Nematova Diloromning"Milliy g’oya"



Download 202,5 Kb.
bet1/8
Sana17.01.2021
Hajmi202,5 Kb.
#55888
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nematova Dilorom


Farg’ona davlat universiteti

Fizika-matematika fakulteti

IO’M yo’nalishi 16.06-guruh talabasi

Nematova Diloromning”Milliy g’oya” fanidan

Mustaqil ishi.

1

Mavzu : Milliy g‘oya va demokratik rivojlanish.


Kirish
Reja:


  1. Milliy g‘oyaning ma’naviy hayotdagi roli va ahamiyati




  1. Milliy g‘oya – millat tayanchi va suyanchi.




  1. Milliy davlatchilikni qurishda, uni taraqqiy ettirishda milliy g‘oyaning o‘rni.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati

2


Kirish
Milliy g‘oya – uzoq vaqt mobaynida shakllanadigan qadriyatdir. “Avesto”dagi “ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amal” g‘oyasi xalqimizning azaliy murod-maqsadi qanday asoslarga tayanganini ko‘rsatib turibdi. Kommunistik mafkura quturgan, odamlar hatto tiliga ham chiqamagan g‘oyalari uchun qatag‘on qilinayotgan davrlarda ham millatimiz dilida, e’tiqodida ezgu tushunchalar barqaror edi.
Amir Temur umr bo‘yi “Kuch- adolatdadir”, degan shiorga amal qiladi, davlat ishida ham unga bo‘ysunadi. O‘z hayotiy shioriga umrining so‘nggi damigacha sadoqat bilan yashagan Sohibqirondan boshqa biror zotni ko‘rsatish qiyin. Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband “Diling Ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin”, degan aqidaga amal qiladi. SHu m’noda bizning milliy g‘oyamiz o‘z tarixiy ildizlariga, falsafiy asoslariga egadir.
Priovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos bu – milliy g‘oya, milliy mafkuradir.
Milliy g‘oya davlatimiz, jamiyatimiz, xalqimizning yuksalishi yo‘lida, buyuk kelajak barpo etishdek ezgu maqsadga erishish va jahon
hamjamiyatida o‘zimizga munosib obro‘-e’tibor topishimizda birlashtiruvchi kuch – qanot bo‘lishi shart.
Milliy g‘oya bo‘lsa, maqsad oydinlashadi. Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da’vat etadi, jamiyani yanada birlashtiradi. O‘z milliy g‘oyasi, milliy mafkurasiga ega bo‘lgan davlat mustahkam, qudratli va obod bo‘ladi1.

Milliy g‘oya millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uni etnoijtimoiy birlik sifatida tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalaydigan, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. ( A.Ochildiev.Milliy g‘oya va milatlararo totuvlik. T., O‘zbekiston, 2004. 15 - b.)


Milliy g‘oya har bir davrda aniq tarixiy mazmun kasb etadi. Xususan, milliy istiqlol g‘oyasini milliy g‘oyani mustaqillikni qo‘lga kiritish va mustahkamlash davrining o‘ziga xosliklarini yaxlit tarzda xarakterlaydigan xususiy holati, ko‘rinishi sifatida baholash mumkin. SHu nuqtai nazardan qaraganda, “Milliyg‘oya” “Milliy istiqlol g‘oyasi”ga nisbatan kengroq mazmunga egadir. Zero, milliy istiqlol g‘oyasi milliy rivojlanishning muayyan bosqichigagina xos bo‘lgan qarashlar tizimini ifodalaydi.
Milliy istiqlol g‘oyasi mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davrda o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Bu davrda u aynan istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarama-qarshi o‘laroq shakllana boshlaydi. Istibdodning mohiyatini ochib tashlash, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy sohalarda millat manfaatlarini himoya qilgan holda, davlat mustaqilligiga erishish yoki uni qayta tiklash uchun kurashni nazariy jihatdan asoslash, xalq ongiga singdirish uning bu davrdagi asosiy vazifasi hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘zgacha xarakter kasb etadiki, bu uning oldida turgan vazifalarda yorqin namoyon bo‘ladi. Bu davrda qo‘lga kiritilgan mustaqilikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashni g‘oyaviy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu umumiy vazifa stiqlolning mohiyatini faol tarda ijtimoiy ongga singdirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarni tiklash, har tomonlama rivojlantirish, istibdod davrida yuzaga kelgan illatlarni ijtimoiy hayotning barcha

4


sohalaridan siqib chiqarishdek bir-biri bilan uzviy bog‘liq konkret vazifalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Ularning xarakteri, ko‘lami va yo‘nalishi, birinchidan, millat bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning xususiyatlari, etnik o‘z-o‘zini anglash va mamlakat taraqqiyotining darajasi, ijtimoiy barqarorlik va millatlaaro totuvlikning mavjudligi, mustamlakachilik siyosati qoldirgan asoratlarning mohiyati kabi bir qator ichki omillar va, ikkinchidan, xalqaro hamjamiyatning, ayniqsa qo‘shni mamlakatlarning yosh mustaqil davlatga munosabati bilan belgilanadi.
Bugungi hayotimizga tatbiqan olganda, milliy istiqlol g‘oyasi istbdod illatlariga barham berish, Mustaqillik, erk va ozodlik tuyg‘ularini, istiqlolning ulug‘ ne’mat ekanini kishilarimiz ongiga singdirish, milliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash, xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida barqaror rivojlanish yo‘liga chiqib olish, bir so‘z bilan aytganda, erishilgan mustaqilikni har tomonlama mustahkamlash, ya’ni o‘tish davri uchun ahamiyatli bo‘lgan qarashlar tizimini ifodalaydi.
Jamiyatning murakkab etnik tarkibi, turli etnik guruhlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va manfaatlari ham milliy g‘oyaning milliy istiqlol g‘oyasi shaklida chiqishiga zamin yaratishi mumkin.
Milliy g‘oya milliy hayotda kechayotgan jarayonlar, hayotiy ehtiyoj va manfaatlar bilan uzviy birliki tashkil etadi.
Milliy g‘oya – millatning oliy idealini, uzoq muddatli maqsadlarini, orzu – umidlarini, irodasini, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos tarixiy “da’vosini” umumy shaklda ifodalaydi. U sodda va tushunarli tarzda ikki og‘iz so‘zda biz intilayotgan, qurayotgan jamiyatnin mohiyatini ifodalashi lozim2, degan fikrni ilgari suradi faylasuf olim M.Erkaev.



  1. Erkaev A. Milliy g‘oya mohiyati. T., Ma’naviyat, 2001. 6 bet.

5


Milliy g‘oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar tushuniladi. YA’ni, milliy taraqqiyot g‘oyalaridagi konkret maqsadlar, uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu maqsadlar – ozod va obod Vatan, erki va farovon hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokrati kdavlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir..
Milliy istiqlol g‘oyasi-mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari
I.Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat:


  • tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish;




  • xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini o‘tash;




  • inson qalbi va ongiga ijrbiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular,

go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etish;




  • har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish.




  • O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taaluqli bo‘lish;




  • Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston-yagona Vatan»

degan tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;




  • turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish;




  • biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch,

partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylantirmaslik;




  • har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish;




  • sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish;




  • so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;

6


- davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‘lish.
Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‘lgan taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma’naviy-ma’rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin.


Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish