Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   151
ISO 9000 standartlarining asosiy tamoyillari. 
Standartlarning  yangi  tahriri  sifatni  tizimli  boshqarishning  TQM  g’oyalariga  yaqin 
bo’lgan 8 ta tamoyilga (Standartning avvalgi tahririni qo’llaganda, tizimda shu standartda 
nazarda  tutilgan  20  ta  element  mavjudligini  tekshirish  zarur  bo’lgan)  asoslangan
4
:    Ular 
yordamida,  korxona  faoliyatini  yaxshilashi  mumkin.  1)  Iste’molchiga  e’tiborni  qaratish; 
2)  Yetakchilik;  3)  Xodimlarni  jalb  qilish;  4)  Jarayonli  yondoshuv;  5)  Menejmentga 
tizimli  yondoshuv;  6)  Doimiy  takomillashuv;7)  Dalillarga  asoslangan  qarorlarni  qabul 
qilish;  8)  Ta’minotchilar  bilan  o’zaro  manfaatli  munosabatlar.  Bu  tamoyillarning  har 
birini qisqacha ko’rib chiqamiz.  
Birinchi  tamoyil:Iste’molchiga  e’tiborni  qaratish.  Kompaniyaning  muvaffaqiyatli 
ishlashi avvalo uning buyurtmachilariga bog’liqdir. SHu boisdan har qanday tadbirkorlik 
faoliyati  bozorni  tahlil  qilish  va  mijozlarning  ehtiyojini  o’rganishdan  boshlanishi  kerak, 
shular asosida mahsulot loyihalashtiriladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. SHu bilan 
birga,  ideal  variant  -  nafaqat  buyurtmachilarning  rasmiy  talablarini  bajarish,  balki 
ularning istaklarini oldindan ko’ra bilishdir.  
  Iste’molchilarning  talablari  va  tashkilot  faoliyatidan  manfaatdor  bo’lgan  boshqa 
tomonlar (aktsiyadorlar, ta’minotchilar, davlat organlari, butun jamiyat)ning ehtiyojlariga 
ham baravar yondoshuvni ta’minlash zarur.  
Ikkinchi  tamoyil:Etakchilik.  Bu  tamoyilni  shartli  ravishda  ikki  tomonlama  ko’rib 
chiqish  mumkin.  Bir  tomondan,  u  bevosita  tashkilot  rahbarlariga  qaratiladi,  chunki  ular 
kompaniyalarda  sifatni  yaxshilashga  qaratilgan  o’zgarishlarni  amalga  oshirishda  juda 
muhim rolь o’ynaydilar.                  
                                                           
4
 Басовский Л. Е., Протасьев В. Б. Управление ка
чеством: Учебник. – М.: ИНФРА – М, 2001. –212 с. 
 


 
 
30 
Uchinchi  tamoyil:  Xodimlarni  jalb  qilish  tamoyili;  amalda  har  bir  xodimning 
boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  muntazam  ishtirok  etishini 
bildiradi.  Bunday  imkoniyat  kishilarda  ijodiy  mehnatga  undaydigan  mas’uliyat  va 
ishtirokchilik  hissini  uyg’otadi,  bu  esa  pirovard-natijada  tashkilot  samaradorligini 
oshiradi.  
To’rtinchi  tamoyil:Jarayonli  yondoshuv.  2000  yil  tahriridagi  ISO  9000 
standartlarining  jami  turkumlari  uchun  yangi  muhim  uslubiy  o’zgarishlar  mohiyati 
shundan iboratki, har qanday ishlab chiqarish faoliyati bir jarayondir va bu jarayon turli 
resurslardan  foydalanish  va  boshqaruv  ta’siri  orqali,  kirish  oqimlarini  va  chiqish 
oqimlariga  aylantiradi.  Korxona  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  aniqlashi  va  o’z 
mahsulotini  yaratib,  takomillashtirib  va  uning  doimiy  sifatini  ta’minlab,  bu  jarayonlarni 
boshqarishi kerak.  
O’zbekiston 
korxonalarida 
jarayonli 
yondashuvning 
qo’llanishi 
qator 
qiyinchiliklarga  sabab  bo’ladi.  Bu  sabablarning  birinchisi  –  amaldagi  boshqaruvning 
to’g’ri-funktsional tashkiliy tuzilmalarning jarayonli yondashuvga mos kelmasligi, avval 
aytilganidek, faoliyat differentsiyalashgan, yakuniy natijaga qaratilmagan. Ikkinchi sabab 
– yangi sharoitlarda ishlashga moslashtirilgan rahbariyat tarkibining yo’qligi. 
Beshinchi tamoyil: Menejmentga tizimli yondoshuv. Bu tamoyil, tashkilotga o’zaro 
bog’liq  jarayonlar  yig’indisi  sifatida  qarashni  talab  etuvchi  oldingi  tamoyil  bilan 
chambarchas  bog’liq.  Sifat  masalalarining  yalpi  xususiyatini  inobatga  olib,  qo’yilgan 
maqsadga  erishishga  qaratilgan  jarayonlarni  aniqlash,  tushunish  va  boshqarish 
korxonaning samaradorligini oshiradi.  
Oltinchi tamoyil:Doimiy takomillashuv tashkilotning asosiy  maqsadi bo’lib qolishi 
kerak. Hozirgi sharoitda, bu tamoyilni amalga oshirmasdan, biznesda yetakchi o’rinlarga 
chiqish  mumkin  emas.  Faoliyat  muntazam  takomillashib  borsa,  nafaqat  raqobatdosh 
mavqe  saqlab  qolinadi,  balki  sekin-asta  zararlarni  kamaytirish  va  shunga  mutanosib 
ravishda, daromadni ko’paytirish imkoni paydo bo’la boshlaydi.  
Ettinchi  tamoyil:Dalillarga  asoslangan  qarorlarni  qabulqilish.  Haqiqiy  ma’lumotlar 
va axborotga asoslanib qabul qilingan qarorlar samarali bo’ladi.  
Sakkizinchi 
tamoyil:Ta’minotchilar 
bilan 
o’zaro  manfaatli  munosabatlar. 
Ta’minotchilar o’rtasida o’zaro manfaatli asosda yo’lga qo’yilgan munosabatlar har ikki 
tashkilotning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.  
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatining asosiy hususiyatlari va ISO 9000 seriya 
standartlarining ahamiyati 
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatini ko’rsatuvchi kamida uchta asosiy hususiyat 
mavjud:  kompaniya  faoliyatining  tayyor  mahsulot  sifatini  ta’minlovchi  asosiy 
yo’nalishlariga  e’tibor  berish;  faoliyatni  tashkil  etishga  jiddiy  yondoshish;  mahsulot 
hayotining barcha bosqichlarini qamrab olish.  
Birinchi  xususiyat  sifat  menejmentining  yuqorida  ko’rib  chiqilgan  sakkizta  asosiy 
tamoyilida ifodalangan.  
Ikkinchi  xususiyat  quyidagicha  namoyon  bo’ladi:  standartlarda  “klassik” 
olimlarning,  mahsulot  sifati  ishlarning  muayyan  ijrochilariga  emas,  balki  ishlab 
chiqarishning  umumiy  tashkil  etilishiga  bog’liqligi  g’oyasi  amalga  oshgan.  E.Deming 
taxminicha,  sifat  uchun  kurashdagi  muvaffaqiyatning  94  %  boshqaruvchilarga  va 
faqatgina  6  %  -  ishchilarga  bog’liq  ekan.  J.Juran  o’zining  mashhur  14  tamoyilida, 
mahsulot  sifatidagi  kamchiliklarning  faqat  15%  aynan  ish  jarayoniga  bog’liqligini 


 
 
31 
ko’rsatib o’tadi. Sifat nuqsonlarining qolgan 85% esa - ma’muriyat tomonidan ishlarning 
yomon tashkil etilishidan hosil bo’ladi deb ta’kidlagan. 
5
 
Uchinchi  xususiyat  ko’rsatadiki,  ISO  9000  seriya  standartlari  negizidagi  SMT, 
mahsulot  hayotining  bozor  ehtiyojlarini  aniqlashdan  boshlab,  to  belgilangan  talablarni 
to’liq  qondirishgacha  bo’lgan  barcha  bosqichlari  hamda  jarayonlariga  ta’sir  etadi.  Bu 
mahsulotning  oliy  sifati  va  xarajatlar  kamayishi  garovidir.  ISO  9000  standartlarining 
dastlabki tahrirlariga qiyoslaganda, mahsulot hayotining o’ziga xos bosqichlari (ilk nomi 
- “sifat halqasi”) 2000 yil tahririda to’ldirildi, aniqlashtirildi va kengaytirildi.  
ISO 9000 seriya standartlari jahon iqtisodiyotida hamda bozor munosabatlarini joriy 
etish  yo’nalishida  rivojalanayotgan  mamlakatlarda  muhim  rolь  o’ynaydi.  Ular 
ishbilarmonlar  hamjamiyati  uchun  sifatning  xalqaro  umumqabul  qilingan  tilini 
shakllantiradi.  Ya’ni,  ISO  9000  standartlarining  jahon  iqtisodiyotida  tutgan  o’rni  va 
falsafasi,  mamlakatlar  o’rtasida  mahsulot  va  xizmatlar  ayirboshlashni  osonlashtirish, 
xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga  yordam  berishni asosiy  maqsad qilib olgan istalgan 
xalqaro  standartlar  falsafasiga  mos  keladi.  ISO  9000  seriya  standartlari  muayyan 
mahsulotlar  uchun  belgilangan  me’yoriy  talablarning  o’rnini  bosa  oladigan  vosita 
sifatida, savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.  
ISO  9000  xalqaro  standartlarida  ko’pgina  mamlakatlarning  sifatni  boshqarish 
borasidagi  tajribasi  to’planib,  umumlashtirilgan.  Bu  hujjatlarning  aniq  va  ravshanligi  
mazkur tajribani xalqaro miqyosda keng yoyilishiga olib keldi.  
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari