Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


-Mavzu.  Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   151
 
4-Mavzu.  Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish 
 
4.1.Sifatni  boshqarish  tizimi  va  ISO  9000  seriyali  xalqaro  standartlarining 
mohiyati 
4.2.ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi 
4.3.ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari 
4.4.ISO  9000  seriyali  standartlarini  joriy  etish  va  sertifikatlashga  ketadigan 
xarajatlar 
 
4.1.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining 
mohiyati 
 
Sifat  menejmenti  tizimlarining  shakllanishi  va  rivojlanishi  –  XX  asrda  sifatni 
boshqarish  bilan  bog’liq  g’oyalarni  rivojlanishining  eng  muhim  nuqtasiga  aylandi. 
E.Demingni  ta’kidlashicha,  “Korxonalar  boshqaruvining  amaliy  tajribasini  nazariya 
yordamida o’rganib chiqmagunga qadar, ularni tushunmasdan takrorlash, befoyda bo’ladi 
va  bu  muvaffaqiyatga  olib  kelmaydi”
2
.  ISO  9000  seriya  standartlarining  1994  yilgi 
tahririda  sifat  menejmenti  tizimi  deb,  “sifatni  yalpi  boshqarish  uchun  zarur  bo’lgan 
tashkiliy  tuzilma,  usul,  jarayon  va  resurslar  yig’indisi”  tushunilgan.  Yangi  ISO 
9000:2000  standartida  sifat  menejmenti  tizimi  “tashkilotga  rahbarlik  qilish  va  uni 
boshqarish uchun zarur bo’lgan sifatni boshqarish tizimi” deb ta’riflanadi.  
A.V.  Glichevning  fikriga  ko’ra,  mahsulot  sifatini  boshqarish  tizimi,  bu  “kuch  va 
mablag’larni  minimal  darajada  sarflash  orqali,  iste’molchining  ma’lum  ehtiyoj  va 
talablari  qondirilishini  ta’minlovchi  xususiyatlarni  mahsulotga  tatbiq  etish  maqsadida, 
mahsulotni  ishlab  chiqarish,  sotish,  undan  foydalanish  va  servis  xizmatini  ko’rsatishda 
ishtirok  etgan  boshqaruv  va  ijro  bo’limlari  hamda  ayrim  shaxslarning  o’zaro  samarali 
faoliyatini  tashkillashtirish  usulidir”.  Albatta,  xorijiy  adabiyotlarda  sifat  tizimlariga 
berilgan ta’riflar shu fikrlar bilan cheklanib qolmagan.        
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(International Organization for Standartization – ISO, ISO – xalqaro standartlarni ishlab 
chiqaruvchi  va  standartlashtirish  sohasidagi  hamkorlikni  amalga  oshiruvchi  xalqaro 
nodavlat tashkilotidir. U 1946 yilda 25ta mamlakat vakillarining Londondagi yig’ilishida 
ta’sis  etilgan.  Unga  2006  yili  dekabrь  oyi    holatiga  164  ta  mamlakatning  milliy 
standartlashtirish tashkilotlari ISO a’zosidir. Hozirgi kunga qadar ular tomonidan 17000 
                                                           
2
Эдвардс Деминг и философиya управлениya качеством. http://quality.eup.ru/MATERIALY/guru.htm 


 
 
28 
dan ortiq turli xalqaro miqyosdagi standartlar ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi 
nomidan  ISO  vakili  –  O’zbekiston  Respublikasi  ”O’zstandart”  agentligi  hisoblanadi). 
SMT  uchun  mo’ljallangan  ISO  9000  seriya  standartlarining  tarixi  1987  yildan,  ya’ni 
uning  birinchi  tahririnashr  qilingan  kundan  boshlanadi.  ISO  9000  standartlarining 
shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari rivojlanishining mantiqiy natijasi bo’ldi.  
ISO  9000  seriya  standartlari  qabul  qilingach,  sifatni  kompleks  boshqarishning 
ma’lum  darajasi  belgilab  berildi.  U  sifatni  samarali  boshqarishni  ta’minlab,  ISO  9000 
seriyali  standartlarining  barcha  zarur  elementlari,  hamda  korxona  ixtisoslashuvi  uchun 
qo’shimcha  talab  etilgan  elementlarni  ham,  korxonaning  ish  amaliyotiga  joriy  etilishi 
kerakligini shart qilib qo’yadi va bu bilan buyurtmachiga sifat  kafolatini beradi. 
Ushbu  standart  muvaffaqiyatli  biznes  yuritishning  xalqaro  e’tirof  etilgan 
usullarining  qisqacha  tasnifidir.  U  muvofiqlik  sertifikatini  olish  uchun  bajarilishi  zarur 
bo’lgan minimal talablar shaklida bayon etilgan
3

ISO  standartlari  turkumining  universalligi  shundaki,  ularda  har  bir  mahsulot  va 
xizmatlarning  har  bir  turiga  bo’lgan  mutlaq  o’lchovli  mezonlar  qo’yilmaydi  (masalan, 
mahsulotning texnikaviy ko’rsatkichlari talabi). ISO 9000 standartlari turkumi faqat sifat 
tizimining  ishlashi  metodologiyasini  aniqlab  beradi,  tizim  esa  o’z  navbatida  korxona 
tomonidan  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  va  xizmatlarning  yuqori  sifatini,  boshqacha 
qilib  aytganda  –  iste’molchilarning  talabini  yuqori  darajada  qanoatlantirishini 
ta’minlaydi. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari