Nazorat savollari: Ta’limda axborot texnologiyalari deganda nima tushuniladi?



Download 10.21 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi10.21 Kb.

Nazorat savollari:

  1. Ta’limda axborot texnologiyalari deganda nima tushuniladi?


ta’limda axborot texnologiyalari – bu axborotni tayyorlash va uni ta’-lim oluvchiga kompyuter texnikasi va dasturiy vositalar yordamida uzatish jarayonidir.


  1. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarining qanday komponentlari ishtirok etadi?

Ta’limda axborot texnologiyalarining qo‘llanilish jarayonida o‘quv axborotini uzatishda ishtirok etuvchi ikkita komponent mavjud: texnik vositalar (kompyuter texnikasi va aloqa vosi-talari) va har xil maqsadlarda yaratilgan dasturiy vositalar

  1. Axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik maqsadlari Axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik maqsadlari quyidagilar:

• shaxsiyatni rivojlantirish (tafakkur, estetik tarbiya, tajriba-tadqiqot faoliyatini olib borishni rivojlantirish);

• axborot madaniyatini shakllantirish;

• aniq bir sohaning mutaxassislarini tayyorlashda foydalanuvchining umumiy axborot tayyorgarligi (“kompyuter savodxonligi”)dan iborat ijtimoiy buyurtmani bajarish;

• o‘quv-tarbiya jarayoni unumdorligini, ta’limning sifat va samaradorligini oshirish, bilish va o‘rganish faoliyatining muhim jihatlarini ta’minlash, axborot va fanning integratsiyasi hisobiga fanlararo bog‘liqlikni chuqurlashtirish.



4. Axborot texnologiyalari vositalarining uslubiy imkoniyatlari?

Axborot texnologiyalari vositalarining uslubiy imkoniyatlari quyidagilar:

• bilimlarni vizuallashtirish;

• ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish;

• obyektning rivojlanishi, chizma va tasvirlarni qurish, operatsiyalar (kompyuterdagi namoyishlar)ning bajarilish ketma-ketliklari jarayonlarini kuzatish imkoniyatlari;

• obyekt, jarayon va hodisalarni modellashtirish;

• ma’lumotlar bazasini tashkil etish va ulardan foydalanish;

• multimedia vositalaridan foydalangan holda qiziqarli shaklda tasvirlangan kata hajmdagi axborotlar manbaiga kira bilish;

• o‘z o‘zini nazorat qila bilish;

• mashq qilish va mustaqil ravishda tayyorlanishni o‘rganish;

• ta’limning ishonchliligini oshirish (har xil o‘yinlar, multimedia vositalari);

• murakkab vaziyatlarda optimal yechimni topish ko‘nikmalarini shakllantirish;

• fikrlashning ma’lum bir ko‘rinishlarini rivojlantirish (masalan, ko‘rgazmali, namunali);

• o‘quv faoliyati madaniyatini shakllantirish;

• axborot madaniyatini shakllantirish;

• o‘quv vaqti va mustaqil faoliyat vaqtini ajrata bilishni o‘rgatish va hokazo





  1. Pedagogik dasturiy vositalar deganda nima tushuniladi?

Ta’limda axborot texnologiyalarining qo‘llash jarayonida texnik vositalar bilan bir qatorda maxsus dasturiy vositalardan ham foydalaniladi. O‘quv jarayoniga yo‘naltirilgan dasturiy vosita – bu biror fan sohasini o‘rganishda o‘z aksini topgan dasturiy vosita bo‘lib, bunda shu fan sohasini o‘rganish texnologiyasi va u bilan bog‘liq har xil o‘quv faoliyatlarini amalga oshirish shartlari ta’minlanadi. Har xil turdagi o‘quv jarayonlarini bunday funksional ta’minlovchi dasturiy vositalar pedagogik dasturiy vositalar deb ataladi
Download 10.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat