Naqshbandiya



Download 113,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi113,99 Kb.
#195394
Bog'liq
Naqshbandiya - Vikipediya



Naqshbandiya

Naqshbandiya — tasavvuf tariqatlaridan

biri. Bahouddin Naqshband asos solgan.

N. xojagon tariqati negizida paydo boʻlib,

Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy,

Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta

etdi, ularga yangi ruhberib rivojlantirdi. 15

—18-asrlarda savdo va hunarmandchilik

bilan shugʻullanadigan shahar aholisi

hamda koʻchmanchi chorvador aholi

orasiga keng yoyildi. N. taʼlimotining

asosida "koʻngil xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish

bilan band boʻlsin" ("dil ba yoru, dast ba




kor") shiori yotadi. N. da piru muridlik

qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan

turib eʼtiqod qoʻyish, imon

mustahkamligi, Haqtaologa sidqidildan

itoat etish, ixlos va maʼnaviy kamolot

asosiy oʻrin egallaydi. Rasmrusumlar,

odatlarni koʻr-koʻrona ado etish, riyo,

soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik,

qanoatli, sabrli boʻlish, ixtiyoriy faqirlik

bilan Allohga intilish yuksak fazilat

hisoblanadi. N.da odamning qadri

mansabi, boyligi bilan emas, maʼnaviy

komilligi bilan oʻlchanadi. N.da hunar,

kasb egallab, oʻz mehnati bilan halol

luqma yeb yashash talab qilinadi,

tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish

sufiy uchun isnod sanaladi. Qul,



xizmatkor saqlash, oʻzganing

mehnatidan foydalanish ham man etiladi.

N.ning yuqoridagi shiori

tarkidunyochilikka, tekinxoʻrlikka qarshi

qaratilgan. N.da man-manlik, sufiy,

shayxman deb kerilish, shovqin-suron

koʻtarib zikru samoʼ bilan odamlar

diqqatini oʻziga qaratish qoralanadi. N.da

asosiy talab — qalbni dunyo gʻuborlaridan

tozalash, oʻz nafsi bilan kurashib ruxda

cha-rogʻonlik topish, qalbda Alloh

nomlarini naqshlab borish usullari ishlab

chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr

tushish) shunga xizmat qilgan.

"Tashqaridan xalqb-n, ichkaridan Haqb-n

boʻlish", har bir nafasni Xudo yodi bilan

chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu



amallar sari qoʻyish, yurt kezib, aziz-

avliyolar qab-rini ziyorat qilish, gʻofillarni

hushyor etish, har qanday holatda qalb

ogoxligiga erishish — N.ning asosiy

maʼnaviy tarbiya usuli hisoblangan.

N.da pir va murid orasidagi maʼnaviy

orifona suhbatga katta eʼtibor qilingan.

N.ga koʻra, suhbat — anjuman ichra

boʻlish, bilmaganni bilib olish, yuksalish,

karomatlar siru asrori, ilohiyot olami

nurlaridan baxramandlik boʻlsa, buning

aksi — xilvat esa kishini bilimdan,

maʼrifatdan mahrum qiladi. N.da oʻzini

oʻzi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini

dilda mus-tahkamlash, umrning har bir

damini savob ishga, har bir nafsni




maʼnaviy kamolot uchun sarflash lozim

deyiladi. "Vuqifi zamoniy" (muayyan

vaqtda toʻxtab oʻzini tekshirish), "vuqufi

adadiy" (ishlarini sarhisob qilib

tekshirish), "vuqufi qalbiy" (qalb amallari

qanday boʻlayotganligini toʻxtab, tekshirib

borish) kabi shiorlar ("qudsiy soʻzlar")

ham ana shu nazorat usuliga kiradi. N.,

shu tariqa, tasavvufni islom shariati va

paygʻambar sunnati bilan yanada

mustahkamroq bogʻladi. "Urvatul vusqo",

yaʼni barcha ishda paygʻambar soʻzlari va

ishlariga suyanish N. shiorlaridan biriga

aylandi. N. da sufiylik isteʼdodiga ham

eʼtibor berilgan, yaʼni baʼzi kishilarning

men falon silsiladanman, naslnasabim

falon-falonchilarga borib ta-qaladi, degan



gaplariga qarshi Bahoud-din Naqshband

"ran silsilada emas", ran Allohning

jazbasida" deb aytadi. Jaz-ba boʻlmasa,

sufiylikda maqomatlarga koʻtarilish qiyin.

N. Bahouddin Naqshband hayotligidayoq

keng shuhrat qozondi. N.ni nazariy

jihatdan ishlab chiqishda Muhammad

Porso, Alouddin Attor xizmatlari katta

boʻldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq

emas, balki Buxoro va Samarqand

ulamolari, Amir Temur avlodidan boʻlgan

shoh va shahzodalar kira boshladilar. 15-

asrdayoq N. Eron, Afgʻoniston, Misr, Hijoz,

Shim. Kavkaz, Turkiyaga tarqala

boshladi. Ayniqsa, "hazrati Eshon"

unvoniga musharraf boʻlgan Xoja Axror




valiy — Nosirid-din Ubaydulloh faoliyati

tufayli N.ning obroʻ-eʼtibori yana ham

oshdi. Bahouddin Naqshband zamonida

man-sabdor shaxslar, shoxu amirlardan

uzoq turish lozim deyilgan boʻlsa, Xoja

Ahror valiy davrida N. siyosiy doiralarga

kirib bordi. N. 16-asrda Hindistonga

tarqaldi. Bunda Bobo valiy, Xoja

Boqibilloh (1563—1603), Axmad Sirhindiy

(1564—1624) faoliyati yaxshi samara

bergan. Ayniqsa, Ahmad Sirhindiy u yerda

sunniylik yoʻnalishini mustahkamlash

uchun N.dan unumli foydalangan. N.ni

Turkiyada yoyilishida Mulla Abdulloh

Simaviy (1490 yilv.e.), Ahmad Buxoriy va

boshqa shaxslarning xizmati bor. N. 16—

17-asrlarda Misr va Hijoz (Arabiston)ga



kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon,

Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali

Falastin, Iroq, Iordaniyada koʻplab

tarafdorlarga ega boʻlgan. Hindiston

orqali u Indoneziya, Malayziya, Seylonga

tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya,

Bosniya va boshqa Yevropa

mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSH,

Kanada, Avstriyada N. markazlari,

xonaqolari, jamgʻarmalari bor.

N. tariqatining umuminsoniy gʻoyalar,

maʼnaviy kamolot, botiniy poklikni targʻib

etishi uning dunyoda keng tarqalishiga

olib keldi. Uning mux^islari bir necha

million kishini tashkil etadi.

Adabiyot



Alisher Navoiy, Tula asarlar toʻplami,

17-j., T., 2002; Abul Muqsin

Muhammad Boqir ibn Muhammal Ali,

Bahouddin Balogardon, T., 1993; Idris

shoh, Naqshbandiy tariqati, T., 1993;

Komilov N., Tasavvuf. Birinchi kitob, T.,

1996; Navruzova G., Naqshbandiya

tasavvufiy taʼlimoti va barkamol in-son

tarbiyasi, T., 2002.

Najmiddin Komilov.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Adabiyot


Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?


  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


title=Naqshbandiya&oldid=2056591

" dan olindi 



Download 113,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish