Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151
4.2.ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi 
 
1987  yil  9000  seriyali  ISO  standartlarining  beshtasi  nashr  etilgan:  ISO  9000,  ISO 
9001, ISO 9002, ISO  9003 va ISO 9004. 1986  yilda esa, sifat ta’minoti sohasidagi ISO 
8402  atama  va  tushunchalarning  uch  tildagi  lug’ati  ishlab  chiqilgan.  ISO  9000  standarti 
esa,  9000  seriyali  ISO  standartlaridan  qaysisini  tanlash  va  qanday  qo’llash  bo’yicha 
yo’riqnomani  o’z  ichiga  olgan.  ISO  9001,  ISO  9002,  ISO  9003  standartlari  (“sifatni 
ta’minlash  modellari”,  deb  ham  ataladi)  mahsulot  hayotiy  tsiklining  turli  bosqichlari 
uchun  mo’ljallangan,  sifat  tizimiga  qo’yilgan  me’yoriy  talablardan  iborat  bo’lib, 
mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  sifat  tizimini  baholashning,  shu  jumladan,  bu  tizimni 
sertifikatlashning me’yoriy bazasi bo’lgan: 
-  ISO  9001.  To’liq  ishlab  chiqarish  jarayonining  sifat  tizimi  –  yangi  turdagi 
mahsulotlarni  loyihalash,  ishlab  chiqarish  va  sotishdan  tortib,  tayyor  mahsulotga  texnik 
xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi;  
- ISO 9002. Loyihalashtirishni o’z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni uchun, 
ya’ni, an’anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo’ljallangan sifat tizimi; 
-  ISO  9003.  Faqat  tayyor  mahsulot  nazoratini  amalga  oshiruvchi  tashkilotlarga 
(ishlab  chiqarish  jarayoni  bunga  kirmaydi)  mo’ljallangan  sifat  tizimi,  masalan:  savdo 
tashkilotlari va vakolatxonalari;  
ISO  9001  modeli  eng  umumiy  bo’lib,  boshqa  ikki  sifat  modellarining  ham 
talablarini  o’z  ichiga  olgan.  ISO  9004  standarti  sifat  tizimiga  bo’lgan  talablarni 
izohlovchi  yo’riqnomalardan  iborat  bo’lib,  korxonada  sifat  tizimlarini  ishlab  chiqish  va 
joriy etish uchun mo’ljallangan.  
                                                           
3
ИСО 9001 Разработка, внедрение, сертификаtsия, улучшение системы менеджмента качества.Практическое 
руководство длya специалистов по качеству.С-Петербург. ООО “Издательство Форум  Медиа”, август 2006 
г., 1.3-банд,  


 
 
29 
Ta’kidlash  joizki,  9000  seriyali  ISO  standartlarini  doimiy  ravishda  qayta  ko’rib, 
yangilab borish talab etiladi. Birinchi marta ular 1994 yil iyulida qayta ko’rib chiqilgan. 
Standartlarga  kiritilgan  o’zgartirishlar  1987  yil  standartlari  tuzilishiga  nisbatan  asosiy 
yondoshuvlarga  zid  bo’lmagan  va  sifat  tizimlari  bo’yicha  ilk  standartlarni  qo’llash 
borasidagi amaliy tajribani, hamda sifatni boshqarish sohasidagi taraqqiyotni aks ettirgan. 
Yanada  kengaytirilgan  9004  (1,2,3,4)  standartlarida  esa,  dasturiy  mahsulotlar,  ishlov 
beriladigan  material  va  xizmatlarning  sifatini  ta’minlash  masalalariga  ko’proq  e’tibor 
qaratilgan.  
2000  yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining  yangi tahriri rasman nashr 
etildi. Standartlar to’plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat: 
1.  ISO  9000:2000  “Sifat  menejmenti  tizimlari.  Asosiy  qoidalar  va  lug’at”  –  sifat 
menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi. 
2.  ISO  9001:2000  “Sifat  menejmenti  tizimlari.  Talablar”  –  sifat  tizimlari  uchun 
minimal zarur bo’lgan  talablar  majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida 
qo’llaniladi. 
3.  ISO  9004:2000  “Sifat  menejmenti  tizimlari.  Faoliyatni  yaxshilash  bo’yicha 
tavsiyalar”  -  korxonalarning  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  sifat  menejmenti 
tizimlarini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalardan iborat. 
4.  ISO  19011  “Sifat  menejmenti  tizimini  tekshirish  va  atrof-muhitni  himoyalash 
bo’yicha yo’riqnomalar”.  
Standartlarning 
avvalgilaridan 
farqi 
shundaki, 
endi 
SMTning 
talablari 
korxonalarning  turi  bo’yicha  ajratilmaydi:  avvalgi  tahrirlardagi  ISO  9001,  9002,  9003 
standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari