Nazorat qilish va hisobga olish tizimlarining vazifalari quyidagilardan iborat



Download 29,94 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi29,94 Kb.
#696674
  1   2   3
Bog'liq
jahongir


Mavzu: Elektr energiyasini о‘lchash qurilmalari (xisoblagich)ning axamiyati. Temperaturani о‘lchash qurilmalari: termopara va kontaktli termometr.
Reja;
1. Energiya iste’molini hisobga olishning maqsadlari, vazifalari 2. Tеmpеrаturа hаqidа tushunchаlаr. Tеmpеrаturа shkаlаlаri. Kеngаyish tеrmоmеtrlаri. Mаnоmеtrik tеrmоmеtrlаr. Tеrmоelеktrik tеrmоmеtrlаr.

. Texnik vositalarga bog‘liq bo‘lmagan energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olish yordamida quyidagi ikki maqsadga erishish mumkin:


Energiya iste’molini real hajmiga muvofiq energiya resurslariga bo‘lgan talabni ta’minlash;
Energiya resurslarini ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq boshqa harajatlarni minimallashtirish.
Bu maqsadlarga erishishnig turli yo‘llari mavjudligi sababli energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish masalasini energiya resurslaridan foydalanish hajmini kamaytirmasdan hamda ulardan foydalanish hajmini kamaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin.
Nazorat qilish va hisobga olish tizimlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
 energiya resurslari iste’molini real hajmiga va ularni ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan harajatlarini minimallashtirishga muvofiq, xususan, aniqlilik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchash asboblaridan foydalanish yoki birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish uzviyligi hisobiga energiya resurslariga hisoblashlarni ta’minlash maqsadida energiya resurslari iste’moli parametrlarini aniq o‘lchash;
 energiya ta’minoti korxonalari subabonentlari bilan moliyaviy hisoblashlar va boshqarish yechimlarini qabul qilish uchun ishlatiladigan ma’lumotlar ishonchliligini oshirish hisobiga ulardan foydalanishni real hajmiga bog‘liq ravishda energiya resurslari iste’moli hisobini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar to‘liqligini tahlil qilish;
 energiya resurslarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida amaldagi tariflar tizimiga asosan korxona, uning ob’ektlari va sexlari bo‘yicha energiya resurslarini kompleks avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olish tizimi yordamida iste’molni nazorat qilish;
 energiya resurslari harajatlarini minimallashtirish va energiya ta’minoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida berilgan limitlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) quvvat, sarf va haroratni rejimli va texnologik jarayonlar hisobga olish nuqtalarida va ob’yektlarida energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
 energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish va energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining ruxsat etilgan chegaralardan chiqishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishidan keyin ularni qayta tiklash maqsadida ham energiyadan foydalanishni va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining og‘ishlarini qayd etish, ularni absolyut va nisbiy birliklarda baholash;
 operativ yechimlarni qabul qilish hisobiga energiya resurslari ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida nazorat qilinadigan kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oralig‘idan og‘ishlari haqida habar berish (rang, tovush bilan);
 energiyadan foydalanishni rejalashtirish hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida energiyani hisobga olish kattaliklarining parametrlarini oldindan bashorat qilish (qisqa, o‘rta va uzoq muddatili);
 inson ishtirokini minimumga keltirish va boshqarish sifatini ta’minlash hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida ma’lum mezonlar va iste’molchilar-rostlagichlarni ulash/uzish funksiyalarida prioritet sxemalar asosida energiya iste’molini avtomatik boshqarish;
 sinxron o‘lchashlarni ta’minlash hisobiga energiya resurslari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida 27 yagona tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab chiqarish korxonalarining ko‘plab amaldagi ENHAT o‘z tuzilmaviy va funksional cheklashlari tufayli ko‘rib chiqilgan masalalarni faqat bir qismini yechadi.
Temperatura ishlab chiqarishda texnologik jarayonning borishi hamda borish davrini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biridir. Avtomatik boshqarishning samaradorligi temperaturaning aniq bahosini belgilaydi.
Temperatura - jismning issiqlik darajasi hisoblanib, molekulalarning issiqlik harakatidan aniqlanadigan ichki kinetik energiya miqdoridir. Temperaturani o'lchash imkoni issiqlik almashishiga, issiq moddaning issiqligi o'zidan kam bo'lgan moddaga o'tish qobiliyatiga asoslangan. O'lchanayotgan temperaturalarning son qiymatini topish uchun temperaturalar shkalasini o'rnatish, ya'ni sanoq boshini va temperatura intervalining o'lchov birligini tanlash lozim. Agar temperatura «gradus» bilan o'lchansa, uning o'lchov birligi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
bu yerda: t1 - jismning boshlang'ich chegara nuqtasidagi
temperaturasi;
t2 - shu jismning ikkinchi holatga o'tish nuqtasidagi
temperaturasi;
n - butun son (shkala bo'linmalari soni).
Hozirgi vaqtda bir necha xil o'lchov shkalalari mavjud. Jumladan:
1. Xalqaro amaliy temperaturalar shkalasi (Selsiy shkalasi).
2. Termodinamik shkala (Kelvin shkalasi).
Xalqaro amaliy temperaturalar shkalasida temperaturaning o'lchov birligini topish uchun suvning uch holati - muzlash, qaynash va bug'lanish nuqtalari orasidagi temperatura miqdori 100 bo'lakka bo'linadi. Agar suvning muzlash nuqtasi tx=0, qaynash nuqtasi t2=100°C va n=100 deb qabul qilinsa, temperaturaning Selsiy shkalasidagi o'lchov birligi bo’ladi.
Termodinamik shkala esa, absolyut temperaturalar shkalasini joriy etgan ingliz olimi Kelvin nomi bilan yuritiladi. Absolyut temperatura Gey-Lyussak qonuni
ga muvofiq temperaturaning boshlang'ich nuqtasi absolyut nol temperaturaning bo'lishiga asoslanadi yuqoridagi ifoda ideal gaz hajmi ning o'zgarishi = const bo'lganda temperaturaning o'zgarishiga bog'liqligini ko'rsatadi, bu yerda: Vo - Selsiy shkalasi bo'yicha temperatura nol bo'lgandagi gaz hajmi;
- hamma gazlar uchun bir xil bo'lgan hajmiy kengayish termik koeffitsiyenti.
Absolyut nol temperaturada (Tda) gaz hajmi V= 0 deb faraz qilinsa,
0=V0(1+To) (2.4)
bo'lib, absolyut temperaturaning qiymati To = -273,16 bo'ladi.
Absolyut nol temperaturani amalda o'lchash mumkin emas, chunki temperatura pasaygan sari, gaz hajmi nolga yaqinlashmay, suyuqlikka aylanadi.
Amalda temperaturani o'lchash uchun xalqaro amaliy shkalalar - Selsiy va Kelvin qo'llaniladi. Bu shkalalar Selsiy shkalasi asosida tuzilgan, ularning o'lchov birligi amaliy shkalalar - selsiy, hamda kelvin, T.
Xalqaro amaliy shkala bo'yicha temperatura kelvinda o'lchansa, uning qiymati quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
Xalqaro birliklar sistemasida temperaturaning o'lchov birligi sifatida kelvin (K), ya'ni suvning muz, suv, bug' holatida bo'ladigan nuqtasi deb ataladigan termodinamik temperaturasi qabul qilingan. Shu bilan bir qatorda XBS da temperaturaning Xalqaro amaliy temperatura shkalasi - Selsiy shkalasida (°C) o'lchashni ham tavsiya qilinadi. Bu shkala jismlarning o'zgarmas holatlaridan oltitasining mavjudligiga asoslangan:
1. Kislorodning qaynash nuqtasi: 182,97°C.
2. Suvning bir vaqtda uch holatda (muz, suv, bug') bo'lish nuqtasi: 0,01°C.
3. Suvning qaynash nuqtasi: + 100°C.
4. Oltingugurtning qaynash nuqtasi: +444,6°C.
5. Kumushning qotish nuqtasi: +961,93"C.
6. Oltinning qotish nuqtasi: +1064,43eC.
Bu shartli nuqtalarga asoslanib, etalon o'lchov asboblarining shkalasi darajalanadi.
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalarning temperaturasini o'lchash uchun amalda turli xil qurilmalar - termometrlar qo'llaniladi.
Temperaturani o'lchash usuliga ko'ra barcha termometrlar ikki guruhga bo'linadi: kontaktli va kontaktsiz (Bevosita muhit bilan kontaktda bo'ladigan va muhit bilan kontaktda bo'lmaydigan.) Birinchi guruhga kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, termoelektrik termometrlar va qarshilik termometrlari (termistorlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa turli turdagi pirometrlar kiradi.

Download 29,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish