Nazariy qism. O’rnatilgan tizimlar arxitekturasini yaratish



Download 278.52 Kb.
bet1/4
Sana02.05.2020
Hajmi278.52 Kb.
  1   2   3   4

16-Amaliyot.

Mavzu: O’rnatilgan tizimlarni yaratish ketma-ketligi.

Ishdan maqsad: O’rnatilgan tizimlarni yaratish ketma-ketligini tahlil qilish.

Nazariy qism.

O’rnatilgan tizimlar arxitekturasini yaratish.
Birinchi dasturlar bevosita mashina kodlarida yaratilgan. Buning uchun, mikroprotsessor arxitekturasini va uning asosidagi tizimni mukammal bilish zarur. Hisoblash texnikasining rivojlanishi borasida, ko’p uchraydigan amallarni (operatsiyalarni) ajratib, ular uchun dasturiy modullar yaratilib, keyinchalik ulardan dasturiy ta’minotda foydalana boshladilar. Shunday qilib, 50-chi yillarda, birinchi dasturlash tizimlarini yaratishda kiritish chiqarish amallari uchun, keyinchalik matematik amal va funktsiyalarni hisoblash uchun modullar yaratildi. Keyinchalik, rivojlanish yuqori darajadagi translyatorlarni yaratilishiga olib keldi, ya’ni ob’yeratorlar o`rniga zaruriy funktsiyalarni chaqiriqlarni qo`yish imkoniyati kelib chiqdi. Kutubxonalar soni oshib bordi. Natijada, amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilaridan tizim arxitekturasini mukammal bilish talab qilinmay qoldi. Ular, dasturiy tizimga mos chaqiriqlar bilan murojaat va ulardan kerakli servis va funktsiyalarni olish imkoniga ega bo`ldilar. Bu dasturiy tizim OT dir.

Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o`zaro bog`lanishi bo`yicha asos funktsiyalarni ta’minlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi bo`yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi.

Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi.

OT kutubxonalarida bu funktsiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo`shmaslik imkonini beradi. Dasturlash tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va kattaliklarni tayyorlaydi. KCH tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari kopp bo`lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish, balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan qulay va samarali virtual interfeysni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, parallel bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni ta’minlash talab qilinadi. Ba’zi KCH dasturchilaridan ba’zilari qurilmalardan mustaqildir, ularni KCH kopgina qurilmalariga, qo`llash mumkin.

Fayl – bir xil tuzilishga ega bo`lgan yozuvlar majmuasi ko`rinishida tashkil etilgan ma’lumotlar toplamidir.

Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma’lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish ko`rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma’lumotlarni diskda yoki boshqa ma’lumot jamlanmasida tashkil qilish usulini belgilaydi.

Barcha zamonaviy OT lar o`z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy OT larning aksariyat kopchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammosini yechadi.

FBT, foydalanuvchilardan kiritish-chiqarish qurilmalari va disk xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bog`liq emas. UNIX da yo`lga disk nomi yoki uning nomerini qo`shish imkonini bermaydi, chunki bu OT uchun qurilmalarga qat’iy bog`lanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirig`i yumshoq disk tizimini asos fayl tizimidagi ko`rsatilgan joyga qo`shish (montirovka) imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir.





16.1-Rasm OT ni sinflarga ajratish.

OT tizimli boshqaruvchi va ishlov beruvchi dastur majmuasidan iborat bo`lib, bular dastur modullari va ma’lumotlar tuzilmalarining o`zaro bog`langan murakkab tuzilmasidir, ular hisoblashlarning ishonchli va samarali bajarilishini ta’minlashi zarurdir. OT ning kopgina potentsial imkoniyatlari, uning texnik va istehmol parametrlari – bularning hammasi, tizim arxitekturasi OT ning strukturasi, qurilish printsiplari bilan belgilanadi.

Shu vaqtgacha biz OT larga tashqi tarafdan nazar soldik, ya’ni OT qanday fukntsiyalarni bajaradi. Endi esa, OT larni ichki qismini va ularni qurishda qanday yondashishlar mavjudligini ko`rib chiqamiz.

Zamonaviy OT larga qo`yiladigan talablarni qondirishda uning strukturali qurilishi (tuzilishi) katta ahamiyatga egadir, OT lar o`z rivojlanish bosqichlarida, monolit tizimlardan to yaxshi strukturalashtirilgan, rivojlanish xususiyatiga ega bo`lgan, kengaytirish va yangi platformalarga o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdilar.




Download 278.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat