Nitrat kislotaning olinishi, xossalari va eng muhim birikmalari


Umuman bu usul iqtisodiy jihatdan norentabel bo`lib,keyingi yillarda ancha rentabelli usul, nitrat kislotasini to`g`ri sintezlash keng tarqalmoqda



Download 86.89 Kb.
bet8/10
Sana13.05.2020
Hajmi86.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Umuman bu usul iqtisodiy jihatdan norentabel bo`lib,keyingi yillarda ancha rentabelli usul, nitrat kislotasini to`g`ri sintezlash keng tarqalmoqda.


Kontsentrlangan nitrat kislotasining to`g`ri sinzi.

Kontsentrlangan nitrat kislotasi olishning suyuq kislota olishdan asosiy farqi nitroza gazlaridan suyuq N2O4 ni ajratib olishdir. Atmosfera bosimida olingan nitroza gazlari, foydalanish qozonidan o`tgach tarkibidagi suvni yo`qotish uchun tez suratda sovutiladi.Buning uchun (69-rasm) nitroza gazlari suvli tez sovutgich (1) orqali o`tadi. Undan suvning ko`p qismi 3 %li nitrat kislotaga aylanib tushadi, qolgan qismi esa sovutgichda (2) kondensatlanadi, so`ngra ventilyator (3) (gaz yoki havo haydovchi,shamollatib turuvchi asbob) bilan ichida keramik halqalardan nasadkasi bo`lgan oksidlash oksidlash minorasiga (4) olib beriladi. Unda NO oksidlanib NO2 ga aylanadi (oksidlovchi minorada NO ning NO2 ga oksidlanishi nitroza gazlari tarkibidagi kislorod hisobiga boradi. Reaktsiya past haroratda borishi yuqorida aytilgan), ajralib chiqqan issiqlik minorani sug`orib va aylanib turuvchi 50 %li nitrat kislotasi bilan olinib turiladi. 50 %li nitrat kislota azot oksidlari bilan o`zaro ta'sirga uchramaydi-birikmaydi. Oksidlanmay qolgan NO dookislitel'da (5) 98 %li nitrat kislotasi bilan oksidlanadi.

NO+2HNO3= 3NO2 +H 2O-136,2kJ

hosil bo`lgan NO2 (oksidlanish minorasida va dookislitel'da hosil bo`lgan NO2 birgalikda) sho`roba sovutgichlarda (6)-100S gacha sovutilib ko`p qismi suyuq qolga o`tkaziladi. qolgan ozroq qismi yuttirish minorasida -100C gacha sovutilgan 88 %li nitrat kislotasida eritib olinadi (98 %li nitrat kislota NO2 ni o`ziga yaxshi eritadi va nitrooleumga aylanadi. So`ngra u 75-800S gacha qizdirilsa yana NO2 ni ajratib chiqaradi ) yuttirish minorasidan (8) oqib tushgan nitrooleum, avtoklavda qosil bo`lgan nitrooleum birgalikda oqartiruvchi kolonnaga yuboriladi, binobarinu tashqi tomonda bug` bilan qizdirilib turiladi.

Unda bug`lanib chiqqan azot (IV) va qo`sh oksidlari sovutgichga (10) borib yana azot qo`sh oksidiga aylanadi. Oqargan 98 % li nitrat kislota esa tayyor maxsulot hisoblanadi. Uning bir qismi 5 va 8 minoralarni sug`orish uchun yuboriladi, qolgan qismi omborga olinadi. Azot qo`sh oksidi aralashtirgichga (11) boradi va unga 2,4,5 apparatlaridan oqib tushuvchi 55-60 % li nitrat kislota bilan aralashib avtoklavga (12) keladi.(Avtoklav bu moddalarni yuqori bosimda qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparatdir). Bu maqsadda ishlatiladigan avtoklav qalin devorli po`latdan yasalgan tsilindirsimon apparat bo`lib, balandлiгi 8,5 m., ichinning diametri 1m, ichiga korroziyadan mudofaa qilish uchun alyuminiy qoplangan hamda to`r tarelkalar o`rnatilgan va to`r tarelkalarning mayda teshikchalaridan sekin oqib o`tib pastga tushadi.Avtoklavning tubiga toza kislorod ham yuborilgach, natijada qarama - qarshi oqimda yuqoriga ko`tariluvchi kislorod ishtirokida azot qo`sh oksididan nitrat kislota hosil bo`ladi. 1tHNO3 ishlab chiqarish uchun 0,29 t ammiak, 150m3 kislorod, 0,05g. platina,270 kvt/s elektr energiyasi, 0,6t. bug`, 200m3 suv sarflanadi.CHirchiq, Olmaliq, Farg`ona va Navoiydagi nitrat kislota ishlab chi?arish zavodlari respublikamiz ehtiyojini qondirib kelmoqda.


Download 86.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat