Maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi - o'zbek tilidagi maqollar,hikmatli so’zlar va iboralarning ingliz tilidagi tarjimasining o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun ishimizga O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida uchraydigan maqollar,hikmatli so’zlar va iboralarni asos qilib oldik va quyidagi vazifalar qo'yildi:
-til o’rganishda badiiy asar tarjimasi tahlil qilish;
-tilning leksik va frazeologik birliklarini ochish va o'rganish;
-ingliz tilidagi frazeologik iboralarning morfologik qurilishlarini o’zbek tilidagi shakllari bilan qiyoslash;
-frazeologizmlarni tarjima qilish yo'llarini tahlil qilish va boshqalar. Yuqorida sanab o'tilgan vazifalarni o'rganib chiqish, frazeologik birliklaming tilshunoslikdagi o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishga va o'zbek tilidan ingliz tiliga bo'lgan tarjimalarni o'ziga xos xususiyatlarni tahlil qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |