Nazorat uchun test savollari: Nima deb o‘ylaysiz, psixodiagnostika fani qanday paydo bo‘lgan?



Download 24,81 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi24,81 Kb.
#88095
Bog'liq
psnd1
psnd3, 8-cinf test

Nazorat uchun test savollari:

  1. Nima deb o‘ylaysiz, psixodiagnostika fani qanday paydo bo‘lgan?

Psixologiya fanining har bir tarmog‘ining o'ziga xos yuzaga kelish va rivojlanish tarixi mavjud. Psixologik diagnostikaning psixologiya fanidan ajralib chiqish sanasi XIX asr oxiri XX asr boshlariga to‘g‘ri kelib, bunga asosiy sabab amaliyot talablari bo‘lgan. Psixodiagnostikaning yuzaga kelishi psixologiyadagi bir qator yo‘nalishlarning rivojlanishi asosida amalga oshdi va tayyorlandi.

Psixodiagnostika fani yuzaga kelishining birinchi manbai eksperimental psixologiya hisoblanadi. Psixodiagnostik metodikalar asosini eksperiment metodi tashkil etganligi sababli ham ulami ishlab chiqish psixodiagnostikaning vazifalaridan biridir. Aynan shu ma’noda psixodiagnostika “eksperimental psixologiya” asosida yuzaga keldi deb aytish mumkin. Eksperimental psixologiyani yuzaga kelish davri 1879 yil bo‘lib, aynan mana shu yili Germaniyada eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriya tashkil etildi. Uning asoschisi V.Vuntd hisoblanadi. U ikkita yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi:

1). Eksperimentga asoslangan tabiiy ilmiy yo‘nalish;

2). Madaniyat (xalqlar psixologiyasi)ni o‘rganishning psixologik metodlari asosiy rol o‘ynovchi madaniy tarixiy yo‘nalish. V.Vuntd nazariyasiga muvofiq, tabiiy ilmiy eksperimental metodlami faqat psixikaning quyi, elementar darajasiga nisbatan qo‘llash mumkin. Shu tufayli uning laboratoriyasida asosan sezgilar va ular orqali yuzaga keluvchi harakat reaksialari, shuningdek, periferik va bunokulyar qurish, ranglami sezish kabilar o‘rganilgan. Bunday laboratoriyalar keyinchalik Fransiya, Gollandiya, Angliya, Shvetsiya, Amerikada ochildi. Eksperimental psixologiya rivojlanib borib, keyinchalik ancha murakkab psixik jarayonlami ham o‘rganish boshlandi. Masalan: F.Galton so‘zli assotsiatsiyalar yaratdi va shu asosda tadqiqotlar o‘tkazdi. F.Galton ishlari nashr qilingach, Vuntd ham assotsiativ metodikani laboratoriyasida qo‘llay boshladi. Bunda tajribalar yordamida qo‘lga kiritilgan reaksiya vaqti bo‘yicha individual farqlar tekshiruvchilarning individual xususiyatlaridan emas, balki assotsiatsiyalar xarakteridan kelib chiqib tushuntirildi.

XIX asming oxirlarida G. Ebbingauz birinchi boiib xotira qonunlarini o‘rgandi. Amerikalik psixolog Dj. Kettel diqqat hajmi va o‘qish malakalarini tadqiq qildi. Taxistoskop yordamida u turli omillar - shakl, harf, so‘zlami idrok qilish va so‘z bilan atash uchun zarur bo‘ladigan vaqtni aniqladi. Uning tajribasida diqqat hajmi 5 ta omildan iborat boiadi. Aylanayotgan barabandagi harf va so‘zlami o‘qish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazib, Kettel antitsipatsiya fenomenini (idrokning ilgarilab ketishi) qayd qildi. Experimental metod psixologiya fanida keng qo‘llanila boshlanishi odamlar orasidagi individual farqlar haqidagi bilimlarni yuzaga kelishiga olib keldi, Psixodiagnostika yuzaga kelishining ikkinchi manbai differensial psixologiyadir. Differensial psixologiyaning predmeti individual psixologik xususiyatlar bo‘lib, psixodiagnostika ularni o‘lchash metodlari haqidagi fan sifatida yuzaga keldi. Ushbu ikkita manbadan tashqari amaliyot talab va ehtiyojlari ta’sirida psixodiagnostika tarkib topdi.


  1. Individual farqlar deganda nimani tushunasiz?

Shaxslarning o‘zaro temperament, xarakter, o‘zini tutish tarzi, xotira, intellektual salohiyatga ko‘ra farqlanishi individual farqlar hisoblanadi. Individual farqlar bilan shug‘ullanuvchi fan differensial psixologoya deb ataladi. Shaxslar o‘rtasidagi farqlarga qadimgi Yunoniston mutafakkirlari ham e’tibor qaratishgan. Xususan Aflotun o‘zining “Davlat” asarida shunday deydi: “ Ikki shaxs mutlaqo bir xil bo‘lishi mumkin emas: har biri ikkinchisidan o‘z qobiliyatiga farqlanadi, shu sababli ulardan biri qanaqadir o‘z ishi bilan, ikkinchisi esa – o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgani ma’quldir”. O‘sha davrda Aflotun hozirgi davrga qiyoslaganda harbiy xizmat uchun yaroqlilikni tekshirish uchun maxsus testni ham taklif qilgan. Gippokrat tomonidan shaxslar to‘rt “krazis” temperamentga ajratilgan. Olim tomonidan kishilardagi farqli jihatlar o‘rganilgan va asarlarida bayon etilgan. Aristotel o‘zining “Etika” asarida shaxslar guruhlarining farqlariga: tashqi ko‘rinishdagi, irqdagi, jins va ijtimoiy holatidagi farqlarning shaxs psixikasi va axloqida paydo bo‘lishiga to‘xtalib, bunday farqlarni shaxsning dunyoga kelishidagi faktorlar bilan bog‘lagan.

3.Birlashtirilgan testlar qanday yaratilgan?

Psixologik testlarning bir turi bo‘lib, o‘zining mustaqil ma’no-mazmuni va baholash yoki alohida bir tarkibiy elementlariga ega bo‘ladi. Devid Vekslerning “Intellekt” testi shular jumlasidan hisoblanadi.




  1. Hozirgi davrda psixodiagnostika fanining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shgan psixologlarning nomlarini keltiring?

  • G. Ebbingauz;

  • Dj. Kettel;

  • A.R. Lauriya;

  • K.Yung;

  • G.Rorshax

Download 24,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi