Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi



Download 11,51 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi11,51 Kb.
#215306
Bog'liq
6 mustaqil ish


“Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi" AJ da 2003 yildan boshlab ISO 9001:2000 sifatni boshqarish menejment tizimi amal qilib keladi. Korxona 2003 yilda BVQI, 2006 yilda esa TUV CERT sertifikatlarini qo'lga kiritgan. 2007 yildan boshlab korxonada kasbiy xavfsizlik va sog'liqni saqlash bo'yicha OHSAS 18001 xalqaro standarti borasida faol ishlar olib borilmoqda. Bu o'tish jarayoni korxonaga sifatni boshqarish tizimiga amal qilishi orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, shu bilan birga barcha ishlab chiqarish jarayonlarini tubdan yaxshilash imkonini yaratmoqda.

KORXONADA SIFATNI NAZORAT QILISH

Zavodning texnik nazorat bo'limi korxona ishlab chiqargan mahsulotlarni me'yoriy texnik hujjatlar va sifatni nazorat qilish talablari asosida amalga oshiradi. Mahsulot sifatini nazorat qilish o'z ichiga quyidagilarni oladi:

mahsulot sifatini barcha loyihalash, texnologik jarayonlar, xom-ashyo butlovchi mahsulotlar, metrologik ta'minlash va tayyorlashgacha bo'lgan barcha jarayonlar;

korxonaga olib kelinayotgan barcha materiallar va butlovchi qismlar sifatini nazorat qilish;

mahsulotlarni identifikatsiya qilish;

shlab chiqarish sexlarida mahsulotlarning qismlari va bo'g'imlarini nazorat qilish;

metall prokatlar, qismlar va payvandlash materiallarini mexanik, kimyoviy va metallografik tadqiq qilish;

radiografik, ultrotovush va rangli defektoskopiya usullari yordamida payvandlash choklari va asosiy metallarni nazorat qilish;

termik qayta ishlash orqali nazorat qilish;

barcha tadqiqot usqunalari, asboblar va ish qurollarini kalibrovka qilish;

uskunalarni chidamliligi va germetikligini tadqiq qilish;

uskunalarni qadoqlash va yuklash;

buyurtmachiga mahsulotning sifat sertifikati va pasportini topshirish.

Sifatni nazorat qilish tizimida ishlab chiqarishning har qanday bosqichida texnologik jarayonlar rentgen plenkalari, termik qayta ishlash kartogrammalari sertifikatlariga mos olib borish ko'zda tutilgan.

Sifat menejment tizimi va uning afzalliklari


“Biz, avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini ¬tarkibiy jihatdan o‘zgartirish ¬bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport ¬salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim” Sh.M.Mirziyoyev.


Respublikada, avvalom bor xususiy mulkchilik sinfini shakllanishi yoki qaror topishi va mulkchilikka nisbatan bo‘lgan tushunchalarning o‘zgarishi–davlatning mahalliy ishlab chiqaruvchilarining jahon bozorlarida mustahkam o‘ringa ega bo‘lishida muhim omil bo‘ldi.


Korxonalarda halqaro standart talablariga muvofiq sifat tizimlarining joriy etilishi raqobat muhitida korxonalar yutug‘ining kafolati xisoblanadi va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga va iste’molchilarni sifatli va ekologik xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.


Shuning uchun ushbu soha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan:


Mazkur soha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda halqaro sifat tizimlarini joriy etish sohasining xuquqiy-normativ asosi bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi “Korxonalarda halqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida”gi №349, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi “Respublika korxonalarida halqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №173 hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 avgustdagi “Korxonalarda halqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №183 qarorlarida soliq, bojxona, mahsulotlarni eksport jarayonlari va bank xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchi korxonalarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qator imtiyoz va qulayliklar berilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 356-moddasiga asosan soliq solinadigan baza yangi texnologik uskunalar sotib olishda, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va mahsulotni halqaro standartlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda kamaytiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli qaroriga asosan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etayotgan mikrofirma va kichik tashkilotlarga yagona soliq to‘lovlarini kamaytirish tartibi qo‘llaniladi.

v O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi №349 qaroriga asosan sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan korxonalar belgilangan tartibda laboratoriyada tekshirish va test sinovidan o‘tkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish tartibi qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi 173-son qaroriga asosan davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xalqaro standartlar bo‘yicha sifat tizimini joriy qilgan, shuningdek eksportbop mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi korxonalar, mahalliylashtirish dasturiga kirishda, yuqoridagi mezonlarga muvofiq keladigan loyihalar bo‘yiyaa afzallika ega.


Adliya vazirligida 2697-son bilan ro‘yxatga olingan «Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar sifatni boshqarish tizimini joriy etishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.


Bugungi kunda sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari sonini 27 ta yetkazilib, shundan 8 ta sertifikatlashtirish idoralarini halqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ushbu ishlarni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha ravishda 2 ta hududiy markazlari (Andijon va Samarqand) qoshidagi sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun Turkiyaning TURKAK tomonidan 2017 yilning 1-choragida halqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirildi.


Respublikada 17155 ta ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, shundan 3306 tasi sertifikatlashtirildi. Agentlik tomonidan 3306 ta korxonalarga jami 3431 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan ISO 9001 - 3134 ta, ISO 14001 - 54 ta, OHSAS 18001 - 68 ta, ISO 22000 - 72 ta, ISO 50001 - 11 ta, ISO/TS 16949 - 34 ta va GMP - 9 ta va uyg‘unlashgan MTni 55 ta tashkil etadi.


Bu ko‘rsatkich Respublika xududlari va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida

ISO 9001 sifat menejmenti tizimi nima

iso-9001 sifatli-boshqaruv-tizimi-nedir.jpg

Bugungi kunda korxonalar nafaqat mijozlarning talablarini qondirishga, balki undan yuqori bo'lgan sifatli mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishga intilishadi. Boshqa tomondan, ular raqobatlashishi uchun o'z xarajatlarini kamaytirishlari kerak. Kichik va yirik korxonalarning sifat va iqtisodiy samaradorlikka erishish qobiliyati ularning sifatni yaxshilash bo'yicha kompleks yondashuvni ishlab chiqish qobiliyatiga bog'liq.

ISO 9001 sifat menejmenti tizimi dunyodagi eng mashhur sifat menejmenti tizimi standarti bo'lib, dunyo bo'ylab 180 mamlakatlaridagi milliondan ortiq tashkilotlarni sertifikatlashtirgan. 9001 standarti Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan e'lon qilingan 9000 seriyali standartlardan muvofiqlikni baholash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan yagona standartdir. ISO 9001, shuningdek, keng tarqalgan ishlatiladigan OHSAS 13485 va ISO 16949 kabi ISO 9100 (tibbiy asboblar), ISO / TS 18001 (avtomobil), AS / EN 14001 (aerokosmik) va boshqaruv tizimlari kabi sanoat uchun standartlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi.


ISO 9001 Sifat Menejmenti Tizimi - bu dunyo miqyosida qabul qilingan sifat menejmenti tizimi bo'lib, mijozlar talablari, ehtiyojlari va tartibga soluvchi talablarini qondirish orqali mijozlar ehtiyojini oshirishni nazarda tutadi. U sifat menejmenti tizimining holatini ko'p jihatdan tashkilotning tashkiliy tuzilishidan tortib, mijozlarning qoniqish darajasiga, to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilishdan jarayonlarni samarali boshqarishga, ichki auditdan mahsulot dizayniga, sotib olishdan sotishga qadar. ISO 9001 standarti asosan boshqarish mexanizmidir. Ushbu standartning maqsadi - xatolar va nuqsonlarni kamaytirish, yo'q qilish va oldini olish. Standart mahsulot va xizmatlarning sifati bilan emas, balki boshqaruv tizimining sifatiga bevosita bog'liqdir. Asosiy taxmin shundan iboratki, agar samarali Sifat Menejmenti Tizimi yaratilsa va joriy etilsa, mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun sifatli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqariladi.


ISO 9001 standarti qiyin emas va umumiy talablarni o'z ichiga oladi. U katta yoki kichik miqyosidan qat'i nazar, har qanday sektorga qo'llanilishi mumkin. To'g'ri tushunilgan va to'g'ri qo'llanilganda kuchli boshqaruv tizimini anglatadi.


ISO 9001 standarti Sifat menejmenti tizimini yaratish uchun uni butunlay tashkilotlarga qoldirdi. Nima qilish kerak, "standart" Sifatni Boshqarish Tizimi yaratish emas, balki standart talablariga javob beradigan Sifatni Boshqarish Tizimi yaratish.O'QUV MARKAZIDA ISO 9001:2015 XALQARO SIFAT MENEJMENTI TIZIMI BO'YICHA O'QUV-TRENINGI TASHKIL ETILDI


Bugun mamlakatimizda ko‘plab korxona va tashkilotlar xalqaro standartlar asosidagi sifat menejmenti tizimining sertifikatiga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Bu sifat sohasida barqaror ko‘rsatkichlarga erishish, xodimlar malakasini yuqori darajada saqlash, raqobatbardosh, eksportbop mahsulot va xizmatlarni ko‘paytirishga yordam bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyulda qabul qilingan «Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2009 yil 19 iyundagi «Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari sifat menejmenti tizimini barcha hududlarda keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda muvaffaqiyatning sharti faoliyatda menejmentning samarali tizimlarini joriy etish, ularga muvofiqlik sertifikatlari esa tashkilot va korxonalar uchun iste’molchilar tomonidan ishonchning asosiy omillaridan biri, tender va tanlovlarda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning zarur sharti hisoblanadi.

Korxonalarda sifat menejmenti tizimlarining joriy etilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va raqobatbardoshligini ta’minlash, xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmatlarni ko‘rsatish, shu asosda hamkor va iste’molchilarning qanoatlanishini ta’minlash, natijada xizmat ko‘rsatish bozorlarini kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish, texnik va texnologik jarayonlarning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash orqali xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

ISO 9001:2015 xalqaro sifat menejmenti tizimini joriy etish, korxonadagi ish sifatini nazorat qilish va oshirishda xalqaro standartning o‘rni va boshqaruvda xalqaro standartning axamiyati bo'yicha "RRTM" O'quv markazida o'quv kursi tashkil etildi. O'quv kursi "CERT ACADEMY GROUP" kompaniyasi mutaxassisi tomonidan prezentatsion, kichik test sinovlari va metodik so‘rovnomalar asosida tinglovchilar uchun ma’ruzalar o‘tildi.

Kurs yakunida tinglovchilar bilan o‘tilgan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha tegishli test sinovi o‘tkazildi va tinglovchilar tomonidan qiziqtirilgan savollarga mutaxassis tomonidan nazariy va amaliy ko‘rinishda atroflicha javoblar berildi.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


“MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

“Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar

Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. “O‘zstandart” agentligi belgilangan tartibda:

2014-yil 5-aprelgacha akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilishda yangi guvohnomalar ularni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab rasmiylashtirilishini;

muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.



4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Download 11,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish