Nazariy elektrotexnika



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.09.2019
Hajmi0,94 Mb.
#22329
Bog'liq
xrpt ju4ifyhcj21da9od33aop1d1z6zys4h4nacuyjx8bmbbkpfcifsz7voupdh08p3kp57eescf7eh


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 

VAZIRLIGI 

 

 

 



 

 

 



Amirov  S.F., Yoqubov M.S., Jabborov N.G‘. 

 

 



NAZARIY  ELEKTROTEXNIKA 

 

 

 



O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2016 

yil 22 yanvardagi 26- son buyrug„iga asosan 5310200, 5310600, 5310700, 

5310800, 5311000, 5311100, 5430200  ta‟lim yo„nalishlari talabalari 

uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent  2016

 

 



Kitobxon.Com

 

УДК: 53(072) 



ББК:38.58. A - 98 

КБК: 38.58. 

Amirov 

S.F., 

Yoqubov 

M.S., 

Jabborov 

N.G‘. 

Nazariy 

elektrotexnika:  Oliy  o„quv  yurtlari  talabalari  uchun  darslik.  –  Toshkent: 

ToshTYMI, 2016. – 481 b. 

 

Darslikda  nazariy  elektrotexnikaga  tegishli  bo„lgan  tayanch 



tushunchalar,  atamalar,  o„zgarmas  va  bir  fazali  sinusoidal  tok  chiziqli 

elektr  zanjirlari,  induktiv  bo„g„langan  zanjirlar,  to„rtqutbliklar,  elektr 

filtrlari,  uch  fazali  zanjirlar,  nosinusoidal  tok  chiziqli  elektr  zanjirlari, 

chiziqli  elektr  zanjirlaridagi  o„tkinchi  jarayonlar,  tarqoq  parametri 

zanjirlar,  passiv  ikki  qutbliklar  va  to„rtqutbliklar  sintezi,  o„zgarmas  tok 

nochiziq  elektr  va  magnit  zanjirlari,  o„zgaruvchan  tok  nochiziq  elektr 

zanjirlari,  elektrostatik  maydon,  o„zgarmas  tokning    elektr  va    magnit 

maydonlari va o„zgaruvchan  elektromagnit maydonni hisoblash usullariga 

oid   tegishli  bakalavriat yo„nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun 

yetarli darajada bo„lgan ma'lumotlar keltirilgan bo„lib, har bir bob tegishli 

masalalar va nazorat savollari bilan to„ldirilgan. 

Darslik  5310200,  5310600,  5310700,  5310800,  5311000,  5311100, 

5430200  ta'lim  yo„nalishlari  talabalari  uchun  mo„ljallangan  bo„lib,  undan 

professor-o„qituvchilar,  ishlab  chiqarish  sohalarining  mutaxassislari, 

muhandislar,  magistrantlar  va  ilmiy-texnik  xodimlar  hamda  malaka 

oshirish kurslarining tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin. 



 

 

 

Mas‘ul muharrir: texnika fanlari doktori, professor Amirov S.F. 

 

Taqrizchilar: Toshkent temir yo„l muhandislari instituti “Elektr aloqa 

va radio” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Holiqov A.A. 

 

Toshkent  Davlat  texnika  universiteti  “Elektronika  va  avtomatika” 



fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi,  dotsent Abidov Q.G‘. 

 

Toshkent Davlat texnika universiteti “Elektrotexnika va kasb ta‟limi 



(energetika)”  kafedrasi  mudiri,  texnika  fanlari  nomzodi,    dotsent 

Begmatov Sh.E. 

 

ISBN 978 – 9943 – 975 – 04 - 01 

©  Toshkent temir yo„l muhandislari instituti, 2016 yil.

 

©  Amirov Sulton Fayzullayevich, 2016 yil. 



Kitobxon.Com

 

SO‘ZBOSHI 

“Nazariy  Elektrotexnika”  fani  elektrotexnika,  elektr  energetikasi, 

radioelektronika,  elektr  aloqa  va  avtomatika  sohalariga  oid  ta'lim 

yo„nalishlari  va  magistratura  mutaxassisliklari  talabalari  uchun  tayanch 

umumkasbiy  fanlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  fanning  asosiy  masalasi  turli 

elektrotexnik  qurilmalarda  sodir  bo„ladigan  elektromagnit  hodisalar  va 

jarayonlarni sifat va miqdor tomonidan o„rganishdir. 

"Nazariy 

Elektrotexnika" 

fanidan 

o„quv 


qo„llanma 

"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" nomi bilan O„zbekiston Respublikasi 

Oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi grifi asosida 2007- yilda chop etilgan 

edi. O„tgan davr  mobaynida kitob respublikamizdagi tegishli texnika oliy 

o„quv  yurtlari  professor-o„qituvchilari  va  talabalari  muhokamasidan 

o„tkazildi  hamda  ularning  o„quv  qo„llanma  sifatini  yanada  yaxshilashga 

oid    fikr-mulohazalari  atroflicha  o„rganildi  va  tegishli  tuzatishlar  hamda 

qo„shimchalar  kiritildi.  Jumladan,  kitob  “Elektr  filtrlari”  va  “Passiv 

ikkiqutbliklar 

va 


to„rtqutbliklar 

sintezi”  boblari  va    nazariy 

elektrotexnikaga  oid  asosiy  atamalar  va  tushunchalar  izohli  lug„ati 

(Glossariy) bilan to„ldirildi. 

Oliy  ta'limning  fan  dasturi  asosida  yozilgan  ushbu  darslikda 

talabalarda  nazariy  elektrotexnika  bo„yicha  zarur  va  yetarli  bo„lgan 

tayanch  tushunchalar,  elektr  va  magnit  zanjirlaridagi  fizik  qonunlar  va 

hodisalarning o„ziga xos xususiyatlari har tomonlama bayon etilgan. 

Kitobdagi  materiallar  hozirgi  zamon  elektr  energetikasi  va 

elektrotexnikasiga  asoslangan  bo„lib,  ularning  texnik  yechimlari  esa  xalq 

xo„jaligida  tobora  keng  qo„llanilayotgan  mashinalar,  jihozlar,    uskunalar, 

ular  asosida  ishlayotgan  avtomatlashgan  texnologik  majmualar  elektr  va 

magnit zanjirlarining xossa va  xususiyatlarini o„rganishga bag„ishlangan.  

So„nggi yillarda elektrotexnikadagi tayanch tushunchalar va ta'riflarga 

Davlat  standartlari  seriyasi  chiqarildi,  xorijda  ushbu  fan  va  unga  yaqin 

bo„lgan  o„quv  adabiyotlari  mazmun  va  mohiyatini  chuqur  o„rganish 

natijasida oliy o„quv yurtlari fan dasturlariga jiddiy o„zgartirishlar kiritildi. 

Oliy  va  o„rta  maxsus  o„quv  yurtlarida  elektrotexnik  fanlarning  o„qitilish 

jarayoniga  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalari  keng  joriy 

etilmoqda.  Bu  borada  darslik  mazmuni  elektrotexnika,  energetika  va 

avtomatika  sohalariga  oid  ta'lim  yo„nalishlarining    O„zbekiston 

Respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi   tomonidan tasdiqlangan 

takomillashtirilgan  Davlat  ta'lim  standartlarida  "Nazariy  Elektrotexnika" 

faniga qo„yilgan talablarga moslashtirildi. 

Darslikda  keltirilgan  nazorat  savollari  talabalarning  mustaqil  ta'lim 

olish  va  fikrlash  qobiliyatini  o„stirish  uchun  xizmat  qiladi.  Keltirilgan 



Kitobxon.Com

 

masalalar nazariy ma'lumotlarni mustahkamlashga hamda ularga amaliy va 



mantiqiy yondashishga va texnik idrokning o„sishiga yordam beradi. 

Hozirgi  vaqtda  inson  faoliyati  doirasiga  kirgan  har  bir  soha  va 

yo„nalishda  elektrotexnika  va  elektronika  qurilmalari  mavjud.  Shu 

sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo„llay 

bilish  nafaqat  elektrotexnik  xodimlar,  balki  turli  soha    mutaxassislari  va 

xodimlari  uchun  ham  ertangi  kunning  ravnaqini  ta'minlashda  katta 

ahamiyat kasb etadi. 

Ushbu 


darslikni 

tayyorlashda 

respublikamizda 

chop 


etilgan 

adabiyotlardan  tashqari,  sobiq  ittifoq  markaziy  texnika  oliy  o„quv 

yurtlarining  yetakchi  olim-pedagoglari  tomonidan  tayyorlangan  ko„pgina 

darsliklar,  hozirgi  davrda  Rossiya  Federatsiyasi,  Amerika  Qo„shma 

Shatlari, Germaniya, Fransiya, Hindiston va boshqa chet el mamlakatlarida 

chop etilgan adabiyotlar, sohaga oid monografiyalar, dissertatsiyalar, joriy 

qilingan  Davlat  standartlari  hamda  nazariy  va  ilmiy-amaliy  anjumanlar 

materiallaridan unumli foydalanildi.  

Darslikning dastlabki nusxasini o„qib chiqib, uning sifatini yaxshilash 

bo„yicha  o„z  fikr-mulohazalarini  bildirgan  Toshkent  temir  yo„l 

muhandislari  instituti  “Elektr  aloqa  va  radio”  kafedrasi  mudiri,  texnika 

fanlari  doktori,  professor    A.A.  Holiqovga,  Toshkent  Davlat  texnika 

universiteti  “Elektronika  va  avtomatika”  fakulteti  dekani,  texnika  fanlari 

nomzodi,  dotsent Q.G„. Abidovga, shu universitet “Elektrotexnika va kasb 

ta‟limi(energetika)”  kafedrasi  mudiri,  texnika  fanlari  nomzodi,    dotsent 

Sh.E.  Begmatovga  hamda  qo„lyozma  materialni  kompyuterda  terishda 

yaqindan  yordam  bergan  “Temir  yo„llar  elektr  ta‟minoti”  kafedrasi 

assistenti  O.T.  Boltayev  va  T.N.  Badretdinovichlarga,  shu  kafedra 

magistrantlari  N.R.  Yuldashev  va  U.Sh.  Mamadaliyevlarga  mualliflar 

samimiy minnatdorchilik bildiradilar. 

Darslik  tasdiqlangan  fan  dasturi  doirasida  yozilganligi  bois  ko„p 

mavzular hajmi chegaralangan va  “Nazariy Elektrotexnika” fanidan davlat 

tilida,  lotin  alifbosida  yozilgan  dastlabki  asarlardan  bo„lganligi  sababli 

kamchiliklardan  holi  emas,  albatta.  Tegishli  sohalarning  mutaxassislari, 

talabalar  va  umuman  o„quvchilar  fikr-mulohazalari  asosida  darslikning 

keyingi nashrlari mukammalroq bo„ladi, degan umiddamiz. 

Ushbu  kitob  O„zbekistonda  elektrotexnika  va  avtomatika  sohalariga 

oid  yo„nalishlar  bo„yicha  ilmiy  maktablar  yaratgan  va  ko„pgina  olimlarni 

tarbiyalab  voyaga  yetkazgan  hamda  mualliflarni  ushbu  kitobni  yozishga 

undagan  texnika  fanlari  doktorlari,  professorlar  Zaripov  Madiyor 



Faxriddinovich  va  Karimov  Anvar  Saidabdullayevichlarning  yorqin 

xotiralariga bag„ishlanadi.

 

Kitobxon.Com


 

MUNDARIJA 



 

 

SO„ZBOSHI……………………………………………….. 



 

KIRISH…………………………………………………..... 



13 

1- BO‟LIM.  CHIZIQLI ZANJIRLAR………………………………..  18 

1- BOB. 

O„ZGARMAS TOK CHIZIQLI ELEKTR ZANJIRLARI 

VA ULARNI HISOBLASH USULLARI…………………. 

 

18 



1.1. 

Elektr zanjirlarini tavsiflovchi asosiy kattaliklar………….. 

18 

1.1.1. 


Elektr maydonining kuchlanganligi……………………….. 

18 


1.1.2. 

Elektr potensial va kuchlanish…………………………….. 

19 

1.1.3. 


Elektr toki. Tok zichligi…………………………………… 

20 


1.2. 

Elektr zanjiri va uning elementlari………………………… 

21 

1.3. 


Om qonuni………………………………………………….  27 

1.4. 


Zanjirning EYK manbali qismi uchun Om qonuni………... 

27 


1.5. 

Katta toklarda Om qonunining buzilishi…………………... 

28 

1.6. 


Potensial diagramma………………………………………. 

30 


1.7. 

Elektr energiyasi va elektr quvvati. Quvvatlar balansi……. 

34 

1.7.1. 


Elektr energiyasi…………………………………………... 

34 


1.7.2. 

Elektr quvvati……………………………………………… 

35 

1.7.3. 


Elektr energiyasi manbaining FIK………………………… 

35 


1.7.4. 

Elektr zanjirlarida quvvatlar balansi………………………. 

36 

1.8. 


Kirxgof qonunlari…………………………………………..  37 

1.9. 


Kirxgof  qonunlari  asosida  murakkab  elektr  zanjirlarining 

topologik tenglamalarini tuzish……………………………. 

 

38 


1.10. 

Chiziqli elektr zanjiri sxemalarini ekvivalent o„zgartirish…  42 

1.10.1. 

Ketma-ket ulangan elementlardan iborat zanjirni ekvivalent 

o„zgartirish……………………………………... 

 

42 



1.10.2. 

Parallel ulangan elementlardan iborat zanjirlarni ekvivalent 

o„zgartirish………………………………………………… 

 

43 



1.10.3. 

Aralash ulangan elementlardan iborat zanjirlarni ekvivalent    

o„zgartirish………………………………………………… 

 

44 



1.10.4. 

Qarshiliklar uchburchagini qarshiliklar yulduziga va 

aksincha  ekvivalent o„zgartirishlar……………………….. 

 

47 



1.10.5. 

EYK va tok manbaiga ega bo„lgan parallel shoxobchalarni   

ekvivalent o„zgartirish……………………………………... 

 

49 



1.11. 

Proporsional kattaliklar usuli……………………………… 

52 

1.12. 


Kontur toklar usuli………………………………………… 

53 


1.13. 

Tugun potensiallar usuli…………………………………… 

55 

1.14. 


Ikki tugun usuli……………………………………………. 

58 


1.15. 

Ustma-ustlash prinsipi va uni elektr zanjirlarini 

 


 

hisoblashda qo„llash………………………………………..  59 



1.16. 

O„zarolik xususiyati va uni tarmoqlangan elektr zanjirlarini 

hisoblashda qo„llash……………………………………….. 

 

63 



1.17. 

Aktiv ikki qutblik haqida teorema va uni murakkab elektr 

zanjirlarini hisoblashda qo„llash. Ekvivalent generator 

usuli………………………………………………………... 

 

 

64 



1.18. 

Asosiy topologik tushunchalar va ularni elektr zanjirlarini 

hisoblashda qo„llash……………………………………….. 

 

68 



2- BOB. 

BIR FAZALI SINUSOIDAL TOK CHIZIQLI ELEKTR 

ZANJIRLARI……………………………………………… 

 

72 



2.1. 

Umumiy ma'lumotlar……………………………………….  72 

2.2. 

Sinusoidal tok va kuchlanishlarning amplitudasi, chastotasi 



va fazasi……………………………………………………. 

 

72 



2.3. 

Sinusoidal EYK ni hosil qilish…………………………….. 

73 

2.4. 


Sinusoidal tok, EYK va kuchlanish ta'sir etuvchi (effektiv) 

va o„rtacha qiymatlari……………………………………… 

 

74 


2.5. 

Sinusoidal kattaliklarni vektorlar bilan tasvirlash………….  77 

2.6. 

Sinusoidal tok zanjirlarida rezistor, induktiv g„altak va 



kondensator………………………………………………... 

 

78 



2.6.1. 

Rezistiv elementli sinusoidal tok zanjiri…………………... 

79 

2.6.2. 


Induktiv elementli elektr zanjirida sinusoidal tok. Induktiv 

qarshilik……………………………………………………. 

 

81 


2.6.3. 

Rezistor va induktiv g„altakdan iborat zanjir………………  82 

2.6.4. 

Sig„im elementli elektr zanjiridagi sinusoidal tok. Sig„im 



qarshiligi…………………………………………………… 

 

84 



2.6.5. 

Rezistor va kondensatordan iborat zanjir………………….. 

86 

2.6.6. 


Rezistor, induktiv g„altak va kondensator ketma - ket 

ulangan sinusoidal tok zanjiri……………………………… 

 

87 


2.6.7. 

Rezistor, induktiv g„altak va kondensator parallel ulangan 

sinusoidal tok zanjiri………………………………………. 

 

88 



2.7. 

Sinusoidal tok zanjirida quvvat……………………………. 

89 

2.8. 


Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulda hisoblash……. 

91 


2.8.1. 

Sinusoidal kattaliklarni kompleks tekislikda vektorlar bilan 

tasvirlash………………………………………………….... 

 

91 



2.8.2. 

Om va Kirxgof qonunlarining kompleks shakli……………  93 

2.8.3. 

Kompleks quvvat…………………………………………...  94 



2.8.4. 

Sinusoidal tok zanjirlarida quvvatlar balansi……………… 

95 

2.8.5. 


Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulida hisoblash…… 

97 


2.9. 

Elektr zanjirlarida rezonans………………………………...  99 

2.9.1. 

Kuchlanishlar rezonansi……………………………………  100 



 

2.9.2. 



Toklar rezonansi……………………………………………  103 

2.10. 


Elektrotexnik qurilmalar quvvat koeffitsiyenti va uning 

mohiyati. Quvvat koeffitsiyentini oshirish usullari va 

hisoblash asoslari…………………………………………... 

 

 



107 

3- BOB. 


INDUKTIV BOG„LANGAN ZANJIRLAR……………….  110 

3.1. 


Umumiy ma'lumotlar………………………………………  110 

3.2. 


O„zaro induksiya EYK……………………………………..  111 

3.3. 


Ketma-ket va parallel ulangan o„zaro induktiv bog„langan 

zanjirlar……………………………………………………. 

 

112 


3.4. 

O„zaro induktiv bog„langan  zanjirlarni hisoblash…………  116 

3.5. 

Ikki konturli induktiv bog„langan zanjirda bir xil 



nomlangan qismalarni va o„zaro induktivlikni aniqlash 

usullari……………………………………………………... 

 

 

119 



3.6. 

Induktiv bog„langan zanjirlar ekvivalent sxemalari………..  120 

3.7. 

Induktiv bog„langan zanjirlarda energiyani uzatish………..  122 



3.8. 

Induktiv bog„langan konturlarda rezonans…………………  123 

3.9. 

O„zaksiz transformatorlar. Transformatorlar  almashlash 



sxemasi va vektor diagrammasi…………………………… 

 

125 



4- BOB. 

TO„RTQUTBLIKLAR……………………………………..  132 

4.1. 

Umumiy ma'lumotlar……………………………………….  132 



4.2. 

To„rtqutblikning T-simon ekvivalent sxemasi……………..  133 

4.3. 

To„rtqutblikning П-simon ekvivalent sxemasi……………..  134 



4.4. 

To„rtqutblik koeffitsiyentlarini tajriba yordamida aniqlash..  135 

4.5. 

To„rtqutblikning salt ishlash va qisqa tutashishi…………...  137 



4.6. 

Istalgan yuklama uchun to„rtqutblikning kirish qarshiligi…  138 

5- BOB. 

ELEKTR FILTRLAR………………………………………  140 

5.1. 

Umumiy ma'lumotlar……………………………………….  140 



5.2. 

Reaktiv filtrlarning sinallarni o„tkazish sharti.......................  141 

5.3. 

k rusumli filtrlar.....................................................................  147 

5.4. 


m rusumli filtrlar....................................................................  152 

5.5. 


Ko„priksimon filtrlar.............................................................  155 

5.6. 


Noinduksion filtrlar...............................................................  157 

6- BOB. 


UCH FAZALI ZANJIRLAR……………………………….  161 

6.1. 


Umumiy ma'lumotlar……………………………………….  161 

6.1.1. 


Uch fazali tizimlar. Uch fazali sinxron generator………….  161 

6.1.2. 


Uch fazali zanjirlarning ulanish sxemalari…………………  163 

6.2. 


Uch fazali zanjirlarning simmetrik shakli………………….  166 

6.2.1. 


Yuklama yulduz usulida ulangan zanjirda simmetrik rejim..  166 

6.2.2. 


Yuklama uchburchak usulida ulangan zanjirda simmetrik 

rejim……………………………………………………….. 

 

168 


 

6.2.3. 



Simmetrik uch fazali sistemaning quvvatlari………………  169 

6.2.4. 


Murakkab uch fazali simmetrik zanjirlarni hisoblash……...  170 

6.3. 


Nosimmetrik uch fazali zanjirlar…………………………..  171 

6.3.1. 


Yulduz usulida ulangan neytral simli zanjir………………..  171 

6.3.2. 


Yulduz usulida ulangan neytral simsiz zanjir………………  173 

6.3.3. 


Yuklama uchburchak ulangan zanjir……………………….  178 

6.3.4. 


Nosimmetrik uch fazali zanjirning quvvati………………...  181 

6.4. 


Tarmoqlangan uch fazali zanjirlarni hisoblash…………….  181 

6.4.1. 


Yulduz sxemada ulangan bir nechta iste'molchili uch fazali 

zanjirni hisoblash…………………………………………... 

 

182 


6.4.2. 

Yulduz va uchburchak sxemalarda ulangan uch fazali 

zanjirni hisoblash…………………………………………... 

 

183 



6.4.3. 

Bir va uch fazali iste'molchili uch fazali  zanjirni hisoblash.  185 

6.5. 

Uch fazali zanjirlarda quvvatni o„lchash…………………...  186 



6.5.1. 

Simmetrik uch fazali zanjirda aktiv quvvatni o„lchash…….  186 

6.5.2. 

Nosimmetrik uch fazali zanjirda aktiv quvvatni o„lchash….  187 



6.5.3. 

Reaktiv quvvatni o„lchash………………………………….  188 

6.6. 

Aylanuvchi magnit maydoni……………………………….  189 



6.6.1. 

Pulsatsiyalanuvchi magnit maydoni………………………..  189 

6.6.2. 

Aylanuvchi magnit maydonini hosil qilish………………...  191 



6.6.3. 

Uch fazali asinxron motorning ishlash prinsipi…………….  193 

6.6.4. 

Bir fazali asinxron motorning ishlash prinsipi……………..  194 



6.7. 

Simmetrik tashkil etuvchilar usuli………………………….  195 

6.7.1. 

Uch fazali vektorlar sistemasining simmetrik tashkil 



etuvchilari………………………………………………….. 

 

195 



6.7.2. 

Simmetrik tashkil etuvchilarni o„lchash usullari…………...  199 

6.8. 

Uch fazali zanjirlarni simmetrik tashkil etuvchilar usuli 



yordamida hisoblash……………………………………….. 

 

202 



6.8.1. 

Simmetrik uch fazali zanjirlarni har xil ketma-ketlikli 

toklar uchun qarshiliklari………………………………....... 

 

202 



6.8.2. 

Nosimmetrik manbadan ta'minlanayotgan simmetrik uch 

fazali zanjirlardagi toklarni aniqlash………………………. 

 

204 



6.8.3. 

Simmetrik kuchlanishlar sistemasidan ta'minlanayotgan 

nosimmetrik uch fazali zanjirlarni hisoblash………………. 

 

205 



7- BOB. 

CHIZIQLI ELEKTR ZANJIRLARIDA DAVRIY 

NOSINUSOIDAL TOKLAR……………………………… 

 

213 



7.1. 

Umumiy ma'lumotlar………………………………………  213 

7.2. 

Nosinusoidal tok va kuchlanishlarni Fure trigonometrik 



qatoriga yoyish…………………………………………….. 

213 


7.3. 

Davriy egri chiziqlarning simmetriya xususiyatlari………..  215 



 

7.4. 



Davriy funksiyalarni grafoanalitik usulda trigonometrik 

qatorlarga yoyish…………………………………………... 

 

217 


7.5. 

Nosinusoidal tok va kuchlanishlarning maksimal, effektiv 

(ta'sir etuvchi) va o„rtacha qiymatlari……………………… 

 

220 



7.6. 

Nosinusoidal davriy funksiyalar shakllarini tavsiflovchi 

koeffitsiyentlar…………………………………………….. 

 

222 



7.7. 

Davriy nosinusoidal tok zanjirlarida quvvatlar…………….  224 

7.8. 

Davriy nosinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlarini 



hisoblash…………………………………………………… 

 

225 



7.9. 

Nosinusoidal tok va kuchlanishlarni ekvivalent 

sinusoidalar bilan almashtirish…………………………….. 

 

229 



7.10. 

Nosinusoidal tok zanjirlarida rezonans hodisalari………….  230 

7.11. 

Uch fazali elektr zanjirlarida yuqori garmonikalar………...  232 



8- BOB. 

CHIZIQLI ELEKTR ZANJIRLARDA O„TKINCHI 

JARAYONLAR…………………………………………… 

 

236 



8.1. 

Umumiy ma'lumotlar………………………………………  236 

8.2. 

O„tkinchi jarayon masalasini o„zgarmas koeffitsiyentli 



chiziqli differensial tenglamalar yechimiga keltirish……… 

 

238 



8.3. 

Tok va kuchlanishlarning turg„un va erkin tashkil 

etuvchilari………………………………………………….. 

 

238 



8.4. 

Kommutatsiya qonunlari va boshlang„ich shartlar…………  239 

8.5. 

O„tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari..  241 



8.6. 

O„tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik usuli………...  242 

8.7. 

R, L zanjirida o„tkinchi jarayonlar…………………………  243 



8.8. 

R, C zanjirida o„tkinchi jarayonlar…………………………  249 

8.9. 

R, L va C elementlar ketma-ket ulangan zanjirda o„tkinchi 



jarayonlari…………………………………………………. 

254 


8.10. 

O„tkinchi jarayonlarni klassik usulda hisoblashning 

umumiy tartibi…………………………………………….. 

 

257 



8.11. 

Ikki qutblikni uzluksiz o„zgaruvchan kuchlanish manbaiga 

ulash (Dyuamel  integrali)……………………………….... 

 

261 



8.12. 

O„tkinchi jarayonlarni hisoblashda Laplas o„zgartirishi 

(formulasi)dan foydalanish………………………………… 

 

263 



9- BOB. 

TARQOQ PARAMETRLI ELEKTR ZANJIRLAR……….  276 

9.1. 

Umumiy ma'lumotlar……………………………………….  276 



9.2. 

Bir jinsli liniyaning differensial tenglamalari……………...  276 

9.3. 

Bir jinsli liniyaning kompleks shakldagi tenglamalari……..  278 



9.4. 

Bir jinsli liniyaning giperbolik shakldagi tenglamalari…….  280 

9.5. 

Bir jinsli liniyaning kuchlanish va tokning oniy 



qiymatlardagi tenglamalari………………………………… 

 

281 



Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 

https://kitobxon.com/oz/asar/3131

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 

https://kitobxon.com/uz/asar/3131

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/3131



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish