Nasos stansiyasi gidromexanik jihozlarga qo‘yiladigan talablar



Download 15,12 Mb.
bet1/15
Sana01.01.2022
Hajmi15,12 Mb.
#303879
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Nasos stansiyasi gidromexanik jihozlarga qo‘yiladigan talablar.


4.1 Nasos stansiyasi gidromexanik jihozlarga qo‘yiladigan talablar.

Nasos stansiyasiga suvni yetarli miqdorda yetkazib berish uchun daryodan suv olish, kanal bo‘ylab harakatlanishi va avankamerada suv sathini kerakli miqdoda bo‘lishini ta’minlash uchun bir necha turdagi gidromexanik jihozlar ishlatiladi. Gidromexanik jihozlarning asosiy vazifalaridan kelib chiqib ularni ishlatish sharoitiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

-kanalda suv sathi va suv sarfini tartibga solish;

-kerakli suv sarfini ta’minlash uchun inshootlarda suvni kerakli miqdorda o‘tishini yoki suv yo‘lini yopib, o‘tkazmaslikni ta’minlash;

-suvning tarkibidagi oqiziqlarni tutib qolish va tozalab olib tashlash. Mexanik jihozlarga panjaralar oldida tutilib qolingan oqiziqlarni tozalovchi moslama va qurilmalar, zatvorlar, yuk ko‘tarish–tashish mexanizlari kiradi. Yordamchi qurilmalar mexanik jihozlari va metall konstruksiyalari, ishlatish davrida, doimiy nazoratda bo‘ladi, holati o‘rganiladi, ularni rejali ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu tadbirlar ularning doimiy ishonchli holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Kuzatish va nazorat qilish ishlari ekspluatatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ishlarning hajmi katta va tuzilishi jihatdan murakkab bo‘lgan qismlarda uchragan nosozliklarni aniqlash uchun maxsus asbob uskuna talab qilinganda, bu ishlarni bajarish uchun o‘z bazasiga ega bo‘lgan ta’mirlash korxonalari va tashkilotlari bilan shartnomalar tuziladi. Shartnomada aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish vaqti ko‘rsatiladi, mexanik jihozlarni ishonchli ishlash holatini ta’minlash uchun bajariladigan ishlar ro‘yxati aniqlanadi.

Nasos stansiyasida ishlatiladigan gidromexanik jihozlar asosiy va yordamchi turlarga bo‘linib, ularga qo‘yiladigan talablar foydalanish sharoitiga qarab turli xil bo‘lishi mumkin. Nasos stansiyalari gidromexanik uskunalari va yordamchi tizimlari ularni tayyorlovchi zavodlardan olingan ishlatish bo‘yicha ko‘rsatma (qoida) lar va loyihani stansiyaga qo‘yadigan texnologik ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash bo‘yicha talablarga mos tartibda ishlatiladi.

Yangi yoki ta’mirlangan gidromexanik jihozlar joyiga o‘rnatilib, montaj qilingandan so‘ng albatta sinab qo‘rilishi hamda topshirish–qabul qilish dalolatnomasi tuzilishi kerak. Dalolatnomaga uskunalar loyihaga mos montaj qilinganligini tasdiqlovchi barcha xujjatlar ilova qilinadi. Loyihada ko‘rsatilgan me’yor talablaridan chetga chiqishlar asoslanib, loyiha tashkiloti yoki tayyorlovchi–zavod mutaxassislari bilan birgalikda hujjatlashtirilib dalolatnomaga ilova qilinadi.


Download 15,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish