘rinish hosil qiladi. Ideallar o‘zida belgilangan 
maqsadlarni  namoyish  etib,  bu  dunyoqarashlar  tizimining  oliy  qadriyatidir.  Ular 
ko‘ppog‘onali haqiqatni ideallashtirish jarayonini nihoyasiga еtkazadi. 


 
 
27 
Qadriyatli  yondashuvlarni  axloqiy  ideallar  sifatida  tushunish  ijtimoiylik  va 
shaxsiylik  o‘rtasidagi  ziddiyatni  kuchaytiradi.      Yuzaga    kalgan      ziddiyatda    o‘z  
navbatida,    biri  boshqasining  o‘rniga  qurbon  bo‘ladi.Biroq  insonparvar  kishi  
axloqiy    ideal  talablari  asosida  ishni  amalga  oshiradi.  Axloqiy  ideallar,  o‘z 
navbatida,  shaxs  rivojlanish  darajasini  yutuqlarini  shartlaydiki,  bu  esa  aynan 
insonparvar kishining o‘zligiga to‘g‘ri keladi.   
Qadriyatli  mazmunga  ega  ta’limda  shaxsning  xulq-atvori  mo‘ljalga  olinadi,  ular 
esa  uning  insonparvarlikka  yo‘nalganligini  aniqlaydi  va  qadriyatli  baholash  asosi 
sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Dunyoqarash  shaxs  qadriyatli  munosabatining 
konseptual  interpretatsiyasi  konteksti  sifatida  maydonga  chiqadi,  imperashv  xulq-
atvor - meyor sifatida, qadriyatli munosabat - u yoki bu tizimga invariant sifatida 
namoyon  bo‘ladi.  Aynan  mana  shunday  ko‘rinishda  dunyoni  bilish  aksi  va 
qadriyatli munosabat ma’naviy boshqarilishi ham yo‘naltiriladi hamda mazmunan 
shaxs  faoliyati  va  xulq-atvorini  tashkillashtiradi.  Shuning  uchun  tarbiya  ijtimoiy-
tashkillashtirilgan  umuminsoniy  qadriyatlar  interiorizatsiyasi  jarayoni  sifatida 
ko‘rilishi  mumkin.  Hayotda  esa  qadriyat  shaxsni  faol  faoliyatga,  o‘z-o‘zini 
tarbiyalash  va  o‘z-o‘zini  rivojlantirishga  uyg‘otishi  uchun,  insonning  ongli 
ravishda  tushunib  еtishi  hali  kamdir.  Qadriyat  faoliyat  motivini  uyg‘otuvchi kuch 
sifatida qachonki, shaxs tomonidan interiorizatsiyalansa, ichki mavjudlikning zarur 
lahzalarini taqdim etsa, inson o‘z faoliyati maqsadini aniq shakllantira olsa, uning 
insonparvarlik  ma’nosini  tushina  bilsa,  maqsadlarni  amalga  oshirishning  samarali 
vositalarini  topsa,  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtidagi  nazorat,  o‘z  xatti-harakatini  tuzata  olsa 
va  baholay  olgandagina,  aniq  namoyon  bo‘ladi.Interiorizatsiya  umuminsoniy 
qadriyatlarning  shaxs  oliy  psixik  funksyayasiga  aylanishiga  olib  keladi.  Shaxs 
rivojlanishi  madaniyatining  istalgan  funksiyasi  ham  interpsixik  va  interapsixik 
ko‘rinishda  namoyon  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga,  interiorizatsiya  eksteriorizatsiya 
hamkorligida  amalga  oshiriladi  -  muhitni  yangi  obektlarni  yaratish  yo‘li  bilan 
ijodiy o‘zgartirishdir. Oxirgisi yordamida ehtiyojlarni yaratish amalga oshiriladi, u 
esa shaxs qadriyatli munosabati motivatsiyasi asosini tashkil qiladi. 


 
 
28 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik