Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Yaponiyaning  sifatni  boshqarish  tajribasi



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Yaponiyaning  sifatni  boshqarish  tajribasi  ishning  sifatini  oshirish  hech  qachon 
tugamasligini ko’rsatadi. 
1945  yilda  Yaponiya  vayron  bo’lgan,  sanoati  to’liq  ishdan  chiqqan  edi. 
SHuningdek, o’sha davrda Yaponiyaning texnikasi qoloq holatda bo’lgan.  
Zamonaviy  radiotexnikada  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan  Yaponiyada  ishlab 
chiqarilgan kuchaytirgichlar uchun kichik chastotali transformator 250 gramm og’irlikda 
edi.  Ayni  vaqtda  AQSH  da  bu  apparatning  konstruktsiyasining  vazni  atigi  30  gramm 
bo’lgan. 
Suv  bilan  to’yintirilgan  Yaponiya  transformatori  15  daqiqada  ishdan  chiqardi, 
Amerikaniki esa germetik qoplama bilan to’liq o’ralgan va suv o’tkazmaydi. 
Biroq  40  –  yillarning  oxiri  –  50  –  yillarning  boshida  sifatni  boshqarish  bo’yicha 
Amerikaning  mashhur  olimlari  E.  Deming  va  J.  Juranning  sabog’ini  olgan  yapon 
mutaxassislari  bu  bilimlardan  Yaponiyaning  sanoatida  muvaffaqiyatli  foydalana 
boshladilar. 
Deming davri tatbiq qilindi. U mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish, sotish, tahlil 
qilish  va  sifat  darajasini  oshirish  uchun  o’zgarishlar  –  PDCA  tsikli  “rejalashtirish  – 
bajarish – tekshirish – tuzatish ta’sirlari” (“plan – do – check – action”) ni bog’langan. 
Texnologik jarayonni boshqarish uchun nazorat kartalari faol qo’llanilgan. Deming 
nomidagi  mukofoti  uning  kitoblari,  ma’ruzalari  topshiriladigan  mualliflik  mukofoti 
sifatida  ta’sis  qilingan.  Deming  oltin  medali  alohida  shaxs  yoki  korxona  uchun  1951 
yildan boshlab berib kelinmoqda.  
Sifatni  boshqarishga  Yaponiyaning  yondashuvi  bir  qator  o’ziga  xos  xususiyatlarga 
ega, biroq qiyosiy tahlil uning nazariy qoidalari jahon tajribasi bilan umumiy xususiyatga 
egaligini  ko’rsatmoqda.  Bu  kontseptsiya  to’liq  va  to’g’ri  tatbiq  qilingan  ilg’or  xorijiy 
firmalarning  sifatni  boshqarish  tizimlari  bir  –  biriga  o’xshash,  ularni  qo’llash  va 
rivojlantirish mexanizmlarida ham umumiylik mavjud. 
Sifatni boshqarishga Yaponiya yondashuvining o’ziga xos xususiyatlari:  
1) barcha bo’linmalarda mehnat jarayonlari va natijalarini doimiy takomillashtirish;  
2) mahsulotning sifatini emas, balki jarayonlarning sifatini nazorat qilish;  


 
 

3) nuqsonlarga yo’l qo’yilish ehtimolini bartaraf qilish;  
4)  oldingi  operatsiyadan  keyingisiga  o’tishda  yuzaga  keladigan  muammolarni 
tadqiq va tahlil qilish;  
5)  “Sening  iste’molching  –  keyingi  ishlab  chiqarish  operatsiyasini  bajaruvchi” 
tamoyilini ilgari surish;  
6)  bevosita  ijrochining  zimmasiga  mehnat  natijalarining  sifati  uchun  javobgarlikni 
yuklash;  
7) inson omilidan faol foydalanish, ishchilar va xizmatchilarning ijodiy salohiyatini 
oshirish, “Yaxshi odamga yomon ishlash uyat” maqoliga rioya qilish. 
“Yapon mo’’jizasi” ning asosiy g’oyasi – har qanday sohada ilg’or texnologiyalarni 
qo’llash.  Firmalarda  hisoblash  va  mikroprotsessor  texnikasi,  yangi  materiallar, 
loyihalashning  avtomatlashtirilgan  tizimlari,  to’liq  kompьyuterlashtirilgan  statistik 
usullar keng tatbiq qilinmoqda. 
Yaponiya  mutaxassislarining  fikriga  ko’ra,  ishni  majburiyatlar  mantig’ini  himoya 
qilishdan emas, balki ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilishdan boshlash, hamkorlikdagi 
izlanishlar, jamoaning qarorlariga tayanish kerak. 
Ishchilarni  o’qitish  ularning  bevosita  rahbarlari  –  masterlar,  uchastka  boshliqlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Masterlar, uchastkalar va tsexlarning  boshliqlarini o’qitish 
6 kunlik nazariy kurs va 4 oylik amaliy faoliyatdan iborat. 
“Nissan Motor” kompaniyasida ish faoliyatining dastlabki 10 yilida o’qitish ishlab 
chiqarishdan  ajralgan  holda  amalga  oshiriladi  va  bunga  kamida  500  kun  sarflanadi. 
Keyinchalik  o’qitish  kechqurunlari  va  dam  olish  kunida  bevosita  ish  joylarida  davom 
etadi.  Vaqti  –  vaqti  bilan  barcha  toifadagi  ishlayotganlar,  shuningdek,  rahbarlar 
attestatsiyalanib,  o’qitish  jarayoni  yakunlanadi.  Mos  bo’linmalarning  rahbarlari 
mutaxassislar  ishtirokida  attestatsiyalashni  o’tkazadilar.  Ishchilarning  toifalariga  mos 
ravishda attestatsiyalash 3, 6 oy va 1 yilda bir marta olib boriladi. 
Bir  qator  mutaxassislar  firmaning  imtihonidan  tashqari  davlat  imtihonini  ham 
topshiradilar.  Masalan,  “Tabay  Espek”  firmasida  ishchilarning  75%i  Mehnat 
vazirligining  davlat  attestatsiyasidan  o’tishgan.  Davlat  attestatsiyasidan  oldingi  o’qitish 
pullik  va  unga  firma  haq  to’laydi.  Davlat  attestatsiyasidan  o’tgan  ishchining  ish  haqiga 
qo’shimcha to’lanadi.  
Attestatsiyalash  natijalari  ish  joylariga  osib  qo’yiladi.  Uch  martagacha 
attestatsiyadan  o’tishga  ruxsat  beriladi.  Uch  marta  attestatsiyadan  o’tmagan  ishchi 
berilgan ish joyida kasbiy jihatdan ishga yaroqsiz hisoblanadi. 
O’qitishning juda muhim foydali samarasi bor: sifat odamlarning o’z ishiga shaxsiy 
munosabatlarini yaxshi tomonga o’zgartiradi. Sifatning 90%i tarbiya, anglanganlik bilan 
va faqat 10%i bilimlar bilan tavsiflanadi, deb o’ylashadi. O’quv dasturlari atigi bu 10% ni 
berishi  mumkin,  lekin  ular  ishchilarning  sifatga  munosabatini  o’zgartiruvchi  kuch 
hisoblanib,  bu  munosabat  keyinchalik  rag’batlantirishlar  vositasida  doimiy  qo’llab  – 
quvvatlanishi kerak. 
Sifat  to’garaklariga  katta  e’tibor  beriladi.  To’garaklar  ixtiyoriy  shakllantiriladi. 
To’garaklarga  qatnash  va  yig’ilishlardagi  faollik  bilan  sifatning  ichki  masalalarini  hal 
qilishdagi  ixtiyoriylik,  mustaqillikda  bevosita  aloqa  mavjudligini  tadqiqotlar  ko’rsatdi. 
To’garaklarning  majlisi  –  ish  vaqtida  o’tkaziladigan  noishlab  chiqarish  faoliyatining 
yagona turi. Majlislar har haftada o’tkaziladi.  
Sifat to’garaklarining tsex va zavod konferentsiyalari muntazam o’tkaziladi. Yiliga 
ikki  marta  sifat  to’garaklarining  konferentsiyalari  butun  kompaniya  miqyosida 
o’tkaziladi.  Sifat  to’garaklari  vakillarining  umumyapon  s’ezdlari  ham  o’tkaziladi. 


 
 
10 
To’garak  Yaponiya  olimlar  va  muhandislar  birlashmasi  (JUSE)  da  ro’yxatdan  o’tgan 
bo’lsa  va  “Sifat  ustasi  va  nazorati”  jurnalida  bu  ma’lumot  chop  etilgan  bo’lsa,  u  holda 
bunday to’garak rasmiy tan olingan hisoblanadi. 
Yaponiya  korxonalarida  xodimlar  uchun  “beshta  nolь”  nomini  olgan  sifatni 
ta’minlashda qatnashish dasturi ishlab chiqilgan. U qisqa qoidalar – maqollar ko’rinishida 
shakllantirilgan: 

  yaratmaslik (nuqsonlarning yuzaga kelishi uchun sharoit); 

  yubormaslik (nuqsonli mahsulotni keyingi bosqichga); 

  qabul qilmaslik (nuqsonli mahsulotni avvalgi bosqichdan); 

 
o’zgartirmaslik (texnologik tartiblarni); 

  takrorlamaslik (xatolarni). 
Bu  qoidalar  ishlab  chiqarishni  tayyorlash  va  ishlab  chiqarish  bosqichlari  uchun 
detallashtirilgan hamda har bir ishchiga yetkazilgan. 
SHu tarzda, Yaponiyada sifatga munosabatning asosiy jihatlarini ko’rib chiqamiz: 

  boshqaruv va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni keng tatbiq etish; 

  ishlab  chiqarishni  boshqarish,  tahlil  qilish  va  nazorat  qilishning  hamma 
operatsiyalarining yuqori kompьyuterlashtirilganlik darajasi; 

  insonning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish. Buning uchun ijodiy 
faoliyatni  rag’batlantirish  (sifat  to’garaklari),  o’zining  firmasiga  sodiqlik  ruhida 
tarbiyalash, xodimlarni tizimli va har tomonlama o’qitish choralari ko’riladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим