Nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan va



Download 30,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.08.2021
Hajmi30,26 Kb.
#143795
Bog'liq
Eritmalar - Vikipediya



Eritmalar

Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng

oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan 2. va

undan ortiq komponent (tarkibiy

qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki

suyuq gomogen sistemalar. Har qanday

eritma erigan modda va erituvchidan

iborat; undagi molekula yoki ionlar

baravar tarqalgan boʻladi. E.da erituvchi

bilan erigan moddalarni bir-biridan

farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida

sof holda ham, eritmada ham agregat

holati oʻzgarmagan modda olinadi. Mas,




biror tuzning suvdagi eritmasidagi

erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida

erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa,

eritmada miqdori koʻproq komponent

erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan

spirt eritmasida bu moddalarning qaysi

biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni

erituvchi deb olinadi. E. tarkibining bir

xilligi ularni kimyoviy moddalarga

yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar

erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi

yoki yutilishi ular orasida kimyoviy taʼsir

mavjudligiga dalil boʻladi. E. tarkibining

oʻzgarib turishi ularning kimyoviy

birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi.

Bundan tashqari, E. tarkibidagi alohida

komponentlarning xossalarini aniqlash



mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni

aniqlab boʻlmaydi. E. tarkibining oʻzgarib

turishi ularni mexanik aralashmalarga

yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi

ulardan farkdantiradi. Shu bois ham E.

mexanik aralashmalar bilan kimyoviy

birikmalar oraligʻidagi moddalar deb

qabul qilinadi.

Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil

boʻlishi individual modda

molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib,

eritma komponentlari orasida yangi

molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi

bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan

ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli

erituvchining butun hajmi boʻylab baravar




tarqaladi. Molekulaning qattiq jism

yuzasidan ajralishi bir tomondan —

erituvchi molekulalari tortishish kuchiga

berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur

jarayon kristallning butunlay erib

tugashiga qadar davom etishi mumkin,

lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon —

kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik

qiladi. Konsentratsiyaning oshishi qayta

kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum

muddatdan soʻng kristallning erish tezligi

qayta kristallanish tezligiga tenglashib

dinamik muvozanat vujudga

keladi:Erimagan modda <=> eritmadagi

modda, yaʼni vaqt birligida qancha

molekula erisa, shuncha molekula

eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan



modda bilan muvozanatda boʻlgan

eritma toʻyingan eritma deb ataladi. Hajm

birligidagi konsentratsiyasi toʻyingan

eritmanikidan kam boʻlgan eritma

toʻyinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada

kristallanish markazi boʻlmasa, uni

shunday sovitish mumkinki, bunda erigan

moddaning konsentratsiyasi

eruvchanligidan yuqori boʻlib qoladi,

natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan

holatga oʻtadi. Bunday eritma oʻta

toʻyingan eritma deyiladi.

Suyuq eritmalarning oʻziga xos

xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ

bosimining pasayishi, krioskopik va

ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi




orqali oʻrganiladi. E.ning tuzilishi uni

tashkil qilgan komponentlarning

xossalari bilan aniqlanadi. Agar

komponentlar kimyoviy tuzilishi,

molekulalarning oʻlchami va boshqalar

omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi

prinsip jihatdan sof suyuqliklar

tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining

molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi

koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks

jarayon boʻlgan dissotsiatsiya bilan

bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli

erituvchilarda eriganida qisman yoki

butunlay ionlarga parchalanadi, bu

jarayon E.da zarralar sonining

koʻpayishiga sabab boʻladi. Agar erituvchi

suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda



boʻlsa, solvatlar vujudga keladi. Bu

jarayonlar tegishlicha gidratlanish va

solvatlanish deyiladi. 1887 yil

D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish

nazariyasini olgʻa surgan. Uning shogirdi

I.A.Kablukov (umrining oxirlarida

Toshkentda yashab, ilmiy ishlar olib

borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi.

Amaliyotda koʻproq toʻyinmagan E.dan

foydalaniladi. Ularda erigan modda

konsentratsiyasi toʻyingan E.dagiga

qaraganda kamroq boʻladi. Eritmada

erigan modda miqdori eritma

konsentratsiyasini belgilaydi. Erigan

modda miqdori koʻp boʻlgan E.

konsentrlangan E., kam erigan




(konsentratsiyasi nisbatan kam boʻlgan)

E. suyultirilgan E. deyiladi.

E. odam, hayvon va oʻsimliklar hayotida

muhim rol oʻynaydi. Oziqovqatlar hazm

qilinishidan oldin E.ga oʻtkaziladi. Barcha

fiziologik suyukliklar E.dan iborat. E.

oʻsimliklarning oʻsishida va

hosildorligining oshishida muhim

ahamiyatga ega. Oʻsimliklar hosilini E.ga

oʻtkazish sanoat texnologiyasining

asosidir. Dengiz, okean, daryo, koʻl suvlari

ham E., ularni tuzlardan tozalash,

kimyoviy ishlash va boshqalar ham E.

texnologiyasi bilan bogʻliq. Polimerlar,

lokboʻyoqlar, sirt faol moddalar, sovun va

boshqalar koʻp tonnajli mahsulotlar ham



Download 30,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish