Navoiy davlat pedagogika instituti



Download 146 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi146 Kb.
#15217
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

« BOSHLANGICH TALIM USLUBIYATI » FAKULTETI
« FAKULTETLARARO JISMONIY TARBIYA VA SPORT »

KAFEDRASI




«Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti»

MUTAXASSISLIGINING

BITIRUVCHISI 4 KURS TALABASI

G`IYOSOVA ZEBINISONING

YOZGAN



MAVZU: MASHG`ULOTLARNI REJALASHTIRISH, JISMONIY TAYYORGARLIK VAZIFALARINI HAL ETISH SHARTLARI

Ilmiy rahbar: o’qit. Rahmatov O.O’

Navoiy -2014

MAVZU: MASHG`ULOTLARNI REJALASHTIRISH, JISMONIY TAYYORGARLIK VAZIFALARINI HAL ETISH SHARTLARI
REJA:

KIRISH
1.MASHG’ULOT JARAYONINING TUZILISHI
2.REJALASHTIRISH VA HISOBGA OLISHNING MOHIYATI VA MAZMUNI
3.REJALASHTIRISHGA QUYILADIGAN TALABLAR

XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27–maydagi “O’zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori uzoq muddatli dasturi moxiyatiga egadir. Unda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini ishlab chiqish, “Talaba” sport uyushmasini tashkil etish, ko’p bosqichli sport musobaqalarini o’tkazib berish kabi o’ta muҳim va ma’suliyatli vazifalar qo’yilganligi muxim axamiyat kasb etadi. O’tgan davr talabalar sportida keskin burilish va o’zgarishlar yasashi bilan bir qatorda oliy ta’lim tuzimida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tubdan yaxshilishga erishildi. Buning asosi va bosh manbai “Unversiadalar” hisoblanadi.

Respublika hukumatining kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumta’lim davlat ta’lim standartidagi qarorlarini amalda bajarishda jismoniy tarbiya, sportning nazariy va amaliy moxiyatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi turli tadqiqot natijalari va amaldagi tajribalarda isbotlangan.

“Ta’lim to’g’risida”gi (1997 yil) “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi (2000 yil) qonunlari ҳamda mamlakatimizning Jismoniy tarbiya va sportga aloqador turli qarorlarning (2000,2001,2002,2005 yillarida) amalga oshirishda yangi kuch va faoliyatlarni ishga solmoq zarur.

Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashg’ulotlarini tashkil qilishning xalqaro andozalari, yetakchi murabbiylarning ish tajribalari ҳam davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan o’rganilmoqda. Olimpiya zaxiralari kollejlari, yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari, sport klublarining faoliyatlari jismoniy tarbiya va sport soҳasidagi olimlarning diqqat markazida turibdi.

Maktab o’quvchilarining “Umid niҳolari”, kasb–hunar va litsey o’quvchi–talabalarining “Barkamol avlod” sport musobaqalari ҳamda oliy o’quv yurtlari talabalarining “Unversiada” o’quchi yoshlarning ma’naviy – ma’rifiy boyligi ҳamda jismoniy kamolotini yanada yuksaltirishga qaratilgan jismoniy tarbiya ҳarakatini yangi burilish yasalmoqda.

Yurtimizda sog’lom turmush tarzini chuqur taxlil qilish, undagi ijobiy tomonlarini targ’ibot qilish, bunda jismoniy tarbiya va sport, sayoxat va xalq milliy o’yinlarining salomatlikni saqlaydigan moxiyatlarini ommaviy axborot vositalari, teliradioda qiziqarli mazmunli qilib yoritilib borilishi ko’pchilikga manzurdir. Shu bilan birgalikda ularni ilmiy – pedagogik jixatdan o’rganish, taxlil qilish xozirgi kunning dolzarb muammolariga aylanmoqda. Sportchilarimizning xalqaro sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari ayniqsa maxaliy millat xotin – qizlarining sportda jaҳonga tanilishida, bu bilan esa yurtimiz shon – shuhratini oshirishdagi say harakatlar yurtimiz yo’l boshchisi va hukumatning bevosita g’amxurligining ulug’vor natijasidir.


1.MASHG’ULOT JARAYONINING TUZILISHI
-Sport tayyorgarligi tomonlarining nisbati (umumiy va mahsus jismoniy, tehnik va psihologik h.k) bir biriga bog’liqligi bilan ;

-Mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlarining nisbati (yuklamaning hajmi va shiddati h.k.) ;

-Mashg’ulot jarayonining har hil zvenolari o’rtasidagi ketma-ketlik va bog’liqlik (trenirovka mashg’uloti, mikro va mezotsikllar, davrlar, bosqichlar va h.k.);

-Mashq bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida uch bosqichdagi tuzilish farqlanadi;

-Mikro tuzilish – ayrim mashg’ulotlarini tuzilishi va mikrotsikllar ;

-Mikro tuzilish o’rta sikllarni tuzilishi va mashg’ulotlarning bosqichlari;

-Mikro tuzilish – katta sikllarning tuzilishi.

Sport mashg’ulotlari hamma bo’laklarining mazmuni, vositalari, metodlari va boshqa tarkibiy qismi bir butun bo’lib bog’langandir. Mashg’ulot mikrotsiklini tuzilishi. Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni ta’minlaydigan, bir necha kunlar ichida o’tkaziladigan mashg’ulotlar seriyasidir, mikrotsikllarni davom etishi 3-4 kundan 10-14 kungacha.

Ko’pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrotsikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug’ullanuvchilarining umumiy rejimiga qo’shilib ketadi.

7 kun davom etadigan mikrotsikllarni ko’pincha haftalik sikl deyiladi. Boshqacha ko’p yoki kam kun davom etadigan mikrotsikllarni har hil variantlarda, shu jumladan shahsiy musobaqa davrining alohida kerakli joylarida, o’tkaziladigan musobaqani davom etishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilichbozlik va sport gimnastikasidan quyidagi shema bo’yicha musobaqa o’tkazilganda qilichbozlik 1- kun, shahsiy musobaqa 2-kun komandalar musobaqasi, 3- kun final.

Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur.

2 kun erkin dastur.

3 kun ko’p kurash finali.

4 kun ko’p kurashning ayrim turlari finali.

Bu ko’rinishda esa mikrotsikl shu shemani o’zgartirmasdan takrorlashi shart. Mikrotsikllar kamida ikki: kumilatsion (yig’uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog’liq) hamda qayta tiklovchi, mashg’ulotlar harakterida tuzilgan fazodan iborat bo’ladi. Mikrotsikllarning minimal davom etish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo’ladi. Ko’pincha bu fazalar mikrotsikl ichida takrorlanib, har bir mikrotsikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi. Қayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrotsiklni tugallamasligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin.

Mashg’ulotlar mazmuning ketma – ketligi esa tayyorgarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrotsikl bo’lishiga bog’liq. Katta bo’lmagan shiddatda bajariladigan, katta hajmdagi ish tez-tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta hajmli ish bajarish mashg’ulotga qayta tiklashni tez – tez kiritishni talab qiladi.

Mikrotsiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg’ulotlarni qaysi tomonga yo’naltirilganligi hisobga olinishi kerak
1. Mikrotsikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobilyati oshgan kunlardagina qo’yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyin qo’yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko’pincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi. Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar tehnikasini takomillashtirgandan keyin o’rtacha 2-3 kundan keyin:

Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotdan keyin o’rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg’ulotni katta yuklamali mashg’ulotlar oldida o’tkazish shart.

2. Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5 -2 marta tez tiklanishi mumkin.

Individual qobilyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shahsiy musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish faoliyatini yuqori fazasiga to’g’ri kelsin. Bu esa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi. Mikrotsikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.



  1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o’qish va mehnat qilish faoliyati) va unga bog’liq bo’lgan ishchanlik dinamikasi.

  2. Mikrotsikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg’ulotlar soni va mazmuni. Bu omillarni ta’sir ko’rsatishi sport mutahassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan : mashg’ulotlarning mazmuni, ularning mikrotsikldagi soni, yuklamaning hajmi, har bir sport turidan yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va h.kada har hil bo’ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg’uloti jarayonida ham shunday farqni ko’rish mumkin.

  3. Mashg’ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual hususiyatlari. Shug’ullanuvchilar organizmi bir hil hajm va shiddatdagi yuklamaga bir hil javob beradi. Bu esa ularning organizmini bir hil hususiyatlariga bog’liq. Shunga nisbatan, mashg’ulot yuklamasiga ham har hil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya) beradi. N.S.Kucherev va boshqalarni ko’rsatishiga qaraganda mikrotsikl fazalarini haftalik bioritmik fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.

  1. Mikrotsikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o’zgarishi mumkin, % yuklama hajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang’ida balandlikdan sarovchilarning musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklamaning dinamikasi.

  2. Mikrotsikllarning tuzilishi, mashg’ulot davrlari va bosqichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyiga qo’yish rejalashtiriladi) jarayoniga bog’liq. O’zini shakli va mazmuniga qarab tayyorgarlik davrining umumtayyorgarlik bosqichidagi mikrotsikl hech qachon shahsiy musobaqa davridagi mikrotsiklga o’hshamaydi. Hamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrotsikl ham bo’lishi mumkin emas. Mashqlar kompleksining asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam oligni o’zgartirish bilan murabbiy mashg’ulot jarayonining o’sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko’rsatishi uchun tayyorlab boradi. Mikrotsikllarning turlari va ularning alohida hususiyatlari. Sport mashg’ulot jarayonida quyidagi mikrotsikl turi aniqlanadi;

  • tortuvchi

  • zarbdor

  • yaqinlashtiruvchi

  • musobaqa

  • qayta tiklovchi

a) tortuvchi mikrotsikllar: katta bo’lmagan hajmdagi yuklamalardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg’ulotlarga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1- (umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi.

b)zarbali mikrotsikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi. Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy tehnik va taktik, jismoniy ahloqiy irodaviy mahsus psihologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir. Bularni asosiy o’rni fundamental davrni 2- mahsus tayyorgarlik bosqichi va shahsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.

v)yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrotsikllar – asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur.

g) qayta tiklovchi mikrotsikllar – bular bilan ko’pincha zarbali mikrotsikllar seriyasi tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlantiriladi.

d) musobaqa mikrotsikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg’ulot mikrotsikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.

- sportchini rhorganizmiga, har hil hajmdagiva yo’nilishdagi yuklama qanday ta’sir ko’rsatishini;

- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.

- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tezlashtirish maqsadida va o’rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati.

Mikrotsikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 hil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.

a) mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga,

b) mashg’ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo’qligiga.

v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.

Birinchi tipidagi reaksiya – mikrotsiklda katta va anchagina yuklamali, optimal mashg’ulot soni kiritib ular o’zaro ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg’ulotlar bilan almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.

Ikkinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar soni va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatsa, uchinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.


2.REJALASHTIRISH VA HISOBGA OLISHNING MOHIYATI VA MAZMUNI
Jismoniy tarbiya buyicha ishlarning ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’zining faoliyatini rejalashtirishga mas’uliyat bilan yondashadigan pedagoglar hammasidan ko’ra yuqori natijalarga erishadilar. Rejalar o’zoqni ko’zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo’yilgan vazifalarni hal qilishda eng samarali vosita va yo’llarini nazarda tutadi.

Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini mensimaslik, samarali ish manbaiga yo’zaki yondashish hollari ham uchrab turadi.

Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi yoki o’quv dasturini o’ylamasdan to’g’ridan to’g’ri ko’chirish, qayta yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko’rinishlari mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir.

Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to’g’ri xulosalar chiqarib bilishni o’z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil kilish o’qituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, ukuv materiallarining optimal porsiyalarini va pedagogik faoliyat sur’atlarini kursatib beradi.

Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni tizimini shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni to’zish demakdir

Rejalashtirish jarayonini o’qituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini tashkil kiluvchi, kator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni hal kilishga prinsipal yondashishda ishning asosiy yunalishlari g’oyalari paydo bulishidan boshlanadi. Bunday dastlabki g’oya, odatda, talabalik davrida boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy uslubiyotini urganishda, pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilar ishini ko’zatishda, talaba o’zlashtirayotgan bilim va malakalarini o’zining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi ukuv yilida bo’ladigan ishlar g’oyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshka pedagoglarning faoliyatini ko’zatish, mustakil bilim orttirish jarayonida oladigan ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat xamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar o’qituvchilari tajribasidan xam foydalanish kerak.

Keyin g’oya anik ish sharoitlari, ukuvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma’lum o’zgartishlar kirtilishi tabiiy. Faqat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning asosida ukuvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari xolati darajasi loyihalashtiriladi.

Kutilayotgan jismoniy xolatga maktab ukuv dasturida nazarda tutilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish, jismoniy mashklarni urganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash buyicha bir kator anik vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning anik vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin.

Quyilgan vazifalarni hal qilish uchun o’qituvchi o’quvchilarga pedagogik ta’sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish sharoitlarini o’z ichiga oladi. Bu operatsiya, xudi oldingidek, ukuvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil kilishga halakit beruvchi yo’z berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish lozim.

Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat utkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar xar bir boskich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha operatsiyalarning tugri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo’ladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy farq qilsa, demak rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta zvenodan kidirish kerak bo’ladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida barcha nokulay omillar xisobga olinganligi yoki olinmaganligini tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir tizimi taftish kilinadi. Agar bu yerda xam kamchiliklar topilmasa pedagogik vazifalarning amaliyligi baxolanadi.

Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning bajarilmasligiga sabab bulganligiga o’qituvchi kat’iy ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi. Odatda o’qituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan ko’zga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta’sir kursatadi. Shuning uchun yosh o’qituvchilar o’zining barcha faoliyatini doimiy taxlil kilishlari. Uzlari uchun talabchan kozi bulishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir.

Rejalashtirish yakuniy xisobga olish bilan tugallanadi. Хisobga olish natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, ukuv choragi, ukuv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.



3.REJALASHTIRISHGA QUYILADIGAN TALABLAR

O’qituvchi muayyan rejalashtirish xujjatlarini ishlab chikishda va to’zishda kator talablarga rioya kilishi zarur.



1. Rejalar umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta’lim standarti, jismoniy tarbiya buyicha ukuv dasturi va O’zbekiston Respublikasi Хalk ta’limi vazirligining me’yoriy xujjatlari va karorlariga mos bulishi kerak. Ular jismoniy tarbiya buyicha davlat ukuv dasturi asosida ishlab chikiladi va to’ziladi. Barcha rejalar O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning umumiy maksadlariga buysindirilishi va O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining uslubiy tavsiyalariga mos bulishi lozim.

2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy prinsiplariga amal kilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni xar tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik prinsiplarini hal kilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga xar tomonlama ta’sir kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan vositalarga e’tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim.

3. Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi muhim talab xisoblanadi. Ma’lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, ukuv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi kerak. Shunday qilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular ma’lum bir tizimga birlashtiriladi.

4. Rejalashtirish amalga oshiriladigan bulishi kerak. Bu talabni bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya o’qituvchisi bulmaganida xamda jismoniy tarbiya buyicha moddiy-texnik ta’minot darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda o’qituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda bajarib bo’ladigan materialni rejalashtirishi lozim.

5. Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Kup sonli mashklardan maksimal pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak. Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni bo’zmaslik va kuchli ta’sir kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak.

6. Rejalashtirishning kurgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni tadbik kilish usuli bilan hal kilinadi.

Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, o’qituvchi zarur ma’lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim. Bu ma’lumotlar ukuv materiallarini utish tartibini, vositalar va ish shakllarini aniklab beradi:



1. Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya buyicha ukuv

dasturini batafsil urganib chikish. Bu esa o’qituvchiga sinfdan-sinfga

utishda ukuv dasturining izchilligini aniklashga yordam beradi.

2.Shugullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarliklarini urganib chikish. Bu ma’lumotlarni o’zidan oldin o’qituvchi to’zgan xujjatlarini, yoki o’zining yozuvlarini xamda tibbiy kurik natijalarini urganish yuli bilan olish mumkin. Ukuvchilar bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni utkazish xam boy material beradi.

3.Maktabning jismoniy tarbiya buyicha moddiy bazasining xolati va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini aniklash lozim.

4.Maktab direksiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishib chikish.

5.Viloyat va tuman ob-xavo sharoitini urganish. Kupincha ular xududlarda jiddiy fark kiladi.

6.Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi bilan tanishib chikish. Bu ma’lumot o’qituvchiga dastur bulimlarini utish tartibini aniklash uchun juda muxim.

7.Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash maksadida o’qituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va sport an’analarini urganadi va shu bilan ukuv-tarbiyaviy jarayonining samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi.

Jismoniy tarbiya darslari ishlarini rejalashtirish.Barcha rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari va shaxsan jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan davlat xujjatlari asosida ishlab chikilgan hujjatlar.



Rejalashtirishning davlat hujjatlari.Bu guruhlarga quyidagilar kiradi:

a) umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta’lim standarti (UO’ТJТDТS);

b) O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya buyicha tayanch ukuv rejasi;

v) jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi;

g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.

Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta’lim standarti (UO’ТJТDS) ta’lim jarayenining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni, ukuvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada xamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy xamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va mexanizmlarni belgilab beradi.

UO’ТJТDТS umumiy o’rta ta’limda ta’lim jarayonining tashkil etilishi va mazmunini, ta’lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy ta’lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlarni (o’quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish uchun asos sanaladi.

UO’ТJТDТS qaysi idoraga bo’ysinishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy o’rta ta’limning barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining tayanch o’quv rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi.



“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o’quv dasturining asosi hisoblanadi.

“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O’zbekiston Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o’qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo’lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Тestlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi.



Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi “Jismoniy tarbiya” predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur nazariy ma’lumotlar o’rganilishi lozim bo’lgan jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun materiallar ro’yxati beriladi hamda predmetlararo aloqalar bo’yicha talablar ifodalanadi.

Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo’lgan talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarida o’z aksini topgan.

Dastur bo’limlarining barchasi to’laqonli bajarilishi majburiyligi shu bilan ta’kidlanadiki, o’quv materiallarining hammasi birgalikda o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga ko’maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o’tishda dasturning barcha bo’limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor.

O’qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari

O’qituvchilarning ko’p yillik ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo’yilgan vazifalarni samarali hal yetish uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim jismoniy jarayonini maqsadga muvofik to’zish uchun imkon yaratib beruvchi qator rejalarning o’zaro mantiqiy bog’laganligini va tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o’quv tarbiyaviy ishlarning bir yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni o’z ichiga oladi.



O’quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali

Bu xujjat xar bir parallel sinflar uchun bir yilga to’ziladi.Uning asosiy funksiyasi – o’quv yilidagi o’quv materialini bir maromda, maqsadga muvofik taqsimlash va tartibga solishdir.

Yillik reja jadvalni to’zish, o’quvchilar o’zlashtirishlari zarur bo’lgan tayanch mashqlarni va ularni o’zlashtirishda sarflanadigan vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni ko’rsatadiki bunday mashqlar xar bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni xisoblashda mashqlarning murakabligini o’quvchilarning bu mashqlarni o’zlashtirishlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday o’rganiladigan xarakatlarni nazarda tutish kerak

Har bir mashq uchun o’qitish dasturi to’ziladi Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari va vositalari; bir yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan darslar soni; xar bir darsning ta’lim, tarbiya va sog’lomlashtiruvchi muayan vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta’limning optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg’ulotlarning vazifalari vositalarini ko’rsatish xisobidan kengayadi.

Dastur, o’quv materalini o’zlashtirish jarayenida o’quvchining faolligini va mustakilligini oshirishga, o’quv faoliyatini samarali boshqarishga, o’quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta’limni jamoat ishi bilan qo’shilgan xolda diffensiallashga, trenajerlardan foydalanishga imkon beradi.

O’qitish dasturini to’zish bosqichlarini ko’rib chiqamiz.



Birinchi bosqich o’z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi

mashqlarni tanlashni oladi. O’qituvchi, xar bir mashqni bajarish uchun muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun ularni oldindan o’rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim



Ikkinchi bosqich ta’limning ko’p yillik vazifalarini aniqlashni

o’z ichiga oladi. Ko’p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi o’quv materialning o’zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi zarur. Тrenirovka va ta’lim jarayenini spiral shaklida to’zish kerak chunki kelgusi o’quv yilida o’quv materialini o’zlashtirish xarakat tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda muxim axamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o’zlashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi.



Uchinchi bosqichda o’qituvchi sinf uchun mo’ljallangan bir yillik ta’limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir necha sinflarda o’zlashtirilishi ko’rsatilgan bo’lsa, shu sinf o’quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma’lumotlar, predmetlararo aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi.

Тo’rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar soni hisoblanadi

Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo’lib, shuningdek, to’liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi.

Oltinchi bosqich dastur bo’yicha o’qitishda yil davomida darslarda va mustaqil ishlar jarayonida o’rganiladigan materiallarni takrorlashning optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat o’tkazish muddatini va o’zlashtirish natijalari yakunlarini o’z ichiga oladi.

Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o’qituvchi o’quv materialini o’tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir necha o’qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o’quv materialini bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi ( xususan musobaqalarni). Dastur materialini o’tishni aniqlagandan keyin o’qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi.

Maktab o’quv dasturi bo’limlarini o’tishni rejalashtirishning uchta usuli ma’lum: parallel, ketma-ket, aralash.

Dastur bo’limi materiallarini parallel o’tishda darslarga bir vaqtning o’zida har xil bo’limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks darslar). Bo’lim materiallarini ketma-ket o’tish amalda katta sinflarda qo’llaniladi va yengil atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni navbatma – navbat o’zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar). O’quv materialini o’tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya’ni ba’zi bo’limlar parallel o’rganiladi, boshqalari – aolohida.

O’quv- tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga taalluqlidir. U o’qituvchiga bir vaqtning o’zida yil davomidagi o’quv jarayonini butunligicha ko’rishga va uslubiy prinsiplarni aniq qo’llashga imkon yaratadi. “O’quv materialining mazmuni” ustunida o’qituvchi jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo’yicha dastur mashqlarini o’yinlar va nazorat sinovlvrini ko’rstadi. Bu ustunda yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig’ishi lozim.

“Nazariy ma’lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni ko’rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar, gigiyenik talablar, mukstaqil mashg’ulotlarning uslubiyoti haqida axborot.



Тarbiyaviy vazifalar mashqlar guruhiga yoki alohida har biriga rejalashtirilishi mumkin. Masalan, yengil atletika bo’limidagi mashqlar mashg’ulotlarga ijobiy yondashishni tarbiyalashga ko’maklashadi, sport o’yinlari bo’limidagi mashqlarni o’rganishda jamoatchilik fazilatlarini tarbiyalashga qulay sharoit yaratiladi.

Keyingi ustunlar darslar nomerini ko’rsatadi. Тayanch o’quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 ta dars o’tiladi. Biroq, bayram kunlari va boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda 65 tadan ziyod bo’lmagan darslarni rejalashtirish tavsiya qilinadi. Rejalashtirish asosida darslar seriyasi yotadi, shuning uchun ular choraklar doirasida bo’lsa maqsadga muvofiq bo’lar edi deb o’ylaymiz.

Bu ishlar bajarilgandan keyin o’quv materialini darslar bo’yicha bevosita joylashtirish boshlanadi. Bu esa muayyan mashq yoki darsga mos ravishda kataklarga shartli belgilarni qo’yish bilan erishiladi.

O’rgatish bosqichlariga rioya qilgan holda quyidagi belgilardan foydalanish mumkin: yeng muhim mashqlarni o’rganishga tayyorlanish va bevosita o’rganish (O’); dastlab o’rganish (Do’); chuqur o’rganish (Cho’); mustahkamlash (M); takomillashtirish (Т); nazorat (N); uyga vazifa (Uv).

Agar material darsda asosiy hisoblansa bosh harf, yordamchi bo’lsa kichik harf qo’yiladi. Shunday qilib, yillik reja jadvalning mohiyati va asosiy talablarini ifodalashda, bizlar faqat uning shaklini misol keltirdik. Materiallarni darslar bo’icha taqsimlash – bu o’qituvchining alo-hida ahamiyatli individual ishi.

Ish jarayonining keyingi yillarida o’qituvchi rejaga o’zgartirishlar kiritadi, uni takomillashtiradi, real sharoitlarga moslashtiradi.




XULOSA

Mashg’ulot ta’siri ostida sportchining xolati o’zgarishi 3 bosqichga bo’linadi: hafta yoki oylar bo’yicha nisbatan bosqich davomida saqlanishi. Masalan: sport formasining xolati mashg’ulot jarayonida yetarlicha chiniqmaganligi va h.k.

Joriy xolati: bir yoki bir necha mashg’ulotni ta’siridagi o’zgarishi (bu holatlarni baholash, keyingi mashg’ulotlarni tuzilshi va yo’nalishini va ularga nisbatan yuklamaning kattaligini aniqlashga yordam beradi).

Operativ holati : alohida mashqlarning ta’siri ostida o’zgaruvchan va tezlikda o’tuvchi (bularni mashg’ulotlar dasturini tuzishda, mashqlarning davom etish vaqti, xarakteri, shiddati va uni bajarish, davom etish vaqti va dam olish intervalining xarakteri hisobga olinadi).

Sport mashg’uloti jarayonini ko’p qirraliligi va sportchining doimiy xolda imkoniyatining o’zgarishi, har xil omillar ta’sirida uning holatini tebranishi, boshqarishining negizi bo’lib hisoblanadi. Bu esa sportchidan murabbiyga beriladigan teskari aloqasi orqali beriladi :


    1. Sportchidan murabbiyga boruvchi ma’lumotlar (o’znini sezishi, ishga bo’lgan munosabati, kayfiyati va b.k.)

    2. Sportchi o’zini tutishi haqidagi axborotlar (mashg’ulot ishining xajmi, uning bajarishi, aniqlangan xatolari va h.k)

    3. Mashg’ulot samaradorligini, qisqa vaqtdagi ko’rsatkichlari (mashg’ulot yuklamasi ta’sirida funksional tizimidagi chegara va o’zgarishlar xarakteri).

    4. Mashg’ulot samaradorligining yig’ilishi (kumlyativ) to’g’risidagi axborotlar (sportchining mashqqa chidamlilik holatining o’zgarish holati).

Sport mashg’uloti davrlarida bosqichlari bo’yicha tayyorgarliklari mashg’ulotni boshqarish samaradorligi mashq bilan chiniqish mashg’ulotlarining tuzilishini aniq sonining ko’rsatkichlari va sport faoliyati bilan bog’liqdir.

Bu esa, bu yoki u sport turlaridagi aniq sport predmetiga xarakterlidir. Shuning uchun mashg’ulot va musobaqa faoliyati modelini tuzish va saralash sifatida ham ishlatiladi. (sportda takomillashtirishning ma’lum bosqichlarida, tanlash sifatida ham ishlatiladi). Keyinchalik sportchining aniq funksional imkoniyatlarini, modeldagi individual ko’rsatkichlari bilan qiyoslanadi va keyingi ish va berilgan samaradorlikka erishish yo’nalishi aniqlanadi.

Mashg’ulot jarayonida rejalashtirilgan natijaga erishishga yordam beruvchi, mashg’ulot vositasi va uslublari amalga oshiriladi.

Ko’rsatilgan siklni yakunlovchi operatsiyasi bo’lib, oraliq nazorat, mashg’ulot jarayonini samaradorligini belgilaydi va kerakli vaqtda korreksiya qilinadi. Bu siklning hamma operatsiyalarini amalga oshirishni, eng kerakli sharoitibo’lib, har tomonlama tenglashtirilgan ko’rsatkichlar hisoblanadi. Musobaqa faoliyati va sportchining tayyorgarligini aniq tuzilishini ko’rsatkichlari model tavsifini, oraliq nazorat ham boshqarishning asosiy ishlanmasi bo’lib hisoblanadi. Nazoratning bu natijasi ishning asosiy yo’nalishi va natijasiga erishish yo’lini aniqlaydi.




Foydalangan adabiyotlar ro`yxati


  1. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari tug’risida. 29.05.1999

  2. Zakon Respubliki Uzbekistan. O fizicheskoy kulture i sporte. 27.06.2000.

  3. Ukaz prezidenta Respubliki Uzbekistan. O sozdanii fonda detskogo sporta Uzbekistana. 24.10.2002. №UP 3154.

  4. Karimov I.A. Garmonichno razvitoye pokoleniye – osnova progressa Uzbekistana. Rech na IX ses. Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistana 29.08.1997. – T.: 1998.- 63s.

  5. Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sportivnыe igrы – T.: Izdatelstvo im. Ibn Sino, 1991 g

  6. Belyayev A.V. Trenirovochnыy effekt igrovыx uprajneniy voleybolistov. //Metod.rekomendatsii. M., 1988. - 19s.

  7. Bыleyeva L.V., YAkovlev V.G. Podvijnыe igrы. M.: Fizkultura i sport, 1959. - 142s

  8. Bыleyeva L.V., Korotkov I.M. Podvijnыe igrы. M.: Fizkultura i sport, 1982. – 222s.

  9. Jeleznyak YU.D., Ayrapetyans L.R., Pimenov M.P., Kunyanskiy V.A. Massovыy voleybol. T.: Ibn Sino, 1994. - 144s.

  10. Kasimov A. Podvijnыe igrы. Tashkent, Ukituvchi, 1983. - 79s.

  11. Nasritdinov F.N., Qosimov A.SH. O’zbek xalq milliy o’yinlari. T., 1 to’plam. 1993. - 27s.

  12. Rasulev A.T., Pulatov A.A., Qosimova M.U. O’zbek xalq o’yinlari ularning tasnifi va tavsifi. //O’quv qo’llanma. Toshkent, 1996. - 98b.

  13. Rasulev A.T., Pulatov A.A., Qosimova M.U. O’zbek xalq o’yinlari ularning tasnifi va tavsifi. //O’quv qo’llanma. Toshkent, 1996. - 98b.

  14. Usmonxo’jayev T.S., Qosimova M.U. 500 mashq va harakatli o’yinlar. T.: O’zDJTI nashriyot bo’limi. 1999. - 60b.

  15. Usmonxo’jayev T.S., Xo’jayev F. Harakatli o’yinlar. T.: O’qituvchi, 1992.- 80b.

  16. Usmonxo’jayev T.S., Xo’jayev F. 1001 o’yin. T.: Ibn-Sino, 1990.-352 b.

  17. O’zbek xalq o’yinlari. //Ilmiy-amaliy anjumanining tezislari: Xalq o’yinlari milliy sport turlarini qaytadan tiklash va aholini jismoniy tarbiyalashda ulardan keng foydalanish usullari. Toshkent-Jizzax. 1991. - 130b.


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYOTI MUTAXASISLIGI

4-KURS TOLIBI G`IYOSOVA ZEBINISONING

MASHG`ULOTLARNI REJALASHTIRISH, JISMONIY TAYYORGARLIK VAZIFALARINI HAL ETISH SHARTLARI” NOMLI



KURS ISHIGA

YAKUNIY XULOSA

Yildan-yilga sport va sportchilarni tarbiyalash va tayyorlash to`g`risidagi axborotlar hajmi o`sib bormoqda. Sport, hozirgi dunyoda inson faoliyatining har qanday boshqa sohasi kabi, shiddatli kurashlar maydoniga aylandi va shunday bo`lib qolmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizning halqaro sport maydonlaridagi obro`-e`tibori va ustuvorligi haqidagi masalalar nihoyatda dolzarbdir. Sport taraqqiyotining hozirgi zamon sharoitida sport mahoratining shakllanish jarayoni sportchilarni, ayniqsa o`sib kelayotgan, endigina sportga qadam qo`ygan o`smirlarni sport mashg`ulotlariga tayyorlash tiziminig ahvoliga qanchalar bog`liqligi yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Kelajakda O`zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodiy darajasi bilim emas, ma`naviy jihatdan barkamol yetuk farzandlar bilan ham faxrlanishi uchun mamlakatimizdagi ta`lim tizimida innavatsion texnologiyalardan foydalanish zarur. Ma`lumki “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida belgilab qo`yilgan. Shu asosda jismoniy madaniyat va sport fanini o`qitishda yangicha yondashuvlar, yuksak talablar o`z ifodasini topgan. Shuning natijasida keyingi yillarda jismoniy madaniyat va sportga oid darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar hajmi, mazmuni va sifati tubdan o`zgardi. Ularda o`quvchilarning jismoniy mashq elementlarini bajarishga doir ko`rsatmalar o`z aksini topgan. Ta`kidlash joizki mamlakatimizdagi barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilariga kasbiy axborotlar va maslahatlar berish, kasbiy tashxis qo`yish, ularning qobiliyati, moshqlarni o`zlashtirishga oid moyilligini, qiziqishlarini hisobga olish bugungi ta`lim islohotlarining muhim qirrasidir. Avlodlarni ma`naviy va jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash eng avvalo o`quvchi – yoshlarni kasb – hunarga yollash va ularning davr talablari darajasidagi mutaxassis bo`lib etishishlariga qaratilmoqda.

Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti mutaxasisligi 4-kurs tolibi G`iyosova Zebiniso ning “Mashg`ulotlarni rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish shartlari” nomli kurs ishiga ilmiy rahbar sifatida taqriz yozar ekanman, kurs ishini yozishda talaba o`zining mustaqil fikr va izlanma natijalarini bayon qilishga uringaniga guvoh bo`ldim. Kurs ishidagi ba`zi bir mayda xatolar uchraydi, lekin ular kurs ishi mazmunini buzmaydi, ma`nosini o`zgartirmaydi. kurs ishini himoya qilishga tavsiya qilaman.

Ilmiy rahbar: Rahmatov O. O’

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYOTI MUTAXASISLIGI

4-KURS TALABASI G`IYOSOVA ZEBINISONING

MASHG`ULOTLARNI REJALASHTIRISH, JISMONIY TAYYORGARLIK VAZIFALARINI HAL ETISH SHARTLARI” NOMLI



KURS ISHIGA

T A Q R I Z
Bugungi kunda sport va sportchilarni tarbiyalash va tayyorlash to`g`risidagi axborotlar hajmi yashin tezligida o`sib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sport, hozirgi davrda inson faoliyatining har qanday boshqa sohalari singari, shiddatli kurashlar maydoniga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizning halqaro sport maydonlaridagi obro`-e`tibori va ustuvorligi haqidagi masalalar nihoyatda dolzarbdir. Jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining hozirgi zamon sharoitida sport mahoratining shakllanish, rivojlanish jarayoni sportchilarni, ayniqsa o`sib kelayotgan, endigina sportga qadam qo`ygan o`smirlarni sport mashg`ulotlariga tayyorlash tiziminig ahvoliga qanchalar bog`liqligi yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Tadqiqotda qo`llanishi mumkin bo`lgam usullarni belgilash ham ilmiy ishning mavzusini va uni bajarish yo`llarini uzil-kesil tanlab olishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotchi tanlangan usullar izlanishning maqsadiga eng samarali yo`llar bilan erishish, tadqiqot ob`yekti to`g`risida ishonchli ma`lumotlar olish hamda o`rganilayotgan hodisa yoki jarayonning mohiyatini iloji boricha chuqur ochishni ta`minlamog`i lozim. Ta`kidlash joizki mamlakatimizdagi barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilariga kasbiy axborotlar va maslahatlar berish, kasbiy tashxis qo`yish, ularning qobiliyati, moshqlarni o`zlashtirishga oid moyilligini, qiziqishlarini hisobga olish bugungi ta`lim islohotlarining muhim qirrasidir. Avlodlarni ma`naviy va jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash eng avvalo o`quvchi– yoshlarni kasb–hunarga yollash va ularning davr talablari darajasidagi mutaxassis bo`lib etishishlariga qaratilmoqda.

Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti mutaxasisligi 4-kurs tolibi G`iyosova Zebinisoning “Mashg`ulotlarni rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish shartlari” nomli kurs ishida kurs ishi yozishning barcha talablariga amal qilingan. kurs ishi rejasidagi mavzular kurs ishi mavzusiga mos ravishda hozirgi kun ta`lim-tarbiya taraqqiyoti talablari asosida tanlangan.



Bitiruvchi G`iyosova Zebinisoning “Mashg`ulotlarni rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish shartlari” nomli kurs ishiga taqriz yozar ekanman, kurs ishini yozishda talaba o`zining mustaqil fikr va izlanma natijalarini bayon qilishga uringaniga guvoh bo`ldim. Kurs ishi himoya qilishga tavsiya qilaman.

Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport

kafedrasi o’qituvchisi Norov Sh.U
Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish