Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi


Mirzo Ulug‘bekning ”To‘rt ulus tarixi” asari



Download 1.01 Mb.
bet16/18
Sana18.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Mirzo Ulug‘bekning ”To‘rt ulus tarixi” asari
Ulug‘bek Xurosondagi adabiy va ilmiy muhitdan farqli o‘laroq, turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixi bilan qiziqdi. CHingizxon va mo‘g‘ul sulolalari tarixining Temuriylar davrida davom etgani qiziqarli va diqqatga sazovor. Zotan, turk-mo‘g‘ul qavmlarining qondoshlik jihatdan birligi haqidagi tarix bu davrda ma’lum edi. SHu chin tarixni keng ommaga etkazish uchun zarurati bor edi.

“To‘rt ulus tarixi” Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425 yili yozib tamomlangan.

Asar “Ulus- a- arba’a – yi CHingiziy” (“CHingiziylarning to‘rt ulusi”) va “Tarixi arbaa ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomlari bilan mashhur.* Asar muqaddima va etti bobdan iborat.

Muqaddima qismida o‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asaralar an’anasiga ko‘ra, Tangri taolo, uning elchisi Muhammad s.a.v. va uning avlodlari sha’niga maqtov, Odam ato, payg‘ambarlar, Nuh alayhissalom, uning farzandlari tarixi bayon qilinadi. (Bichurinning “Istoriya pervыx chetыrex xanov doma CHingizxana”sini ham qarash kerak).

Birinchi bobda Turkxon ibn YOfas va uning Turkiston elida hukmronlik qilgan avlodlari – Abuljaxon, Dabkuyxon, Kuyukxon va boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari, shuningdek, turk qavmlari va podshohlari – Mo‘g‘ulxon, Qoraxon, O‘g‘uzxon tarixi bayon qilingan. SHunisi diqqatga sazovorki, asarda keltirilgan turk-mo‘g‘ul urug‘lari tarixi va etnik tarkibi Rashididdinning “Jome ut-tavorix” asarining 1 jildida keltirilgan ma’lumotlardan keskin farq qilmaydi. (O‘g‘uzxon-chi?) Bu hol Rashididdin foydalangan va turk-mo‘g‘ul xalqlariga oid boshqa manbalarni Mirzo Ulug‘bek ham sinchiklab o‘rganganini dalillaydi. Usmonli turklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bu bobdagi muhim jihatlardan biridir.

Ikkinchi bob turk-mo‘g‘ul xalqlarining afsonaviy onasi Alonquva va undan tarqalgan avlodning – Buzunjor xon, Buqo xon, Dutumin xon, Qobulxon, Boysung‘ur xon, YAsugay bahodir va boshqalarning tarixi bayonidan iborat.

Uchinchi bob buyuk jahongir CHingizxon tarixining bayoniga bag‘ishlangan. Bu bobda eng diqqatga sazovor o‘rinlar – CHingizxonning bir qator xonlarni mag‘lub qilgani, uning nasl-nasabi, farzandlari, el-ulusga joriy qilgan yasoqlari, ya’ni qonunlari zikri va u o‘rnatgan qonunlar tufayli o‘g‘irlikka barham berilgani, lashkar tuzilishiga oid voqealar bayonidir. Jumladan, lashkar tuzilishi to‘g‘risida Mirzo Ulug‘bek quyidagicha yozadi: “Lashkar tartibi shunday tuzilganki, Odam ato zamonidan bugungi kungacha biror podshohning sipohi turknikidek muyassar bo‘lmagan. Sabru bardosh shiddatida va ma’lum muddatgacha shokirlikda yashirin va oshkora o‘z hokimlariga jonu dildan mahkumlik va mute’lik qilurlar” (113-bet). Sulton Muhammad Xorazmshoh va uning o‘g‘li Jaloliddin bilan olib borgan jangu jadallari ham shu bobda qiziqarli tarzda bayon etiladi.

To‘rtinchi bob CHingizxon farzandlariga va Qorachor no‘yonga davlat ishlari borasida vasiyat etishi voqealari bilan boshlanadi. O‘ktoyning taxtga o‘tirishi va uning Ulug‘ yurtdagi podshohligi, O‘ktoy, CHig‘atoy va Tulixonning Xitoyga lashkar tortishi, u mamlakatni egallab qaytayotganlarida Tulixonning vafot etishi,O‘ktoyxondan keyin taxtga o‘tirgan Kuyukxon hukmronligi bilan bog‘liq voqealar, nihoyat, O‘rdoyxon ibn Arig‘ Temurxon hukmronligigicha bo‘lgan hodisalar ham shu bobda hikoya qilinadi. O‘ktoydan boshlab O‘rdoyxongacha yigirma bir ukmdor tarixi qisqa bayon qilingan.

Beshinchi bob— CHinigzxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji xon naslidan bo‘lgan o‘ttiz uch xon zamonida Dashti Qipchoq (hozirgi Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, Volga bo‘yi erlari) tarixiga bag‘ishlangan. Voqealar qisqa, Oltin O‘rta poytaxti Saroy shahrini qurgan Botuxon (Jo‘jining o‘g‘li), Barakaxon, O‘zbek xon, Jonibek kabi hukmdorlar tarixi shu bobdan o‘rin olgan (Baraqxonmi? “Muhabbatnoma”da keltiriilgan Jonibek, yana O‘zbekxon haqidagi ta’riflar bilan solishtirish kerak!)

Oltinchi bob— Eron mamlakatida saltanat qurgan o‘n ikki podshoh tarixiga oiddir. Saltanatning asoschisi Tulixonning o‘g‘li Halokuxon bo‘lib, u Elxon laqabini olgan edi. Halokuxon tarixiga kitobda kengrov o‘rin berilgan. U Eronda o‘z saltanatini barpo qilish uchun kurashadi, muruvvatpesha hukmdor sifatida shuhrat qozonadi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlar olib boradi. SHu bobdan ayon bo‘lishicha, Halokuxon ilm-fan ahliga ko‘p rag‘bat ko‘rsatgan. Jumladan, Halokuxon farmoni bilan Nasriddin Tusiy Tabrizda (Mo‘g‘ul elxonlarining poytaxti) qurgan rasadxona Halokuxondan qolgan yodgorlikdir. SHu rasadxonada tuzilgan zij “elxoniy” nomi bilan mashhurdir.bo‘lib

Ettinchi– oxirgi bob CHig‘atoy ulusining CHingizxon zamonidan (1227 yil) Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil) gacha bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Bu bobda ham diqqatga sazovor voqealar ko‘p. SHunday voqealalardan biri Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‘zg‘olonidir. Mirzo Ulug‘bek bu voqeaning boshidanoq Mahmud Torobiyning asl qiyofasini chizib beradi:

Soxta sher ko‘k so‘fi kiyib yurardi, ikkiyuzlamachiligu ayyorlikning asoslarini irg‘itdi.

Firib bilan tutun tarqatdi olchoq, ularning salomi salovotu ro‘zadan iborat.

Mirzo Ulug‘bek Torobiyning el orasida obro‘ orttirish usulini hikoya qilar ekan, birinchi navbatda. Erkaklarni itrofiga yig‘ib, uning amridan chiqmasligini buyurdi. Torobiyning tabobatdan xabrdorigi sabab ayrim xasta odamlar unga kelib. “tasodif bo‘lib, bir-ikkikasalgaTangritaoloshifohamberdi”. SHu bois omma unga ixlos qo‘ydi va uning atrofiga yig‘ildi. Parchada Mahmud Torobiyning xalqni qanday qilib o‘ziga og‘dirib olish usullari, avomni notavonligidan foydalanib. O‘zini sohibkaromat qqilib ko‘rsatish usullarini bayon qiladi. Buxoro shahri tashqarisida mo‘g‘ullar va Mahmud Torobiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jangda mo‘g‘ul askarlaridan birining kamondan otgan o‘qi Mahmud Torobiyga tegdi va u jon berdi. Ammo uning o‘limidan hech kim voqib bo‘lmadi, shu paytda qattiq chang-to‘zon ko‘tarilib, odamlar bir-birlarini ko‘ra olmay qoldilar. Mo‘g‘ul lashkari bu tabiiy hodisani ham Torbobiyning karomatiga yo‘ydilar va jang qilishdan to‘htadilar.SHayx Torobiyning odamlari talon-tarojga berildilar, Talon-tarojni bas qilganlarida, shayxning yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi va “shayximiz g‘oyib bo‘libdi” deb uning ukasi Muhammad Alini shayx qilib ko‘tardilar. Mo‘g‘ul lashkari bilan Muhammad Ali tomonidan Buxoro xalqi o‘rtasidagi jangda har ikki tomondan yigirma ming odam o‘ldi. Mo‘g‘ul lashkarining qo‘li baland keldi va Qorachor no‘yonning amri bilan Buxoroni g‘orat qilishdan lashkar o‘zini tiydi.

Mahmud Torobiy bilan bog‘liq voqealarni Mirzo Ulug‘bek keltirishidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, tarixda Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni zolimlarga qarshi kurash yo‘lidagi kurash emas. balki Mahmud Torobiy avom xalqni aldov bilan o‘ziga og‘dirib olgani va shu xalq uni Buxoro amiri qilib ko‘targanini hikoya qilgan. Mahmud Torobiy o‘zini avomgaqanday qilib sohibi karomat qilib ko‘rsatgani quyidagi parchada yana ayon bo‘ladi: “...Keyingi juma kuni SHayx Mahmud Torobiy nomiga xutba o‘qitdilar. Imomlar va Buxoro akobirlarining barchasi shunda hozir qilindi. Ularning ba’zilarini o‘ldirdi, ba’zilarini sazoyi qildi. Rind va avboshlarning barchasini katta ehtirom bilan qabul qildi. Ularga dedi: “Sizlar uchun g‘oyibdan qurolyarog‘ topishga muyassar bo‘ldim!” O‘sha kunlarda SHeroz tomondan bir karvon keldi va to‘rt xarvor shamshir olib kelishdi. Bu ham odamlar sonining ko‘payishi va e’tiqodiga sabab bo‘ldi”. Xalq bundan tashqari boylarning uyiga kirib, molini talon-taroj qilib keldilar, Mahmud Torobiy o‘ljalarni avboshlarga taqsimlab berdi.

Mirzo Ulug‘bek Mahmud Torobiyning qiyofasini chizmagan bo‘lsa-da, u bilan bog‘lik voqealarda uning ichki dunyosi bilan tashqi harakatlari bir-biriga nihoyatda mos ekanini ko‘rsatib bergan. Mirzo Ulug‘bek keltirgan detallar

SHuningdek, mazkur bobda CHig‘atoy ulusi bilan Elxoniylar davlati o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, CHig‘atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotida barlos amirlarining roli, Balx va Andijonning qaytadan tiklanishi, ma’muriy va ma’naviy islohotlar singari voqealar ham o‘rin olgan.

Har bir bobda biron xon yoki muayyan tarix hikoya qilinar ekan, albatta, Mirzo Ulug‘bek oddiy bayonchilikdan qochadi, kitobxonni jalb qilish maqsadida avvalo. Asar uslubiga badiiy jilo beradi, ikkinchidan, ma’lum tarixiy voqealar yoki qahramonlarga ta’rif berish maqsadida she’riy parchalar keltiradi. Umuman. asarda Mirzo Ulug‘bek bu asarini yaratish bilan ijodkorlik mahoratini namoyon qilgan. O‘tmishdagi tarixiy asarlar ayni paytda badiiy asarlar kabi kitobxonning estetik ehtiyojini qondirish uchun ham xizmat qilganini Mirzo Ulug‘bekning mana shu asari misolida yanada aniqroq ko‘rish mumkin.

Mirzo Ulug‘bek asarida “doston” terminini qo‘llaydi. Bu bejiz emas. Jumladan, “O‘tror muhosarasi dostonining tugashi”, “Jand voqeasi dostonining oxiri”, “Jo‘jixon, CHig‘atoyxon va O‘ktoyxon dostonining oxiri” va h. tarixiy voqealarning bayoni, ayniqsa, O‘tror shahzodalarining fojiali o‘limi, aholining ayanchli hayoti tasviri, O‘tror hukmdori G‘oyirxon bilan shahar ahlining qal’aga kirib, bir oy davomida o‘limga tik boqib, mo‘g‘ul lashkarlari bilan ayovsiz jang qilgani shu darajada mahorat bilan tasvirlanganki, chinikam doston kabi o‘qiladi.

Ayniqsa, Jo‘jixonning vafoti bilan bog‘liq voqea (turkiycha jir) “To‘rt ulus tarixi”dagi eng ta’sirli lavhalardandir. Ma’lumki, CHingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jixon Dashti Qipchoqda hukmronlik qilardi. Jo‘jixonning vafoti haqidagi xabar O‘rdaga etib kelganda, bu xabarni CHingizxonga etkazishga hech kim jur’at qila olmaydi. Oxiri barcha amirlar ulug‘ jarchidan. CHingizxon yaxshi kayfiyatda turganda bu shum xabarni etkazsangiz. Deb iltimos qiladilar. Ulug‘ Jarchi fursati etganda CHingizxonga quyidagi turkiycha jirni aytdi:

Tengiz boshdan bulg‘ondi, kim tinduroro, xonim?

Terak tubtun jig‘ildi, kim turg‘uzoro, xonim?

(YA’ni, daryo boshidan loyqalandi, uni kim tozalaydi, ey podshohim? Terak ildizidan quladi, uni kim turg‘izadi, ey podshohim?)

CHingizxon Jarchining savoliga shunday javob berdi:
Tengiz boshdan bulg‘onsa, tindurur ulum Jo‘jidir,

Terak tubdin jig‘ilsa, turg‘uzur ulum Jo‘jidir.

(YA’ni, agar daryo boshidan loyqalangan bo‘lsa. Uni tindiruvchi mening o‘g‘lim Jo‘jidir. Agar terak yog‘ochi ildizidan qulagan bo‘lsa, uni turg‘izuvchi o‘g‘lim Jo‘jidir).

Jarchining ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqdi. CHingizxon fojiani anglaydi va quyidagi baytni aytadi:

Ko‘zing yoshin chungur turlu liq-liq to‘ldi bo‘lg‘aymu?



Jiring ko‘ngul o‘rkutur Jo‘chi o‘ldi bo‘lg‘aymu?

(YA’ni, ko‘zlaring o‘z yoshlarini dumalatmoqda, nahotki ko‘ngling to‘lib ketgan bo‘lsa? So‘zlaring yuraklarni o‘rtadi. Nahotki Jo‘ji o‘dgan bo‘lsa?)


Jarchi CHingizxonning bu baytiga quyidagicha javob beradi:
So‘ydamakka erkim yo‘q, sen so‘ylading, o xonim,

O‘z yarlig‘lig‘ ozarg‘a javobdi o‘ylading, o xonim!

(YA’ni, bu haqda gapirishga qudratim va ixtiyorim yo‘q, o‘zing shunday buyurgansan, ey podshohim! O‘z hukming o‘zing uchun bo‘lsin, to‘g‘ri fikr qilding, ey podshohim!)

CHingizxon Jo‘jini boshqa o‘g‘illaridan ham ko‘ra nihoyatda yaxshi ko‘rar edi. CHingizxon: “Kimki Jo‘ji xonning o‘limini talga olsa, mening siyosatimga (ya’ni jazoimga) duchor bo‘ladi”, deb ogohlantirgan edi. Jarchining javobidan taqdirga tan bergan CHingizxon shunday deydi:

Qulon olg‘on quvlandi, qulunimdan ayrildim,

Ayrilishqon anqudi er ulumdan ayrildim!

(YA’ni, ov qilish uchun ov maydonida quvlanayotgan qulonga o‘xshayman, qulon o‘zi qochadi. Ammo bolasi qoladi, men ham xuddi qulon kabi bolamdan judo bo‘ldim!)

Bu voqea, shubhasiz, kitobxonni larzaga solmasdan qo‘ymaydi.

Haydar Xorazmiy

Haydar Xorazmiy X1U asrning oxiri – XU asr boshlarida yashab ijod etgan. Navoiy «Majolis-un-nafois» da unga «Mavlono Haydari turkigo‘y» deya ta’rif bergan. «Muhokamat-ul-lug‘atayn»da esa quyidagilarni o‘qiymiz: «SHohruh sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo‘ldilar. V aul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab’ salotine zuhurg‘a keldi; shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va YAqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar…»* Davlatshoh Samarqandiy (XU asr) «Tazkirat-ush-shuaro» asarida Haydar Xorazmiy to‘g‘risida quyidagilarni zikr etadi: «Sulton Iskandar hukmronligida fozil kishilardan Mavlono Muiniddin Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydarning turkiy va forsiy tillarda bitgan yaxshi she’rlari bor va u Nizomiyning «Maxzanul-asror»iga o‘zbek tilida javobyozib, uni shahzoda Iskandar otiga bag‘ishladi». Darhaqiqat, Haydar Xorazmiyning «Gulshanul-asror» asari Nizomiyning «Maxzanul-asror» asaridan ilhomlanib yozilgan. SHoir asarning nazm etilishi sababi to‘g‘risida shunday xabar beradi:

Ulfat ila begi ulandi alif,

Vuqusidin qofiya topti radif,.

«Mahzani asror» bu ramz erdi, bil,

Notiqa bu ko‘zgudin o‘grandi til.


Haydar Xorazmiy

Temuriylardan Umarshayxning o‘g‘li Iskandar Mirzo hukmronligi davrida (X1U asrningboshlari) yashab ijod etdi.«Gulshanul-asror» o‘zbek tilidagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning yirik namunasidir. Asar taxminan 1409-1414 yillarda yozilgan.

HaydarXorazmiy o‘z asarida Nizomiy Ganjaviyni hurmat bilan tilga oladi, unga so‘z ganjining podshohi sifatida yuksak ta’rif beradi. Haydar Horazmiyning «Gulshanul-asror»i Nizomiyning asaridan hajman ancha kichik bo‘lib, 639 baytdan iborat masnaviydir.

Haydar Horazmiy «Gulshanul-asror» asarini yaratish bilan o‘zbek adabiyotida she’riy hikoyaning rivojiga munosib hissa qo‘shdi. «Gulshanul-asror»dagi hikoyatlar pand-nasihat mazmunida bo‘lib, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalar qalamga olingan. Umuman, Haydar Xorazmiy bu asari bilan uzoq tarixga ega bo‘lgan falsafiy-didaktik dostonchilikning yangi davrini boshlab berdi. «Gulshanul-asror»ning tarkibi quyidagicha: «So‘z ta’rifining bayoni»; bu qismda muallif (to‘ldirishkerak: nimahaqdaso‘zketgan); «Musannifning vasfi xoli»(nimabu?); «Kitob yozilishi bayoni» (nimauchunyozildi?); «Mav’iza» (o‘git, nasihat). SHundan keyin quyidagi hikoyatlarni keltiradi: «Bo‘z to‘quvchi kampir va bazzoz hikoyati», «Hotam Toy hikoyati», «Mahmud G‘aznaviy haqida hikoyat», «Horun bilan Bahlul hikoyati»; «So‘nggi so‘z». Xullas, asarda muallif to‘rtta hikoyat va hikoyatlar orasida berilgan mav’iza hamda maqolotlar orqali halollik, rostlik, to‘g‘rilik va barcha insoniy fazilatlar to‘g‘risida so‘z yuritadi.

O‘zbek mumtoz adabiyotida Lutfiy qalamiga mansub deb qarab kelingan «Gul va Navro‘z» dostoni keyingi manbalar va tadqiqotlar natijasida HaydarXorazmiy asari ekani ma’lum bo‘ldi.*



Lutfiy (1366-1465)

(Qo‘shimchalarini kiritib bo‘ldim, izohga Gota nusxasi

to‘g‘risida ma’lumot berish kerak, balki spravkaga ham.)
Lutfiy XVI asrning oxiri – XV asrning o‘rtalarida yashab ijod qildi. Mavlono Lutfiy o‘z zamondoshlari orasida “malik ul-kalom” (Alisher Navoiy)*, “so‘z lutfida yagonai davron” (Xondamir)* shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning bizgacha etib kelgan asarlari tarixiy va ilmiy manbalarda Lutfiy taxallusi bilan berilgan. Lutfiy fors va turkiy tillarda ijod qilgan. Bu Lutfiydan boshqa shu taxallus bilan ijod qilgan shoirlar tarixda o‘tgan. Mavlono Lutfiydan boshqalari ozarbayjon, usmonli turk, fors-tojik tillarida ijod qilganlar. Ammo uning alohida forsiy devoni borligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. “Lutfiy” taxallusli shoirlarning birontasi ham Mavlono Lutfiy darajasida she’r bitolmagan. SHu taxallusli shoirlarning biri to‘g‘risida Navoiy “Majolis un-nafois”da ma’lumot beradi*. Alisher Navoiy, Xondamir, Abdulla Kobuliylar* Lutfiy merosining asosiy qismini uning turkiy devoni tashkil etishini aytganlar. SHoir devonining bizgacha etib kelgan qo‘lyozma nusxalari haqida turli manbalarda ma’lumotlar berilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar bir-biridan farqlidir*.

Lutfiy zamonasining mutasavvif olimlaridan SHahobiddin Xiyoboniydan ta’lim olgan.

Boysung‘ur Mirzo kabi sultonlar Lutfiyning shoirlik mahoratini g‘oyat e’tirof etganlar, uni o‘z huzurlariga taklif qilib turganlar. Lutfiy Boysung‘urning hayot davri () va uning o‘g‘li Alouddavlaning yoshlik, navqiron yigitlik paytiga bag‘ishlangan qasidasining so‘ngida ikki baytida o‘zi bilan shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar manzarasini chizib beradi:
Etti boshim ko‘kka, shohokim, tiladingiz g‘azal,

Ul sharaftin topti devonim qabuli shayxu shob.

Lutfiy qulning she’ri birla xuddi ehtiyoj,

Iltifotingdin, begim, men shuhrat ettim iqtisob.


[Mening g‘azallarimni istaganingizda boshim ko‘kka etdi, shundan

Devonim sharaf topib, keksayu yosh tomonidan qabul qilindi.

Qulingiz Lutfiyning she’rini o‘qishga siz ehtiyoj sezdingiz, ey

bek, sizning iltifotingizdan men shuhrat topdim.]


Ko‘rinadiki, Alouddavla ham Lutfiy g‘azallarini yoqtirgan. CHamasi, Alouddavla Lutfiy g‘azallarini so‘rab olib o‘qib turgan. Baytlar mazmunidan yana shu narsa anglashiladiki, yuqoridagi qasida yozilgan davrda – taxminan 1430 yillarda Lutfiy devon tuzgan, degan xulosaga kelish mumkin. Lutfiy devonni bir marta emas, balki bir necha marta tuzgan. Bunday fikrga kelishga devon qo‘lyozmasining Parij va Gota nusxalari undaydi. Zotan, bu nusxalarda devon yangi she’rlar bilan to‘ldirib borilgan. Devonda she’rlarning o‘rni almashtirilgan, she’rlar tarkibidagi ayrim baytlar tushirilib, yangilari bilan almaytirilgan, baytlar mazmunan qayta tahrir qilingan. Demak, Lutfiy o‘z ijodiga har doim jiddiy yondashgan.

Bugungi kunda mavjud ma’lumotlarga tayangan holda, Lutfiyning ijodiy merosi janrlar bo‘yicha quyidagi miqdorni tashkil etadi: g‘azallar – 372 ta bo‘lib, 4712 misra; qasidalar – 3 ta bo‘lib, 214 misra; to‘rtlik (tuyuqlar) – 115 ta bo‘lib, 460 misra; fardlar 60 ta bo‘lib, 120 misra; ayrim baytlar 22 ta bo‘lib, 44 misra*.

Lutfiy SHarafiddin Ali YAzdiyning fors tilidagi “Zafarnoma” (1437) asarini ham SHohruh Mirzoning taklifi bilan ona tiliga she’riy tarjima qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, “Zafarnoma”ning tarjimasi o‘n ming baytdan ortiqdir*.

Mavlono Lutfiydan boy adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi. Lekin bu asarlarning ayrimlari hali topilmagan.

SHoirning ijodi juda erta boshlanib, umrining so‘nggi davrlarigacha ham ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. Manbalarda xabar berilishicha, shoir “Uftad” radifli g‘azalini 99 yoshida – vafot etgan yili yoza boshlagan. Navoiyning aytishicha, Lutfiy bu g‘azalini davom ettirib tugatishni Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan.

Lutfiy o‘z davrida ham, keyin ham zamonaning mashhur ijodkorlari tomonidan Navoiydan keyingi o‘rinda turadigan shoir sifatida e’tirof etilgan. Navoiy “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida ham Lutfiyning Iroq va Xurosonda shuhrat tutganini alohida ta’kidlaydi. Navoiy Lutfiy g‘azaliga bog‘lab yaratgan uchta muxammasini mazkur devoniga kiritgan.

Umuman, Lutfiy haqida Alisher Navoiy asarlarida keng ma’lumot berilgan*. Keyinchalik yaratilgan adabiy-tarixiy manbalarda Navoiy asarlarida berilgan ma’lumotlar takrorlansa-da, bu ma’lumotlar aynan qaytarib bo‘lmay, Lutfiy hayoti va ijodining biron qirrasini ochishga xizmat qiladi. Kamoliddin Binoiy*, Davlatshoh Samarqandiy*, Zahiriddin Bobur*, Poshshoxoja* kabi qator shoiru muarrixlar Lutfiy ijodi, xususan, she’riyatiga yuksak baho berganlar. Lutfiy asarlari XIX asrning oxirlarigacha ham ijod ahliga kuchli ta’sir ko‘rsatganini qori Rahmatulloh Vozeh (1817-1894) ning “Majmuai mansur va manzumi Vozeh” tazkirasidan bilamiz.

Lutfiy fors tilida ajoyib qasidalar bitgani ma’lum. Bu haqda Navoiy “Majolis un-nafois” asarida ma’lumot beradi. Lutfiyning o‘zbek tilidagi g‘azal, ruboiy, tuyuq va boshqa janrdagi asarlari jahonshumul shuhrat qozondi.


Gadoiy (qo‘shimchalari kiritildi)
SHoir Gadoiy ijodi XV asrda temuriylarning adabiyot va san’atda alohida e’tibori bois Movarounnahr va Xurosonda adabiyot gullab-yashnagan. V.V. Bartold ta’biri bilan aytganda, bu har ikki o‘lka turkiy tildagi adabiy harakatchilikning markaziga aylangan davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyotiga Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy bilan bir qatorda, Gadoiy ham katta hissa qo‘shdi.

Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida Gadoiy haqida ma’lumotlar bor. Navoiy Gadoiy to‘g‘risida shunday yozadi: “Mavlono Gadoiy turkigo‘ydir, balki mashoqirdindur. Bobir Mirzo (Abdulqosim Bobur – N.R.) zamonida she’ri shuhrat tutti. Bir nav’i aytur va aning mashhur matla’laridan biri buldurkim:


Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana,

Bu ko‘ngulning ilkidin jong‘a balo bo‘ldi yana.

Mavlononing yoshi to‘qsondan o‘tubdir.

Bu matla aningdurkim:

Bilbaro, sensiz tiriklik bir baloi jon emish

Kim, aning dardi qoshida yuz o‘lum hayron emish”.*


“Majolis un-nafois” yozilayotgan paytda Gadoiy to‘qson yoshda bo‘lgani e’tiborga olinsa, u 806 (1403-1404) yilda tug‘ilgan aytish mumkin.

Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da iste’dodli turkigo‘y shoirlar Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Muqimiy, YAqiniy, YUsuf Amiriy, Lutfiy kabi turkigo‘y shoirlar to‘g‘risida so‘z yuritganda, Gadoiyni ham zikr etadi: “Xuloguxon zamonidin sultoni sohibqiron Temur Ko‘ragon zamonidin farzandi xalafi SHohruh Sultonning zamonining oxirig‘acha turk tili bila shuaro paydo bo‘ldilar va ul hazratning avlod va ag‘fodidin ham xush tab’ salotine zuhurg‘a keldi: shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va YAhiniy va Amiriy va Gadoiydeklar”*.

Gadoiyning devoni Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozma hajmi 66 varaq bo‘lib, shoirning 230 g‘azali, 1 qasidasi, 1 mustazodi va 5 to‘rtlikdan iborat. Devondagi Gadoiy merosining umumiy hajmi 2974 misradir. Devon taxminan XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida ko‘chirilgan. Gadoiy devoni Lutfiy devoni bilan bir muqovadadir.

Gadoiy ijodining katta qismini g‘azallar tashkil qiladi. Uning g‘azallari markazida inson va uning muhabbati turadi. Uningcha, sevgisiz hayot hayot emas, sevgi insonning eng olijanob fazilati va ma’naviy go‘zalligi nishonasidir.


Har kishingkim, seningdek bir sevar jononi yo‘q,

Filmasal, bir suratedurkim, taninda joni yo‘q (Latofatnomada ham shunga o‘xshash bayt bor edi. chamasi).


Gadoiy uchun ishq hamma narsadan yuksak. U sevgini mol-mulk, mansab, boylik, amaldan ustun qo‘yadi va o‘zi ham shu aqidaga amal qilganidan faxrlanadi:
Ishqingizdin(dur) jahon ichra mubog‘otni, begim,

O‘zgalar faxri gar o‘lsa mulku jog‘u mol ila.


Gadoiy g‘azallari asosan (asosida) turkigo‘y shoirlar ko‘p ijod qilgan, o‘sha davrda keng tarqalgan “turkiy” deb atalgan surud vazni (ramali musammani mahsur)da bitilgan.

Gadoiyning mustazodi shoirning she’riyatdagi iqtidoriga mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


Sakkokiy
Hayoti. Sakkokiy XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Uning tarjimai holi haqida etarli ma’lumot yo‘q. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida bunday yozadi: “Mavlono Sakkokiy – Movarounnahrdindur. Samarqand ahli anga ko‘p mu’tahiddurlar (ya’ni e’tiqod qiluvchi (ya’ni e’tiqod qiluvchi) va bag‘oyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda muarriflaridin (ya’ni ta’rif qiluvchi) har necha tafaqqus (ya’ni surishtiruv) qildimkim, aning natoiji ta’bidin biror nima anglayin, ta’rif qilg‘onlaricha nima zohir bo‘lmadi. Barchadin qolsalar so‘zlari budurkim, Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi she’rlari aningdurkim, ho‘rlab o‘z otig‘a qilibtur. Ul erlarda bu nav o‘xshash yo‘q, mazasiz muhobalar (ya’ni qarshi chiqish) gohi voqe’ bo‘lur. Bori ba’zisi ta’rif qilibkim o‘qurlar, bu matla’ni anga isnod (ya’ni nisbat berish) qilurkim:
Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu ko‘zluk, sho‘xi shang,

Kabki dari y tovusda yo‘q albatta bu raftoru rang


Qabri ham o‘l sari oqdur”*.
Navoiy bergan bu ma’lumot Sakkokiyning tarjimai holiga ma’lum darajada aniqlik kiritadi: Sakkokiy asli Mavoraunnahrdan, Samarqandda o‘rnashgan va u erda shuhrat topgan, Samarqand xalqining katta hurmatiga sazovor bo‘lgan. Navoiy Samarqandda bo‘lgan paytda Sakkokiyning o‘zi va she’rlari to‘g‘risida biron ma’lumotga ega bo‘la olmagan, Lutfiyning yaxshi she’rlarini Sakkokiy o‘ziniki qilib olgan, degan ba’zi mish-mishlaru bo‘htonlar asossiz va h.

Ma’lumki, Navoiy Samarqandda ikki marta bo‘lgan. Ammo Sakkokiyni (1467-1469) ko‘ra olmaganidan shunday fikrga kelish mumkinki, Sakkokiy oldinroq vafot etgan.

YAna Navoiy Sakkokiyga quyidagicha ta’rif beradi: “Va uyg‘ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulaqosidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy rahimahumallohkim, birining shirin abyoti va Turkistonda bag‘oyat bir-birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdur, holi devonlari mavjud bo‘lg‘ay”*. Mazkur ta’rifdan ko‘rinadiki, Sakkokiy Lutfiy bilan bir qatorga qo‘yishga loyiq shoir bo‘lgan. Bu fikrlarni Sakkokiyning Lutfiy g‘azallariga yozgan uchta nazirasi ham tasdiqlaydi. Bu naziralar Sakkokiy devonlaridan o‘rin olmagan. SHayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan o‘sha uch g‘azal Turkiyadagi Sulaymoniya kutubxonasidagi 4757 raqamli bayozda uchraydi.*

Avval ko‘rib turganimizdek, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida Sakkokiyni SHohruh davrida yashagan mashhur turkiyzabon shoirlar qatorida eslaydi.

YAqiniy ham Sakkokiyning shoirlik iste’dodiga yuqori baho bergan, uni shoirlarning mujtaqidi (ya’ni g‘ayratlisi) deb ta’riflab, bir baytini keltiradi: “YAna Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosibi holimg‘a aytur. Nazm:
Jonim fido bo‘lsun sening g‘amzang o‘qina necha kim,

Har necha qoshing egmasi o‘qdek bo‘yimni yo qilur”.


Katalog: uploads -> books -> 696768
696768 -> Oliy matematika
696768 -> Referat mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat Topshirdi: Azatova G
696768 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
696768 -> Turkistonda ikki hokimiyatchilik va sho’rolar hukmronligining o’rnatilishi”
696768 -> Mirzo ulug‘bek nomli o‘zbekiston milliy universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti kurs ishi mavzu
696768 -> O’zbekiston Respublikasi Aloqa, Axborotlashtirish va Telekommunikatsiya Texnologiyalari Davlat Qo`mitasi
696768 -> Mundarija kirish
696768 -> O’. Toshbekov tuproqshunoslik asoslari fanidan o’quv-uslubiy majmua
696768 -> Elektronika va sxemotexnika
696768 -> Zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik