Navro’z bayrami



Download 35 Kb.
Sana28.10.2019
Hajmi35 Kb.
Navro’z bayrami.

Navro’z - mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarda Navro’z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o’ylari, go’zallikka, nafosatga bo’lgan munosabatlari ifodalangan. Ushbu hosiyatli bayramni nishonlashning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular davrlar o’tishi bilan mazmunan boyib, takomillashib kelmoqda. Navro’z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar to’xtatilgan, urushganlar yarashgan, gina-qudratlar unutilgan, ota-ona, qarimdosh-urug’lar, keksalar, kasalmandlar sovg’a-salom bilan yo’qlangan, yangi kiyimlar kiyilgan, turli-tuman Navro’z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, ko’chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda sayillar, o’yin-kulgi, askiyabozlik, qo’chqor, xo’roz urushtirish, kurash, ko’pkari o’tkazilgan, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar bir-birlarinikiga mehmondorchilikka borishgan, yerga birinchi urug’ qadash qo’sh qo’shish, shox moylash marosimlari nishonlangan. Xullas, Navro’z bayrami milliy umumxalq bayrami sifatida juda katta tayyorgarlik va shodu xurramlik bilan o’tkazib kelingan. Uning mazmunida kim Navro’zni shodu xurramlik bilan kutib olsa va o’tkazsa, kelgusi yil Navro’z kelguncha uning hayoti xursandchiliklarga boy bo’ladi degan g’oya yotadi.Navro’z mehnat bayramidir. Bu kun dehqon yer chopib, ekin ekib, dehqonchilik faoliyatini boshlaydi. Navro’z mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi, keksa, noguron, yolg’iz qariyalar, ota-onalar yo’qlanadi, bayram dasturxoni yozilib, mehmon kutiladi, kishilar bir-birlariga sovg’a-salomlar ulashib shirinliklar hadya etishadi. Navro’z-muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro’z munosabati bilan nikoh to’ylari o’tkazilgan, yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan, gullar hadya etishgan. Yangi tushgan kelin qo’lidan choy ichish maqsadida “kelin ko’rdi”ga borishgan.Navro’z bayrami bir kundan bir oygacha nishonlangan bo’lib, uni tantana qilish bilan bog’liq turli urf-odatlar, udumlar rasm-rusumlar avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Bu bayram tantanalari oldidan hovlilar tozalangan, uydagi ko’rpa-yostiq, deraza-eshik pardalari, gilam-poyandozlar yuvilib,xonadon saramjon-sarishta etilgan. Mahallalar, ko’cha va bog’lar hashar yo’li bilan obdonlashtirilgan, ariq-zovurlar, qabrustonlar, tarixiy obidalar tozalangan. uch ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Navro‘zi olam – sharqona yangi yil o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayramdir. Bu dilbar faslda diyorimizda yashayotgan har bir inson yon-atrofimizdagi tabiatning naqadar rang-barang va go‘zal, qanday betakror va jozibali ekanini beixtiyor yana bir bor his etadi. Oftob yerni qizdirib, kurtaklar ochilib, borliq uyg‘onishi bilan odamzotning qalbi, bahri dili ham ochilib, uning vujudi, qon-qoni, suyak-suyagiga yangi kuch-quvvat, g‘ayrat va azmu shijoat kirishi tabiiydir. Bu shukuhli ayyomda yoshu qari, har qaysi inson o‘zini mo‘jizakor tabiatning uzviy bir qismi ekanini chuqur anglaydi, tabiiy muhitni asrab-avaylab, u bilan hamohang bo‘lib, bu osuda hayotning har bir kunining qadriga yetib yashash kerakligini yana va yana bir bor idrok etadi. Bu qutlug‘ yasharish pallasida yeru ko‘k bag‘rida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qalbidan o‘tkazayotgan odamlarimizning dillarida quvonch, tillarida shukronalik hissi paydo bo‘ladi. Shu munavvar kunlarda har qaysi inson vujudida yaqinlariga mehr-oqibat ko‘rsatish, tabarruk qariyalarimizning duosini olish, yetim-yesirlarning boshini silash, bemor va muhtoj odamlarga beminnat yordam va ko‘mak berishday savobli, barchamizning yurak-yuragimizga singib ketgan tuyg‘ular o‘zini yorqin namoyon etadi.Aynan mana shunday xalqimizga mansub fazilatlar, bag‘rikenglik va hamjihatlik, ahillik va o‘zaro hurmat kabi olijanob qadriyatlar odamlarimizning ongu tafakkurida mustahkamlanib, ularning ertangi kunga ishonch tobora kuchayib borayotgani jamiyatimizning bugungi siyosiy-ijtimoiy muhitini ifoda etayotganini kuzatish qiyin emas. Aynan mana shunday ma’naviy iqlim oxirgi yillarda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan, o‘zgalarning havasini tortayotgan yutuq va marralarga erishishda, erkin hayot va demokratik jamiyat qurishda, hech shubhasiz, eng kuchli zamin va garov bo‘lib xizmat qilmoqda, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Xalqimizda “Yaxshi odam – ko‘zidan, yaxshi yil – Navro‘zidan ma’lum” degan chuqur mazmunli maqol bor. Bu yilgi Navro‘zimizning har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar bilan boshlanayotganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Shu kunlarda Vatanimizning bepoyon hududlarida, shahar va qishloqlarida, so‘lim go‘shalarida Navro‘z sayillarini keksayu yosh – barcha yurtdoshlarimiz katta xursandchilik va baland ruh bilan o‘tkazayotgani buning yaqqol daragi va tasdig‘i bo‘lg‘ay, inshoollo. Barchamizning tilagimiz – Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu baraka, baxtu saodat bersin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin.
NAVRO`Z

Gul tergani dalalarga chopamiz,

Buvim bilan yalpiz somsa yopamiz.

Qozonlarda sumalaklar qaynaydi,

Yigit-qizlar davra olib o`ynaydi.

Navro`z keldi,

Navro`z keldi o`lkamga.

Bobodehqon,

Peshvoz chiq-ey ko`klamga.

Dalalarda ish qiziyd kechgacha,

Navbahorning zavqi-shavqi o`zgacha.

Seni ko`pdan sog`ingandik, Navro`zim,

Hammadan ko`p sog`ingan bu-men o`zim.
Navro'z qadimiy milliy bayrami ("Navro'z bayrami") forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi. Navro'z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir.Kecha va kunduzning bir hilligidir- 12 soat. Yer butunjaxon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo'yicha yil fasllari o'zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa- bahor. Ushbu bayram barcha o'simliklar va daraxtlar gullaganda va bahor tusiga kirgan vaqtda bahor kirib kelayotganda nishonlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar turli milliy taomlarni tayyorlaydilar: Sumalak, Xalik, Ko'k somsa, Osh va boshqalar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'zga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Xozirgi kunda Navro'z bayrami Alisher Navoiy maydonida keng nishonlanmoqda.


Toshkent Davlat Sharqshunoslik insituti qoshidagi Sobir Rahimov akademik litseyi




Mavzu: Navro’z bayrami.

Toshkent 2009
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar